Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2019-01-03 | Jinoyat va adolat

Yangi siyosat Oʻzbekistonda muqaddam sudlangan ayollarga yengillik yaratadi


Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyevaning nutqi ortidan qarsak chalayotgan qoʻmita aʼzolari, 22-dekabr, Toshkent. Yangi strategiya muqaddam sudlangan ayollarga koʻmaklashishdan tashqari, hukumat idoralari va xususiy sektordagi rahbarlik lavozimlarida ayollar sonini oshirishni koʻzda tutadi. (Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi)

Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyevaning nutqi ortidan qarsak chalayotgan qoʻmita aʼzolari, 22-dekabr, Toshkent. Yangi strategiya muqaddam sudlangan ayollarga koʻmaklashishdan tashqari, hukumat idoralari va xususiy sektordagi rahbarlik lavozimlarida ayollar sonini oshirishni koʻzda tutadi. (Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – 2019-yilda amalga oshiriladigan yangi strategiya jinoyat sodir etgan ayollarning jamiyatga moshlashuviga koʻmaklashish va davlat idoralarida xotin-qizlar uchun ish oʻrinlar yaratishga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda 2018-yilgi kriminal vaziyatni sarhisob qilgan deputatlar mamlakat ayollar orasida jinoyatchilikning oshgani bilan bogʻliq muammoni eʻtirof etganlar.

2018-yilning 11 oyi davomida turli jinoyatlar sodir etgan 6015 ayol jinoiy javobgarlikka tortilgan, deya xabar berdi Ichki ishlar vazirligi 14-dekabr kuni parlament majlisida.


Turistik politsiyaning ayol xodimlari, Samarqand, 2018-yilning yozi (Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi)

Turistik politsiyaning ayol xodimlari, Samarqand, 2018-yilning yozi (Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi)


Oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan velomusobaqa ishtirokchilari. (Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi)

Oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan velomusobaqa ishtirokchilari. (Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi)

Vazirlikning ogohlantirishicha, ayollar tarafidan sodir etilgan qotillik va boshqa turdagi jinoyatlar soni ortgan.

Ayni vaqtda 2018-yilda Oʻzbekistonda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2017-yilga nisbatan 34,9 foizga kamaydi.

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyevaga koʻra, bu boradagi profiklaktik chora-tadbirlar oʻz samarasini bermoqda.

Yillar hisobidagi bu pasayish 2016 va 2017-yillarda qayd etilgan raqamlardan keskin farq qiladi, dedi u 22-dekabr kuni Xotin-qizlar qoʻmitasi anjumanida.

Uning aytishicha, 2019-yilgi yangi strategiya jinoyat sodir etgan ayollarga ish topish va jamiyatga qayta moshlashishga yordam beradigan dasturlarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu saʼy-harakatlar doirasida oʻtgan yili hukumat 3 mingdan ziyod oʻzbek ayolini ekstremistik tashkilotlarga aʼzolikda gumon qilinganlarning “qora roʻyxatidan” oʻchirib tashlagan, deb xabar berdi Gazeta.uz 22-dekabr kuni.

Oʻtgan ikki yil ichida 20 mingdan ziyod shaxs hukumatning “qora roʻyxati”dan chiqarilgan, deb xabar bergan edi TIV oʻtgan yil dekabrda.

Ekstremizm taʼsiriga tushgan ayollar

O‘zbek ayolining “Islom davlatiga” (ID) guruhiga a’zolikda ayblangani bilan bogʻliq eng kamida bitta voqea ma’lum.

O‘tgan yilning 3-may kuni Iroq markaziy jinoiy sudi o‘zbek ayolini umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Uning ismi va nima sababdan ID safiga qoʻshilgani nomaʼlumligicha qolgan.

Ayol Suriya yoki Iroqqa noqonuniy yo‘l bilan ketgan bo‘lishi kerak, sababi o‘zbek hukumati uning shaxsi haqida ma’lumotga ega emas, deb xabar bergan O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridagi manba.

“O‘zbek jamiyati patriarxal jamiyat bo‘lib, ko‘pchilik oilalarda ayol itoat qiluvchi shaxs sanaladi”, deydi toshkentlik sotsiolog Temur Saidxo‘jayev.

“Shu sabab, agar erkak dinda radikal qarashlarni qabul qilishni boshlasa, odatga ko‘ra ayoli ham uning yoʻlidan boradi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Ayol bu jinoyat ekanligini anglashi mumkin, ammo eriga qarshi borish nomaqbul hisoblanadi. O‘z istagi bilan ekstremistlarga qo‘shilgan ayollar soni juda kam.”

Taassublarni yengish va retsidivizmning oldini olish

“Qamoq muddatini o‘taganlar yanada ko‘proq jinoyatlarga qo‘l uradi”, dedi Karvonsaroy nashri bilan suhbatda jinoiy retsidivizm haqida soʻz yuritgan toshkentlik ijtimoiy soha xodimi Aleksandra Kafanova.

“O‘zbekistonda to‘laligicha saqlanib qolgan sovet davrining jazoni ijro etish tizimi mahbusni psixoligik tarafdan sindiradi”, dedi u. “Qamoqdan chiqqanlarni esa jamiyat tamg‘alaydi, ular ish topishi, ijaraga uy topishi juda mushkul. Ular butun hayotlari davomida “oʻtirib chiqqan” degan nom bilan qolishadi.”

2019-yilda Xotin-qizlar qo‘mitasi jinoiy retsidivizmning oldini olish maqsadida jazoni oʻtash muassasalaridan ozod etilgan 3961 nafar ayolga ish topish va jamiyatga moslashuviga koʻmaklashishga qaratilgan dasturni amalga oshiradi, dedi qo‘mita raisi Norboyeva.

“Shu bilan birga, qamoqdagi ayollar uchun madaniy tadbirlarni tashkillashtirishimiz va ularni turli mutaxassisliklarga o‘qitishimiz zarur”, dedi u.

Ayollarni hukumat va huquq-tartibot organlariga jalb qilish

Yangi strategiyada oliy ma’lumotga ega, malakali ayollarni hukumat tashkilotlari, jumladan, huquqni muhofaza qilish idoralariga jalb qilish koʻzda tutilgan.

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bandlik boʻyicha ikki jins egalarining ko‘rsatkichlari deyarli teng bo‘lsa-da (erkaklar 54.3% va 45.7% ayollar), nufuzli hukumat lavozimlarida ayollarning ishtiroki ancha kam.

Dekabr oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hukumat lavozimlarida ayollarning ulushi ozchilikni tashkil etishini tanqid qilgandi.

Bunday “diskriminatsiyaga” barham berish uchun Davlat boshqaruvi akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi (IIV) militsiya akademiyasida oʻqish uchun ko‘proq ayollar jalb qilinishi lozim, dedi Aripov.

“IIV militsiya akademiyasiga ayollarni qabul qilish kvotasini oshirishimiz zarur”, dedi u 22-dekabr kuni Xotin-qizlar qo‘mitasida o‘tgan majlis chogʻida. Bu bilan u ayollar uchun 5 foizlik kvota juda oz ekanligini nazarda tutgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 7

Fikrlar 0

Captcha