Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2019-01-07 | Xavfsizlik

Rossiya yadroviy raketa tizimini Yevropaga yaqinlashtiqmoqda


Rossiya harbiylari “Iskander-M” raketa tizimidan foydalangan holda oʻquv mashgʻulotlari olib bormoqda, Astraxan viloyati, 2018-yil, mart. “Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida”gi shartnomaga xilof boʻlgan 9M729 raketasi “Iskander”ga oʻxshash tizimdan uchirilishi taxmin qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya harbiylari “Iskander-M” raketa tizimidan foydalangan holda oʻquv mashgʻulotlari olib bormoqda, Astraxan viloyati, 2018-yil, mart. “Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida”gi shartnomaga xilof boʻlgan 9M729 raketasi “Iskander”ga oʻxshash tizimdan uchirilishi taxmin qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Karvonsaroy

Rossiya qurollanish bo‘yicha xalqaro bitimga zid bo‘lgan yadroviy raketalarni uchirishga qodir boʻlgan “Iskander-M” qurilmasini Polsha va Litva o‘rtasidagi hududiy blokplost – Kaliningradda joylashgan otryadiga yubormoqda.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi sayti 1-yanvar kuni e’lon qilgan edi.

SSC-8 nomi bilan tanilgan 9M729 raketasi “Iskander” yoki shunga o‘xshash tizim yordamida uchirilishi taxmin qilinadi. Bu raketa o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish bo‘yicha (INF) shartnomaga xilof ravishda 2500 kmga ucha oladi.

Tarixiy bitim yerdan uchiriladigan, parvoz masofasi 500 dan 5500 kilometergacha bo‘lgan raketalarni taqiqlaydi.

“Iskander-M” tizimining Rossiya G‘arbiy jangovar okrugiga ko‘chirilishi “2019-yilda yakunlanadi” va u ikki turdagi raketa: ballistik va qanotli raketalarni oʻz ichiga oladi”, deb xabar bergan vazirlik.

“Majmua dushmanning raketa uchirish qurilmalarini, raketa va havo mudofaasi tizimlarini, aerodromlardagi samolyotlar va vertolyotlarni, qo‘mondonlik postlarini va infratuzilmani yo‘q qilishga mo‘ljallangan”, deyiladi bayonotda.

Puch iddaolar va real tahdidlar

“Iskander-M” raketa tizimining Yevropaga zarba yetkazish chegarasiga ko‘chirilishi NATO ittifoqchilariga qarshi qaratilgan maqtanchoqlik davolari va ig‘volardan biridir.

Kreml burun dunyo bo‘ylab tinchlik maqsadlarini koʻzlashini aytsa-da, Rossiya hech qanday dushman yenga olmaydigan ikkita qurol sinovdan o‘tkazilayotgani haqida shubhali da’volarni bildirgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Poseydon” nomli harbiy dengiz qurolini dushman mudofaasiga nisbatan “mustahkam” deya tavsifladi, deb xabar bergan edi Rossiyaning davlat boshqaruvidagi TASS axborot agentligi 25-dekabr kuni.

Bungacha “Status-6” nomi bilan mashhur bo‘lgan, NATO “Kanyon” deb ataydigan okeanik kompleks tizimi – yadroviy kallaklarni eltishga qodir bo‘lgan pilotsiz suvosti transport vositasi hisoblanadi.

26-dekabr kuni Putin vazirlar mahkamasi yigʻilishida tovushdan tez uchuvchi “Avangard” raketasi sinovini “mislsiz muvaffaqiyat” deb atagan.

“Bu Qurolli kuchlar va, ehtimol, mamlakat hayotidagi muhim voqeadir”, degan edi u. “Rossiya endi yangi strategik qurol tizimiga ega”.

Rossiya hukumati va ommaviy axborot vositalari “Poseydon” va “Avangard” tizimlarining vayron qilish imkoniyatlari haqida talaygina da’volarni bildirdilar, ammo ularning birortasi ham tasdiqlanmadi.

Putin yadroviy xavfsizlikka nisbatan o‘zining hazilomuz yondashuvini yashirgani yo‘q.

18-oktabr kuni Putin yadroviy urush holatida “Biz zo‘ravonlik qurbonlari, jafokashlar sifatida jannatga tushamiz. Ular (zo‘ravonlar) esa hatto tavba qilishga ham ulgurmay oʻlib ketadilar”, deb hazillashgan edi.

Bir vaqtning o‘zida, Rossiya askarlari Ukraina va Suriyadagi urushga jalb qilingan hamda Gruziyaning beshdan bir qismini egallab turibdi.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan 27 yil oʻtib ham, Rossiya askarlari hamon Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda boʻlib turibdi.

Aprel oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash orqali Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligini oshirish niyatini e’lon qilgan edi.

INF shartnomasi xavf ostida

Moskva INF shartnomasini bir necha bor buzgani sababli tanqidlar ostida qolib ketgan.

Dekabr oyi boshida Qoʻshma Shtatlar, agar Rossiya 1987-yilda imzolangan shartnomaga zid keluvchi raketalarini 60 kun ichida yoʻq qilmasa, shartnomadan chiqishini aytib tahdid qilgan edi.

“Rossiyaning xatti-harakatlari Amerikaning milliy xavfsizligi, qolaversa, ittifoqchilarimiz va sheriklarimizning xavfsizligiga jiddiy putur yetkazadi”, degan edi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 4-dekabr kuni NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvidan soʻng.

“Biz Rossiyaning INF shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini jiddiy ravishda buzayotgani haqida AQSHning xulosasini qatʻiyan qoʻllab-quvvatlaymiz”, deyilgan NATOga aʼzo 29 mamlakat tashqi ishlar vazirlarining qoʻshma bayonotida.

Noyabr oyida Niderlandiya hukumati Rossiya tomonidan INF shartnomasining buzilayotganiga oid dalillari borligini maʼlum qilgandi.

“Niderlandiya Rossiya yerdan uchiriladigan qanotli raketalar tizimini ishlab chiqqani va hozirda uni amaliyotga joriy qilayotganini mustaqil ravishda tasdiqlashi mumkin”, deyiladi mamlakat tashqi ishlar vaziri Stef Blok va mudofaa vaziri Ank Bijleveldning 27-noyabr kungi qoʻshma maktubida.

Soʻnggi muddat tugab borayotgan bir vaqtda, dunyo liderlari INF shartnomasining bekor boʻlishi mumkinligini borasida oʻz xavotirlarini bildirsa-da, Rossiya oʻzining murosasiz va inkor etuvchi munosabatida davom etmoqda.

Rossiya rasmiylari oʻtgan oyda inspektorlarga INF shartnomasiga xilof ekani taxmin qilinayotgan bahsli raketani tekshirishga izn bermagan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 100

Fikrlar 0

Captcha