Karvonsaroy
Xavfsizlik

NATO ittifoqchilari: Moskvaga yadroviy qurollar boyicha shartnomani saqlab qolishga so‘nggi imkoniyat berilmoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 rahbarlari sammitida, 30-noyabr kuni Argentinaning Buenos Ayres shahrida olingan surat. (Ludovik Marin/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 rahbarlari sammitida, 30-noyabr kuni Argentinaning Buenos Ayres shahrida olingan surat. (Ludovik Marin/AFP)

MOSKVA – Rossiya 60 kun ichida shartnomaga zid bo‘lgan raketalarni yoʻq qilmas ekan, AQSH sovuq urush davrining eng yirik bitimlaridan bo‘lgan O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar shartnomasidan chishini aytib tahdid qilgach, barchaning eʼtibori Moskvaga qadaldi.

Moskva qurollanish musobaqasini boshlab yuborgan tizimini to‘xtatmas ekan Vashington 1987-yilda imzolangan Qisqa va o‘rta masofaga uchuvchi raketalar (INF) shartnomasidan voz kechadi, dedi davlat bosh kotibi Mayk Pompeo.

“Rossiya shartnomani jiddiy ravishda buzdi”

“AQSH Rossiyaning shartnomani qoʻpol ravishda buzayotganini e’lon qilmoqda, agar Rossiya 60 kun ichida bitim talablarini bajarmaydigan boʻlsa, biz ham o‘z javobgarligimizdan voz kechamiz”, dedi Pompeo seshanba (4-dekabr) kuni NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng.

“Rossiyaning hatti-harakatlari Amerika, uning ittifoqchilari va hamkorlarining milliy xavfsizligiga jiddiy putur yetkazmoqda”, dedi u. “Qo‘shma Shtatlarning Rossiya qonunbuzarligiga javob qaytarish imkonini cheklovchi shartnomada qolishidan hech qanday maʼno yoʻq.”

Rossiya askarlari “Iskander-M” ballistik raketasini uchirishga tayyorlanmoqda, surat may oyida Astraxanda olingan. Qisqa va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar (INF) shartnomasiga zid keluvchi SSC-8 nomi bilan tanilgan 9M729 raketasi “Iskander”ga o‘xhshash ekanligi gumon qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya askarlari “Iskander-M” ballistik raketasini uchirishga tayyorlanmoqda, surat may oyida Astraxanda olingan. Qisqa va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar (INF) shartnomasiga zid keluvchi SSC-8 nomi bilan tanilgan 9M729 raketasi “Iskander”ga o‘xhshash ekanligi gumon qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

“Global qurollanish nazoratining poydevori hisoblangan bitimni saqlab qolish endi “Rossiyaning qo‘lida” dedi NATO.

Qoshma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilariga koʻra, Rossiyaning SSC-8 nomi bilan tanilgan 9M729 tizimi INF shartnomasiga zid. Bitim yerdan 500 dan 5500 kilometr masofagacha ucha oladigan raketalarni taqiqlaydi.

Rossiyaning yadroviy salohiyatga ega qanotli raketalarini aniqlash qiyin, ular hech qanday ogohlantirishlarsiz Yevropa shaharlariga yetib borishi va bu bilan qit’adagi muvozanatni keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin, deb xabar beradi NATO.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada bitim shartlarini bajarishga so‘nggi imkoniyat qolgan bo‘lsa-da, “dunyo shartnomasiz vaziyatga tayyorgarlik ko‘rishi lozim”.

AQSHning sobiq prezidenti Ronald Reygan va Sovet Ittifoqining oxirgi rahbari Mixail Gorbachev tomonidan imzolangan INF shartnomasi ma’lum bir toifadagi qurollarni yo‘q qilishga qaratilgan ilk hujjat bo‘lgan.

“Bu haqiqatda ham qurol nazoratining eng a’lo misoli bo‘lgan, va uning to‘xtatilishi katta yoʻqotish bo‘ladi”, dedi Stoltenberg.

“Biz INF shartnomasining tugatilishiga guvoh bo‘lishimiz mumkinligidan afsusdaman, ammo bir vaqtning o‘zida bundan boshqa choramiz ham yo‘q.”

Shartnomani saqlab qolish “Rossiyaning qo‘lida”

Agar Rossiya belgilangan 60 kun ichida bitim shartlariga rioya qilishga qaytmasa, Qo‘shma Shtatlar INF shartnomasidan rasmiy ravishda chiqish uchun belgilangan 6 oylik jarayonini boshlab yuboradi.

Ungacha esa Qo‘shma Shtatlar bitimga zid bo‘lgan “hech qanday tizimni sinamaydi, ishlab chiqarmaydi va qo‘llamaydi”, dedi Pompeo.

Ammo, Qo‘shma Shtatlarda “bunday muhim harbiy imkoniyatni raqobatdosh kuchlarga topshirishga” hech qanday sabab yo‘q, dedi u.

O‘tgan 5 yil ichida Vashington kamida 30 marotaba Rossiyaning oliy darajadagi rahbariyatiga SSC-8 borasidagi xavotirlarini yetkazgan, ammo bunga javoban faqat raddiyalar, noaniqliklar va qarshi da’volarni eshitgan xolos, dedi Pompeo.

AQSH davlat departamentining seshanba kungi bayonotga ko‘ra, u “Rossiyaning mazkur masalani hal qilishi uchun Moskvaga yetarlicha ma’lumot bergan”.

Ma’lumotda raketaning sinov tarixi, raketa va uni uchirish moslamasini ishlab chiqish va yaratishda ishtirok etgan kompaniya nomlari kabi tafsilotlar mavjud, deb xabar bergan AQSH davlat departamenti.

NATO ittifoqchilari Qo‘shma Shtatlarning pozitsiyasi qo‘llab-quvvatladilar va qo‘shma bayonotda “INF shartnomasini saqlab qolish endi Rossiyaning qo‘lida”, deb bayon qildilar.

“Ittifoqchilar Qoshma Shtatlar va boshqa taraflar rioya qiladigan, Rossiya esa unga qarshi boradigan shartnomaning barqaror emasligini ta’kidlamoqdalar”, deyiladi bayonotda.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning ta’kidlashicha, davlatlar “qat’iy va birgalikda harakat qilishlari kerak”, agar shartnoma to‘xtatilsa, javobgarlik Moskva zimmasida bo‘lishi haqida ogohlantirishlari lozim.

“INF shartnomasi 30 yildirki, Yevropa hududida tinchlik va xavfsizlik kafolati bo‘lib xizmat qilib kelgan”, dedi YI bosh diplomati Federika Mogerini chorshanba (5-dekabr) kuni NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muzokara oʻtkazish uchun kelgan vaqtida.

“U toʻliq amalga kiritilishi lozim. Shu sababdan ham, umid qilamanki, tomonlar shartnomani saqlab qolish va uning bajarilishini toʻla taʼminlash uchun vatqdan oqilona foydalanadilar. Biz, albatta, bunga oʻz hissamizni qoʻshishga harakat qilamiz”, dedi u.

Moskva daʼvolarni rad etmoqda va aybni boshqalarga yuklamoqda

“Moskvaning INF shartnomasiga amal qilmaganini koʻrsatuvchi yaqqol dalillar va valqaro hamjamiyatning ogohlantirishlariga qaramay, Rossiya oʻz majburiyatlaridan boʻyin tovlashda davom etmoqda.

“Asossiz ayblovlar yana takrorlanmoqda”, dedi chorshanba kuni Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

“Amerikaning bu pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlovchi hech qanday isbot taqdim etilmadi”, dedi u 27-noyabr kuni Niderlandiya tomonidan keltirilgan aniq dalillarga qaramay.

Oʻz navbatida Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov boshqa tarafni aybdor qilishga urinib, faktlar “AQSHning snartnomadan chiqish sababini yashirish maqsadida” buzib koʻrsatilganini iddao qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSHning INF shartnomasidan chiqish rejasini “puxta oʻylanmagan” deb atar ekan, aybni qarshi taraf zimmasiga yukladi va Moskva ham Vashingtonning yoʻlidan borishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

“Bunga qanday javob beramiz? Javobi oddiy: biz ham xuddi shu ishni qilamiz”, dedi u.

Putin yadroviy xavfsizlikka nisbatan oʻzining hazilomuz munosabatini yashirib oʻtirmadi.

18-oktabr kuni Putin yadro urushi yuz bergan taqdirda “Biz agressiya qurbonlari, jafokashlar sifatida jannatga tushamiz, ular (tajovuzkorlar) esa tavba qilishga ham ulgurmay shunchaki oʻlib ketadilar”, deb hazillashgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ruslar doim haq

Javob berish

Putin to‘g‘ri aytgan.

Javob berish

NATOni tarqatib yuborish kerak! Yevropadan NATOning barcha qoʻshinlarini bazalari va qurollari bilan olib tashlash kerak! Shunda hamma tinch boʻladi!

Javob berish

Moskvada hech qanday imkoniyat qolmadi. Harbiy jinoyatlar va genotsidlar uchun javob berishga toʻgʻri keladi.

Javob berish

Kim gapirsa ham amerikoslar jim tursa bo‘lardi. Bularni eshitish, o‘qish ko‘ngilni ozdiradi

Javob berish

Amerikoslar shayton malaylari! Hamma joyga burunlarini suqishadi. Ular “alohida” millat! Qolganlar esa odam emas! Mana shu ularning siyosati!

Javob berish

Rossiya Qrimni haqli egasi Ukrainaga uzr bilan qaytarishi kerak bo‘lganida, o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bergan edi. Vaqtida bajarilmadi, endi nimadir qilish kech.

Javob berish

Qrimga hech kim aytgani yoʻq bizga qoʻshilgin deb, oʻzi shuni xohladi, Ukraina himoya qilolmadi

Javob berish

NATO hali tirik ekan, bu yerdan ketishiga oxirgi imkoniyati qoldi...

Javob berish

Pukindan nimani ham kutish mumkin. O‘z kibri va o‘tgan “Rossiya imperiyasi qudrati” haqidagi havaslari bilan davlatni batamom yo‘q qiladi. Butun dunyo bilan (Ukraina, Suriya, Liviya, MAR va yana kim biladi qayerlarda) urush-urush o‘ynamasdan, Uzoq sharq va Sibirni rivojlantirishga sarmoya kiritsa bo‘lar edi. Bir narsani hech tushungisi kelmaydi: BARCHA IMPERIYALAR BIR KUN KELIB QULAYDI!! Britaniya imperiyasi qanday edi, hozir qay holatda? Yoki Temur, Bobur, Chingiz Xon, Vizantiya, Rum, Iskandar imperiyalari qayerda... O‘tmish emas, hozirgi kun bilan yashash kerak.

Javob berish

Rossiyasiz dunyo kerak emas boʻlsa, dunyoga “b u y u k iztiroblarsiz” Rossiya-Rutiniya kerak emas.

Javob berish

Iya Moskva sibrn rivojlantirsa Garb va Aqsh darov urush ochadi Raasiyan korolmid 2 qita ham Xitoy va Raasiya qancha yaqinlashsa darov Aqsh Sanksiya yuboradi

Javob berish