| Atrof muhit

YI Rossiyadan qolgan radioaktiv chiqindilarni bartaraf etishda Markaziy Osiyoga yordam beradi

Kanat Altinbayev


Tojikistondagi Dehmoy chiqindixonasi. (M. Roberts/IAEA)

Tojikistondagi Dehmoy chiqindixonasi. (M. Roberts/IAEA)

BISHKEK – Yevropa mamlakatlari Markaziy Osiyoda Sovet davridan qolgan uran chiqindixonalarini tozalashda yordam berayotgan bir vaqtda, Rossiya eskirgan texnologiyalardan foydalanib, tabiatga zarar yetkazishda davom etmoqda, deydi tahlilchilar va mahalliy aholi.

Yevropa Ittifoqi (YI) Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurash uchun 10 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda. O‘tgan yil bahor oylarida YI xuddi ayni maqsadlar uchun 16 million yevro ajratgan edi.

YI o‘z rejasini 8-noyabr kuni Londonda Markaziy Osiyodagi uran chiqindilarga bag‘ishlangan xalqaro anjuman davomida e’lon qildi, deb xabar berdi Qirg‘izistondagi YI delegatsiyasi.


Mazkur xaritada Markaziy Osiyodagi radioaktiv chiqindilar joylashgan joylar ko‘rsatilgan. (Qirg‘izistondagi YI delegatsiyasi)

Mazkur xaritada Markaziy Osiyodagi radioaktiv chiqindilar joylashgan joylar ko‘rsatilgan. (Qirg‘izistondagi YI delegatsiyasi)


Qurilma Moylisoyda havodagi radiatsiya darajasini 91 mkR/soat deb ko‘rsatmoqda. Xavfsiz ko‘rsatkich soatiga 50 mkRga teng. (Current Time teledasturidan olingan kadr)

Qurilma Moylisoyda havodagi radiatsiya darajasini 91 mkR/soat deb ko‘rsatmoqda. Xavfsiz ko‘rsatkich soatiga 50 mkRga teng. (Current Time teledasturidan olingan kadr)


Qirg‘izistonning Moylisoy shahri dunyoning eng ifloslangan 10 shaharlaridan biri, 2017-yilning may oyida olingan surat. (Asxat Sakebayev)

Qirg‘izistonning Moylisoy shahri dunyoning eng ifloslangan 10 shaharlaridan biri, 2017-yilning may oyida olingan surat. (Asxat Sakebayev)

Xalqaro atom energiyasi agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Markaziy Osiyoning ushbu 3 mamlakatida 10 yildan ko‘proq vaqt davomida tadqiqotlar olib bordi va uran chiqindixonalarini tozalash maqsadida 14 milion yevro ajratdi.

Xavfli uran chiqindilari

YI xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda 1 milliard tonnadan ortiq uran chiqindilari mavjud.

Uch mamlakatdagi 7 ta uran chiqindisi ko‘milgan joy eng asosiylari hisoblanadi. Rasmiylari uch mamlakat kesishgan, aholi zich joylashgan Farg‘ona vodiysi ifloslanishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

Bular – Qirg‘izistondagi Moylisoy, Shekaftar va Mingqush, O‘zbekistondagi Chorkesar va Yangiobod, Tojikistondagi Istiqlol va Dehmoy kabi shahar va qishloqlardir.

Sovet Ittifoqi Qirg‘iziston bo‘ylab radioaktiv chiqindilar koʻmilgan koʻplab joylarni qoldirgan, dedi bishkeklik ekologiya bo‘yicha mutaxassis va “MoveGreen” ekologik harakati vakili Baktigul Stakeyeva Karvonsaroy nashriga.

“Davlatimiz bunday chiqindilar ko‘milgan joylar xavfini bartaraf qilishda xorijiy yordamga muhtoj”, dedi u. “YI ko‘magi juda muhim, chunki muammo oʻta jiddiy.”

2009-yilda BMTTD Sovet davridan qolgan chiqindixonalar “Markaziy Osiyoning eng yirik suv havzalari yaqinidagi aholi zich joylashgan va tabiiy ofatlarga moyil hududlarda joylashgani” haqidagi ogohlantirgan edi.

Sovet Ittifoqi davrida uran qazib olish 1944-yilda Tojikistonda boshlangan, degan edi Tojikistonning yadroviy va radioaktiv xavfsizlik bo‘yicha agentligi rahbari O‘lmas Mirsaidov 2016-yilda Farg‘ona News nashriga.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng bu joylar nazoratsiz qolib ketgach, nochor qolgan tojikistonliklar bu yerlardan metallolom yig‘ishgan va hatto toksik zaharli metallarni qurilishda ishlatish uchun sotib yuborishgan, dedi u.

Chernobildan olingan saboqlar

Jalolobod viloyatida joylashgan Moylisoy Qirg‘iziston aholisi va atrof-muhiti uchun jiddiy xavf tug‘diradi, deb ogohlantirdi bishkeklik ekolog Ulan Ismailov.

Shaharda 23 ta chiqindi ko‘milgan joy va 2 million kub metr radioaktiv chiqindi mavjud, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Bu dunyodagi eng ifloslangan 10 ta shahardan biri”, dedi u. “Odamlar boshqa joyga ko‘chib ketishga ilojsizligi sababli haligacha shu yerlarda yashaydilar.”

Moylisoydagi vaziyat Ukrainada 1986-yilda yuz bergan Chernobil falokatiga o‘xshaydi, degan edi Qirg‘iziston fanlar akademiyasi xodimi Rahmat To‘ychiyev 2017-yilda Current Time telekanaliga.

“Chernobil fojiasi vaqtida qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilash maqsadida odamlarga tarkibida yod boʻlgan preparatlar berilgan. Moylisoyda ham xuddi shu ahvol: chiqindixonalar atrofida yashovchi aholining 98 foizida qalqonsimon bez va jigar kasalliklari qayd etilgan”, dedi u.

Moskvaning masʼuliyatsiz munosabati

“Qirgʻizistondagi uran chiqindixonalari – Moskvaning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan sovet davridagi beparvo munosabati oqibatidir”, deydi Jalolobod shahrida yashochi 42 yashar Ernis Suyukbayev.

“Moskva kommunistik mafkura niqobi ostida Markaziy Osiyodan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalangan”, dedi u.

Yevropa mamlakatlari sovet davri amaliyotlari tufayli yetgan zararni bartaraf etishga koʻmaklashayotgan bir paytda, Rossiya oʻzining harbiy rejalarini amalga oshirish asnosida eskirgan texnologiyalarni qoʻllab, Markaziy Osiyo ekologiyasiga zarar yetkazishda davom etmoqda, dedi Suyukbayev.

Qirgʻizistonlik ekologlar uzoq yillar davomida Rossiya Issiqkoʻl sohillarida harbiy mashgʻulotlar oʻtkazib, uning nozik tabiatiga ziyon yetkazayotganiga norozilik bildirib kelayotgan edilar.

Bundan tashqari, mahalliy aholi Issiqkoʻl suvlarida Rossiya floti tomonidan uzoq yillar davomida torpedo sinovlari oʻtkazilganidan shikoyat qilgan.

Bu orada Qozogʻistonda Rossiyaning Boyqoʻngʻir kosmodromidan foydalanishi bilan bogʻliq noroziliklar toʻxtagani yoʻq.

Qozogʻistonliklar Rossiyaning kosmik agentligi – Roskosmos xavfli geptil moddasini raketa yoqilgʻisi sifatida qoʻllayotganiga norozilik bildirmoqdalar. Gʻarb mamlakatlarida bu moddani yoqilgʻi sifatida qoʻllash taqiqlangan.

Ekspertlar “Roskosmos” zaharli chiqindilarni ekologik tashkilotlar uchun yopiq boʻlgan hududlarda koʻmayotganidan xavotirlanmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

64
41
Yo‘q
Fikrlar 5
Siyosat Captcha
| 2019-05-13

Rossiyaning bunga nima aloqasi bor?
Bu SSSRning merosi-ku

Javob berish
| 2019-01-24

Bu veb-sayt odamni karaxt qiladi. Noaniq manbalarga havola beriladi. Oddiy talqin. Buni kim o‘qir ekan? Balandaprvoz gaplar. Hurmatli muharrirlar sizlarga oylikni kim to‘laydi?

Javob berish
| 2018-11-23

Yordam uchun rahmat

Javob berish
| 2018-11-22

Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa uchun manfaatli bo‘lgan siyosatlarda birlashishlari kerak... bu holatda AQSH va Rossiya bir o‘rinda turadi..

Javob berish
| 2018-11-21

Yevropa va Amerika sizga yordam beradi emish... juda yordam beradi-da! Amerikoslar Ukrainaga yordam berib boʻlishdi. Chernobilda oʻz chiqindilari uchun katta va Yevropa uchun kichikroq qabriston yaratishdi.

Javob berish