| Ommaviy axborot vositalari

Qozogʻiston Rossiyaning “Qrim koʻprigi” nomli tashviqot filmini namoyish etishdan bosh tortmoqda

Kanat Altinbayev


Rossiyaning “Qrim koʻprigi. Mehr bilan qurilgan!” tashviqiy filmining posteri.

Rossiyaning “Qrim koʻprigi. Mehr bilan qurilgan!” tashviqiy filmining posteri.

OLMAOTA – Filmning kassa yigʻimlari Qozogʻiston 2014-yilda Rossiya Ukrainadan noqonuniy tarzda tortib olgan Qrim yarimoroli maqomini tan olmasligini yana bir karra isbotladi.

Qozogʻiston kinoteatrlari Rossiyaning “Qrim koʻprigi. Mehr bilan qurilgan!” komediyasini namoyish etishdan bosh tortganlar.

Film Kerch boʻgʻozi uzra qurilgan ikki parallel koʻprik – Qrim koʻprigi haqida hikoya qiladi. Unda Rossiya va Qrimni bogʻlovchi koʻprik hamda yoshlarning u bilan bogʻliq romantik sarguzashtlari tasvirlangan.


Olmaotadagi Kinoplexx kinoteatri, 2018-yiln, aprel. Qozogʻiston kinoteatrlari Rossiyaning Qrim haqidagi filmini namoyish etishdan bosh tortmoqda. (File)

Olmaotadagi Kinoplexx kinoteatri, 2018-yiln, aprel. Qozogʻiston kinoteatrlari Rossiyaning Qrim haqidagi filmini namoyish etishdan bosh tortmoqda. (File)


Skrinshot: Rossiyaning “Qrim koʻprigi. Mehr bilan qurilgan!” tashviqot filmiga onlayn-taqrizchilar tarafidan keskin fikr-mulohazalar bildirilgan.

Skrinshot: Rossiyaning “Qrim koʻprigi. Mehr bilan qurilgan!” tashviqot filmiga onlayn-taqrizchilar tarafidan keskin fikr-mulohazalar bildirilgan.

Filmning Rossiyadagi namoyishlari 1-noyabr kuni boshlangan, shu oyning oʻzida u Qozogʻistonda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq, qozogʻistonlik kinoprokatchilar mamlakat kinoteatrlarida bu filmga talab juda pastligini maʼlum qilganlar – u mahalliy kino ixlosmandlarida hech qanday qiziqish uygʻotmagan.

Filmning tashviqiy xarakterga egaligi tanqid ostida qolgan

Ayrim tomoshabinlar va kinotanqidchilar filmni “tashviqiy” deb ataganlar.

Filmning “Kinopoisk”, Ivi.ru kabi Rossiya kinoportallaridagi reytingi juda past boʻlib chiqqan. Kinoteatrlarda filmni koʻrgan tomoshabinlar gʻazabnok fikr-mulohazalar qoldirganlar.

“Putinning tashviqotchilari pullarimizni sovurib, bosar-tusarlarini bilmay qolishibdi”, deb yozgan Vlad ismli foydalanuvchi. “Boʻlmagʻur film, bir yarim soatlik umringizni zoye ketkazmang”, deb maslahat beradi Vladimir.

Film rejissyori – taniqli kremlparast teleboshlovchi Tigran Keosayan, ssenariyni esa uning rafiqasi, Russia Today telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan yozgan.

Bildirilgan fikr-mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, “Qrim koʻprigi” Olmaotada namoyish etilganida ham, mahalliy tomoshabinlar eʼtiborini qozona olmagan boʻlardi.

“Bizga Rossiya tashviqotining nima keragi bor? Buning uchun pul ham toʻlaymizmi hali? Kerak emas, rahmat, yaxshisi biror qozoq komediyasini yoki sifatli gollivud trillerini koʻra qolaman”, deydi olmaotalik talaba Arnur Musin Karvonsaroy bilan suhbatda.

Qozogʻistonning pozitsiyasi qatʼiylashmoqda

Xalqaro munosabatlar boʻyicha ostonalik mutaxassis Ruslan Nazarovga koʻra, Qozogʻistonda “Qrim koʻprigi. Mehr bilan qurilgan“ filmining namoyish etilmaganiga ikki omil sabab boʻlgan.

“Birinchidan, filming oʻzi zerikarli - u Rossiyaning oʻzida sovuqqonlik bilan qarshi olindi, buni reytinglar va kinoteatrlardagi tashriflar soni koʻrsatib turbdi. Shunday ekan, u bu yerda ham daromad keltira olmasdi”, dedi u.

“Ikkinchidan, bunday filmning namoyish etilishi Qozogʻiston Moskvaning Ukrainadagi siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi, degan yanglish fikrni keltirib chiqarishi mumkin edi”, dedi u.

Qozogʻiston Rossiyaning ittifoqchisi boʻlsa ham, koʻp masalalarda Kreml siyosatini yoqlamaydi, dedi u.

Ostona hech qachon Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmagan, shuningdek, Rossiya qo‘llab-quvvatlagan Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarining Gruziyadan ajrab chiqishini ham maʼqullamagan, dedi u.

Aprel oyida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tergov qilishga qaratilgan barcha choralarni bekor qilishga urindi va bu bilan Kremlning Bashar al-Asad rejimi tomonidan Suriyada sodir etilgan urush jinoyatlariga sherik ekanligini koʻrsatib qoʻydi.

Qozog‘iston Rossiya pozitsiyasini emas, aksincha, AQSH tarafidan qoʻllab-quvvatlangan Xavfsizlik kengashi taklifini yoqlab ovoz berdi. Unga koʻra, vakolat muddati o‘tgan yili tugagan, Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tergov qiladigan va aybdorlarni aniqlashi kerak bo‘lgan BMT hamkorligidagi birlashgan tergov mexanizmi – Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti qayta tiklanishi lozim edi.

Sizga maqola yoqdimi?

203
48
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat Captcha
| 2019-04-19

Sasha Koen oʻynagan Borat qozoqdan koʻra koʻproq janublik rusga oʻxshaydi ))

Javob berish
| 2019-01-07

Qo‘shnilar kinoni man qilishga haqqi bor. Rashka yankilarning “mahoratli” “Borat: buyuk Qozog‘iston ravnaqi uchun Amerika madaniyatini o‘rganish” filmini 12 yil oldin man qilishiga aynan shu narsa sabab bo‘lgan. Sasha Baron Koen bekorga Oltin Globus olmagandir, hahahaha

Javob berish
| 2018-11-20

Rossiya kanallarini O`zbekistonda yopib tashlash kerak. Bizga ikkinchi Ukraina kerak emas!

Javob berish