Karvonsaroy
Diplomatiya

Rossiyaning qoidabuzarliklari koʻp yillardan beri mavjud yadroviy qurollarga oid kelishuvga tahdid solmoqda

Karvonsaroy

Rossiya harbiylari mart oyida Astraxan viloyatida “Iskander” raketa tizimini qoʻllagan holda mashgʻulot oʻtkazmoqdalar. INF shartnomasiga zid ravishda qoʻllanilgan 9M729 raketasi Iskanderga oʻxshash tizimdan uchirilgani gumon qilinadi. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

Rossiya harbiylari mart oyida Astraxan viloyatida “Iskander” raketa tizimini qoʻllagan holda mashgʻulot oʻtkazmoqdalar. INF shartnomasiga zid ravishda qoʻllanilgan 9M729 raketasi Iskanderga oʻxshash tizimdan uchirilgani gumon qilinadi. (Rossiya Mudofaa vazirligi)

Oʻrta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish boʻyicha bitimning Rossiya tarafidan bir necha bor buzilishi Qoʻshma Shtatlarni 31 yil davomida amalda boʻlgan bitimdan voz kechishga undamoqda.

20-oktabr kuni prezident Donald Tramp AQSH INF shartnomasidan voz kechish istagida ekanini bildirdi.

“Biz shartnomaga hurmat bilan munosabatda boʻlib, unga amal qilib keldik”, dedi Tramp jurnalistlarga. “Rossiya shartnomani buzdi. Ular uni bir necha yildan beri buzib kelmoqdalar.”

Prezident Ronald Reygan va Sovet Ittifoqining soʻnggi rahbari Mixail Gorbachev tomonidan 1987-yilda imzolangan shartnoma 500-5500 kilometrgacha ucha oladigan yer raketalari va ularni uchirish uskunalarini ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish va ularga egalik qilishni taqiqlaydi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (oʻngda) bosh vazir Sergey Lavrov bilan Kremlda AQSH Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Boltonni (suratda koʻrsatilmagan) qarshi olmoqda, 23-oktabr, 2018-yil, Moskva. (Maksim SHIPENKOV / POOL / AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (oʻngda) bosh vazir Sergey Lavrov bilan Kremlda AQSH Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Boltonni (suratda koʻrsatilmagan) qarshi olmoqda, 23-oktabr, 2018-yil, Moskva. (Maksim SHIPENKOV / POOL / AFP)

Oʻsha davr rahbarlariga koʻra, Yevropada yadroviy urush uchun ishlab chiqarilgan bunday raketalarning joylashuvini aniqlash mushkul boʻlgan va ular beqarorlikni kuchaytirgan.

Gorbachev va Reygan hujjatni imzolaganlaridan keyin 2700 dan ortiq raketa yoʻq qilingan edi.

Rossiyaning “asossiz” qonunbuzarliklari

Rossiyaning bitimga rioya qilmayotgani borasidagi xavotirlar 2014-yildan boshlangan edi. Oʻshanda AQSH davlat departamenti yillik hisobotida “Rossiya Federatsiyasi INF shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi” va 2013-yil Qoʻshma Shtatlar Moskvaga bu borada oʻz xavotirlarini bildirgani haqida xabar bergan.

2015, 2016, 2017 va 2018-yilgi hisobotlarda ham ayni daʼvolar takrorlangan.

2017-yilning boshida Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning yangi SSC-8 yoki 9M729 nomi bilan tanilgan yerdan uchiriluvchi raketalari INF shartnomasiga zid ekanligini aniqlagan. “Economist” nashrining oʻtgan yilgi xabariga koʻra, raketaning uchish masofasi 2500 kilometrni tashkil qiladi. Shartnomaga asosan bu masofa taqiqlangan.

AQSH maʼmuriyati xabariga koʻra, Rossiya sirli ravishda har biri 36 raketadan iborat ikkita batalyonni jangovar holatga keltirgan. Ularning kamida bittasi Rossiya markaziy harbiy okrugida joylashgan. Ular Yevropadagi bir qator obyektlarni nishonga olgan.

Yana bir potensial muammo – yerdan uchiriladigan RS-26 ballistik raketasidir, uning qoʻllanilishi qay darajada qonuniy ekanligi tahlilchilar tomonidan bahs-munozaraga sabab boʻlmoqda.

AQSH mudofaa vaziri Djeyms Mattis 4-oktabr kuni, agar Rossiya INF shartnomasini “qoʻpollik bilan buzishda” davom etsa, Vashington javob choralari koʻrishini aytib ogohlantirgan, deb xabar berdi AFP.

“Rossiya INF shartnomasiga amal qilishi kerak, aks holda shartnomaning maʼlum cheklovlarini surbetlarcha buzganligi sababli Qoʻshma Shtatlar unga javob qaytaradi”, dedi Mattis Brusselda boʻlib oʻtgan NATO mudofaa vazirlari uchrashuvidan soʻng. Bu bilan vazir SSC-8 raketasini nazarda tutgan.

“Xatoga yoʻl qoʻymang, ayni vaqtda Rossiyaning shartnomani qoʻpol ravishda buzishini oqlab boʻlmaydi”, dedi u.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg ham Rossiya Yevropa xavfsizligining “poydevori” boʻlgan shartnomani xavf ostiga qoʻyayotganini taʼkidladi.

“Bizningcha, shartnoma Rossiyaning xatti-harakatlari tufayli xavf ostida qolmoqda. Yaqinda Rossiya 9M729 deb nomlangan raketa tizimi mavjudligini tan oldi. Vaholanki, yillar davomida buni rad etib kelgan”, dedi u. “Bu tizim barqarorlikka tahdid tugʻdiradi. Bizning xavfsizligimiz jiddiy xavf ostida qolmoqda.”

Ishonarli izohlarsiz Rossiyaning bu shartnomani buzayotgani aniq boʻlib qoladi, dedi Stoltenberg.

“Rossiya yangi raketalarni jangovar holatga keltirish bilan hujjat shartlarini buzmoqda”, dedi Polsha tashqi ishlar vaziri Yatsek Chaputovich oʻtgan hafta Bryusselda. Bu haqda Defence24.pl nashri xabar bergan. “Agar bu shartnoma buzilgani natijasida oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa, unga rioya qilish masalasi soʻroq ostida qolmoqda.”

Shartnoma kuchda qolishini istayotgan Yevropa davlatlari ham Rossiyaning aybiga ishora qilmoqdalar.

“Rossiya shartnomani buzganiga hech kim shubha qilmaydi”, deb aytgan anonim diplomat 26-oktabr kuni Parijning Le Figaro nashrida chop etilgan maqolada. “Ammo hujjat bekor qilinadigan boʻlsa, Moskva bu tarixiy kelishuvning tugatilishida bizni ayblaydi.”

Inkor va tahdidlar

Rossiya shartnomani buzganini rad etmoqda, ammo Putin yadroviy xavfsizlikka borasida oʻz soʻzamolligini yashirayotgani yoʻq.

18-oktabr kuni Putin yadroviy urush haqida hazillashib shunday degan edi: “Biz zoʻravonlik qurbonlari sifatida shahid boʻlib jannatga tushamiz. Zoʻravonlar esa shunchaki oʻlib ketadilar, chunki ular tavba qilishga ulgurmaydilar.”

Bu bilan Putin shartnoma bekor qilingan taqdirda AQSH raketalarini oʻz hududida joylashtirishni istagan davlatlarga tahdid qilib ulgurdi.

“AQSH raketalarini oʻz hududida joylashtirishga rozi boʻlgan Yevropa mamlakatlari oʻz yelarini javob zarbasi uchun ochib berishlarini tushunishlari kerak”, degan u 24-oktabr kuni Moskvada. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi xabar bergan.

Shu bilan bir vaqtda diplomatik manbalarning xabar berishicha, 25-oktabr kuni Rossiya shartnomaning bekor qilinishda Qoʻshma Shtatlarni aybdor qilishga urinib, Birlashgan Millatlar Tashkilotida (BMT) INF shartnomani saqlab qolishga qaratilgan qaror loyihasini taklif qildi.

BMT bosh assambleyasining qurolsizlantirish boʻyicha qoʻmitasiga kiruvchi 55 davlat bu masalaning kun tartibida muhokama qilinishiga qarshi boʻldi, 31 aʼzo buni yoqlagan boʻlsa, 54 mamlakat betaraf qolgan, deb xabar bergan AFP.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Uning o r t i d a n dunyoning narigi chekkasiga boʻlsa ham (boraman)! Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun. Butun dunyo birlashib!!!!!

Javob berish

Menga Rossiya bir jahonu, Amerika bir jahon. Ammo amerikalik axmoqlar hamma narsani o‘zgartirgisi kelib turadi. Bir qarasang, yadroviy qurolga ega bo‘lishiga haqqi yo‘q, deb Eronga aql o‘rgatadi yoki boshqa davlatlarni nimalardadir ayblaydi. Undan ko‘ra ochiqdan-ochiq “Hamma menga bo‘sunsin” demaydimi ...

Javob berish

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritishga sabab izlamoqda, amerikaliklar Rossiyaning raketalaridan kutilmaganda yomon axvolga tushib qolishdan qo‘rqishadi. ATACMS tizimi (AQSHda ishlab chiqarilgan Army Tactical Missile System – harbiy taktika raketa kompleksi) raketalarni 450 kilometr uzoqlikka uchira oladi - ammo bu omma uchun ochiqlangan ma’lumot (aslida esa haqiqiy ko‘rsatkichlar bunda yuqori), NATO bloki bo‘yicha ittifoqdosh Fransiyada esa 1992-yilda ishlab chiqilgan (demak o‘sha vaqtning o‘zida INF shartnomasiga zid bo‘lgan) Ades tizimi mavjud (uzoqligi 500 km). Shu sababdan ham Vashington bo‘xton qilmay, avvalo o‘zi va ittifoqdoshlaridan gapni boshlashi kerak.

Javob berish