Karvonsaroy
Din

Qirg‘izistonda yoshlarni ekstremizm daʼvatchilaridan himoya qilish choralari ko‘rilmoqda

Kanat Altinbayev

Bishkek shahrining chekkasida Navro‘z bayramini nishonlash vaqtida arg‘imchoq uchayotgan bolalar, 2014-yil 21-mart. Kuzatuvchilarga koʻra, Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida ekstremizm tahdidi ortgan. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

Bishkek shahrining chekkasida Navro‘z bayramini nishonlash vaqtida arg‘imchoq uchayotgan bolalar, 2014-yil 21-mart. Kuzatuvchilarga koʻra, Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida ekstremizm tahdidi ortgan. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

BISHKEK – Qirg‘izistonlik o‘qituvchilar va diniy arboblar ekstremistik g‘oyalar oldida zaif qatlam boʻlgan yosh bolalar borasida ogohlikni kuchaytirmoqda.

Yosh bolalar oʻta zaif va ta’sirchan boʻlishadi, dedi Bishkekdagi nodavlat “Mutakallim” tashkiloti rahbari Jamal Frontbek-Qizi 6-dekabr kuni 24.kg nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nochor va ajrashgan oilalarning farzandlari jiddiyroq xavf ostida boʻladilar.

Xavf o‘zlarini “toza” islom tarafdorlari deb bilgan salafiylardan kelib chiqadi, dedi Bishkeklik imomlardan biri Isfandiyor Abdullayev Karvonsaroy nashriga.

Bishkekdagi 24-maktab o‘quvchilari diniy madaniyat tarixi bo‘yicha ma’ruza tinglamoqdalar, 2017-yil, 20-sentabr. Qirg‘izistonning dinga oid qonunchiligida yosh bolalarni Islomning radikal talqin qilinishidan himoyalash choralari ko‘zda tutilgan. (File)

Bishkekdagi 24-maktab o‘quvchilari diniy madaniyat tarixi bo‘yicha ma’ruza tinglamoqdalar, 2017-yil, 20-sentabr. Qirg‘izistonning dinga oid qonunchiligida yosh bolalarni Islomning radikal talqin qilinishidan himoyalash choralari ko‘zda tutilgan. (File)

Salafiylarning ba’zi qat’iy izdoshlari o‘zlari islom dushmani deb hisoblagan odamlar va hukumatlarga qarshi zo‘ravonlik “jihodini” qo‘llab-quvvatlaydilar.

“Ko‘pchilik qirg‘iz bolalar Suriyaga ota-onalari bilan borishgan”, dedi Abdullayev. “O‘tgan yillar davomida inson huquqlari faollari ana shunday bolalarni Qirg‘izistonga qaytarishga jiddiy harakat qilmoqda.”

Ekstremizmga qarshi kurash choralari

Soʻnggi yillarda Qirgʻiziston hukumati ekstremizmga qarshi kurash va diniy tashkilotlar nazoratini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi (GKDR) maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilning iyul oyiga qadar Qirgʻizistonda 3257 ta diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shularning 20 dan ortigʻi sud tomonidan ekstremizm bilan bogʻliq sabablar tufayli taqiqlangan.

Sentyabr oyida Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha 10-bosh boshqarmasi ekstremistik materiallarni tarqatish bilan shugʻullangan kamida 16 vebsayt yopilganini eʼlon qildi.

Koʻrilgan qatʼiy choralar natijasi oʻlaroq, maxsus xizmatlar oʻz safiga yangi aʻzolarni jalb qilishda ayblangan radikal guruhlarning oʻnlab faollarini hibsga olgan.

Rasmiylar shuningdek, dinga oid qonunchilikni, jumladan, bolalarni ekstremizm taʼsiridan himoyalashni koʻzda tutuvchi qonunlarni qatʼiylashtirmoqda.

Qirgʻizistonning din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi (GDKR) raisi Zayirbek Ergeshov iyun oyida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmati bilan suhbatda 16 yoshga toʻlmagan bolalarni dinga daʼvat qilish qonunan taqiqlanganini aytgan edi.

“Biz ota-onalar va diniy tashkilotlardan koʻp shikoyatlar oldik. Ularning aytishicha, bolalar koʻchalarda nomaʼlum odamlar tarafidan ushlanib, diniy daʼvat uchun qayerlargadir olib ketilmoqda. Shu bois biz bu borada davlat aralashuvi zarur deb hisobladik.”

Qonunchilikka kiritilgan soʻnggi oʻzgartirishlar voyaga yetmagan qirgʻizistonliklarga diniy muassasalar, jumladan, masjidlarga faqat ota-onalari hamrohligida borishga ruxsat beradi. Mazkur oʻzgartirishlar shu yilning yoz oylarida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan edi, biroq ular hali parlament tomonidan maʼqullanmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Juda bahsli masala. 1. Maktablardagi dinshunoslik vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi, chunki ko‘pchilik (jumladan o‘qituvchilar ham) dinshunoslik bilan teologiyaning farqiga bormaydi. 2. Ekstremistlarning veb-sahifalarini taqiqlash havoni pichoq bilan kesishdek gap. Hozir hatto mahalliy maqolalar va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, saytlarni bloklashning samarasi kam, chunki yana bitta, ikkita uchta va o‘nta sayt ochish qiyin emas-ku. Radikallashuv muammosi nodonlikdan kelib chiqadi. Ta’limni muhokama qilishga ne hojat agar mamlakatda maktablar oz bo‘lsa, ammo masjidlar toʻlib yotibdi. Bundan tashqari malakasiz o‘qituvchilar ham vaziyatni og‘irlashtirmoqda. Oxir-oqibat hukumat Markaziy Osiyodagi ta’lim tili bo‘lgan rus tilidan uzoqlashish orqali nodonlik va jaholatparastlikni targ‘ib qilmoqda.

Javob berish