Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozog‘iston Qirg‘izistondagi “Yaqin inkor” diniy guruhini ekstremistik deb topdi

Kseniya Bondal

“Current Time” telekanalining Qirg‘izistondagi “Yaqin inkor” guruhi a’zolari haqidagi 23-iyul kungi videolavhasidan olingan kadr. Guruh a’zosi Baxtigul Abdraxmanova yuzini yopgan holatda uyiga kelgan davlat organlari xodimlari bilan suhbatlashmoqda. Baxtigul va uning turmush o‘rtog‘i Jergal farzandlarini maktabga berishdan bosh tortganlari uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edilar. (File)

“Current Time” telekanalining Qirg‘izistondagi “Yaqin inkor” guruhi a’zolari haqidagi 23-iyul kungi videolavhasidan olingan kadr. Guruh a’zosi Baxtigul Abdraxmanova yuzini yopgan holatda uyiga kelgan davlat organlari xodimlari bilan suhbatlashmoqda. Baxtigul va uning turmush o‘rtog‘i Jergal farzandlarini maktabga berishdan bosh tortganlari uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edilar. (File)

OLMAOTA – Qirg‘izistonda taqiqlangan “Yaqin inkor” guruhi Qozog‘istonda ham ekstremistik deb topildi.

2017-yilning iyun oyida Qirg‘iziston hukumati “Xudodan boshqa hamma narsani inkor qilish” ma’nosini anglatuvchi “Yaqin inkor” guruhini ekstremistik deb topgan edi.

10-oktabr kuni Ostona shahar Yesil tuman sudi Qozog‘iston Bosh prokuraturasining “Yaqin inkor” guruhini ekstremistik deb tan olib, uning faoliyatini taqiqlash haqidagi arizasini qondirdi.

Endilikda “Yaqin inkor” faoliyatida ishtirok etgan yoxud uni moliyalashtirgan har qanday shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Diniy ekstremizm misoli

“Yaqin inkor” sunniy mazhabidagi missionerlik harakati hisoblanuvchi Tablig‘ jamoati guruhining qanotidir. Bosh prokuraturaga ko‘ra, ushbu guruh ham Qozog‘istonda ekstremistik deb topilgan.

Tablig‘ jamoati 2013-yilning fevralidan beri taqiqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yaqin inkor” guruhi tarafdorlari boshqa dinlarning mavjud bo‘lish huquqini qat’iyan inkor etib, ular bilan to‘qnashuv muqarrar ekanini bahorat qiladilar - bu diniy ekstremizm ta’rifiga mos keluvchi e‘tiqod deb ko‘riladi.

“Yaqin inkor”ning maqsadi – Qozog‘iston suverenitetiga daxl qilib, konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirish orqali xalifalik barpo etishdir, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati 2 oktabr kuni.

2018-yil aprel oyida Ostona tuman sudi “Yaqin inkor” a’zolari bo‘lgan ayrim Qozog‘iston fuqarolarini ekstremistik faoliyat olib borgani uchun turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Bosh prokuraturaning tergov ma’lumotlariga asoslanib aniqlik kiritishicha, ular guruhning Qozog‘istondagi bo‘linmasini tashkil etishni rejalashtirganlar.

“Yaqin inkor” voizlari Islom asoslarini buzib talqin qiladilar, natijada dindorlar adashib terrorchilar safiga qo‘shiladilar, deydi Ostonadagi geosiyosiy tadqiqotlar instituti direktori Asilbek Izbairov.

Bunday peshvolar “Yaqin inkor” a’zolari zimmasiga 40 kunlik va bir yillik missiyalarni yuklaydilar, bu ba’zida oilaviy aloqalarning uzilishi va ajralishlarga sabab bo‘ladi, dedi Izbairov Karvonsaroy nashriga.

Shu bilan birga, tashkilot a’zolari vaqtincha yashab turgan joylarida yangi xotin olishi, boshqa joyga ko‘chib ketayotganida esa uni taloq qilishi mumkin, dedi u.

Farzandlarni ta’limdan mahrum qilish

Qirg‘izistonda “Yaqin inkor” bilan bog‘liq hodisalarning birida, Issiqko‘l viloyatida guruh a’zosi bo‘lgan bir nechta ota-ona farzandlariga maktabga borishni taqiqlagan, deb xabar berdi 23-iyul kuni Ozod Yevropa/Ozodlik va Amerika Ovozi radiolari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Current Time” onlayn teleloyihasi.

Onalardan biri Baxtigul Abdraxmanovaning “Current Time” telekanaliga aytishicha, u farzandlariga faqat madrasaga borishga ruxsat beradi, chunki Qirg‘iziston konstitutsiyasi shariyat qonunlariga zid.

Baxtigul va uning eri Jergal o‘z ota-onalik vazifasini ado eta olmaganlikda ayblanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edilar, deb xabar berdi “Current Time”. Qirg‘iziston hukumati boshqa ikki oilaga ham xuddi shunday ayblov qo‘ygan.

Ayni paytda Jergal koloniyada. Baxtigul esa kenja farzandi 14 yoshga to‘lganidan so‘ng jazo muddatini o‘taydi, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500