http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/10/24/feature-02
| Siyosat

Suriyalik qutqaruvchilarni “terrorchi” deb atayotgan Rossiya yolgʻon axborot kampaniyasini davom ettirmoqda

Qohiradan Volid Abu al-Xayr


Oq dubulg‘alilar nomi bilan tanilgan Suriya fuqarolik mudofaasi gumanitar tashkiloti a’zolari Rossiya yoki Suriya rejimi tomonidan uyushtirilgan havo hujumidan yashirinib olgan bolani qutqarishmoqda. Rossiya va rejim tomonidan sodir etilgan vahshiyliklarni hujjatlashtirgan bu tashkilotni Rossiya “terrorchi” deb atadi. (Oq dubulg‘alilar)

Oq dubulg‘alilar nomi bilan tanilgan Suriya fuqarolik mudofaasi gumanitar tashkiloti a’zolari Rossiya yoki Suriya rejimi tomonidan uyushtirilgan havo hujumidan yashirinib olgan bolani qutqarishmoqda. Rossiya va rejim tomonidan sodir etilgan vahshiyliklarni hujjatlashtirgan bu tashkilotni Rossiya “terrorchi” deb atadi. (Oq dubulg‘alilar)

Rossiya va Suriya prezidenti Bashar al-Asad Suriya fuqarolik mudofaasi Suriyada kimyoviy hujum uyushtirishni rejalayotganlikda qat’iy ayblashi Kremlning chet eldagi xatarli ta’siriga misol bo‘la oladi.

2013-yilda tashkil topgan Suriya fuqarolik mudofaasi yoki Oq dubulg‘alilar gumanitar tashkilot bo‘lib, isyonchilar hududlarda sodir etilgan hujumlarda jarohatlanganlarni qutqarish bilan shugʻullanadi.

Oq dubulg‘alilar nomi bilan tanilgan Suriya qutqaruvchi ko‘ngillilarini “tahdid” oʻlaroq tasvirlagan va ularning urush davom etayotgan mamlakatdan chiqib ketishini talab qilgan Rossiya 11-oktabr kuni BMTda jiddiy tanqidga uchradi, deb xabar bergan diplomatlar AFPga.


Idlibliklar kimyoviy hujumdan ehtiyot chora sifatida paxta va ko‘mir kabi materiallarni karton qutilar va idishlarga solib, qo‘lbola gaz niqoblarini yasab olganlar. (Suriya fuqarolik mudofaasi tomonidan taqdim etilgan surat)

Idlibliklar kimyoviy hujumdan ehtiyot chora sifatida paxta va ko‘mir kabi materiallarni karton qutilar va idishlarga solib, qo‘lbola gaz niqoblarini yasab olganlar. (Suriya fuqarolik mudofaasi tomonidan taqdim etilgan surat)

“Oq dubulg‘alilar – tahdid manbai”, deb aytgan Rossiya vakili Moskva tomonidan chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining yopiq majlisida. Bu haqda majlisda ishtirok etgan diplomat xabar bergan.

“Biz g‘arb mamlakatlarini Oq dubulg‘alilarni Suriyadan chiqarib yuborishga chaqiramiz. Taraqqiy etgan jamiyatda ularning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq emas”, deb iqtibos keltirgan diplomat Rossiya vakilining so‘zlariga tayanib.

Qo‘shma Shtatlar “Rossiyaning haqoratomuz va soxta ayblovlarini qoraladi. Oq dubulg‘alilar – gumanitar tashkilot. Rossiya yolgʻon xabarlar tarqatishda davom etmoqda”.

Bir vaqtning o‘zida Buyuk Britaniya vakili ruslarni “kengash vaqtini olmaslikka” chaqirgan, Fransiya esa “hayrat va tashvishga” tushganini aytib, guruh “yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolganini” qo‘shimcha qilgan.

Davomli dezinformatsiya

Kremlning Oq dubulg‘alilarga qarshianchadan beri davom etayotgan qoralash kampaniyasi hududda fuqarolarga qarshi rejim rejalashtirayotgan haqiqiy kimyoviy hujumni yashirish maqsadida qilinayotgan bo‘lishi mumkin, deydi kuzatuvchilar.

AFP xabariga koʻra, bundan avvalroq, 11-sentabr kuni Rossiya Suriya muxolifati va Oq dubulg‘lilar Suriya rejimi armiyasi tomonidan uyushtirilgani gumon qilingan kimyoviy hujum oqibatlari haqidagi videolavhani namoyish qilishini aytgan edi.

Rossiya mudofaa vazirligi idlibliklardan iqtibos keltirib, bir nechta Yaqin Sharq telekanallari, shu bilan birga, “AQSHning yetakchi yangiliklar kanalining mahalliy bo‘limi” suratga olish uchun yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Suratga olingan videomateriallar “kun oxiriga qadar” telekanallarga taqdim etiladi va ular ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish qilinadi, deb da’vo qilgan edi vazirlik.

“Ssenariyga” asosan, Suriya armiyasi bombalar tashlaganidan soʻng Oq dubulg‘alilar faollari mahalliy fuqarolarni qutqarishga yordam berishi kerak edi, deyiladi bayonotda. Videolavha haqqoniyroq chiqishi va joylardan zararlangan tuproq namunalari taqdim etilishi uchun haqiqiy kimyoviy moddalar qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan.

Xuddi shunday da’vo 6-sentabr kuni Kreml nazoratidagi “Russkaya Vesna” saytida chop etilgan soxtalashtirilgan videoda ham yangragan. Bu da’vo rusiyzabon auditoriyani laqillatish uchun oʻylab topilgan edi.

8 daqiqali mazkur videolavhada ko‘zlari va qo‘llari bog‘langan shaxsni kadr ortidagilar so‘roqqa tutishi jarayoni aks etgan. Zo‘rlab olingan da’volarning noto‘g‘ri tarjimasida AQSH “Islom davlati” (ID) terrorchilarini tayyorlagani, uning a’zolari “Idlibda kimyoviy hujum haqida ig‘voli videoni suratga olish va bu bilan Suriya Arab armiyasini ayblash uchun jo‘natilganini” aytib o‘tgan.

Jiddiy tahdid

G‘arb prezident Bashar al-Asadni Idlibda kimyoviy qurol ishlatgani aniqlangan taqdirda uning rejimini ayblashi haqida ogohlantirgan edi.

Rossiya va Suriya rejimi Oq dubulg‘alilarni kimyoviy qurollar ishtirokida “teatrlashtirgan sahna”ni tayyorganlikda ayblashi rejim nazoratidan tashqaridagilarga jiddiy tahdid soladi, dedi Suriya fuqarolik mudofaasi matbuot kotibi Holid al-Xotib.

Bu ayblovlar yaqin orada mazkur hududlarning Rossiya va rejim tarafidan kimyoviy hujumga uchrashi borasidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. Bu jarayonda “Oq dubulgʻalilar” badnom qilinishi mumkin, dedi u.

Muxolifat va fuqarolik mudofaa guruhlarini xalqaro miqyosda taqiqlangan kimyoviy qurollarga egalik qilishda ayblash maqsadida Rossiya va Suriya rejimi sahnalashtirilgan kimyoviy hujumni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi suriyalik advokat Bashir Al-Basam.

Maqsad – Rossiya va rejim tarafidan Idlibga hujumlar vaqtida amalga oshirilayotgan yoki rejalashtirilayotgan ommaviy qotilliklardan diqqatni chalgʻitish”, dedi u. Bu shunday qurollar ishga solingan taqdirda Rossiya va rejim uchun bahona sifatida xizmat qiladi.

Uning soʻzlariga koʻra, moʻtadil muxolifat guruhlari va “Oq dubulgʻalilar”ni “har qanday yoʻl bilan quvib chiqarish kerak boʻlgan terrorchilar“ qilib koʻrsatish ham maqsad qilingan.

Tahlika uygʻotish

Markaziy Osiyoda qoʻllanilayotgani kabi taktika yordamida Moskva yolgʻon axborot tarqatish bilan oʻz maqsadlariga erishishga intilmoqda.

Bunday hatti-harakatlar sirasiga gibrid urushi taktikalari, jumladan siyosiy majburlash, odatiy va noodatiy urushlar, kiber-urush va taʻsir oʻtkazish choralari kiradi.

Rossiya va rejimga sodiq OAV oʻz eʻtiborini Suriyaning muhim tumanlariga qaratmoqda. Bu shunday tumanlarki, Rossiya va Suriya rejimi ularni oʻz nazoratiga olsa, butun Idlibdagi vaziyatni nazorat qila olishi mumkin.

Jamoatchilik faoli Xaysam al-Idlibiyning aytishicha, Jisr Ash-Shug‘ur kabi muayyan shaharlarga e’tibor qaratilayotgani bejiz emas – ular kichik va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar nishoniga aylanishi mumkin. Muxolifat kuchlari shunday raketalarga ega.

“Bu raketalar kimyoviy moddalar bilan toʻldirilishi, keyinroq Rossiya va rejim ularni muxolif kuchlar va “Oq dubulgʻalilar”ni ayblash uchun mintaqaga havo hujumini amalga oshirishda qoʻllashi mumkin”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
46
Yo‘q
Fikrlar 5
Siyosat
Captcha
| 2019-08-15

Nega hamma narsa uchun Rossiya aybdor boʻlaveradi?

Javob berish
| 2018-12-20

Rossiya bamisoli terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakat bo‘lib qolgan

Javob berish
| 2018-10-29

Quturgan it atrofdagilar uchun xavfli, yaralangani esa undan ham xavfli. Rossiya hozir bamisoli quturgan, yaralangan it kabidir, u butun dunyo uchun xavfli

Javob berish
| 2018-10-26

Oq dubulg‘alilarning aktyorlari o‘zlarining o‘yinlari bilan taraqqiy etgan dunyoning g‘ashiga tegmoqda

Javob berish
| 2018-10-25

Suriyada tinchlik o‘rnatish istagini butun olamga namoyon etgan davlatni kimyoviy hujumda ayblash – axmoqgarchilik. Kimyoviy hujumlar haqida hammasi batafsil yoritilgan va uni kim qilgani ko‘rinib turibdi.

Javob berish