Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-11-29 | Xavfsizlik

Qozogʻiston terrorizm xavfiga nisbatan sergaklikni saqlamoqda


17-oktyabr kuni xavfsizlik kuchlari Olmaota xalqaro aeroportida aksilterror mashqlarini o‘tkazdilar. (Qozog‘iston KNB)

17-oktyabr kuni xavfsizlik kuchlari Olmaota xalqaro aeroportida aksilterror mashqlarini o‘tkazdilar. (Qozog‘iston KNB)

Aydar Ashimov

OSTONA – Qozog‘iston hukumati xavfsizlik mashqlari va qonun ustuvorligini taʼminlash orqali terrorchilikka qarshi kurash sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.

Qozog‘iston oliy sudi Amerika yuristlar kengashi ko‘magida 23-noyabr kuni Ostonada ekstremizm va terrorizmga qarshi huquq amaliyotini qo‘llashga bagʻishlangan davra suhbatini o‘tkazdi. Uchrashuvda boshqa bir qator mavzular ham muhokama qilindi.

Joriy yilning to‘qqiz oyida Qozog‘iston sudlari 140 ta terrorizm va ekstremizmga aloqador jinoyatlar bilan bogʻliq ishlarni ko‘rib chiqdi, deb xabar beriladi Oliy sud vebsaytida.


17-noyabr kuni Oqto‘beda ekstremistik faoliyatda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. (Qozog‘iston KNB)

17-noyabr kuni Oqto‘beda ekstremistik faoliyatda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. (Qozog‘iston KNB)


17-noyabr kuni Oqto‘beda qo‘lgan olingan ekstremistlardan musodara qilingan pichoqlar, bomba qismlari va o‘q-dorilar. (Qozog‘iston KNB)

17-noyabr kuni Oqto‘beda qo‘lgan olingan ekstremistlardan musodara qilingan pichoqlar, bomba qismlari va o‘q-dorilar. (Qozog‘iston KNB)

Terrorchilik portlatish, oʻt qoʻyish yoki boshqa zo‘ravonlik harakatini amalga oshirish bilangina emas, balki bunday xatti-harakatlar xavfi bilan ham belgilanadi, dedi davra suhbati davomida Oliy sud sudyasi Yerden Aripov.

Bunday hollarda internetda ekstremizmga chaqirish “terrorchilik harakatini sodir etish tahdidi” oʻlaroq qabul qilinadi, dedi u.

Xavfsizlik kuchlari shay holatda

Ayni paytda, Qozog‘iston xavfsizlik kuchlari terrorchilikka qarshi kurash mashg‘ulotlarini olib bormoqda, ularning eng oxirgisi 22-noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan.

Terrorchilikka qarshi kurash boʻyicha Ostona shahar bosh shtabi tomonidan aksilterror mashqlar ishlab chiqilgan boʻlib, ular chinakam inqirozli vaziyatlarda kuch tuzilmalari yuzma-yuz kelishi mumkin boʻlgan holatlarni oʻz ichiga oladi.

“Biz fuqarolarni o‘quv mashg‘ulotlariga tushunish bilan munosabatda boʻlishga va hukumat tomonidan berilgan ko‘rsatmalar va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqiramiz”, deyiladi mashqlardan bir kun oldin e’lon qilingan bayonotda.

“Biz bunday oʻquv mashqlariga koʻnikib qolganmiz, ular bizga xalaqit bermaydi”, deydi “Shapagat” bozorida sotuvchi boʻlib ishlaydigan Anar Belyalova.

“Bu bizning xavfsizligimizni koʻzlab qilinayotganini endi tushunyapmiz”, dedi u. "Xavfsizlik kuchlari va politsiya ishlayapti, shunday ekan, bizda fanatizm qurboni boʻlish ehtimoli kam.”

Oxirgi uch oy mobaynida Qozogʻiston boʻylab bir necha shunday mashqlar oʻtkazildi.

14-noyabr kuni Oqtovda terrorga qarshi kurash boʻyicha Dengiz tezkor shtabi majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur shtab joriy yil sentabrda prezident Nursulton Nazarboyev farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, Kaspiy dengizi hududida terrorga qarshi kurash bilan shugʻullanadi.

Qozogʻiston terrorga qarshi kurash markazi, shuningdek, 17-oktabr kuni “Dabil Antiterror” mashqlarini oʻtkazdi.

”Aeroportdagi xizmatlar bilan hamkorlikda transport obyektlarida terrorchilarni zararsizlantirish va garovga olinganlarni ozod qilishga qaratilgan maxsus operatsiyani amalga oshirish boʻyicha choralar ishlab chiqildi”, deb xabar berdi KNB.

Hibslar toʻlqini

Kuch idoralari terrorga aloqador jinoyat sodir etganlarga qarshi qatʼiy choralar koʻrmoqda.

Noyabr oyi oʻrtalarida KNB tomonidan Aqtoʻbeda yashovchi ikki shaxs qoʻlgan olingan boʻlib, ular radikal gʻoyalarga asoslangan terrorchilik guruhini tuzish va terroristik targʻibot yuritishda ayblangan.

Tintuv chogʻida ular yashagan joydan qoʻlbola portlovchi moslamalar, oʻqotar qurollar va pichoqlar, shuningdek, oʻq-dori, va ekstremistik materiallar va jangovar harakatlar olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar musodara qilindi”, deyiladi KNBning 19-noyabr kungi bayonotida.

Avvalroq, 27-oktabr kuni KNB Olmaota, Oqmola va Qaragʻanda viloyatlarida yashovchi 10 kishini hibsga olgan edi.

Taxminlarga koʻra, gumondorlar ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish ilovalari orqali ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatib, radikal gʻoyalarni targʻib qilganlar va internetdagi ekstremistik hamjamiyatlarda ishtirok etganlar.

Gumondorlar tomonidan foydalanilgan chatlar va onlayn-guruhlarda “Qozogʻistonning 15 viloyatidan 180 dan ortiq ishtirokchi boʻlgan” deyiladi KNBning 29-oktyabr kungi bayonotida. “Hozirda qoʻlga olinganlarning terrorchilikni moliyalashtirishdagi ishtiroki yoki boshqa turdagi aloqadorligi tekshirilmoqda.”

Chet ellarda ham ekstremistik faoliyatda ayblangan qozoq fuqarolari hibsga olingan.

Qozogʻistonning Turkiston viloyatidan boʻlgan, Dilmurod Abu Muhammad nomi bilan tanilgan Dilmurod Mahamatov oktabr oyi oʻrtalarida Saudiya Arabistonida qoʻlga olingan. Taxminlarga koʻra, u internet orqali qozogʻistonliklarga diniy maʼruzalar oʻqib kelgan.

Pavlodardagi Dinlararo munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi rahbari Gulnaz Razdikovaning fikricha, “Dilmurod Mahamatov va unga oʻxshash daʼvatchilar javobgarlikka tortilishi lozim, sababi ular yoshlarga oʻz daʼvatlari orqali taʼsir oʻtkazmoqdalar”.

“Internetdagi daʼvatchilar radikal mazmundagi fatvolarni tarqatib, boshqa dinlarga nisbatan toqatsizlikni keltirib chiqarmoqda va oʻz izdoshlarini ekstremizm va terrorizmga yetaklamoqda”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 1

Captcha
Comment bubble | 2018-11-30

Rossiyalik terrorchilarning provokatsiyalariga tayyor turishimiz kerak

Javob berish