Karvonsaroy
Jamiyat

Qozogʻistonning qashshoqlikni kamaytirish choralari radikallashuvga qarshi kurashda muhim rol oynamoqda

Kseniya Bondal

Qozog‘istonning Oqtov portidagi ishchi, 15-avgust. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning iqtisodiy taraqqiyoti radikallashuvning oldini olishga yordam beradi. (Talant Kusian/AFP)

Qozog‘istonning Oqtov portidagi ishchi, 15-avgust. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning iqtisodiy taraqqiyoti radikallashuvning oldini olishga yordam beradi. (Talant Kusian/AFP)

OLMAOTA – Qozog‘istonda qashshoqlikka qarshi kurash kam ta’minlangan fuqarolar sonini uchdan birga qisqartirdi va shu bilan zaif aholi qatlamlari orasidan odam yollovchi ekstremistlarning samaradorligini chekladi, deydi tahlilchilar.

Kapital.kz nashri xabariga ko‘ra, “Qozog‘istonda qashshoqlik darajasi 1996-yildagi 34,6 foizdan 2018-yilning ikkinchi choragi yakuniga kelib 4,7 foizga tushdi”, deb maʼlum qilgan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Madina Abilkasimova 5-noyabr kuni.

“2017-yilda aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan oʻrtacha oylik daromadi 2001-yildagiga nisbatan 10,8 marotaba oshdi va 83 ming tengega (255 AQSH dollari) yetdi”, dedi u.

Qozog‘istonda qashshoqlikni kamaytirish dasturi 1995-yilda taqdim etilgan edi, dedi “Strategiya” ijtimoiy va siyosiy tadqiqotlar markazi rahbari, olmaotalik Gulmira Ileuova Karvonsaroy nashriga.

Olmaota “Yashil bozor”idagi meva sotuvchi, surat sanasi noma’lum. (Wiki Commons)

Olmaota “Yashil bozor”idagi meva sotuvchi, surat sanasi noma’lum. (Wiki Commons)

Tashkilot sotsiologlari Mehnat vazirligining hukumat 1995-yildan beri katta o‘zgarishlar qilgani haqidagi iddaolarini tasdiqlaydilar. Oziq-ovqat sotib olishga puli yetmaydigan qozog‘istonliklar umumiy aholining 1,2 foizini tashkil qiladi, dedi Ileuova 2018-yilda tashkilot olib borgan tadqiqotlarga asoslanib.

Ko‘rsatkichlarning bunday tushishi “iqtisodning yaxshilanishi tufaylidir. So‘nggi yillarda YIM hajmi oshdi va davlat giperinflyatsiyani yengdi. Qozog‘iston iqtisodiyoti ochiqlikka erishdi, shu sabab investorlar kela boshladi”, dedi u.

1995-yilda qashshoqlikka qarshi kurash dasturidan avval Qozog‘iston YIM hajmi 1 trillion tengedan (2,7 milliard AQSH dollari) ortiq edi. 2017-yilga kelib esa 51,5 tengega (139 milliard AQSH dollar) yetdi, deb xabar beradi mamlakat Statistika qo‘mitasi.

1995-yilda inflyatsiya darajasi 60 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda bu koʻrsatkich 7,2 foizga tushgan.

Zaif qatlamga koʻmaklashish

Iqtisodning o‘sishi va qashshoqlik darajasining pasayishi tufayli fuqarolarning ekstremistlar oldidagi zaifligi ham kamaydi, deydi terrorizm va xavfsizlik bo‘yicha olmaotalik tahlilchi Lesya Karataeva.

“Aholining ijtimoiy zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlashning yo‘llari ko‘p”, deydi u. “Kam ta’minlanganlar uchun ijtimoiy imtiyozlar va chegirmali do‘konlar shular jumlasidandir.”

“Shu bilan birga, Qozog‘istonda bepul tibbiy xizmatlar tizimi mavjud va muhtojlar uchun bepul dori-darmonlar beriladi”, dedi Karataeva.

Fuqarolar umumiy moliyaviy holatining yaxshilanishi ijobiy o‘zgarish, sababi “terrorchi tashkilotlarining professional yollovchilari o‘z maqsadlari yoʻlida ijtimoiy norozilikdan foydalanadi”, dedi u.

Oʻz saflariga yangi aʼzolarni jalb qilishga intilayotgan ekstremistlar ularni moliyaviy koʻmak bilan taʼminlashi, hatto qarzlarini toʻlab berishi ham mumkin. Keyinroq bunday “hotamtoylik” taʼsir oʻtkazish vositasi sifatida qoʻllanishi mumkin.

Uning aytishicha, yollovchilar faqat iqtisodiy omillarga asoslanmaydilar.

“Odamlar turlicha”, deydi u. “Shu bois ham yollovchilar potensial izdoshlarni jalb qilishda turli usullarini qoʻllaydilar. Yaʻni, kimdir bilan ishlashni boshlasalar, uning qarashlarini oʻzgartirishga harakat qiladilar. Bunda faqat ijtimoiy norozilik emas, balki qandaydir shaxsiy sabablar ham asos qilib olinishi mumkin.

Har bir alohida holatda ushbu omillarning uygʻunligi ham ish berishi mumkin, deb qoʻshimcha qildi u.

Mudhish daʼvat usullari

Ekstremistlar odam yollash uchun psixologik bosim usullaridan keng foydalanadilar, deydi Pavlodardagi dinlararo munosabatlarni rivojlantirish va tahlil qilish markazi rahbari Gulnaz Razdikova.

Koʻp hollarda yollovchi mamlakatdagi ijtimoiy adolatsizlik va jamiyatda yuqori oʻrinlarni egallash imkonsiz ekani haqida gap ochib suhbat boshlaydi, dedi u Karvonsaroyga.

Yoshlar uchun halol pul topishga imkon yoʻqligi va korrupsiya gullab-yashnayotgani haqidagi gap-soʻzlar orqali suhbatdoshda negativ his-tuygʻular paydo qilinadi, dedi u.

Soʻngra daʼvatchi “hayotni keskin yaxshilay oladigan” yechimni – ekstremizni taklif qiladi, dedi u.

Tinglovchilar ekstremistlarning soxta islomiy qoidalari asosida hayot kechirsalar, ularga moddiy neʼmatlar (baraka) kelishi haqidagi gaplarni eshitadilar, dedi Razdikova. “Yollovchilar moddiy tushkunlik sababli ular oldiga kelgan odamlarning ongini zaharlaydilar”.

“Manqurtlashtirish” oʻz yakuniga yetishi bilan ekstremistik harakatlar uchun toʻlov haqidagi gap-soʻzlar ham tugaydi, dedi u. “Odam qutulib ketish qiyin boʻlgan tuzoqqa tushib qolgan boʻladi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bo‘lmagan gap. Qishloq joylarda 20 ming tengega (54 AQSH dollari) yashayotgan odamlarni bir ko‘rib keling.

Javob berish