Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-06 | Xavfsizlik

Tojikistonda qoʻlbola portlovchi moslamalarni zararsizlantirish boʻyicha YXHT kurslari oʻtkazildi


29-noyabr kuni Tojikistonning Lohur shahrida mashg‘ulot ishtirokchilari va maslahatchilar qoʻlbola portlovchi moslamalarni (QPM) qay tarzda zararsizlantirish va qaror qabul qilishga oid masalalarni muhokama qilishdi. (YXHT/Abdug‘ani Vahobov]

29-noyabr kuni Tojikistonning Lohur shahrida mashg‘ulot ishtirokchilari va maslahatchilar qoʻlbola portlovchi moslamalarni (QPM) qay tarzda zararsizlantirish va qaror qabul qilishga oid masalalarni muhokama qilishdi. (YXHT/Abdug‘ani Vahobov]

Karvonsaroy

DUSHANBE – Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlarining huquqni muhofaza qilish xodimlari va askarlar o‘tgan oy oxirida Dushanbe shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan tashkillashtirilgan qo‘lbola portlovchi moslamarni (QPM) zararsizlantirish boʻyicha mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun yig‘ildilar.

“Qo‘lbola portlovchi moslamalar: Kirish” kursi Tojikiston mudofaa vazirligi tomonidan Qo‘shma Shtatlar armiya markazi (USARCENT) bilan hamkorlikda YXHTning Dushanbedagi dastur idorasi tomonidan amalga oshirildi, deyiladi YXHTning dushanba (3-dekabr) kungi bayonotida.

30-noyabr kuni yakunlangan 5 kunlik mashg‘ulotlarda Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan yigirma bir kishi qatnashdi.

Ishtirokchilar Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi, BMTning minalarni zararsizlantirish xizmati, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mudofaa vazirliklari, Tojikiston minalarni zararsizlantirish milliy markazi, Tojikiston milliy gvardiyasi, Tojikiston favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasi, Tojikiston sapyorlar uyushmasi va Tojikistonga Norvegiyaning milliy yordami kabi tashkilotlardan kelishgan.

Aniqlash va himoya qilish

Mashg‘ulotlarning birinchi qismi zamonaviy himoya uskunalari namoyishi va aniqlash usullarini o‘z ichiga oldi, deb xabar berdi YXHT.

Mashg‘ulot Dushanbedagi YXHT binosida bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar uchun aralash guruhlarda turli amaliy mashqlar o‘tkazildi.

Germaniyaning metall detektorlari va qo‘sh datchiklar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri boʻlgan “Vallon GmbH” kompaniyasi vakili Tim Getke zamonaviy aniqlash qurilmalari haqida taqdimot oʻtkazdi.

Amaliy mashg‘ulotlarning ikkinchi qismi Dushanbe shahridan 17 kilometr uzoqlikda joylashgan Chimtepadagi Portlash xavflarini aniqlash bo‘yicha mintaqaviy markazga o‘quv tashrifi va Dushanbedan 25 kilometrlik masofadagi Lohurda joylashgan mashg‘ulotlar maydonida QPMni zararsizlantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulotlar YXHTning portlovchi moddalar sohasidagi kompleks hamkorlik dasturi doirasida oʻtkazildi.

Mashqlarning keyingi bosqichi – qo‘lbola portlovchi moslamalarga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy mashqlar 2019-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mashgʻulotlarining yakuniy 3+ bosqichi – qo‘lbola portlovchi moslamalarni yo‘q qilish bo‘yicha mintaqaviy kurslar 2020-yilga mo‘ljallangan.

Xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashdagi hamkorlikning muhimligi

“Hamkorlik – oldimizdagi yagona yo‘l”, deydi Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi xodimi Tomislav Vondrachek. “Mazkur o‘quv platformasidan foydalanish bilim va tajriba almashish imkonini beradi.”

“Bizni qo‘llab-quvvatlagani va mana shunday tadbirlar o‘tkazishga imkon yaratib bergani uchun “USARCENT” va Tojikiston respublikasining mudofaa vaqirligiga minnatdorchlik bildiramiz”, dedi u.

“Markaziy Osiyo bo‘ylab portlovchi moddalar xavfiga qarshi kurash faqat mintaqaviy sheriklar bilan izchil hamkorlik orqaligina amalga oshirishilishi mumkin”, dedi “USARCENT”ning portlovchi qurollarni zararsizlantirish bo‘yicha rahbari Greg Nayls.

“Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi, YXHTning portlovchi moslamalar bo‘yicha kompleks hamkorlik dasturi bilan uzoq muddatli munosabatlarimiz hamkor davlatlar salohiyatini kuchaytirishda muhim rol o‘ynadi”, dedi u.

Sentabr oyida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan 60 nafar harbiy va noharbiy rasmiylar Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda portlovchi moslamalar xavfini kamaytirish va chora koʻrish bo‘yicha YXHTning 10-seminarida ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar QPM bilan ishlash muammolarini tilga olib, ular keltirib chiqaradigan tahdidlar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha