Karvonsaroy
Diplomatiya

Yangilangan Qirgʻiziston-AQSH hamkorligi aloqalarning mustahkamlanishi tomon yoʻl ochmoqda

Kanat Altinbayev

Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammedkali Abilgaziev dekabr oyida Botken viloyatining Uchqoʻrgʻon qishlogʻidagi quritilgan mevalarni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonaga tashrif buyurdi. Korxona USAIDning “Agro Horizon” loyihasi doirasida tashkil etilgan. (USAID)

Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammedkali Abilgaziev dekabr oyida Botken viloyatining Uchqoʻrgʻon qishlogʻidagi quritilgan mevalarni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonaga tashrif buyurdi. Korxona USAIDning “Agro Horizon” loyihasi doirasida tashkil etilgan. (USAID)

Oʻsh viloyatining Oʻzgen shahrida joylashgan Advanteks kompaniyasi ishchisi, avgust oyida olingan surat. Mazkur korxona USAIDning korxonalar raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida moliyaviy yordam bilan taʼminlangan (USAID)

Oʻsh viloyatining Oʻzgen shahrida joylashgan Advanteks kompaniyasi ishchisi, avgust oyida olingan surat. Mazkur korxona USAIDning korxonalar raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida moliyaviy yordam bilan taʼminlangan (USAID)

Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Nurlan Abdrahmanov 14-dekabr kuni Bishkekda AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi. (Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi)

Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Nurlan Abdrahmanov 14-dekabr kuni Bishkekda AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi. (Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi)

BISHKEK – Amerika Qoʻshma Shtatlari va Qirgʻiziston aloqalarni kuchaytirish va qoʻshimcha yordamga yoʻl ochish maqsadida yangi hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga intilmoqda.

“Ayni vaqtda biz bu yoʻnalishda ishlab, hamkorlik qilmoqdamiz. Munosabatlarimiz yangilanadi. Tabiiyki, biz faqat respublika manfaatlari yoʻlida hamkorlik qilamiz”, degan edi Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenekov chorshanba (19-dekabr) kungi nutqida.

Bu haqda Jeenbekov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Nurlan Abdraxmanov va AQSH delegatsiyasi oʻrtasida 14-dekabr kungi uchrashuvdan besh kun oʻtib maʼlum qilgan.

Uchrashuvda AQSHning Qirgʻizistondagi elchisi Donald Lu, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Osiyo boʻyicha rahbari yordamchisining oʻrinbosari Xavyer Piedra va AQSH Milliy xavfsizlik kengashining Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha vakili Erik Rudenshold ishtirok etdi.

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va AQSHning Qirgʻizistondagi elchisi Donald Lu noyabr oyida Oʻshdagi “Alaiku Organics” sutni qayta ishlash korxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar. Qirgʻiziston janubidagi eng yirik sutni qayta ishlash zavodi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining koʻmagi bilan tashkil etilgan. (USAID)

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va AQSHning Qirgʻizistondagi elchisi Donald Lu noyabr oyida Oʻshdagi “Alaiku Organics” sutni qayta ishlash korxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar. Qirgʻiziston janubidagi eng yirik sutni qayta ishlash zavodi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining koʻmagi bilan tashkil etilgan. (USAID)

Tomonlar yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirib, iqtisodiy va texnik hamkorlik, insonparvarlik yordami va USAIDning Qirgʻizistondagi potensial loyihalari boʻyicha kelishuvni muhokama qilganlar, deb xabar beradi vazirlik.

Muzokara qatnashchilari ham ikki taraflama, ham xalqaro miqyosdagi manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Hamkorlik tarixi

Qoʻshma Shtatlar Qirgʻiziston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan va koʻp yillardan beri mamlakatning demokratik islohotlarni amalga oshirish saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlab keladi.

Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasining 2015-yilgi maʼlumotlariga koʻra, ushbu hamkorlik doirasida Vashington 1991-yildan beri demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Bishkekka qariyb 2 milliard AQSH dollariga (139,7 milliard qirgʻiz soʻmi) teng moliyaviy yordam ajratgan.

“Qirgʻiziston respublikasi Markaziy Osiyoda eng yuqori darajadagi koʻmakni qabul qiladi, sababi u AQSHning demokratik qadriyatlar borasidagi qarashlarini qoʻllab-quvvatlaydi va oʻz fuqarolari uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratish, aholini sifatli tibbiyot va taʼlim bilan taʻminlashga intiladi”, deyiladi AQSH elchixonasining rasmiy bayonotida.

AQSH koʻmagining maqsadi qonun ustivorligini taʼminlash, taraqqiy etgan fuqarolik jamiyati yaratish, shu bilan birga, Qirgʻizistonning aviatsiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, tibbiyot, infratuzilma va xavfsizlik sohalarini rivojlantirishdan iborat.

Qirgʻizistonning eng yirik onlayn bozori boʻlgan “Svetofor” kompaniyasining bosh ijrochi direktori va “Qirgʻiztelekom” davlat telekommunikatsiya kompaniyasining sobiq raisi, bishkeklik Aziz Soltobayev USAIDning Qirgʻizistondagi faoliyati, xususan, biznesni rivojlantirish tashabbusi loyihasini yuqori baholadi.

“Ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksportni yoʻlga qoʻyishda mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu loyiha respublika uchun iqtisodiy jihatdan juda manfaatli”, dedi u Karvonsaroyga.

Soltobayev USAIDning korxonalar raqobatbardoshligini oshirish loyihasini va “Muvaffaqiyatli aymak (tuman)” jamoatchilik va shahar boshqaruvi tashabbusini alohida taʼkidlab oʻtgan.

“Bunda yangicha yondashuv sezilmoqda”, dedi u boshqaruv loyihasi juda ijobiy baholanganini taʼkidlar ekan.

Axborot texnologiyalari va jurnalistikani rivojlantirish

Qirg‘izistonlik kuzatuvchilar yangilangan hamkorlik turli sohalar rivojiga ijobiy taʼsir qilishidan umidvor.

USAID ko‘magi Qirg‘izistonning chekka tog‘li hududlarida internet xizmatini yoʻlga qoʻyishga yordam berishi mumkin, dedi Chuy viloyatining Novopokrovka qishlog‘i fuqarosi, “Internet jamiyati” (ISOC) xalqaro nodavlat tahkilotining qirg‘iz sho‘basi faoli Erjigit Imamov.

“Mamlakatimizning to‘qson foizi tog‘li hududdan iborat boʻlgani sabab, ba’zi qishloqlar baland qirlar ortida joylashgan”, dedi u Karvonsaroyga. “U yerdagi odamlar internet, mobil aloqa va televideniyedan ayri yashaydi.”

Bunday olis qishloqlarga internet o‘tkazish loyihalari juda qimmat va bularni moliyalashtirish faqat “USAID kabi yirik xalqaro tashkilotlar” yordamida amalga oshirilishi mumkin, dedi u.

“Bunday muammolarni hal etishda AQSHning moliyaviy yordami beqiyos”, deydi u.

Kuzatuvchilarning fikricha, Qo‘shma Shtatlar mahalliy jurnalistlarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga ham yordam berishi mumkin.

Amerikaning so‘z erkinligiga oid dasturlari qirg‘iz jurnalistlarining dunyoqarashlarini o‘zgartirdi, deb hisoblaydi Qirg‘iziston jurnalistlarining mustaqil uyushmasi rahbari, bishkeklik Azamat Kasibekov.

“Bunday dasturlar sirasiga nafaqat OAV uchun texnik yordam va tahririyat kengashlarining institutsional rivojlanishiga ko‘mak, balki jurnalistlar malakasini oshirishga xizmat qilgan ko‘plab treninglar ham kiradi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

USAID loyihalari qirg‘iz jurnalistlari orasida shakllangan shaxsiy fikrni fakt sifatida taqdim etish odatini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, deydi Kasibekov.

“Hozirda jurnalistlar hamjamiyati yangi muammolarga duch kelmoqda va biz, albatta xalqaro tashkilotlardan keladigan yordamga muhtojmiz”, dedi Kasibekov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Amerikaliklar koʻp mamlakatlarga yordam berishdi. Liviya, Iroq, Yugoslaviya, Ukraina. U yerda odamlar toʻkinlikda yashayapti. Ha, Amerika bilan doʻstlashish kerak, balki bizga ham demokratiya olib kelishar. Xudo saqlasin.

Javob berish