http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/12/10/feature-02
| Xavfsizlik

Rossiya Suriyadagi sulhni buzish maqsadida kimyoviy hujumni “soxtalashtirgan”

Karvonsaroy va AFP


Suriyalik ayol rejim nazorati ostidagi Aleppodagi shifoxonada davolanmoqda, 24-noyabr, 2018-yil. Suriyaning rasmiy ommaviy axborot vositalari qurollangan muxolifatni shimoliy shaharda “zaharli gaz” vositasida hujum uyushtirishda aybladi, ammo xalqaro hamjamiyat Suriya va Rossiyani sulh harakatini buzish maqsadida voqeani soxtalashtirishda ayblagan. (Jorj Urfalian/AFP)

Suriyalik ayol rejim nazorati ostidagi Aleppodagi shifoxonada davolanmoqda, 24-noyabr, 2018-yil. Suriyaning rasmiy ommaviy axborot vositalari qurollangan muxolifatni shimoliy shaharda “zaharli gaz” vositasida hujum uyushtirishda aybladi, ammo xalqaro hamjamiyat Suriya va Rossiyani sulh harakatini buzish maqsadida voqeani soxtalashtirishda ayblagan. (Jorj Urfalian/AFP)

WASHINGTON, KO – Amerika Qoʻshma Shtatlari va Buyuk Britaniya Rossiyani suriyalik isyonchilarning kimyoviy qurol qoʻllagani haqida soxta xabar tarqatishda ayblab, Moskvani shundoq ham beqaror boʻlib turgan sulhni buzmaslikka chaqirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, muxolifatchilar rejim nazorati ostidagi Aleppo shahrida 24-noyabr kuni tarkibida xlor boʻlgan qurol qo‘llagan. Suriya davlat ommaviy axborot vositalari 100 ga yaqin suriyaliklar nafas olish muammolari bilan shifoxonaga yetkazilgani haqida xabar bergan.

Rossiya o‘ch olish maqsadida Suriya prezidenti Bashar al-Asadga qarshi kurashayotgan yagona shahar – Idlibga havodan hujum uyushtirdi, shu tariqa sentabr oyi o‘rtalarida erishilgan sulhning taqdiri soʻroq ostida qolgan.


Oq dubulg‘alilar nomi bilan mashhur boʻlgan Suriyaning fuqaro mudofaasi ko‘ngillilari Rossiya yoki Suriya rejimi tomonidan uyushtirilgan havo hujumidan berkinib olgan bolani qutqarmoqdalar. Oq dubulg‘alilar Suriyada kimyoviy qurollar borasidagi Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyasi tomonidan nishonga olinganlar qatorida. (Oq dubulg‘alilar)

Oq dubulg‘alilar nomi bilan mashhur boʻlgan Suriyaning fuqaro mudofaasi ko‘ngillilari Rossiya yoki Suriya rejimi tomonidan uyushtirilgan havo hujumidan berkinib olgan bolani qutqarmoqdalar. Oq dubulg‘alilar Suriyada kimyoviy qurollar borasidagi Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyasi tomonidan nishonga olinganlar qatorida. (Oq dubulg‘alilar)


Suriyaning eng ko‘p isyonchilar joylashgan shimoliy viloyati Idlibning Atme qishlog‘i lageridagi bola, 6-dekabr. (Aaref Watad/AFP)

Suriyaning eng ko‘p isyonchilar joylashgan shimoliy viloyati Idlibning Atme qishlog‘i lageridagi bola, 6-dekabr. (Aaref Watad/AFP)

“Sahnalashtirilgan” hujum

Qo‘shma Shtatlar xlor haqidagi hikoya soxta ekanligi borasida “ishonchli ma’lumotga” ega ekanligini va Rossiya hamda Suriya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llaganini ta’kidlagan.

“Rejim tarafdorlari bo‘lgan mansabdor shaxslar hujumdan keyin darhol hududni egallab olib, namunalarni soxtalashtirishga va Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) hududni tekshirishidan avval voqea joyini zaharlashga imkon yaratganidan Qo‘shma Shtatlar chuqur xavotirda”, degan AQSH Davlat departamenti vakili Robert Palladino 7-dekabr (juma) kungi bayonotda.

“Biz Rossiya va rejimni ehtimoliy hujum hududidagi dalillarni soxtalashtirishda ayblab ogohlantirmoqdamiz va aybdorlar javobgarlikka tortilishi maqsadida mustaqil tergovchilar xavfsizligini ta’minlashga chaqiramiz”, dedi u.

“Rossiya va Suriya bu holatdan Idlibdagi sulhga putur yetkazish yoʻlida foydalanmoqda”, dedi u.

AQSH rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, shubha Rossiya va Suriya bir vaqtda bir-biriga o‘xshash rasmiy xabarlar e’lon qilib, zudlik bilan hujumlarni amalga oshirganidan keyin paydo boʻlgan.

Ismi sir qolishini istagan rasmiylardan birining aytishicha, guvohlar xlorli hujumlarga xos bo‘lgan xlor isini sezmaganliklarini aytganlar.

“Portlovchi qurollarning qoldiqlari tasvirlangan video-materiallar va suratlarni texnik o‘rganish natijasida aniqlanishicha, Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan ko‘rsatilgan qurilmalar xlorli zarba berish imkoniyatiga ega emas”, degan rasmiy manba.

Britaniya o‘tkazgan tahlilarga asosan ham xlorli hujum bo‘lgani va unda muxolifat ishtirok etgani “ehtimoli juda kam”.

“Bu muxolifatni ayblash uchun sahnalashtirilgan vaziyat yoki Rossiya va Suriya rejim uning natijasidan foydalanib qolishni istagan muvaffaqiyatsiz chiqqan operatsiyaga o‘xshaydi”, dedi KQTT tekshiruvini qo‘llab-quvvatlagan tashqi ishlar vazirligi xodimi.

Kimyoviy hujumlar tarixi

G‘arb davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va inson huquqlari tashkilotlari Asad rejimining kimyoviy hujumlar uyushtirganini bot-bot takrorlab keladilar.

BMT xabariga ko‘ra, 2017-yil aprelda Xon Sheyxun shahrida amalga oshirilgan zarin gazi hujumi natijasida 83 kishi halok bo‘lgan. Qo‘shma Shtatlar bunga Suriya havo bazasiga qarata 59 ta qanotli raketa uchirish bilan javob qaytargan.

Asadni qo‘llab-quvvatlovchi eng katta kuch boʻlgan Rossiya va Suriya hukumatining ikkovi ham zarin hujumi yuz berganini rad etdi va jabrlanganlar, jumladan, bolalarning tasvirlarini soxta deya da’vo qildi.

Moskva bu kabi hujumlarning tergov qilinishiga qarshi chiqqandi.

Noyabr oyida Rossiyaning 2019-yilda tashkilot byudjetini belgilash uchun ovoz berish jarayonida KQTTning Suriyadagi kabi hujumlar uchun javobgarikni belgilash vakolatini to‘xtatish yoʻlidagi urinishlari samara bermadi.

Shiddatli bahs-munozaralardan so‘ng, a’zo davlatlar kimyoviy urushlarni nazorat qiluvchi xalqaro organ, jumladan, uning yangi faoliyat turi uchun budjetni tasdiqladilar.

O‘shanda KQTTdagi AQSH vakili Kennet Uord Rossiyani “o‘taketgan ikkiyuzlamachilikda” ayblab, “kimyoviy qurollarni qoʻllashning yangi davri boshlanishiga” yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirgan edi.

Moskvaning yolgʻon axborot kampaniyalari

Isyonchilarning kimyoviy qurol qoʻllagani haqidagi daʼvolar Moskvaning aybni boshqalarga agʻdarish va yoʻlgʻon axborot tarqatishga oid koʻp sonli urinishlaridan biridir.

Rossiyaning Aleppodagi roliga oid ayblovlarga javoban Rossiya mudofaa vazirligi bu ayblovlarning “jamoatchilik fikrini chalgʻitishga qaratilganini” aytgan, deb xabar beradi Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi.

Haqiqatni buzishga obdon uringan Rossiya 11-sentabr kuni suriyalik muxofatchilar va “Suriya fuqarolik mudofaasi” nomi bilan ham mashhur boʻlgan “Oq dubulgʻalilar” jangchilari koʻngilli gumanitar tashkiloti maxsus videolavha tayyorlagani va uni Suriya armiyasining ehtimoliy kimyoviy hujumi oqibatlari oʻlaroq koʻrsatib, notoʻgʻri talqin qilishini taʼkidlagan.

Rossiya mudofaa vazirligi Idlibda yashovchi mahalliy fuqarolarning soʻzlariga tayanib, voqea joyida bir necha Yaqin Sharq mamlakatlari telekanallarining suratga olish guruhlari, jumladan, “AQSHning yetakchi yangiliklar kanalining hududiy filiali” vakillari kelganini maʼlum qilgan.

Vazirlik “kun oxiriga” borib, barcha videomateriallar telekanallarga taqdim etilishi va ular ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatilishini bayon qilgan.

Vazirlikning iddaosiga koʻra, “ssenariy” boʻyicha Suriya armiyasining bochkali bombalarni qoʻllashi ortidan “Oq dubulgʻalilar”ning koʻngillilari mahalliy aholiga yordam berishi, kadrlar va voqea joyidan olingan kimyoviy zaharlangan tuproq namunasining haqqoniyroq chiqishi uchun haqiqiy kimyoviy qurol qoʻllanilishi kerak edi.

Xuddi shunday daʼvo 6-sentabr kuni rusiyzabon auditoriyani chalgʻitish maqsadida Kreml nazoratidagi “Russkaya vesna” (Rus bahori) sayti tomonidan chop etilgan soxtalashtirilgan videolavhada ham yangragan.

Zoʻrlik yoʻli bilan olingan, notoʻgʻri talqin qilingan iqrorlarda AQSH “Islom davlati” (ID) terrorchilarini tayyorgarlikdan oʻtkazgani va Suriya armiyasini ayblash uchun kimyoviy hujumlarning provokatsion videotasvirlarini olish uchun tashkilot aʼzolarini Idlibga joʻnatgani aytilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat
Captcha
| 2018-12-16

Rossiya muntazam ravishda yolg‘on va soxta narsalarni tarqatib yotibdi

Javob berish
| 2018-12-14

“O‘z shaxsini ochiqlashni istamagan AQSH rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, guvohlar mana shunday hujumlarga hos xlor isini sezishmagan” – har qanday narsani yozmaslik uchun juda qulay gap. Do‘stlar, iltimos, bo‘lmag‘ur narsa chop etmang.

Javob berish
| 2018-12-12

Hech kim Rossiyaga ishonmaydi, o‘z yolg‘oniga botib ketdi

Javob berish