| Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyoda ekstremizmga qarshi kurashdagi OAV roli Bishkek forumida muhokama qilindi

Aydar Ashimov

“Zo‘ravonlik ekstremizmining oldini olish va OAV roli” deb nomlangan xalqaro forumda 120 dan ortiq Markaziy Osiyolik va xalqaro tahlilchilar, hukumat tashkilotlari, NNT va OAV vakillari ishtirok etdilar. Forum 6-8-dekabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tdi. (Aydar Ashimov)

“Internews” nashrining Markaziy Osiyo boʻyicha loyihaviy rahbari Farhod Rahmatov 7-dekabr kuni Bishkekda ekstremizmga qarshi kurashda OAV roli haqida so‘zlamoqda. (Aydar Ashimov)

7-dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan forum ishtirokchilari mutaxassislarning asosiy g‘oyalarini aks ettiruvchi posterlar orqali ma’lumotni qanday qilib vizual tarzda yetkazib berishni o‘rganmoqdalar. (Aydar Ashimov)

7-dekabr kuni Bishkekda ekstremizmga qarshi xalqaro forum doirasidagi tadbirlarning birida ishtirok etayotgan qatnashchilar. (Aydar Ashimov)

BISHKEK – 120 dan ortiq Markaziy Osiyolik va xalqaro mutaxassislar ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish ilovalarining ekstremizmga qarshi kurashdagi roli muhokamasiga bagʻishlangan forumda ishtirok etdilar.

6-8-dekabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tgan “Zo‘ravonlik ekstremizmining oldini olish va OAV roli” deb nomlangan uch kunlik forum qatnashchilari orasida jurnalistlar, hukumat va nodavlat tashkilotlar vakillari ham bor edi.

Tahlilchilar “mustaqil OAV, ijtimoiy tashkilotlar va hukumat idoralari birgalikda harakat qilishi va jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar, ayollar, etnik va diniy ozchiliklar bilan munosabatlarini yaxshilash mumkinligini” koʻrsata oldilar, deyiladi “Internews”ning 6-dekabr kungi bayonotida.


Ostonada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qatnashgan qozoq jurnalistlari, 21-noyabr kuni olingan surat. Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan kuzatuvchilar va jurnalistlar Bishkekda 6-8-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uch kunlik forum davomida ekstremizmga qarshi kurashda OAV rolini muhokama qildilar. (Aydar Ashimov)

Ostonada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qatnashgan qozoq jurnalistlari, 21-noyabr kuni olingan surat. Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan kuzatuvchilar va jurnalistlar Bishkekda 6-8-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uch kunlik forum davomida ekstremizmga qarshi kurashda OAV rolini muhokama qildilar. (Aydar Ashimov)

Forum “Internews” xalqaro nodavlat tashkiloti, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi va Qirg‘izistonning diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi (GKDR) tomonidan tashkillashtirildi.

Tashkilotchilarning fikricha, forum doirasida oʻtkazilgan muhokamalar “milliy va hududiy hamkorlikni mustahkamlash uchun mintaqadagi muloqotni kuchaytirishga yordam beradi va radikallashuv sabablarini bartaraf etishga xizmat qiladi”.

Kecha, bugun va ertaga

“Internews” tomonidan Yevropa ittifoqining moliyalaviy koʻmagi asosida Markaziy Osiyoda media-savodxonlik orqali radikallashuvning oldini olishga qaratilgan loyiha doirasida oʻtkazilgan tadbir uchta: “Kecha”, “Bugun” va “Ertaga” qismlaridan iborat bo‘ldi.

“Tadbirning birinchi kunda amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha hisobotlar va taqdimotlar oʻtkazildi”, dedi “Internews” loyihasining Markaziy Osiyodagi rahbari Farhod Rahmatov Karvonsaroy nashriga.

“Ertasi kuni amalga oshirilayotgan tashabbuslarni muhokama qildik”, dedi u. “Tadbirning soʻnggi kunida muhokama qilingan ma’lumotlarni ko‘rib chiqdik, ishtirokchilar kelgusi loyihalar uchun o‘z tavsiyalarini berdilar.”

Loyihaning asosiy eʼtibori Markaziy Osiyo mamlakatlarida radikallashuvnining oldini olish boʻyicha milliy va mintaqaviy choralarga qaratilgan, dedi Rahmatov. Loyiha shu maqsadda jurnalistlar, jamoatchilik faollari va OAV mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularga ta’lim beradi.

“Bu choralar yuqori sifatli media-kontent yaratish va fuqarolik jamiyati vakillari, qaror qabul qiluvchi shaxslar va oddiy fuqarolarning ularga nisbatan tanqidiy qarashini shakllantirishga qaratilgan”, dedi u.

AQSHning Qirgʻizistondagi elchisi Eduard Auer ochiq siyosiy muhokamalar oʻtkazish zarurligini taʼkidladi.

“Biz turli mavzular, jumladan, ekstremizm va terrorizm mavzusidagi siyosiy bahs-munozaralar olib borishga imkon beradigan platformalarni yaratishimiz kerak”, dedi u Karvonsaroyga.

“Mustaqil OAV tomonidan yoritiladigan bunday muhokamalar, albatta, oʻz samarasini beradi”, dedi u. “Odamlar toʻgʻri tanlovni amalga oshiradilar va bu zoʻravonlik ekstremizmiga qarshi kurashda yaxshi chora boʻlib xizmat qiladi”.

Ekstremistik tashviqotga qarshi kurash

OAVda jangovar harakatlarning yoritilishi, shuningdek, terrorchilar aks etgan fotosuratlar va videolavhalarning berilishi gʻayriixtiyoriy ravishda ekstremistik tashkilotlar faoliyatining targʻib qilinishiga sababchi boʻlishi mumkin. Bu haqda forum ishtirokchilariga Qirgʻiziston IIV oʻrinbosari Mirlan Kanimetov maʼlum qildi.

“Bu borada juda ehtiyotkor boʻlish talab etiladi, sababi notoʻgʻri taqdim etilgan axborot ekstremistik tashkilotlarning yangi izdoshlarini jalb qiladi”, dedi u.

“Jurnalistlar maxsus bilimlarga muhtojlar. Mazkur forum zoʻravonlik ekstremizmiga qarshi kurash yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻladi”.

“Terrorchilar odam yollashning barcha usullardan foydalanmoqdalar”, dedi Afrikadagi Albany Associates International PR-kompaniyasining mijozlar bilan ishlash boʻlimi rahbari Fotima Ahmad.

“Ular hatto nochor odamlarga yordam qoʻlini choʻzishi, shu bilan ularning ishonchini qozonib, oʻz safiga jalb qilishi mumkin” deydi keniyalik mutaxassis.

“Terrorchilar odamlarni yolgʻon vaʼdalarga ishontirib, ular bilan mafkuraviy targʻibot ishlarini olib boradilar”, dedi u. “Ular internetda oʻz gʻoyalarini tarqatish uchun turli usullarni qoʻllamoqdalar.”

“Ularga qarshi kurashda biz zahiramizdagi barcha usullar va vositalarni ishga solishimiz zarur”, dedi Ahmad. “Misol uchun, odamlarga qisqa animatsion roliklar maʼqul boʻlayotganini koʻryapmiz, bunday roliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali faol ravishda ulashiladi. Vizualizatsiyaning bu turi ekstemistik mafkuraga qarshi kurashda qoʻl kelishi mumkin”.

Sizga maqola yoqdimi?

8
3
Yo‘q
Fikrlar 2
Siyosat Captcha
| 2018-12-26

Bunday seminarlardan samara yoʻq

Javob berish
| 2018-12-12

Biri guruh amerikaliklar terrorchilarni yetishtiradi, boshqa bir guruhi esa butun dunyoga o‘zlarining muhimligini ko‘rsatish maqsadida ularni yengishga “harakat” qiladi.

Javob berish