Karvonsaroy
Inson huquqlari

Rossiyada o‘zbek va tojik migrantlariga nisbatan ksenofobiya kuchaymoqda

Maksim Yeniseyev

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar Qozon temir yo‘l bekatidagi politsiya hibsxonasining panjaralari ortida, Moskva, 24-yanvar, 2012-yil. Aholi orasida oʻtkazilgan so‘rovlar Rossiyada ksenofobiya kuchayganini koʻrsatgan. (Andrey Smirnov/AFP)

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar Qozon temir yo‘l bekatidagi politsiya hibsxonasining panjaralari ortida, Moskva, 24-yanvar, 2012-yil. Aholi orasida oʻtkazilgan so‘rovlar Rossiyada ksenofobiya kuchayganini koʻrsatgan. (Andrey Smirnov/AFP)

TOSHKENT – Rossiyada yashayotgan o‘zbek va tojik migrantlariga nisbatan sodir etilgan shafqatsiz hujumlar “slavyan bo‘lmagan” ko‘rinishdagilarga qarshi ortib borayotgan ksenofobiya va maqsadli tajovuzlar borasidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Fevral oyida sodir boʻlgan voqealarning birida dargʻazab yo‘lovchi o‘zbekistonlik taksi haydovchisi, 34 yashar Sherzod Astanayevni pichoqlagan, deb xabar berdi 10-noyabr kuni Novaya Gazeta.

Astanayevning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi safar mobaynida uning etnik kelib chiqishini tilga olib haqoratlab kelgan va qoʻqqisdan uning peshonasiga pichoq urib baqirgan.

Astanayev sog‘ayganidan keyin ish sudgacha borgan, ammo keyin “an’anaviy ruscha o‘yin boshlangan”, deb yozadi Novaya Gazeta.

Rossiyada turli qiyinchiliklarga duch kelgan 71 nafar O‘zbekiston fuqarosi 12-oktabr kuni Toshkentga qaytib keldi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Rossiyada turli qiyinchiliklarga duch kelgan 71 nafar O‘zbekiston fuqarosi 12-oktabr kuni Toshkentga qaytib keldi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Toshkentga qaytgan mehnat migrantlarini qarindoshlari kutib olmoqda, 12-oktabr. Ularning Moskvadan qaytish yo‘l chiptalarini O‘zbekiston hukumati to‘lab berdi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

Toshkentga qaytgan mehnat migrantlarini qarindoshlari kutib olmoqda, 12-oktabr. Ularning Moskvadan qaytish yo‘l chiptalarini O‘zbekiston hukumati to‘lab berdi. (O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)

“Tergovchilar hech nima yozib olinmagan kameradan tashqari barcha kuzatuv kameralaridan olingan videotasvirlarni yo‘qotib qoʻyganlar, prokuratura esa qotillikka urinish holari bo‘lmaganini ta’kidlagan. Millatlararo adovat tilga ham olinmagan”, deb yozadi Novaya Gazeta.

Tajovuzkor ozodlikka chiqarilgan.

Gazeta xabariga ko‘ra, Rossiyada “slavyan ko‘rinishda bo‘lmaganlarga qarshi yangi tajovuz harakati” boshlangan. Sotsiologlar esa “o‘tgan yil davomida rossiyaliklar orasida ksenofobiya keskin kuchayganini” qayd etmoqdalar, deb qo‘shimcha qiladi gazeta.

Rossiya ommaviy axborot vositalari bunday holatlarni o‘ta beparvolik bilan yoritishi, ularni “kundalik nizo” deb talqin etishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Zo‘ravonlik ortmoqda

Rossiyaning Interfaks agentligi xabariga asoslanib Ferghana News bergan xabarda aytilishicha, 22-noyabr kuni Mir prospektida 20 yashar o‘zbek yigiti o‘ldirilgan.

Bir toʻda yoshlar uni pichoqlab o‘ldirib ketishgan.

21-noyabr kuni esa, 38 yashar tojikistonlik Ilhomuddin Shoyev politsiya idorasida shubhali tarzda hayotdan koʻz yumgan.

Shoyev Moskvada mehnat qilgan, uning oilasi esa Tojikistonda bo‘lgan, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) 28-noyabr kuni.

Shoyev 27-noyabr kuni tugʻilib oʻsgan qishlog‘i Bahoristonda dafn etildi.

Moskva politsiyasi xabariga ko‘ra, Shoyev yurak xurujidan vafor etgan. Ammo uning tanasida og‘ir kaltaklanish asoratlari qolgani haqida otasi RFE/RL radiosiga xabar bergan.

Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda 28-noyabr kuni vazirlik saytida joylashtirilgan xabarda rossiyalik hamkasbi Vladimir Kolokoltsevni Shoyevning o‘limi bilan bog‘liq ishni oʻz shaxsiy nazorati ostiga olishga chaqirdi.

Kuchayib borayotgan ksenofobiya

Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek va tojiklar uchun tahqirlanish oddiy holat hisoblanadi va zoʻravonliklardan hech kim ajablanmaydi.

“Albatta, Rossiyada ksenofobiyaga duch kelganman”, dedi Sankt-Peterburgdagi restoranda oshpaz bo‘lib ishlaydigan o‘zbekistonlik Abdumalik Fattoxov Karvonsaroy nashriga. “Uzoqqa borish shart emas. Istalgan gazetada turarjoy ijarasi sahifasini ochsangiz, “faqat slavyanlar uchun” degan yozuvlarni ko‘rasiz.”

“Yashash uchun joy topish oson emas, biz ko‘pincha o‘z diasporamiz vakillari yoki boshqa migrantlardan ijaraga uy olamiz”, dedi u. “Ammo bunday narsalarga ahamiyat bermaslikka harakat qilamiz.”

Rossiyaning Levada tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Markaziy Osiyoliklargan qarshi salbiy qarashlar ortgan.

2017-yil iyul oyida so‘rovda qatnashgan rossiyaliklarning 19 foizi kiritilayotgan Rossiyada yashash huquqi berilgan Markaziy Osiyoliklar soni cheklanishi kerakligini aytgan edilar. Bu yil esa mazkur ko‘rsatkich 25 foizga yetgan.

“Mehnat migrantlari soni cheklanishi kerakmi?”, degan savolga 67 foiz ishtirokchi ijobiy javob bergan, vaholanki, o‘tgan yili 58 foiz respondent bu savolga “ha”, deb javob bergan edi.

Migrantlarga uyga qaytishga yordam berish

Oʻzbekiston hukumati Rossiyada moliyaviy, huquqiy yoki boshqa tarafdan qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga yordam berish choralarini koʻrmoqda.

12-oktyabr kuni Toshkent aeroportida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev Rossiyadan qaytgan 71 kishidan iborat migrantlar guruhi bilan uchrashgan.

Migrantlar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganlar. Insofsiz ish beruvchilarga duch kelgan xorijlik ishchilarning oʻz pullarini ololmasligi bilan holatlar Rossiyada tez-tez sodir boʻlib turadi.

Iyul oyida Oʻzbekiston chet elda ishlovchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgandi. Mazkur davlat idorasi qiyin ahvolda qolgan 71 nafar oʻzbekni vataniga qaytardi.

Sentyabr oyida Oʻzbekiston va Rossiya turli sabablarga koʻra Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushlab turilgan 1500 nafar mehnat migrantini vataniga qaytarish toʻgʻrisida kelishuvga erishgan.

Biroq, Rossiyaning mehnat migrantlariga nisbatan siyosati ziddiyatli boʻlib qolmoqda, deydi Toshkentda yashovchi oʻzbekistonlik siyosatshunos Valeriy Xan.

“Bir tarafdan, rossiyalik siyosatchilar jamiyatning bosimi ostida mamlakatga migrantlar oqimini cheklamoqchi”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Boshqa tarafdan esa, ular Markaziy Osiyoliklarning xorijda pul ishlash ehtiyojidan oʻzlarining imperialistik intilishlarini oqlash uchun foydalanmoqdalar”, dedi u Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy qaram holatda ushlab turish va rossiyaliklar uchun qora ishlarni boshqa millat vakillari bajarishini istashini nazarda tutib.

Yangi imkoniyatlar

Oʻzbekiston hukumati Rossiyaning iqtisodiy jozibadorligining pasayishi va rubl kursining beqarorligi sharoitida mehnat migrantlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish ustida ishlamoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktyabr kuni “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi, u fuqarolarni chet elda ish bilan taʻminlash boʻyicha davlat monopoliyasini bekor qildi. Endi xususiy kompaniyalar ham odamlarni chet elda ishlashga yuborishi mumkin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga koʻra, mazkur qonun bandlik xizmatlari bozorini, shu jumladan, mehnat migratsiyasi bozorini tartibga solish va xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

U, shuningdek, Oʻzbekiston va xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini kuchaytiradi.

27-noyabr kuni Oʻzbekistonning Xalqaro migratsiya tashkilotiga aʼzo boʻlishi esa migrantlar huquqlarini yanada samaraliroq himoya qilish yoʻlidagi navbatdagi qadam sifatida baholangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 53

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mening koʻzimga hammasi boshqacha boʻlib koʻrinyapti. Bu yerda kimdir [sayt administratori] jon-jahdi bilan ruslarni badnom qilishga urinyapti, bu ham yetmagandek, saytning oʻzi ruslarni MDHdagi qoʻshnilariga yomon qilib koʻrsatish maqsadida Oq Uyning yugurdaklari uchun maxsus yaratilgan. Bor gap shu.

Javob berish

Ha, ha, ha. Tramp va Obama rus natsistlariga loy chaplamoqda. Sizlar yaxshisiz. Bosqinchi emassizlar. Tojiklar va oʻzbeklar oʻzlarini oʻldirmoqdalar.
PNX

Javob berish

Fashizm va shovinizm Rossiyaning qoniga singib ketgan.

Javob berish

Rostanmi? Kim aytyapti buni? Amerikalik natsistmi?

Javob berish

Moskvada haydovchilik qiladigan oʻzbek va tojiklarni jinim suymaydi. Ular bilan ikki marta YTHga uchradim. Birinchi safar bitta ablah adashib, boshqa pedalni bosvorgan, ikkinchi martasida esa svetoforda toʻxtab turganimda orqaga yurib, mashinani urdi. Doim shunaqalarga uchrayman. Sugʻurta yoʼq, gazel tamom boʻlgan

Javob berish

“Fevral oyida sodir boʻlgan voqealarning birida dargʻazab yoʻlovchi oʻzbekistonlik taksi haydovchisi, 34 yashar Sherzod Astanayevni pichoqlagan. Astanayevning soʻzlariga koʻra, yoʻlovchi safar mobaynida uning etnik kelib chiqishini tilga olib haqoratlab kelgan va qoʻqqisdan pichoq urib baqirgan.” U ehtimol iyun oyida tojiklar tomonidan oʻldirilgan SERGEY CHUYEV haqida surishtirgan boʻlsa kerak. U voqea bosti-bosti qilingan edi! Siz tojiklarni Putin ana shunday hurmat qiladi! QANDAY JAZO BELGILANGANI HAQIDA ONLAYN HECH QANDAY MAʼLUMOT BERILMAGAN EDI, ablahlar!

Javob berish

Rus boʻlmaganlarga bu kabi munosabat Rossiya aeroportlarida tizimli darajada. Siz ROSSIYALIKLAR oʻzingizni kim deb oʻylaysizlar? Butun dunyo sizni (qudratli davlat sifatida) tan olmaydi, shuning uchun uyingizda (odamlarni kamsitib) oʻzingizni koʻrsatasiz.

Javob berish

Birodar, oʻzimizni kim deb oʻylayotgan boʻlsak ham, oʻz uyimizdamizku !!! Yoki unday emasmi?
Internetda tojiklar ruslarning Rossiyada kvartiralaridan boshqa hech narsasi yoʻq deydilar. Dunyoga munosabatingiz adekvatmi oʻzi?
Rossiya – aholisining 90 foizi yevropaliklar boʻlgan mamlakat. Buni tushunishingiz kerak!

Javob berish

Nega Rossiyaga borib, u yerniyam rasvo qilyapsanlar???? Uylaringda oʻtirlaring, shunda koʻproq hurmat qilishadi senlarni.

Javob berish

Tojikistondan ruslarni nimaga olib chiqib ketmaysiz?

Javob berish

Ruslardan boshqa hech kim sizni yevropalik deb hisoblamaydi. Markaziy Osiyo har doim rossiyaliklarni hurmat qilgan va ularga rahmat aytgan, sizdan esa tajovuz va takabburlik kutish mumkin! Ochiq natsizm harakatlari siz uchun odatiy hol! Butun yoʻl boʻylab Yevropaning ketini oʻpasizlar. Siz ular kabi va ular bilan birga boʻlishni xohlaysiz, lekin yevropaliklar sizga “qoramoʻndi” kabi munosabatda boʻlishadi, shunchaki ular ozgina madaniyatliroq va insonparvarroq, munosabat va fikr esa oʻsha-oʻsha! Bumerang

Javob berish

Bu normal holat, chunki migratsion siyosat yaxshi emas. Rossiya fuqarolaridan koʻra, migrantlarni ishga olish foydaliroq. Migrantlar ish haqini tushirib yuboradilar. Bunga taqiq qoʻyilishi kerak, migratsiya siyosatini oʻzgartirish kerak. Eng avvalo Rossiya fuqarolarining turmush sharoitlari yaxshilanishi kerak. Ular (migrantlar) tufayli bogʻchalaru maktablar toʻlib ketgan. Maoshlar past. Nimasiga xursand boʻlamiz? Rus tilini yaxshi bilishmaydi, dinlari ham boshqa. Chechenistonga borishsin.

Javob berish

Hammaga salom! Rossiyada har doim shunday vaziyat boʻlgan. Namoz oʻqiydigan, dindor musulmon oʻz vatanida hamyurtini aldashi ham bor gap. “Birovni haqini yevotti”. Ishlatib, pulini bermaydi. Bunday holat tezlik bilan avj olib boryapti, shuning uchun ham hamma Oʻzbekistondan ketishga majbur boʻlmoqda, ishchi xalq ham, mutaxassislar ham. Davlat esa fuqarolarning haq-huquqini himoya qilmayapti. Hamma narsa davlat uchun, xalq uchun emas. Shuning uchun, bu narsalar Oʻzbekistondan tashqarida sodir boʻlayotgan boʻlsa, ajablanmang. U yerda mehnat qadrlansa va puli toʻlansa ham (shunday).

Javob berish

Fashizm Rossiyada bosh koʻtardi

Javob berish

Ruslar asta-sekin natsistlarga aylanib bormoqda, bu aniq.

Javob berish

Nega bu odamlar yashaydigan davlat ularni munosib ish bilan taʼminlamaydi?!

Javob berish

yaxshi

Javob berish

Bu iflos to‘ng‘iz rusaklarni o‘ldirish kerak. Razil millat, ko‘rnamak zolimlar.

Javob berish

Nega bunday deyapsiz?

Javob berish

Oʻzing iflos choʻchqasan. Balki seni oʻldirish kerakdir. Yaramas maraz. Men sening qaysi millatdan ekaningni bilmayman. Lekin oshirib yubording. Sayt maʼmuriyati shunaqa millatchilik ruhidagi chaqiriqlarga qaramaydimi? Axlatsaroyning oʻzi millatlararo nizo keltirib chiqarish bilan anchadan beri shugʻullanadi. Bu saytda chop etiladigan narsalar boʻlmagʻur safsata va amerika buyurtmasidan boshqa narsa emas.

Javob berish

Rossiya koʻp millatli mamlakat, lekin biz bir-birimizni hurmat qilamiz! Bizda buddistlar ham bor, gap dinda emas. Barchamiz bir xil maktablarga boramiz, oʻsha-oʻsha filmlar va multfilmlarni koʻrib katta boʻlamiz. Yurtimizga rus tilini bilmaydigan, ehtimol, oʻqimagan odamlar kelishadi. Ust-boshlari kir, oʻzlarini tutishlari ham gʻalati. Nima uchun? Taqiqlash kerak. Ularni deb maoshlarimiz past. Jinoyatchilik oʻsmoqda. Rossiyadan ajralib chiqqansizlar, oʻz kuningizni oʻzingiz koʻring, sizlarga Rossiya nimadir qilib berishi kerak emas. Bizning sizdan hech qanday qarzimiz yoʻq.

Javob berish

“Bu iflos rus choʻchqalarini oʻldirish kerak. Qanday jirkanch xalq, noshukr marazlar.” Siz shuni aynan Rossiyada qilyapsiz. Nima uchun sizga rahmat aytishimiz kerak? Nima uchun siz ruslarga rahmat deyishingiz kerak?

Javob berish

Oʻzi va xalqini hurmat qiladigan chinakam rus kishisi boshqa xalqlarga nisbatan bunday munosabatda boʻlmaydi. Mamlakatlar prezidentlari bu vaziyatdan umumiy chiqish yoʻllarini topishlari lozim. Slavyan va musulmonlarning xudosi, uyi va kelajakdan umidlari bir ekanligini yodda tutish kerak.

Javob berish

Kolokoltsev, Yuriy Chayka, Bastrikinlarni lavozimlarini ozod qilish kerak, ular korrupsionerlar, Putin esa ularga ishonadi

Javob berish

Musulmon birodarlar, RFga borib nima qilasiz, qora ishlarni sizni oʻrningizga oʻzlari qilaverishsin. Mana, biz qozoqlar Rossiyaga ishlagani bormaymiz, u yerdagi oylik bizdagi bilan bir xil. Agar koʻproq pul ishlab topmoqchi boʻlsangiz, Koreya yoki AQSHga boring, yuk mashinasini haydaysizlar. U yerda oʻzbeklar, qirgʻizlar, hatto oʻz vatanida ish toʻlib yotgan qozoqlar bor. U yerda har kungi yoqimsiz holatlar, rus shovinizmi yoʻq

Javob berish

So‘zlaringizni tasdiqlayman

Javob berish

Ha, hammangiz oʻsha yerga boring, iltimos.

Javob berish

Iltimos deyish shartmas

Javob berish

Rossiya Federatsiyasini jin ursin. Ruslarga keragimiz yoʻq. Yevropaga yuzlanishimiz kerak, bizdan xursand boʻlishadi

Javob berish

Temiryoʻl vokzallari, aeroportlar, ayniqsa, Domodedovodagilar tojik va oʻzbeklarning hisobiga boyimoqdalar, ular odamlarni vijdonsizlarcha tunamoqdalar.

Javob berish

MUSULMONLARNI KAMSITADIGAN VA OʻLDIRADIGAN SLAVYANLAR QIYOMAT KUNIDA BUYUK ALLOH OLDIDA JAVOB BERADILAR

Javob berish

Ryazanda pogon taqqan fashistlarga o‘zim shaxsan duch kelganman

Javob berish

It, choʻchqa oʻrisla asrla davomida bizani odam hisoblamagan

Javob berish

Odam emas, cho‘chqa ekansan

Javob berish

Choʻchqaning gapi

Javob berish

Demak Markaziy Osiyoda ruslarga javob qaytadi va ularga nisbatan yomon munosabat paydo bo‘ladi.

Javob berish

Putin bizni himoya qiladi!

Javob berish

Javob? Sizlar shundoq ham anchadan beri, 90-yillarda ruslarni siqib chiqaryapsizlar, bunga butun Rossiya javob qaytarsa-chi? Rossiyaning pulisiz, ishsiz qolib, oʻrta asrlarga tushib qolasizlar.

Javob berish

Zaif qonunlar, quyi darajadagi ijtimoiy maʼsuliyat, yaroqsiz taʼlim, yomon tarbiya, qoʻpollik, shafqatsizlik, anarxiya va korrupsiya – BU ROSSIYA demakdir

Javob berish

Nima uchun doim Rossiya va rossiyaliklar aybdor, biz siznikiga bormayapmiz. O‘z prezidentingizdan yaxshi hayot va ish talab qiling. Mustaqillik kerakmidi? Endi muammolaringizni ham o‘zingiz hal qiling

Javob berish

Sen ruslarni hammangizni yo‘q qilamiz

Javob berish

Markaziy Osiyodan ishchi kuchi kelmay qoʻysa, Rossiya oʻz axlatiga koʻmilib ketadi. Oʻzingni qoʻlingdan kelmaydigan ishni qilayotgan odamlarga rahmat demaysanmi undan koʻra. Ota-bobolaring ishlash uchun emas, yegulik va boshpana uchun Toshkentga kelishganida, ularni qabul qilishgan, kiyintirishgan, oʻzlari yemay yedirishgan. Hozir ham kim mehmon boʻlib kelmasin, aʼlo darajada qabul qilishadi. Maqolada tilga olingan shovinistlar senga oʻxshaganlar boʻladi.. Maraz

Javob berish

Yopiray!!! Haddingizdan oshib ketibsiz !!! Ruslarning yaxshiligi sizlarni shunday surbet qilib qoʻydimi? !! Ruslarga nima berding oʻzi?
Rossiya va ruslardan qancha narsa olganingizni va Putinni ruslarning choʻntagidan olib, sizlarga qancha berayotgani aytaymi?
Rossiyada sizga ish berayotgan Putin boʻladi! U har xil Raxmon-paxmonlarning iltimosiga yoʻq deyolmasdan, oq yevropaliklar mamlakati – Rossiyaning rivojlanishini sekinlashtirmoqda, hammasi siz odamsimonlar uchun! Oʻrta asrlarda yashayvermaysizlarmi! Ijtimoiy yordam, pensiyalar, mablagʻ talab qilib, bu yerga suqilyapsizlar. Rossiyada buni sizga kim beradi? Allohmi? Yoki bu ruslar ishlab topgan pullarmi?
Agar hozir senga Rossiya fuqaroligini taklif qilsam, shu zahoti yopishasan! Bu yerda yozganlaringni esa unutasan!

Javob berish

Yaxshi ishlab pul topadigan risoladagi oʻzbek va tojiklar ham bor. Toʻkilib bitgan mashinada yuradigan va YTH keltirib chiqaradigan narkomanlar bor, shunaqalarni haydash kerak Rossiyadan.

Javob berish

Ularda qoʻsh fuqarolik ham bor. Bola tugʻish va pul ishlash uchun bu yerga kelishadi. Yomonmi? Ular oʻz vatanida buni orzu ham qilolmaydi.

Javob berish

Sibir – oq yevropaliklarning yurtimas. Uzoq Sharq ham shu.

Javob berish

Rossiya millatlar zindoni (kavkazlar, turklar, fin-ugor xalqlari, shimolning mahalliy aholisi). Hatto milliy respublikalarda ham rus tilining maqomi mahalliy tillardan yuqori. Markaziy Osiyoliklar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Ularni odam qatoriga qo‘shishmaydi.

Javob berish

Qanaqa ksenofobiya haqida gapiryapsizlar? Rossiyada muvaffaqiyatga erishgan migrantlar haqida minglab misol keltirsa bo‘ladi. Ular Rossiyada juda yaxshi maosh olishadi. Bu yerda yozilgan “faktlar” esa kundalik hayotda har qanday rus bilan ham sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea.

Javob berish

Yana bitta Amerikacha buyurtma maqola, hech qanday yangilik yo‘q.

Javob berish

Bu real fakt. Buyurtma emas. Aniq tiniq yozilgan. Neonatsizm va ratsizm Rossiyada cho'qqida. Eng millatchi, ayirmachi, halq ular

Javob berish

Ertayu-kech ingliz tili va boshqa tillarni o‘rganamiz, Rossiyaga tushib qolmaslikni duo qilib soʻraymiz

Javob berish

Kimga ertak aytyapsan. Agar biz millatchi boʻlganimizda, Rossiya allaqachon inqirozga uchragan boʻlardi, biz qaytanga mamlakatdagi boshqa xalqlar bilan qanday qilib tinch yashashni bilamiz. Ukrainaga boq, millatchi-natsiklar xohlaganini qilsa, bu chala mamlakatning kelajagi yoʻqligi, hamma narsa inqirozga qarab ketishiga yaqqol misol bu.

Javob berish

Biz baxtli boʻlamiz, ishoning.

Javob berish