Karvonsaroy
Xavfsizlik

Putun ehtimoliy yadroviy qirg‘indagi rossiyalik “jafokashlar” haqida hazil qildi

Karvonsaroy va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda yangi tayinlangan xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilmoqda, Moskva, 11-oktabr. (Sergey Karpuxin/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda yangi tayinlangan xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilmoqda, Moskva, 11-oktabr. (Sergey Karpuxin/AFP)

Yadroviy urush yuz bergan taqdirda rossiyaliklar shahid sifatida “jannatga” tushadilar, dedi Putin payshanba, 18-oktabr kuni.

Putin mamlakat janubidagi Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro mutaxassislar forumida chiqish qilarkan, Rossiyaga ehtimoliy yadroviy urushning qurboni o‘laroq ta’rif berdi.

“Bunday vaziyatda bizga nisbatan yadroviy qurol qo‘llanilishi tayin, ammo biz undan foydalanmaymiz”, dedi u.

“Tajovuz qilayotgan tomon qasos muqarrar ekanini va u yoq qilinishini, biz esa tajovuz qurboni, shahidlar sifatida jannatga tushishimizni anglashi kerak”, dedi u.

11-17-sentabr kunlari Rossiya Transbaykal hududidagi Tsugol mashg‘ulotlar maydonida sovuq urush davridan beri birinchi marta “Vostok-2018” deb nomlangan eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. (Kreml)

11-17-sentabr kunlari Rossiya Transbaykal hududidagi Tsugol mashg‘ulotlar maydonida sovuq urush davridan beri birinchi marta “Vostok-2018” deb nomlangan eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. (Kreml)

“Ular shunchaki o‘lib ketadilar, chunki ularda tavba qilib olish uchun vaqt bo‘lmaydi”, dedi u zaldan yangragan kulguga javoban.

Putinning nutqi ham Kreml nazoratidagi, ham muxolifatchilarga tegishli ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Yangiliklarni kuzatgan rossiyaliklar uning so‘zlariga birdek nafrat va istehzo bilan fikr bildirishgan.

Ayrim bloggerlarga ko‘ra, Putin birinchi marotaba “jannat” va “shahidlar” kabi diniy tushunchalarni tilga olgan, boshqalar esa “uning gaplarida ma’no yo‘qligi” va xuddi “ekstremist” kabi gapirganini aytib o‘tishgan.

“Rossiya Islom davlatiga hush kelibsiz”, dedi rossiyalik jurnalist Karina Orlovan “Exo Moskvi” saytida chop etilgan “Allohu akbar, rossiyaliklar” deb nomlangan blogida. “Rossiya fuqarolari endi xudkush bosh qo‘mondon (Putin) yaratgan qo‘lbola portlovchi moslamaning kichik qismlari.”

“U xuddi yadro bombasi bor Gitlerga o‘xshaydi”, dedi “astlire” taxallusli o‘quvchi.

“Rossiya hukumati qo‘l ostida o‘tkazayotgan hayotimizdan ko‘ra o‘lganimiz afzal, qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi”, dedi “par9” taxallusli o‘quvchi yaplakal.com web-saytida.

Mart oyida Putin yangi “ko‘rinmas” qurolni e’lon qilgan va bu qurol G‘arbning mudofaa tizimini kuchsizlantirishini aytgan edi. Mazkur da’vo mudofaa tahlilchilari va kuzatuvchilar tomonidan haqiqatdan yiroq va siyosiy maqsadlarga ega deb ko‘rilgan edi.

2016-yilda u Rossiyaning harbiy yadro salohiyatini kuchaytirishga chaqirgan edi.

Rossiya uzoq yillar davomida uran chiqindilarini ko‘mish va qurollarni sinash, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun sobiq Sovet respublikalaridan foydalanib kelgan.

Putin o‘tgan oyda Rossiyani tinchliksevar mamlakat deb atagan, bu so‘zlar Rossiya tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida yangragan edi. Bu da’vo Kremlning dunyo bo‘ylab olib borayotgan harakatlariga tamoman zid keladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 15

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putin hazillashib oxiri bir baloga yoʻliqadi

Javob berish

umuman tufta fikrlar, Rossiya haqida salbiy qarashlar mavud. Aqsh ning provakatsiyasi hisobga olinmagan

Javob berish

Qullar jannatga kiritilmasligi Putinning yodidan ko‘tarilgan shekilli. Shu sabab ruslar jannatga kira olmaydi.

Javob berish

Kombayn haydovchisi Gorbachevni chuv tushirib ketishdi yoki u yaramasning oʻzi barchasini pindoslar qoʻliga topshirdi. Endi esa bu hayvonlar Vovaga bosim oʻtkazib koʻrishmoqchi, bu safar ham uddalaymiz deb oʻylashayotgandir balki. Boʻrilar bilan har qanday kelishuv axmoqlikdir, bunday muhim bitim Adolfik tarafidan 39-yillarda imzolab boʻlingan.

Javob berish

Maqolaning turgan-bitgani safsata!

Javob berish

Katsaplar shishib ketishyapti xolos

Javob berish

Axmoqlar, u hazillashmayotgan edi..

Javob berish

Xo‘sh qay biri ma’qulroq ekan: JAHANNAM, jannat, galera yoki butun jahon hukmronligimi? (Putin bir vaqtlar galerada qulday ishlagani haqida aytib o‘tgan edi)

Javob berish

Yaxshi va qisqa yozilgan maqola. Putining hazil hissi juda zo‘r. Umidsizlik va tushkunlikka tushishga hojat yo‘q. Tinchlik bu urush Erkinlik bu qullik Johillik – rohat Soko Gakai

Javob berish

Maqola borib turgan bemaʼnilikning oʻzi. Mast odamning soʻzlariga oʻxshaydi. Gʻarblik hamkorlarning hatti-harakatlariga nisbatan aniq javob yangradi, ularning oʻzi vaziyatni keskinlashtirmoqda. Sayt bunday maqolalar bilan oʻz reytingini tushiradi va ishonchni yoʻqotadi.

Javob berish

Kelajakda islom dini hukmron boʻladi

Javob berish

Rossiya – tinchlik ustuni!

Javob berish

“Olam uzra tinchlik kabutari qanot qoqmoqda”.... va “Tinchlik, tinchlik, tinchlik, tinchlik - shudir bizning j a n g o v a r shiorimiz”..... Rutiniya - ikkiyuzlamachilik ustuni! ! !

Javob berish

Nimadandir mast boʻlib olgan bezoridek gapiryapti. Lekin, “mastlik – rostlik”. Ruzveltning mashʼum xatosini tuzatish vaqti allaqachon kelgan.

Javob berish

Rossiya bo‘lmasa bizga bu dunyoning nima keragi bor?

Javob berish