Karvonsaroy
Transport

“Air Astana” mahalliy reyslar uchun arzon aviakompaniyani ishga tushiradi

Aydar Ashimov

“Air Astana” styuardessasi yo‘lovchilarni qarshi olmoqda, avgust oyida olingan surat. (Air Astana)

“Air Astana” styuardessasi yo‘lovchilarni qarshi olmoqda, avgust oyida olingan surat. (Air Astana)

OSTONA – 2019-yilning birinchi yarmida “Air Astana” Qozog‘iston ichida mahalliy yo‘nalishlarda arzon reyslarni taklif qiluvchi yangi “FlyArystan” kompaniyasini ishga tushiradi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev matbuot xizmatining xabar berishicha, “FlyArystan” parkida 180 ekonom klass o‘rindiqli A320 samolyotlari bo‘ladi.

Dastlab aviakompaniya ixtiyorida to‘rtta samolyot bo‘ladi, 2022-yilga borib esa ularning soni 15 taga yetadi, deb xabar berdi “Air Astana”.

“FlyArystan” Qozog‘istonning qator shaharlari va kelajakda boshqa davlatlarga ham muntazam parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Air Astana” matbuot markazida oʻtgan taqdimotda yangi “FlyArystan” aviakompaniyasining logotipi namoyish etildi, 7-noyabr. (Air Astana)

“Air Astana” matbuot markazida oʻtgan taqdimotda yangi “FlyArystan” aviakompaniyasining logotipi namoyish etildi, 7-noyabr. (Air Astana)

“Air Astana”ga loukoster aviakompaniyani tashkil etish uchun olti oy kerak boʻladi”, dedi “Air Astana” vakili Tilek Abdrahimov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Bunday tajribani byudjet bo‘linmalarni yaratgan boshqa katta aviakompaniyalar, jumladan, “British Airways” va “Lufthansa” misolida ham koʻrish mumkin”, dedi u.

Arzon mahalliy reyslar

Mijozlar yangi arzon reyslarda katta mablag‘ tejashlari mumkin.

Misol uchun, “FlyArystan” reyslarida Ostona va Olmaota yo‘nalishida chipta narxi 16 ming tenge (43 AQSH dollari) bo‘lishi kutilmoqda. Hozir yo‘lovchilar mazkur yo‘nalish uchun 30 ming tenge (80 AQSH dollari) yoki undan ham ko‘p sarflaydilar.

“Yo‘lovchilar anchagina pul tejashlari mumkin”, deydi Ostonada joylashgan “World Travels Astana” sayyohlik agentligi menejeri Ruslan Asxanov Karvonsaroy nashriga.

Turistik agentliklar rahbarlari va tegishli davlat idoralari Qozog‘istonda arzon narxli aviakompaniya yaratilishini anchadan beri muhokama qilib kelar edi, dedi u.

“Taom va yuklar uchun alohida pul to‘lanadi, bu loukoster avialiniyaning o‘ziga xos modeli”, dedi u. “Masalan, Ostonadan Tarazgacha 1,5 soatlik yoʻl. Agar yo‘lovchi ovqatlanmasa va yuki kam bo‘lsa, boshqa aviakompaniyalarda to‘laydigan pulining yarmini to‘laydi, xolos.”

Ilk reyslar 2019-yil o‘rtalarida amalga oshiriladi, ammo chiptalar kelgusi yilning mart oyidan sotuvga chiqadi, deb ma’lumot bergan Xabar telekanali.

Ostonalik 35 yashar ayol Guzel Zaripova yangi aviakompaniya reyslarida uchib ko‘rishni sabrsizlik bilan kutmoqda.

“Farzandlarim, ota-onam va o‘zim bir yilda ikki-uch marta Ostona-Olmaota yo‘nalishida parvoz qilib turamiz”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Zaripova aviakompaniyaga va reys vaqtiga qarab har bir chipta uchun 30-40 ming tenge (80-107 AQSH dollari) to‘laydi. Yangi arzon avialiniya esa xarajatlarni deyarli yarmiga qisqartiradi.

Fuqarolik aviatsiyasidagi islohotlar

Yangi aviakompaniyaning tashkil etilishi Qozog‘istonda fuqarolik aviatsiyasini isloh qilish va reyslar yo‘nalishini kengaytirish bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi.

Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qozogiston aeroportlari 2018-yilning 10 oyida 12,7 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Shulardan 6,8 millioni Qozog‘iston aviakompaniyalari xizmatlaridan foydalangan.

“Qozog‘iston Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotining auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi”, degan edi Olmaotadagi “Aynara-Tour” sayyohlik agentligi direktori o‘rinbosari Andrey Volobuyev mart oyida Karvonsaroy nashriga.

Sinovlar hech qanday cheklovlarsiz Qozog‘istonga yangi aviayo‘nalishlarni ochishga imkon beradi. Jumladan, Yevropaga ham uzluksiz reyslarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi, dedi u.

Sentabr oyida Vashingtonga tashrifi chogʻida Qozog‘iston delegatsiyasi AQSH rasmiylari bilan Qozog‘iston va AQSH o‘rtasida uzluksiz reyslarni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha muzokara olib borgan edi. Hozirda bu boradagi saʼy-harakatlar davom etmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500