Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-26 | Diplomatiya

Rossiya Azov dengizida Ukraina kemalarini qo‘lga olganidan keyin ziddiyat kuchaydi


Ukrainaning uch harbiy kemasi Kerch bo‘g‘ozidan o‘tayotganida Rossiyalik dengizchilar tomonidan qo‘lga olingani munosabari bilan 25-noyabr kuni kechga yaqin oʻtgan norozilik vaqtida namoyishchi Kiyevdagi Rossiya elchixonasi qarshisida shinaga o‘t qo‘ymoqda. (SERGEY SUPINSKIY/AFP)

Ukrainaning uch harbiy kemasi Kerch bo‘g‘ozidan o‘tayotganida Rossiyalik dengizchilar tomonidan qo‘lga olingani munosabari bilan 25-noyabr kuni kechga yaqin oʻtgan norozilik vaqtida namoyishchi Kiyevdagi Rossiya elchixonasi qarshisida shinaga o‘t qo‘ymoqda. (SERGEY SUPINSKIY/AFP)

AFP

KIYEV, Ukraina – 26-noyabr (dushanba) kuni Ukraina va uning Gaʻrbiy ittifoqchilari Qrim yaqinida Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgan va qo‘lga olingan Ukraina kemalarining qaytarilishini talab qildilar.

Yakshanba kuni Rossiya dengiz harbiylari kemalarni Azov dengizidagi Qrim sohillariga, Rossiya suvlariga noqonuniy kirganlikda ayblab, kemalar bortiga chiqib, ularni qo‘lga olganlar.

Inqiroz Ukrainaning ikki kichik harbiy kemasi va buksir kema Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tib borayotgan vaqtda yuz berdi. Bo‘g‘oz Qora dengizdan Azov dengiziga o‘tish yo‘li bo‘lib xizmat qiladi va undan Ukraina va Rossiya birgalikda foydalanadi.


26-noyabr kuni Odessada bo‘lib o‘tgan noroziliklar chogʻida Rossiya konsulligini qoʻriqlayotgan politsiyachi. Noroziliklar Rossiya dengiz kuchlari Qrim sohillaridagi Ukraina kemalarini qo‘lga olganidan keyin boshlangan. (Aleksandr Gimanov/AFP)

26-noyabr kuni Odessada bo‘lib o‘tgan noroziliklar chogʻida Rossiya konsulligini qoʻriqlayotgan politsiyachi. Noroziliklar Rossiya dengiz kuchlari Qrim sohillaridagi Ukraina kemalarini qo‘lga olganidan keyin boshlangan. (Aleksandr Gimanov/AFP)


15-may kuni ayol 19 kilometrlik Kerch bo‘g‘ozidan o‘tuvchi Qrim ko‘prigining ochilish marosimi oldidan suratga olmoqda. Ko‘prik janubiy Rossiyani Moskva anneksiya qilgan Qrim yarimoroli bilan bog‘laydi. (Aleksander Nemenov/AFP)

15-may kuni ayol 19 kilometrlik Kerch bo‘g‘ozidan o‘tuvchi Qrim ko‘prigining ochilish marosimi oldidan suratga olmoqda. Ko‘prik janubiy Rossiyani Moskva anneksiya qilgan Qrim yarimoroli bilan bog‘laydi. (Aleksander Nemenov/AFP)

Ukraina tomonining xabar berishicha, Rossiya chegarachilari kemasi buksir kemaga bostirib borgan va kemalarga o‘q uzgan, natijada uchta kema harakatdan toʻxtatilgan. Xabarlarga ko‘ra, Kerch bo‘g‘ozini tanker to‘sib qo‘ygan va uning ustidan Rossiya harbiy samolyotlari uchib o‘tgan.

Rossiyaning chegara kuchlarini nazorat qiluvchi xavfsizlik xizmati bo‘lmish FSB o‘q uzilganini va kemalar qo‘lga olinganini tasdiqlagan. Unga koʻra, Ukraina kemalari “Rossiya chegarasi daxlsizligini” buzgan.

Ukraina tomoni olti nafar ukrainalik xizmatchi yaralangani, ulardan ikkisining jarohatlari jiddiy ekanligi to‘g‘risida xabar bergan. FSB xabariga ko‘ra esa faqat uch nafar shaxs yengil jarohatlangan va ularga tibbiy yordam ko‘rsailgan.

Rossiya axborot agentliklari Qrimdagi port xodimlariga tayanib, bo‘g‘oz dushanba kuni ertalabdan ochilgani haqida xabar berganlar.

Xalqaro konsensus

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi dushanba kuni favqulodda majlis o‘tkazdi. Shuningdek, NATO ham vaziyat yuzasidan favqulodda majlis chaqirgan.

“Biz Xavfsizlik kengashida dengizchilarimiz va kemalarimiz qo‘yib yuborilishini talab qilamiz.”

Klimkinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar bilan Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Fransiya Rossiyani dengizchilarni va kemalarni qo‘yib yuborishini talab qildi. Tashqi ishlar vaziri Rossiya “kuch qo‘llashini hech nima oqlamaydi”, dedi.

Britaniya ham Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozida Ukrainaga nisbatan “tajovuzkor harakatini” qoraladi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xeyko Maas, Azov dengizining ruslar tomonidan qamal qilinishini “yoʻl qoyib boʻlmas holat” deb atagan.

Dushanba kuni u Fransiya va Germaniyaga Moskva va Kiyev oʻrtasidagi nizoni hal qilishda vositachi boʻlishni taklif qildi.

Harbiy holat joriy etilishi mumkin

Rossiya yangi koʻprik barpo etgan boʻgʻozidagi tanglik kuchayib bormoqda. Ushbu koʻrpik Moskvani quruqlik orqali u 2014-yilda noqonuniy ravishda tortib olgan Qrim bilan bogʻlaydi.

Kiyev Rossiyani boʻgʻoz orqali oʻtuvchi dengiz yoʻlini Ukraina kemalari uchun toʻsib qoʻyganlikda ayblagan. Mazkur boʻgoʻz Azov dengiziga yagona kirish-chiqish yoʻli hisoblanadi.

Soʻnggi oylarda ikkala tomon ushbu hududda koʻplab harbiy-dengiz va chegarachi kemalarni joylashtirgan.

Ukraina harbiylari yuqori jangovar tayyorgarlik holatida edilar, dushanba kuni prezident Petr Poroshenkoning iltimosiga koʻra, parlament mamlakatda 30 kun muddatga harbiy holat eʼlon qilish uchun ovoz berishi kerak edi.

Poroshenko harbiy mahkamaning kechki yigʻilishida “fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida” Ukrainada harbiy holat joriy etish taklifini bergan.

Ukrainaning bir necha shaharlarida Rossiyaning xatti-harakatlarini qoralovchi namoyishlar oʻtkazildi, bir necha yuzlab oʻta oʻng faollar Kiyevdagi parlament binosi tomon yurish qilib, norozilikni avj oldirdilar.

Ushbu ziddiyat Ukrainaning Moskvaga va mamlakat sharqida Rossiya tarafidan qoʻllab-quvvatlanayotgan isyonchilarga qarshi uzoqqa choʻzilgan kurashining xatarli rivojidir. Janglarda 10 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 46

Fikrlar 3

Captcha
Comment bubble | 2018-11-30

Rossiya terrorchi mamlakat boʻlib qoldi

Javob berish
Comment bubble | 2018-11-30

Ishonish mumkin boʻlgan eng tuban va betayin maqola. Barchasi uydirma, provokatsiya, Rossiyaga qarshi qayrash, andishasizlik va yolgʻon. Begunoh qoʻylar beshafqat, yovuz boʻridan qoʻrqibdi. Kimdir yaylovning xoʻjayinlaridan boʻrini jazolashni soʻrash kerak-ku axir.

Javob berish
Comment bubble | 2018-11-28

Qizziq holat biz nimaga o'zimizda o'tkaziladigan harbiy mashg'ulotlar haqida qo'shni davlatlarni ogohlantiramiz? Chunki xalqaro huquq va o'zaro hurmatning mavjudligi. Hurmatli jurnalist voqelikni bir taraflama emas reallik asosida yoritish lozim. Xalqaro huquq amerikancha yoki fransuzcha huquq emas balki dunyodagi barcha xalqlarning o'zaro kelishuvva ahdlashuvi asosida tuzilgan shartnomalar majmuidir. I Karimov aytganlaridek universal demokratiya mavjud emas. Ukraina amerikadan demokratiyani import qilmoqchi natijada o'z hududlari va fuqarolaridan ayrilmoqda. Buning ajablanarli joyi yo'q. Hukumat har doim xalqini o'ylab ish yuritishi lozim. Xalqni hozirgi kunda issiqlik manbai bilan ta'minlash kerak.

Javob berish