Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Qozog‘iston ko‘chalarida Yangi yil shukuhi

Aydar Ashimov

Ostona ko‘chalari qahraton sababli deyarli kimsasiz, havo harorati 30 daraja sovuqdan pastga tushgani sabab odamlar oʻz uylarida yoki ishxonalarda qolishga harakat qiladi. (Aydar Ashimov)

Ostonadagi Oqo‘rda prezident qarorgohi, 26-dekabr. Qarag‘anda viloyatida termometr ko‘rsatkichi rekord -40°C darajaga tushgan. Ostonada havo harorati -30°C darajagacha tushishi kutilmoqda. Janubiy Qozog‘istonda harorat iliqroq bo‘ladi -12°C va 0°C atrofida. (Aydar Ashimov)

Ostonadagi Bayterek minorasi, 25-dekabr. Qahraton Ostonada hamma narsa, jumladan, daraxtlar, binolar va koʻchalardagi san’at asarlari ham qor va muz bilan qoplangan. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istondagi har bir shaharda yangi yil archasi bor. Suratda Taraz markaziy maydoni aks ettirilgan, 24-dekabr. (Aydar Ashimov)

Ostonaning eng chekka hududlari ham bayram chiroqlari bilan bezatilgan, 25-dekabr. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi do‘kon, kafe, restoran va boshqa kichik firmalar egalari vitrinalarni Qorbobo, Qorqiz, archa va boshqa ertaknamo qahramonlar surati bilan bezatganlar, 26-dekabr. (Aydar Ashimov)

Yangi yil bayrami arafasida Ostonadagi kichik do‘konda sovgʻa tanlayotgan ona-bola, 25-dekabr kuni olingan surat. 2018-yilning so‘nggi kunlarida xaridorlar oʻz qarindoshlari, do‘stlari va hamkasblariga sovg‘a olish bilan bandlar. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy maydonida did bilan bezatilgan archa, 26-deakabr. (Aydar Ashimov)

Tarazliklar Qorbobo va Qorqiz bilan suratga tushishlari mumkin, 26-dekabr. Mahshur qahramonlar milliy bezakli liboslarni kiyib olganlar. (Aydar Ashimov)

Shaharga kelgan mehmonlar Taraz markaziy maydonida aylanib suratga tushmoqdalar, 26-dekabr. (Aydar Ashimov)

Taraz markaziy maydonidagi bezaklar va chiroqlardan zavq olayotgan bolakaylar, 26-dekabr. (Aydar Ashimov)

Markaziy Osiyoliklar dekabr oyi boshida o‘z archalarini bezashni boshlaydilar. Qirg‘izistonlik jurnalist Munara Borombayeva 7-dekabr kuni Bishkekdagi bayram bezaklaridan bahra olmoqda. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Eski yilni kuzatish va 2019-yilni qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qozog‘iston shaharlari Yangi yil bayrami oldidan bezatilmoqda.

31-dekabrdan 2-yanvarga qadar (dushanba-chorshanba) qozog‘istonliklar uchun dam olish kunlari etib belgilangan. Bu kuni idoralar va maktablar yopiq bo‘ladi.

Shu kunlarda barcha shahar hokimiyatlari bolalar uchun bayram tadbirlarini o‘tkazadilar, ularga o‘yinchoqlar, shirinliklar, nochor oilalar uchun esa kiyim va maktab anjomlaridan iborat sovg‘alar taqdim etadilar.

Ko‘pchilik qozog‘istonlik oilalar Yangi yilni go‘shtli taomlar, salatlar, meva va shampan vinosidan iborat an’anaviy ziyofat bilan kutib olishadi.

Ostonadagi bayram archasi, 20-dekabr. Qozog‘istonda bunday archalar bayramdan 10 kun oldin oʻrnatiladi. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istonliklar 1-yanvar kuni Yangi yil bayramini nishonlashni bundan 150 yil avval boshlaganlar. Shuningdek, mart oyi oxirida bahorgi kun va tun tengligiga to‘g‘ri keladigan diniy bo‘lmagan bayram – Navro‘zni ham nishonlanadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ertak menga yoqdi.

Javob berish

Mengayam!! Juda yoqdi!

Javob berish

ajoyib manzara!

Javob berish

ajoyib!

Javob berish