Karvonsaroy
Din

Qozog‘iston ekstremistlarga qarshi pozitsiyani qat’iylashtirib, reabilitatsiyaga e’tibor qaratmoqda

Kanat Altinbayev

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati, Serebryakovo qishlog‘ida yashovchilar Ayta Ota masjidida namoz oʻqimoqdalar, sentyabr. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati, Serebryakovo qishlog‘ida yashovchilar Ayta Ota masjidida namoz oʻqimoqdalar, sentyabr. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

OSTONA – Qozog‘iston qo‘lga olingan zo‘ravon ekstremistlar, jumladan, Suriyadan qaytganlarni yaxshiroq tushunishda muvaffaqiyatli reabilitatsiya choralari va xalqaro mutaxassislar tajribasidan foydalanmoqchi.

2011-yil boshidan beri 500 ga yaqin qozog‘istonlik, shu jumladan, jangarilarning ayollari va farzandlari “Islom davlati” safida jang qilish maqsadida Suriyaga jo‘nab ketgan, deb xabar berdi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yerjan Ashikbayev.

O‘tgan ikki yil davomida odamlar oqimi deyarli to‘xtagan. 2017-yilning kuzida ID magʻlub boʻlganidan keyin ularning ko‘pchiligi o‘z vatanlariga qayta boshlagan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Ostonadagi dasturlari idorasi 4-5-dekabr kunlari zo‘ravonlik ekstremizmida ayblanganlar, jumladan, chet eldan qaytgan terrorchi jangarilar va ularning oila a’zolari bilan ishlash masalasiga bagʻishlangan seminar o‘tkazdi.

Taraz davlat universiteti talabalari 9-noyabr kuni Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi tomonidan taqdim etilgan islomiy ma’ruzalarni tinglamoqdalar. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

Taraz davlat universiteti talabalari 9-noyabr kuni Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi tomonidan taqdim etilgan islomiy ma’ruzalarni tinglamoqdalar. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

Tadbirda turli hukumat idoralari, jumladan, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Bosh prokuratura qoshidagi huquqni muhofaza qilish agentliklari akademiyasi, Ijtimoiy rivojlanish vazirligidan yigirmata rasmiy va fuqarolik jamiyati a’zolari ishtirok etdi.

Seminar doirasida Britaniya tahlilchilari vataniga qaytgan terrorchi jangarilar va ularning oilalarini reabilitatsiya qilishning samarali usullari bilan oʻrtoqlashdilar.

“Vataniga qaytgan terrorchi jangarilarning ayollari va farzandlarini jalb qilishda fuqarolik jamiyati va dasturlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi YXHTning 12-dekabr kungi xabarida.

Ekstremizmga qarshi qat’iy pozitsiya

Qozog‘iston hukumati ekstremistik g‘oyalarni namoyish etayotganlar va jangarilarga qarshi kurashda qat’iy harakat qilmoqda.

2017-yil iyul oyida prezident Nursulton Nazarboyev terrorchi guruhlar tuzgan yoki ularga qo‘shilgan qozog‘istonliklarni fuqarolikdan mahrum qilish haqidagi qonunni imzolagan edi.

Hukumat Suriyadan qaytayotgan fuqarolar bilan ishashda an’anaviy usullarni qo‘llamoqda va imkon qadar qat’iyroq chora koʻrmoqda, dedi Qozog‘istonning Inson huquqlari va qonun ustuvorligi bo‘yicha xalqaro byurosi mutaxassisi, olmaotalik Andrey Grishin.

Bunday fuqarolarning ayollari va farzandlari hukumat tomonidan kuzatuvda, mutaxassislar ularning reabilitatsiyasi va Qozog‘iston jamiyatiga qaytishlari ustida ishlamoqda, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Jiddiy tashvishga sabab boʻlayotgan yana bir jihat – Islomning keskin va radikal talqin qilinishidir.

O‘zlarini “sof islom” izdoshlari deb ataydigan, soni 19 ming atrofida boʻlgan salafiylar Qozog‘istondagi eng yirik noan’anaviy guruh hisoblanadi, deyiladi 2017-yilda Zakon.kz nashri tomonidan e’lon qilingan norasmiy ma’lumotda.

Salafiylarning ba’zi qat’iy izdoshlari islom dushmanlari deb hisoblangan shaxslar va hukumatlarga qarshi “jihodni” qo‘llab-quvvatlaydi.

Masalan, Qarag‘anda viloyatining Jezqo‘rg‘onidan bo‘lgan, o‘zini salafiy deb atovchi Asqar ID safida jang qilish uchun Suriyaga jo‘nab ketgan, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) 5-dekabr kuni.

Otasi Muhambetkali uning oldiga ikki marta borib kelgan va uni vatanga qaytishda undagan, ammo bu samara bermagan.

Vaqt o‘tib, Asqar o‘lgan, uning farzandlari esa Suriyada qolib ketgan. Ular qayerda ekanligi noma’lum. Maʼlumotlarga koʻra, Asqar Suriyada ID safida jang qilgan jezqo‘rg‘onlik yagona salafiy emas.

Anʼanaviy Islomga qaytish

Bunday misollar ekstremizm xavfidan darak bersa-da, salafiylarning boshqa bir guruhi tinch, anʼanaviy hayot kechirishga harakat qilishlarini aytadilar.

Oqtov shahridan boʻlgan va bir necha yil Olmaotada yashab, mehnat qilgan shunday insonlardan biri shaxsini ochiqlamaslik sharti bilan Karvonsaroyga oʻzining tinchliksevar salafiylardan ekanini aytgan.

“Bizning asosiy tamoyilimiz – hukumatga qarshi chiqmaslik”, dedi u. “Biz hech kimga tegmaymiz va tinchgina hayot kechiramiz.”

Ostonada joylashgan “Aksilterror qoʻmita“ jamoat birlashmasi tomonidan yaqinda oʻtkazilgan taqdiqotlardan maʼlum boʻlishicha, u yoki bu darajada diniy mansublikni namoyish etadigan, jumladan, kalta shim kiyib, uzun soqol qoʻyib yuradigan hamma erkaklar ham salafiylikning ekstremistik izdoshlari emas.

“Ularning 80 foizi bilimi sayozligi sabab yoʻldan adashgan odamlar ekani maʼlum boʻldi”, dedi “Aksilterror qoʻmita” respublika jamoat birlashmasi raisi Amanjoʻl Oʻrozboyevning Karvonsaroyga.“Maʻruzalar va imomlar ishtirokidagi tushuntirish ishlari yordamida bundaylarni anʼanaviy Islomga qaytarish mumkin.”

“Ular anʼanaviy din borasidagi yangi bilimlarni bajonidil qabul qiladilar“, dedi u.

“Qolganlar esa – ongli ravishda muqobil oqimlar haqidagi bilimlarini kengaytirishga urinib, taniqli yetakchilarning maʼruzalarini tinglaganlardir”, dedi u.

Oʻrozboyevga koʻra, jangarilarning ayollari orasida radikal harakatlar aqidasiga moyil boʻlganlar kam emas.

“Ular bilan ham tarbiyaviy ishlar olib borilyapti, zero bu murakkab jarayon – bir yoki ikki uchrashuvda ularni anʼanaviy Islomga qaytarib boʻmaydi“, dedi u.

“Ayni vaqtda ayollar bilan ishlash osonroq”, dedi u ayollar va erkaklarning ID borasidagi tajribasi turlicha boʻlganiga ishora qilib. “Ular goʻzal ertaklarga ishonib Suriyaga borganlar va u yerdagi barcha negativ holatlarga guvoh boʻlganlar.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500