Karvonsaroy
Atrof muhit

Rossiyaning Oʻzbekistondagi AES loyihasi xavfsizlikka oid savollarni keltirib chiqarmoqda

Maksim Yeniseyev

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin 19-oktabr kuni Toshkentda rasmiy Moskva tarafidan qoʻllab-quvvatlanayotgan atom elektrostansiyasi qurilishiga start beruvchi ramziy tugmani bosdilar. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin 19-oktabr kuni Toshkentda rasmiy Moskva tarafidan qoʻllab-quvvatlanayotgan atom elektrostansiyasi qurilishiga start beruvchi ramziy tugmani bosdilar. (Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati)

TOSHKENT – Markaziy Osiyodagi birinchi o‘ziga xos loyiha – Moskva va Toshkent birgalikda qurishni rejalashtirgan yangi atom elektrostansiyasi Rossiyaning sobiq sovet respublikasidagi oʻz taʼsirini saqlab qolishga urinishi sabab hayrat uygʻotgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Toshkentda yangi loyihaning qurilishiga start berdilar.

O‘zbekiston bilan imzolangan shartnomaga koʻra, Rossiyaning davlat atom energetika korporatsiyasi boʻlmish “Rosatom” 2028-yilgacha har birining ishlab chiqarish quvvati 1200 mVt ga teng ikki energoblokdan iborat atom stansiyasini barpo etadi.

Shartnoma O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirish, jumladan, 19-oktabr kuni Atom energetikasini rivojlantirish agentligini (O‘zatom) tashkil etishga doir chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

1986-yil 1-oktabr sanasi bilan berilgan ushbu suratda sovet davrida Ukraina hududida barpo etilgan Chernobil AESda 1986-yil 26-aprel kuni yuz bergan halokatli avariyadan keyin olib borilayotgan taʼmirlash ishlari aks etgan. Ushbu hodisa eng mudhish yadroviy falokat sifatida tarixga kirgan boʻlib, keyingi oʻn yilliklar davomida keng koʻlamli radiatsion nurlanish va kasalliklarni keltirib chiqargan. (Valeriy Zufarov / TASS / AFP)

1986-yil 1-oktabr sanasi bilan berilgan ushbu suratda sovet davrida Ukraina hududida barpo etilgan Chernobil AESda 1986-yil 26-aprel kuni yuz bergan halokatli avariyadan keyin olib borilayotgan taʼmirlash ishlari aks etgan. Ushbu hodisa eng mudhish yadroviy falokat sifatida tarixga kirgan boʻlib, keyingi oʻn yilliklar davomida keng koʻlamli radiatsion nurlanish va kasalliklarni keltirib chiqargan. (Valeriy Zufarov / TASS / AFP)

Suratda: Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Alisher Sultonov va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev 19-oktyabr kuni Jizzax viloyatida Rossiya tashabbusi ostidagi atom stansiyasi qurilishi uchun tanlangan joyda. (Oʻzatom)

Suratda: Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Alisher Sultonov va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev 19-oktyabr kuni Jizzax viloyatida Rossiya tashabbusi ostidagi atom stansiyasi qurilishi uchun tanlangan joyda. (Oʻzatom)

O‘zbekiston 2029-yilgacha atom energiyasini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va “Rosatom” yordami bilan kadrlar tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Kremldagi manbalarga ko‘ra, AES qurilishi taxminan 11 milliard AQSH dollariga (90,6 trillion so‘m) tushadi, ammo loyihaning aniq qiymati maʼlum emas.

Rossiyaning ta’siri

Ayrim tahlilchilarning soʻzlariga koʻra, yangi loyiha Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini kuchaytiradi.

“11 millard AQSH dollari katta pul”, deydi toshkentlik iqtisodchi Shukurullo Mavlonov Karvonsaroy nashriga.

“Solishtirib ko‘rsak, O‘zbekistonning 2018-yildagi budjeti 8 milliard AQSH dollaridan (66 trillion so‘m) oshmaydi”, dedi u. “Qurilish uchun qancha mablag‘ ajratilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.”

“Shu bois ham u o‘zini oqlaydimi-yoʻqmi, bir narsa deyish qiyin”, deb taʼkidladi mutaxassis. “O‘zbekistondagi energiya infratuzilmasining eskirgani juda katta muammoga aylangan. Uni modernizatsiya qilish uchun mablagʻ ajratilsa, atom elektrostansiyasi beradigan quvvatni shundoq ham olishimiz mumkin.”

Kuzatuvchilarning baʼzilari bu kabi qimmat loyihaning maqsadga muvofiq ekaniga shubha bildirib, u siyosiy maqsadlarni koʻzlaydi deya taxmin qilmoqdalar.

“Menimcha, bu loyiha iqtisoddan ko‘ra koʻproq siyosiy ahamiyatga ega”, dedi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

“U kutilgan natijani bermasa ham, Rossiya oʻz maqsadiga erishadi”, dedi u. “Elektrostansiya faoliyat yuritishi uchun Rossiyaning doimiy yordami talab etiladi.”

“Elektrostansiya Rossiyaning O‘zbekistondagi eng qudratli ta’sir markaziga aylanadi”, dedi Asatullayev.

Atrof-muhitga oid xavotirlar

Bu orada, ekologlar va mahalliy aholi vakillari Rossiya tashabbusi ostidagi AES qurilishi uchun tanlangan joy borasida oʻz xavotirlarini bildirmoqdalar. Hukumat inshootning qayerda joylashishi borasida yakuniy toʻxtamga kelmagan.

Oʻtgan ikki hafta ichida ikkita turli xil qurilish maydonlarining belgilanishi yanada koʻproq savollarni keltirib chiqardi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov 9-oktabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan matbuot-anjumanida inshootning Toʻdakoʻlda (Buxoro viloyati) barpo etilishini maʼlum qilgandi.

Biroq, 19-oktabr kuni loyiha qurilishining boshlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali marosimda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Alisher Sultonov va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev Jizzax viloyatidagi Aydarkoʻl yaqinida joylashgan potensial maydonchada boʻlganlar.

Qurilish uchun taklif etilgan maydonning soʻnggi daqiqalarda oʻzgarishi loyihaning shosha-pisha tayyorlanganidan darak beradi, dedi toshkentlik ekolog Mansur Akramov Karvonsaroyga.

“Bundan tashqari, jamoatchilikka hech qanday tafsilotlar maʼlum emas, bu esa xavotirga sabab boʻlmoqda”, dedi u. “Yana bir muhim savollardan biri – yadroviy chiqindilar qayerga koʻmiladi? Teraktlar va yadroviy texnologiyalarning tarqalishiga qarshi qanday xavfsizlik choralari koʻriladi?”

“Falokatdan himoyalanishning 100 foizlik kafolati – bu AESni qurmaslik”, deydi Akramov.

AES uchun tanlangan ikkala joyning ham oʻz kamchiliklari bor, ulardan biri olisroqda joylashgan boʻlsa ham, dedi u.

Toʻdakoʻl buxoroliklar uchun yagona dam olish maskani hisoblanadi,” dedi Akramov. “Yaqin-atrofda boshqa hech qanday yirik suv havzalari yoʻq”.

“Buxoro aholisi atom elektrostansiyasi yaqinida yashashdan xavfsiramoqda”, dedi u.

Boshqa tomondan, Aydarkoʻl “aholi punktlaridan ancha yiroqda”, dedi u. “Lekin, bu yerning tabiati oʻziga xos, endi-endi turizm rivojlanmoqda, doimiy kemping maskanlari va oʻtovlar barpo etilgan. Shunday boʻlsa-da, AES yaqinida dam olishga hech kimning yuragi betlamaydi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 16

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AES qurilmas ekan, aholi hech qachon stabil elektr energiya bilan ta'minlanmaydi. Bu eskitdan qolgan rahbarlar, qurilish tashvishidan ham qo‘rqadi, qurilgandan keyin nima qilishni ham bilmaydi.

Javob berish

Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmas.atom stansiyasi uzb GA zarur

Javob berish

Atom elektr stantsiyalariga egalik qilish obroʻ emas, balki ogʻir mehnat va qoloqlik belgisi boʻlib bormoqda. AMMO ulardan qutulish imkonsiz, hatto (ayniqsa) vayron boʻlganlaridan ham. Ular faqat amaldorlarga pora olish va pullarni arra qilish uchun kerak. Shuningdek, u yotaverib eskirgan va bozor narxini yoʻqotgan bolsheviklarga xos uquvsizlik mahsuloti uchun qattiq valyuta manbai sifatida Putinga ham kerak.

Javob berish

Loyihani moliyalashtirish uchun barcha oʻgʻirlangan pullarni chet eldan qaytarib olish kerak boʻladi. Birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimova qilgani kabi xalqning pulini oʻgʻirlashga yoʻl qoʻymaslik kerak. Bundan tashqari, Karimov yaratgan tizimdan voz kechish kerak – yuqori lavozimli amaldor davlat mablagʻlarini oʻmarganida yoki biror noqonuniy ish qilganida, u faqat boshqa lavozimga oʻtirish uchun ishdan boʻshatilgan. Hech kim ularni javobgarlikka tortmagan. Masalan, odamlarni tahqirlashni yaxshi koʻradigan sobiq vazir yaqinda Samarqandga hokim boʻldi. Qani bu yerda mantiq va nomus?

Javob berish

Nima gunoh qiliwgandi Jixxakliklar özi byujeti kambagal viloyalardan 1 b.sa. Aybi prezident Wu yerdan chiqqanimi. Nima Navoiyni yo qoraqolpiqni chölida qurilsa b.maydimi. Vapwe õzbek xalqini xavfga qöyib quriwni nima k.gi bor. Yaponiyaga öxwab texnika va mutaxassis (100-200 yil orqadamiz) yetiwmaydiyu, xamma chetda, avariya b.wi aniq. Öwa elaktika sohasini modernizasiya qiliwsa yokI taklif qilinayotgan " Oliynasab" chet ellik mutaxasislarga vada qilinayotgan 30-60ming $ pulni chetda yurgan mutaxasislarga, malakasini owiriw, qobilyatlilarni qöllab quvvatlawga sarflawsa allaqachon Özbekiston Rossiya, AQW, Yaponiya, Xitoy.....darajasiga yetib gullab- yawnar edi.

Javob berish

Lentanga Fukisima seni, yaponlarning oʻz atom stansiyalarini qurish boʻyicha loyihalari yoʻq. Bosqinchilar yoʻl qoʻymaydi. Hamma bloklar Amerikaniki. Amerikadagi reaktorlarda boʻlgan avariyalar haqida-ku, gapirmasa ham boʻladi, internetdan ko'rib olarsan. Xitoy bizning texnologiyalardan foydalanadi, Amerika esa 30 yildan beri shugʻullanmay qoʻygan.

Javob berish

Rutiniya davlati “gullab-yashnayaptimi”?

Javob berish

Nima ham derdik, АES qurilishini Prezidentlar hal qilib boʻlishgan, agar xavfli boʻlsa АESni nima keragi bor... yana bilmadim

Javob berish

Har doimgidek o‘z uslubingizdasiz. Hamma narsa yomon, hammasiga Rossiya aybdor. Maqolalarni bir tomonlama yozish kerak emas, agar sizni kimdir xafa qilgan bo‘lsa, bu maqolangizga ta’sir qilmasligi kerak. Yaxshi narsalar haqida ham yozing.

Javob berish

Возобновляемая энергия стала дешевле нефти и газа в 30 странах Согласно отчету Всемирного экономического форума (ВЭФ), в 2016 году возобновляемая энергия стала дешевле или сравнялась по цене с ископаемыми энергоносителями более чем в 30 странах. Среди них — Бразилия, Мексика, Чили, Австралия. По оценке аналитиков Deutsche Bank, в ближайшие несколько лет их количество вырастет до 80% от всех стран мира. Глава подразделения ВЭФ по инфраструктуре и инвестициям в развитие Майкл Дрекслер заявил: «Возобновляемая энергия достигла переломного момента. Она не только коммерчески жизнеспособна, но и представляет собой привлекательную возможность для инвестиций с долгосрочным, стабильным, защищенным от инфляции доходом». В 2015 году, на конференции ООН в Париже, посвященной изменениям климата, было принято решение о том, что до 2030 года в возобновляемые источники энергии нужно инвестировать по $1 трлн ежегодно. По факту в 2015 году инвестиции в эту сферу составили лишь $286 млрд, при этом больше половины этой суммы — $156 млрд — было инвестировано в развивающихся странах. На первом месте по уровню инвестиций в возобновляемые источники энергии находится Китай, он инвестировал $102 млрд. С большим отрывом лидируют солнечная и ветряная энергии — на первую приходится $161 млрд, на вторую — $109,6 млрд, на остальные виды энергии — $15,2 млрд. Источник: http://www.kommersant.ru/doc/3182105

Javob berish

Quyosh energeyasi Osiyo va Jahon banklarining hisob-kitobiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida quyosh energiyasining yalpi salohiyati 51 milliard tonna neft ekvivalentidan ortiqni tashkil qiladi, bu hozirgi kunga qadar respublikada tadqiq etilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99,7 foizini tashkil etadi. Bu manbalardan yillik isteʼmol hajmidan 40 barobar koʻp elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin. 2015 yil 8-aprelda Oʻzbekistonning Namangan viloyati Pop tumanida 130 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) foydalanishga topshirildi. QFESning asosiy maqsadi quyosh panellari va modullarining yangi turlarini sinab koʻrish, ularning texnik va iqtisodiy parametrlarini (TIP) Oʻzbekistonning iqlim sharoitida yuqori samaradorlik yechimlarni tanlash maqsadida sinovdan oʻtkazishdan iborat. QFES bunday stansiyalarni ishlab chiqish va mahalliy mutaxassislarning quyosh energetikasiga oid amaliy mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi, amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun platforma boʻlib xizmat qiladi. Koreyaning ilgʻor texnologiyalaridan foydalangan holda 130 kVt.lik QFES sinovidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi memorandum Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Koreya Respublikasi energetika vazirligi tomonidan imzolandi. Fotoelektrostansiya 700 ming AQSH dollari miqdoridagi Koreya Respublikasi grantlari yordamida barpo etildi. 2020-yilgacha Oʻzbekistonda umumiy quvvati 300 MVt boʻlgan uchta quyosh stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Oʻzbekiston hu

Javob berish

Yashil energetika haqidagi bunday gap-soʻzlar faqat axmoqlar uchundir. Butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining deyarli 0 boʻlagiga teng. Yashil energetikaning muqobili topilmaganidan keyin hukumat boʻlmagʻur akkumulyatorlarni saqlash va utilizatsiyasi uchun bor-budingizni shilib olganda atom energetikasi osmondan tushgan neʼmat boʻlib koʻrinadi.

Javob berish

Kuzatuvchilar, xavotirlanmang; tahlilchilar, qo‘rqmang; buxoroliklar tahlikaga tushmang - hammasi YAX-SHI bo‘ladi. Bu Axlatsaroydagilar esa geografiyani o‘qib olishi kerak, chalasavodlar.

Javob berish

San Rossotrudnichestvodan 3-4 tangangni olib yuraver. Bu yerda nima qilib o`tlab yuribsan?

Javob berish

Men buni sariq chaqa ham demagan boʻlardim, ONA ROSSIYAga rahmat.

Javob berish

Otang Stalinga, dadang Putinga ham

Javob berish