Karvonsaroy
Inson huquqlari

Markaziy Osiyolik migrantlar Qozog‘istonni Rossiyaning muqobili sifatida koʻrmoqdalar

Kseniya Bondal

Olmaotaning “Yashil bozorida” sotilayotgan mevalar. (Wiki Commons)

Olmaotaning “Yashil bozorida” sotilayotgan mevalar. (Wiki Commons)

OLMAOTA – Tadqiqotga koʻra, Rossiyada keng tarqalgan adolatsizlik, irqchilik va zo‘ravonlikka duch kelayotgan Markaziy Osiyolik migrantlar endi Qozog‘istonning yirik shaharlarida ish izlashni ma’qul ko‘rmoqdalar.

Tadqiqot natijalari 23-24-oktabr kunlari Olmaotada bo‘lib otgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JST) Sog‘lom shaharlar hokimlari sammitida taqdim etilgan. Unga koʻra, Markaziy Osiyolik migrantlarning eng koʻp qismi Qozog‘istonda bo‘lib, ular umumiy aholining 22 foizini tashkil etadi.

Tadbirda 24 mamlakatdan 250 ga yaqin hokimlar va siyosiy arboblar, JST, Jahon banki, UNISEF va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qozog‘iston iqtisodiy chegaralarini ochmoqda va global iqtisodiyotga tobora integratsiyalashib bormoqda, dedi Sog‘lom shaharlarning fransuz milliy tarmog‘i prezidenti Sharlotta Marshandiz sammit chogʻida.

Chimkentdagi “Sana Sezim” markazi huquqshunosi migrantlarga Qozog‘istonda qonuniy yashash qoidalari borasida ma’lumot bermoqda, may oyi. (“Sana Sezim” ayollar tashabbuslari huquqiy markazi)

Chimkentdagi “Sana Sezim” markazi huquqshunosi migrantlarga Qozog‘istonda qonuniy yashash qoidalari borasida ma’lumot bermoqda, may oyi. (“Sana Sezim” ayollar tashabbuslari huquqiy markazi)

“Qozog‘iston migrantlarning jamiyatga integratsiyalashuvini qay tarzda kafolatlashi va ularga qanday resurslar taqdim etishi mumkinligini aniqlab olishi kerak”, dedi u. “Shuningdek, mahalliy qonunchilikda buning evaziga migrantlar qanday majburiyatlarni oʻz zimmalariga olishi kerakligi ham belgilanishi lozim.”

Noqonuniy migrantlar ko‘pgina mamlakatlarda beayov ekspluatatsiya qilinadi va koʻp hollarda odam savdosi qurboniga aylanadi, dedi u.

Terrorizm ham global muammolaridan biri, dedi Marshandiz. Qonunsizlikdan aziyat chekkan migrantlar radikal guruhlar uchun oson o‘ljaga aylanadilar, deb qo‘shimcha qildi u.

“(Markaziy Osiyo bo‘yicha) Qozog‘istonda migrantlar soni eng ko‘p bo‘lgani uchun ham u doim hushyor turishi kerak”, dedi u.

Qozog‘istonni tanlash

Markaziy Osiyoliklar Rossiyadan ko‘ra Qozog‘istonda pul topish osonroq deb biladilar. Rossiyada migrant ishchilarga nisbatan qiyinchiliklar ortib bormoqda, mamlakat huquq-tartibot idoralari esa muntazam ravishda migrantlar huquqlarini poymol qilishda ayblab kelinadi.

Ko‘pchilik Markaziy Osiyolik migrantlar rossiyalik ish beruvchilarning oylik to‘lamayotgani borasida ham shikoyat qilganlar.

O‘zbekistonning Chirchiq shahridan boʻlgan Alisher Oripov Rossiyaga ish izlab ketmoqchi boʻlgani, ammo u yerdagi do‘stlaridan qoʻrqinchli hikoyalarni eshitganidan soʻng, bu fikridan qaytganini aytadi.

Buning o‘rniga u bir yil avval Olmaotaga kelgan va mahalliy supermarketlarning birida ishlamoqda. Uning ota-onasi, rafiqasi va to‘rt nafar farzandi Chirchiqda qolgan.

Qozog‘istonda ro‘yxatga olish jarayoni Rossiyadan ancha qulay va muhimi o‘zbek migrantlarga nisbatan Rossiyadan ko‘ra Qozog‘istonda munosabat yaxshi, dedi Oripov Karvonsaroy nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu urf-odatlarning o‘xshashligi va yaqin munosabatlar sabablidir.

“O‘zbekistonliklar Qozog‘istonda 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay istiqomat qilishlari mumkin, shu sabab har 25-27 kunda men uyga borib qaytaman”, dedi u. “Ishim yaxshi, chunki qorda turishim kerak emas, yozda esa jaziramada qolmayman. Maoshimni ham vaqtida olaman.”

Rossiyada ishlash esa tobora xavfli bo‘lib bormoqda, dedi Oripov.

U yerdagi jinoiy to‘dalar oilasini boqish uchun mehnat qilayotgan o‘zbek, tojik, qirg‘izlarni urib, pullarini tortib olishadi, dedi u.

“Bunday to‘dalar migrantlarni topib, oʻz hududlarida ishlagani uchun muntazam ravishda ularning pullarini shilib oladi”, dedi u.

Migrantlar huquqlarini himoya qilish

2015-yil yanvar oyidan Rossiya potensial migrantlardan rus tili va tarixi bo‘yicha testdan o‘tishni talab qila boshladi. Bu bilan ishga yollanish jarayoni yanada qiyinlashdi, deydi “Sana Sezim” ayollar tashabbuslari huquqiy markazi yuristi, chimkentlik Liliya Xaliulina.

Bundan tashqari, u yerda migrantlarga qarshi reydlar oʻtkaziladigan bo‘ldi, dedi.

“Shundan keyin ko‘pchilik migrantlar Qozog‘istonga yo‘l olishdi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Buni tashkilotimizga kelayotgan odamlar sonidan ko‘rishingiz mumkin. Telefon tarmog‘imizga har kuni besh yoki oltita qo‘ng‘iroq kelib tushadi.”

Rossiyadagi migrantlarning eng asosiy shikoyatlari – ularning ekspluatatsiya qilinishi bilan bogʻliq, dedi Xaliulina.

Bunday holatlar Qozog‘istonda ham uchrab tursa-da, rossiyaliklardan farqli o‘laroq, Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish xodimlari hech bo‘lmaganda migrantlar huquqlarini himoya qiladilar, dedi u.

“Bunday ish beruvchilar xorijiy mehnat kuchidan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladilar”, dedi u. “Qozog‘iston qonunchiligiga asosan, agar kimdir uyida ishlatish uchun odam yollamoqchi bo‘lsa, tegishli soliqlarni to‘lashi zarur.”

“Ekspluatatsiya qilingan ishichilarga yordam berganimizdan so‘ng, ular mansub boʻlgan davlatlarning elchixonalari bilan bog‘lanamiz. Agar ularning hujjatlari yoʻqotilgan yoki ish beruvchi tomonidan yoʻq qilingan bo‘lsa, uyga jo‘nab ketishlari uchun ularga hujjat tayyorlab beramiz”, dedi u.

“Sana Sezim” huquqshunoslari yordam izlab kelganlarning barchasiga koʻmaklashadilar, dedi Xaliulina.

Olingan ma’lumotlar, eng avvalo, migratsiya politsiyasi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasiga taqdim etiladi, dedi u. Shu bilan birga, huquqshunoslar politsiya xodimlari bilan birga jinoyat sodir etilgan joylarga borib, jabrdiyda migrantlarga shu yerning o‘zida yordam berishga oshiqadilar.

O‘tgan yili “Sana Sezim” tashkiloti Qozog‘istonda qolishni va shu yerda kichik biznes ochishni istagan migrantlarga yordam berishni boshladi. Ularga mahsulot sotib olishda ko‘maklashildi, treninglar tashkil qilindi.

Xaliulina 2019-yilda janubiy Qozog‘istonga yanada ko‘proq migrantlar kelishini taxmin qilmoqda. Sababi, Turkiston viloyatida katta qurilish ishlari rejalashtirilmoqda va bu qo‘shimcha ishchi kuchini talab qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozog‘istonda prapiskasiz necha kun yurish mumkin va prapiskasiz yurgan midrantlarga qanday ja‘zo tayinlanadi?

Javob berish

Hammasi joyida

Javob berish

Oʻlib ketavermaydimi katsaplar

Javob berish

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ishlayotgan migrantlarning ko‘pchiligi ekspluatatsiya qilinayotganlaridan shikoyat qilmoqdalar. -------------------------------- U yerda ularni nima kutishi kerak ekan? Ishsizlik nafaqasimi? Bu nima bema’nilik)))

Javob berish

Juda zo‘r maqola

Javob berish