Karvonsaroy
Diplomatiya

AQSHning Qozog‘istondagi yangi bosh konsuli hamkorlikni kengaytirishga va’da bermoqda

Ksenia Bondal

Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash AQSH yangi bosh konsulining ustuvor vazifasi bo‘lishi kutilmoqda. Chimkent transport va logistika markazida konteyner olib o‘tilishini kuzatayotgan ishchi, may oyida olingan surat. (TLC matbout xizmati taqdim etgan surat)

Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash AQSH yangi bosh konsulining ustuvor vazifasi bo‘lishi kutilmoqda. Chimkent transport va logistika markazida konteyner olib o‘tilishini kuzatayotgan ishchi, may oyida olingan surat. (TLC matbout xizmati taqdim etgan surat)

OLMAOTA – Qozog‘iston va Qo‘shma Shtatlar boshqa yo‘nalishlar bilan bir qatorda transmilliy terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirmoqdalar, dedi 15-oktabr, dushanba kuni AQSHning Olmaotadagi yangi bosh konsuli Erik Meyer Karvonsaroyga bergan intervyusida.

Meyer ushbu lavozimga 3-oktabr kuni tayinlangan edi.

“Qozog‘iston Markaziy Osiyoda muhim yetakchi rol o‘ynaydi”, dedi u. “Men AQSHning Olmaotadagi bosh konsuli sifatida Qozog‘istonning mintaqadagi iqtisodiy o‘sish, aholi salomatligi, xavfsizlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi markaziy rolini qo‘llab-quvvatlashga oid sa’y-harakatlarimizga yetakchilik qilaman.”

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikning kafolati sifatida Qo‘shma Shtatlarning yangi milliy xavfsizlik strategiyasida muhim o‘rin tutadi, dedi Meyer.

“Men AQSHning Olmaotadagi bosh konsuli sifatida Qozog‘istonning mintaqadagi iqtisodiy o‘sish, aholi salomatligi, xavfsizlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi markaziy rolini qo‘llab-quvvatlashga oid sa’y-harakatlarimizga yetakchilik qilaman”, dedi Erik Meyer Karvonsaroy nashriga. (Olmaotadagi AQSH bosh konsulligi)

“Men AQSHning Olmaotadagi bosh konsuli sifatida Qozog‘istonning mintaqadagi iqtisodiy o‘sish, aholi salomatligi, xavfsizlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi markaziy rolini qo‘llab-quvvatlashga oid sa’y-harakatlarimizga yetakchilik qilaman”, dedi Erik Meyer Karvonsaroy nashriga. (Olmaotadagi AQSH bosh konsulligi)

Shu bilan bir vaqtda, Qozog‘iston Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va farovonlikni kafolatlash ustida ishlamoqda, dedi u.

Terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlikni kuchaytirish

“Transmilliy terrorchilik va zo‘ravonlik ekstremizmi mohiyatan umumiy tahdid hisoblanadi va biz Qozog‘iston bilan birgalikda ularga qarshi kurashamiz”, dedi Meyer.

“Ayni damda biz mustahkam aloqalarga egamiz va ularni kelajakdagi tadbirlar va hamjihatlik orqali yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqdamiz.”

Qo‘shma Shtatlar va Qozog‘istonning tegishli adliya hamda huquqni himoya qilish idoralari zo‘ravonlik terrorizmiga qarshi kurash va terrochilik harakatlarining oldini olish kabi umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlamoqdalar, dedi u.

Misol uchun, AQSH Tinchlik instituti tomonidan tashkillashtirilgan C5+1 aksilterror loyihasi eng yaxshi amaliyot va mintaqaviy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash uchun siyosatchi va mutaxassislar bilan faoliyat yuritadi, dedi Meyer.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar huquq-tartibot sohasidagi Markaziy Osiyolik hamkorlar uchun mo‘ljallangan Terrorga qarshi kurash ko‘magi (ATA) dasturini olib bormoqda, dedi u. Bu kurs chegaraviy xavfsizlik va terrorchilarning chegaralararo harakatlanishiga qarshi kurash bo‘yicha malaka oshirishga yordam beradi.

“Kelasi yil biz qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston xavfsizlik kuchlarini jamlashni rejalashtirmoqdamiz”, dedi u.

“O‘tgan oyning o‘zida Qo‘zog‘iston huquqni muhofaza qilish xodimlari AQSHning terrorchilarni aniqlash va kuzatish bo‘yicha o‘quv kursini tamomladilar”, dedi Meyer.

Bu orada “Qozog‘iston huquq-tartibot qilish xodimlari mintaqaviy o‘quv kurslarida qatnashish uchun Dushanbega yo‘l oladilar. U yerda ularga xorijlik terrorchi jangarilarni aniqlash va tahlil qilish hamda ular sodir etgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha trening o‘tkaziladi”, dedi Meyer.

AQSH hukumati, shuningdek, potensial migrantlarni chet eldagi radikallashuv xavflari haqida xabardor qilish bo‘yicha Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birga ish olib boradi. Bu esa ularning terrorchilar tuzog‘iga ilinish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi, dedi Meyer.

Biznes rivojiga ko‘maklashish

Meyer Qozog‘istondagi xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashgagina emas, balki iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq masalalarga ham e‘tibor qaratishni rejalashtirmoqda.

1991-yildan buyon Amerika kompaniyalari Qozog‘istonga 27 milliard dollardan ortiq (9,8 trillion tenge) sarmoya kiritgan bo‘lib, u Qozog‘iston uchun ikkinchi eng yirik xorijiy investor hisoblanadi, dedi Meyer.

Oktabr oyi oxirida AQSH savdo vaziri Uilbur Ross Qozog‘istonga ilk bor amalga oshiriladigan savdo missiyasiga rahbarlik qiladi, dedi u. Unda AQSHning qishloq xo‘jaligi, energetika va infratuzilma sohalaridagi 16 ta kompaniyasi ishtirok etishi kutilmoqda.

“Biz Amerika kompaniyalarini Qozog‘iston bozorining imkoniyatlari bilan tanishtiramiz va ularga mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashamiz”, dedi Meyer. “Biz shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyalarini Qo‘shma Shtatlardagi savdo yarmarkalariga taklif qilamiz va ularning Amerika kompaniyalari bilan uchrashuvlarini tashkillashtiramiz”.

“Men amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashuvlarimda Qo‘shma Shtatlar va Qozog‘iston o‘rtasidagi mustahkam munosabatlar hamda Amerikaning innovatsion texnologiyalari va g‘oyalari qozoqlarni qanday ilhomlantirayotgani haqida so‘zlab beraman”, dedi u.

Sog‘liqni saqlash va ta’lim

Meyer sog‘liqni saqlash va ta’lim ham Bosh konsul mas‘ul bo‘lgan sohalardan biri ekanligi, shu sababli qozoq yoshlari uchun ta’lim imkoniyatlari va almashuv dasturlarini kengaytirish ustida ish olib borishini aytdi.

Ingliz tilini rekord darajada ko‘p Qozog‘iston yoshlari o‘rganmoqda. Bu ularga butun dunyo bo‘ylab biznesni o‘rganish va yuritishga imkon beradi, dedi u.

“Bu Qozog‘iston hukumati uchun juda muhim va biz uni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz”, dedi Meyer. “Biz buni qator tadbirlar orqali amalga oshiramiz - talabalarga AQSH universitetlariga ariza topshirish bo‘yicha maslahatlar berishdan tortib, bizning American Spaces markazlarimizda ingliz tilidagi tadbirlarni o‘tkazishgacha”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ta‘lim dasturlarining aksariyati qizlar uchun imkoniyatlarni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yozgi lageri shular jumlasidandir.

“Men janubiy Qozog‘iston universitetlarga tashrif buyurib, AQSH va Qozog‘istonning akademik sohadagi hamkorligini muhokama qilish istagidaman”, dedi Meyer.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500