Karvonsaroy
Saylovlar

Qozogʻiston va xorij tahlilchilari saylov jarayonlarida yangi texnologiyalarning rolini muhokama qildilar

Kanat Altinbayev

1-2-noyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda mutaxassis va rasmiylar zamonaviy texnologiyalarning saylov jarayonidagi oʻrnini muhokama qildilar. (Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi)

1-2-noyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda mutaxassis va rasmiylar zamonaviy texnologiyalarning saylov jarayonidagi oʻrnini muhokama qildilar. (Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi)

OSTONA – Kuni kecha Ostona saylov jarayonida zamonaviy texnologiyalarning roliga bag‘ishlangan anjumanga mezbonlik qildi. Tadbirda 15 mamlakatdan 120 ga yaqin mehmon ishtirok etdi.

Tadbir 1-2-noyabr kunlari Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) ko‘magida MSKning 25 yilligini nishonlash oldidan o‘tkazilgan.

Anjumanda xalqaro mutaxassislar, MSK, parlament, hukumat idoralari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

“Anjuman saylovlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, siyosiy jarayonda omma ishonchini qozonish va saylovlarni boshqarishni takomillashtirish masalalarini muhokama qilish imkonini berdi”, deyiladi 2-noyabr kuni e’lon qilingan YXHT bayonotida.

Qo‘shma Shtatlardan kelgan kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis qozog‘istonlik hamkasblari uchun trening o‘tkazmoqda, sanasiz surat. (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti)

Qo‘shma Shtatlardan kelgan kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis qozog‘istonlik hamkasblari uchun trening o‘tkazmoqda, sanasiz surat. (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti)

15 davlat – Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Estoniya, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkiyadan kelgan soha mutaxassislari saylovlarni oʻtkazish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Texnologiyalarni qo‘llash orqali shaffoflikni ta’minlash

“Qozog‘iston saylov qonunchiligida va saylovlarni tashkil etishda yuqori darajadagi xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilayotganini namoyish etmoqda”, deb aytgan prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston davlat kotibi Gulshara Abdixalikova o‘qib eshittirgan bayonotda.

“Bugungi kunda saylov jarayonlarida yangi texnologiyalar uchun alohida o‘rin ajratilgan boʻlib, ular hukumat idoralarining shaffofligi va hisobdorligi, professional malakalari va xalqning ularga boʻlgan ishonchini oshirishga yordam beradi”, dedi u.

MSK raisi Berik Imashev saylov jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq potensial muammolar va xatarlar haqida gapirib o‘tdi.

Xalqaro hamjamiyat saylov jarayonini kibertahdidlardan himoya qilish standartlarini joriy etishi lozim, dedi u va bunda YXHT roliga alohida urg‘u berdi.

Yangi texnologiyalar saylov jarayonlarining deyarli barcha bosqichlarida qo‘llaniladi, dedi Ostonadagi YXHT dasturi idorasi rahbari Gyorgiy Szabo.

"Saylovlar chogʻida qoʻllaniladigan yangi texnologiyalar jamoatchilik ishonchini qozonishi uchun, universallik, tenglik, shaffoflik, ovoz berish maxfiyligi, hisobdorlik va adolatlilik kabi saylov tamoyillari kafolatlanishi va qanday turdagi texnologiya qoʻllanishidan qatʻi nazar, ularga rioya qilinishi lozim”, deb aytgan u YXHT bayonotiga koʻra.

Qozoqlar saylovni takomillashtirish tarafdori

Qozogʻiston fuqarolari saylovlarda raqamli texnologiyalardan foydalanishni va saylov jarayonini takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlamoqdalar.

“Ovoz berish jarayoni yanada osonroq va qulayroq boʻlsa, buning nimasi yomon?” deydi Ostonalik ofis boshqaruvchisi Olga Naxodtseva.

“Masalan men, uydan chiqmasdan internet orqali ovoz berishni xohlayman”, dedi u Karvonsaroyga. “Bu holatda saylovchilar faolligi ancha yuqori boʻlgan boʻlardi.”

“Hukumat saylov jarayonining shaklinigina emas, mohiyatini ham oʻzgartirishi kerak”, deydi YXHTning saylov kuzatuvchilari missiyalarida ishtirok etgan Qozogʻiston inson huquqlari va qonun ustuvorligi xalqaro byurosi ekspeti, olmaotalik Andrey Grishin.

“Hukumatning oʻzi saylovlarda mustaqil nomzodlarning ishtirok etishini xohlamas ekan, hech qanday yangi texnologiyalar yordam bera olmaydi”, dedi u Karvonsaroyga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500