Karvonsaroy
Energiya

Tojikistonning Rogʻun GESi energiya taqchilligiga barham berib, eksport imkoniyatlarini paydo qilishi mumkin

AFP

14-noyabr kuni olingan suratda Dushanbedan 100 km shimoli-sharqda (Tojikiston janubida) joylashgan Vaxsh daryosidagi Rogʻun toʻgʻonining energetik ustunlari koʻrsatilgan. 16-noyabr kuni prezident Emomali Rahmon 3,9 mlrd. AQSH dollariga baholangan gidroelektrostansiyani ochib bergan. (AFP)

14-noyabr kuni olingan suratda Dushanbedan 100 km shimoli-sharqda (Tojikiston janubida) joylashgan Vaxsh daryosidagi Rogʻun toʻgʻonining energetik ustunlari koʻrsatilgan. 16-noyabr kuni prezident Emomali Rahmon 3,9 mlrd. AQSH dollariga baholangan gidroelektrostansiyani ochib bergan. (AFP)

ROGʻUN – Tojikiston davlat rahbari Emomali Rahmon 16-noyabr, juma kuni dunyodagi eng baland gidrotexnika inshootiga aylanishi kutilayotgan Rogʻun toʻgʻonini tantanali ravishda ochib berdi.

3,9 milliard dollarlik loyiha Tojikistonni Markaziy Osiyodagi asosiy energiya ishlab chiqaruvchisiga aylantiradi. Bu esa nochor boʻlib qolgan mamlakatga ichki energiya taqchilligini yoʻqotib, Afgʻoniston va Pokistonga elektr energiyasi eksport qilish imkonini beradi.

Pomir togʻlari oldida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda katta ramziy tugmani bosar ekan, Rahmon Rogʻun GES tarkibidagi olti agregatdan birining ishga tushirilganini nishonladi.

“Hamyurtlarimizning uzoq kutgan orzulari amalga oshdi”, dedi u kechki bayram mushakbozligi oldidan. “Bu voqea tojik xalqining tarixiga zarhal harflar bilan muhrlanadi”.

Rogʻun toʻgʻonining turbina zali, 14-noyabr kuni olingan surat. (AFP)

Rogʻun toʻgʻonining turbina zali, 14-noyabr kuni olingan surat. (AFP)

Tojikiston janubidagi Vaxsh daryosida joylashgan Rogʻun GESi toʻgʻonining umumiy koʻrinishi, 14-noyabr kungi surat. 2028-yilga borib, toʻgʻonning balandligi 335 metrga yetadi va dunyodagi eng baland GESga aylanadi. (AFP)

Tojikiston janubidagi Vaxsh daryosida joylashgan Rogʻun GESi toʻgʻonining umumiy koʻrinishi, 14-noyabr kungi surat. 2028-yilga borib, toʻgʻonning balandligi 335 metrga yetadi va dunyodagi eng baland GESga aylanadi. (AFP)

Rogʻun toʻgʻonining asosiy havzalari qurilishi aks etgan surat, 2013-yilning avgusti. (Wiki Commons)

Rogʻun toʻgʻonining asosiy havzalari qurilishi aks etgan surat, 2013-yilning avgusti. (Wiki Commons)

Milliy bosh kiyimdagi erkaklar mamlakat bayrogʻini hilpiratgancha, Rogʻunni madh qiluvchi qoʻshiqlarni kuyladilar.

Tojikiston iqtisodiyotini isloh qilish

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Kiril Myuller marosimda Rogʻun toʻgʻoni Tojikiston iqtisodiyotini isloh qilishga va farovon kelajak uchun poydevor yaratishga yordam berishini aytdi.

Elektrostansiya 10 yil ichida toʻliq qurib bitkazilgach, uchta atom elektrostansiyasiga teng quvvat – 3600 MVtgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Inshoot nochor holatda qolgan, qariyb 9 million kishilik aholiga ega sobiq sovet respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ikki baravarga oshirishga va shu bilan mamlakatdagi energiya taqchilligini oz boʻlsa-da bartaraf etishga imkon beradi.

Mamlakat oʻz ehtiyojlaridan ortgan elektr energiyasini qoʻshni mamlakatlar, xususan Afgʻoniston va Pokistonga sotishi mumkin.

Tojikiston janubidagi Vaxsh daryosida joylashgan GES qurilishi yakunlangach, uning balandligi 335 metrga yetishi kutilmoqda. Bu jahonda shu turdagi eng baland gidroenergetik inshoot boʻladi.

Bugungi kunda Italiyaning Salini Impregilo kompaniyasi nazoratida qurilayotgan Rogʻun ulkan qurilish maydoniga aylangan boʻlib, Vaxsh oqimi oʻzgartirilgan toshloq yerlardan iborat.

2016-yilda Rahmon prezidentning rejaga qay darajada sodiq ekanini koʻrsatish maqsadida shaxsan oʻzi buldozer ruliga o‘tirgan edi. 2017-yilda Tojikiston inshoot qurilishini moliyalashtirish uchun birinchi xalqaro obligatsiyalardan 500 mln. AQSH dollari jalb qilgan.

Hukumat loyiha avj pallasida keyingi qurilishlar uchun mablag‘ olib kelishiga umid qilmoqdalar.

Ikkinchi agregat kelasi yil ishga tushiriladi.

Atrof-muhitga oid xavotirlar

Ushbu loyiha 90-yillardagi fuqarolar urushi vaqtida koʻplab fuqarolari halok boʻlgan mamlakat uchun ulkan ahamiyatga ega.

Rogʻunning balandligi rejalashtirilganidek 335 metrga yetadigan boʻlsa, u yaqinda Xitoyda barpo etilgan Jinping-1 toʻgʻonidan 30 metrga, sovet davrida barpo etilgan Vaxsh daryosidagi boshqa bir GES - Nurekdan 35 metrga balandroq boʻladi.

Biroq, loyihaning xavfli taraflari ham yoʻq emas.

Kuzatuvchilarning ogohlantirishicha, Tojikiston hukumati Rogʻun GESining atrof-muhitga taʻsiri bilan qiziqmayapti.

“U seysmik faol hududda joylashgan. Qator geologik tadqiqotlar bu sharoitda bunday yirik toʻgʻonni qurish xavfli ekanini koʻrsatgan”, deydi Britaniyaning Reding universiteti geografi Filippo Menga AFP bilan suhbatda.

Biroq, Rahmon juma kungi nutqida ushbu muammolarni chetlab oʻtishga urinib, toʻgʻon qurilishida “barcha zaruriy meʼyorlarga rioya qilinganini” taʼkidlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rogʻun Tojikistonning oltin kaliti va shunday boʻlib qoladi

Javob berish