Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning ikki yangi qurol bilan kerilishi tasdiqlanmagan da’volar soyasida qolib ketdi

Karvonsaroy

Rossiyaning “Orel” (“Burgut”) deb nomlangan atom suvosti kemasi 2017-yil aprel oyida Murmansk viloyatidagi bazaga yetib keldi. Rossiya suv ostida va havoda yengilmas qurollanish tizimlarini sinovdan o‘tkazayotganini da’vo qilmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyaning “Orel” (“Burgut”) deb nomlangan atom suvosti kemasi 2017-yil aprel oyida Murmansk viloyatidagi bazaga yetib keldi. Rossiya suv ostida va havoda yengilmas qurollanish tizimlarini sinovdan o‘tkazayotganini da’vo qilmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Butun dunyoda tinchlik maqsadlarini koʻzlashiga qaramay, Rossiya hech qanday dushman yenga olmaydigan ikki turdagi qurolni sinovdan o‘tkazayotganini aytib maqtanmoqda va shubhali da’volarni bildirmoqda.

Kreml dushman mudofaasiga qarshi prezident Vladimir Putin taʼbiri bilan aytganda, “yengilmas” suvosti yadroviy qurolini sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar berdi davlat nazoratidagi TASS axborot agentligi seshanba (25-dekabr) kuni.

Bungacha “Status-6” nomi bilan mashhur boʻlgan, NATO “Kanyon” deb ataydigan “Poseydon” okeanik kompleks tizimi – yadroviy kallaklarni eltishga qodir boʻlgan boshqaruvchisiz transport vositasi hisoblanadi. Unga mart oyida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga koʻra shunday nom berilgan.

“Masofadan turib boshqariladigan “Poseydon” yadroviy qurilmasining suv ostidagi sinovlari ehtimoliy dushmanning razvedkasidan himoyalangan dengiz hududida o‘tkazilmoqda”, deb maʼlum qilgan Rossiyaning mudofaa sohasidagi manbai TASS nashriga.

“Poseydonni” ishlab chiqarish jarayoni Rossiyaning 2018-2027-yillarga mo‘ljallanagan qurollanish dasturi davomida yakunlanishini kutilmoqda.

Isbotlanmagan da’volar

Bu orada chorshanba (26-dekabr) kuni Putin vazirlar mahkamasi yigʻilishida tovushdan tez uchuvchi “Avangard” raketasi sinovini “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi.

“Tizimning barcha xususiyatlari va uning ishlash imkoniyatlari tasdiqlandi”, dedi u. “Yana bir bor qaytaraman, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi.”

Ham yadroviy, ham an’anaviy qurollarni tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Avangard” qit’alararo strategik tizimi Rossiya armiyasiga 2019-yildan boshlab yetkazib beriladi, dedi u.

AFP xabariga ko‘ra, avvalroq Putin “Avangard” barcha mavjud raketaviy mudofaa tizimlarini ortda qoldirishini aytgan edi.

“Bu qurolli kuchlar va ehtimol, davlat hayotidagi muhim voqeadir”, dedi u chorshanba kuni vazirlar mahkamasi yigʻilishida. “Endi Rossiyada yangi strategik qurol tizimi mavjud.”

Rossiya hukumati va ommaviy axborot vositalari “Poseydon” va “Avangard” tizimlarining vayron qilish imkoniyatlari haqida talaygina da’volarni bildirdilar, ammo ularning birortasi ham tasdiqlanmadi.

TASS xabariga ko‘ra, “Poseydon” harbiy-dengiz bazalarini butunlay yoʻq qilish imkoniyatiga ega 2 megatonna jangovar kallakni tashiy oladi.

Putin joriy yilning 1-mart kungi chiqishida bu ikki qurol haqida gapirib maqtangan edi.

“Jahonda ularga teng keladigan hech qanday qurol yo‘q”, degan edi u o‘shanda hali nomlanmagan “Poseydonni” nazarda tutib.

“Avangard” haqida esa u shunday degan: “Bu qit’alararo tizim havoning zich qatlamlarida 20 maxdan ziyod tezlik bilan tovushdan tez uchish imkoniyatiga ega”.

Bunday da’volar mudofaa tahlilchilari va kuzatuvchilar tomonidan uydirma va siyosiy manfaatlarga ega, deya keng miqyosda rad etilmoqda.

“Hech kimni qo‘rqitayotganimiz yo‘q”

Putinning parlamentga qilgan xuddi shu murojaatida Rossiya bunday yengilmas qurollarni faqat tinchlik maqsadida yaratganini da’vo qilgan va davlatning tinchlikparvar niyatlarini ta’kidlab o‘tgan.

“Biz hech kimni qo‘rqitayotganimiz yo‘q, hech kimga hujum qilmaymiz yoki kimnidir qurol bilan qo‘rqitib nimanidir tortib olmaymiz”, dedi u.

Putin yadroviy xavfsizlikka nisbatan o‘zining hazilomuz yondashuvini yashirgani yo‘q.

18-oktabr kuni Putin yadroviy urush holatida “Biz zo‘ravonlik qurbonlari, jafokashlar sifatida jannatga tushamiz. Ular (zo‘ravonlar) esa hatto tavba qilishga ham ulgurmay oʻlib ketadilar”, deb hazillashgan edi.

Bu orada esa Rossiya askarlari Ukraina va Suriyada jang qilmoqda hamda Gruziyaning beshdan bir qismini egallab turibdi.

Moskva Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi (INF) shartnomani bir necha bor buzgani sabab tanqidlar ostida qolgan edi. Rossiya 1987-yilgi bitimga zid keluvchi raketalarni yoʻq qilmasa, AQSH mazkur shartnomadan chiqish bilan tahdid qilgan.

“Biz Rossiya INF shartnomasi talablarini jiddiy ravishda buzayotgani haqidagi AQSHning daʼvosini qatʼiyan qoʻllab-quvvatlaymiz”, deyiladi NATOga aʼzo 29 mamlakat tashqi ishlar vazirlarining shu oy chiqargan qoʻshma bayonotida.

Shu oyda Rossiya rasmiylari inspektorlarga INF shartnomasiga xilof boʻlgan bahsli yadroviy raketani koʻzdan kechirishga ruxsat bermasliklarini maʼlum qilgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Maqtanchog'likku

Javob berish

Kremlning navbatdagi do‘q-po‘pisali multfilmi.

Javob berish

Amerikaliklarning o‘zlari Avangard va Poseydon oldida himoyasiz ekanliklarini tan olib bo‘lishgan. Saroy, qanday safsata yozyapsizlar?

Javob berish

Putin ham Avangard raketasining tezligi bilan hayron qoldirdi. Sekundiga 9 km deyarli. Yaxshiyamki, multfilmlarda fizika qonunini buzish mumkin ))

Javob berish

Odamlarni kuldirishni bilasizlar! :)

Javob berish

Bo‘lmag‘ur gaplarni yozishni bas qiling. Sizning “juda ehtimollaringiz” odamning joniga tegdi!

Javob berish

Yolgʻondakam shodlik buzilmasligi uchun ham hech qanday dalillar mavjud emas. Yoʻqsa, xalqni yaqinlashib kelayotgan qashshoqlikdan chalgʻitib boʻlmay qoladi. Rossiyada esa jamiyatning aqlsizlashuvi sababli qandaydir zamonaviy qurol texnologiyalari ishlab chiqarish imkonsiz boʻlib qolgan. Maqtalgan “Armata” ham, “beshinchi avlod qiruvchisi PAK-FA” ham muvaffaqiyatsizlikka uchradiku.

Javob berish

Jinni boʻlganmisan, qayerda quladi u?

Javob berish

Rossiya olgʻa.

Javob berish

Rossiya, sasitishda davom et

Javob berish