Karvonsaroy
Terrorizm

Qozogʻistonda Suriya va Iroqdan qaytgan yosh bolalar reabilitatsiya qilinmoqda

Kseniya Bondal

Qozogʻiston hukumati oilalari bilan urush hududlaridan qaytgan bolalarni reabilitatsiya qilish va qisqa muddatda jamiyatga qayta moslashtirishga harakat qilmoqda. Suratda: 2018-yilning 25-sentabr kuni Ostonadagi 76-sonli maktabda darslar orasidagi tanaffus paytida oʻynayotgan qozogʻistonlik bolalar. (Stanislav FILIPPOV / AFP)

Qozogʻiston hukumati oilalari bilan urush hududlaridan qaytgan bolalarni reabilitatsiya qilish va qisqa muddatda jamiyatga qayta moslashtirishga harakat qilmoqda. Suratda: 2018-yilning 25-sentabr kuni Ostonadagi 76-sonli maktabda darslar orasidagi tanaffus paytida oʻynayotgan qozogʻistonlik bolalar. (Stanislav FILIPPOV / AFP)

OLMAOTA – Suriya va Iroqdan oilalari bilan Qozog‘istonga qaytgan o‘nlab bolalar mamlakatdagi qollab-quvvatlash markazlarida maxsus reabilitatsiya va ta’lim olmoqdalar, deb xabar bergan fuqarolik jamiyati faollari.

O‘tgan ikki yil davomida 39 oila, jumladan 91 nafar bola Qozog‘istonga qaytdi, deb xabar berdi Bnews.kz nashri 19-dekabr kuni.

“Ular boshqa davlatda tug‘ilgan bo‘lsa ham, Qozog‘iston fuqarolari hisoblanadi”, dedi “Pravo” (“Huquq”) nodavlat tashkiloti raisasi Olga Ril Olmaotada terrorchilik harakatlari olib borilayotgan hududlardan qaytgan voyaga yetmagan yoshlarni deradikalizatsiya va reabilitatsiya qilishga bag‘ishlangan seminar chogʻida.

Qozog‘istonda urush hududlaridan qaytgan fuqarolarni deradikalizatsiya va reabilitatsiya qilish bilan shugʻullanadigan 13 ta markaz mavjud, degan u Bnews.kz nashriga ko‘ra. Bu markazlar Qarag‘anda, Jambul va Aqto‘be viloyatlarida, shuningdek, Ko‘kchatov, Atirau, Jezqozg‘on va Qaskelen shaharlarida ham bor.

Videotasvirdan olingan kadrda “Islom davlati” (ID) lagerida mashgʻulotar olib borayotgan, qozoq millatiga mansub ekani aytilgan yosh bolalar aks etgan. Videolavha sudlangan qozogʻistonlik jangari Nurxan Seytkali tomonidan 2014-yilda internetga joylangan edi. (Fayl)

Videotasvirdan olingan kadrda “Islom davlati” (ID) lagerida mashgʻulotar olib borayotgan, qozoq millatiga mansub ekani aytilgan yosh bolalar aks etgan. Videolavha sudlangan qozogʻistonlik jangari Nurxan Seytkali tomonidan 2014-yilda internetga joylangan edi. (Fayl)

Markazlar ikki maqsadga xizmat qiladi, dedi Ril. Oilalar qaytgan zahoti uy-joy bilan ta’minlanadi va ularga yuridik yordam koʻrsatiladi. Shuningdek, bu markazlarda ayollarga kasb-hunar ham oʻrgatiladi.

Baʼzan bolalarning otasi ham, onasi ham vafot etgan va ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham yo‘qolgan boladi, bunday holatlarda ularning Qozog‘iston fuqarosi ekanligini isbotlash talab etiladi, dedi terrorizm va xavfsizlik bo‘yicha olmaotalik tahlilchi Lesya Karatayeva.

Ayrim hollarda esa qozog‘istonlik ayol turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Suriyaga ketadi, u yerda eri halok bo‘lganidan keyin boshqa mamlakatdan kelgan jangariga turmushga chiqishi mumkin, dedi u.

“Endi u ayol boshqa erkakdan farzand koʻradi va u odam Qozog‘iston fuqarosi boʻlmasligi mumkin”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Biz oilani buza olmaymiz, ayni vaqtda, otalari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lmagani uchun bolalarni Suriyada ham qoldira olmaymiz.”

“Shu sababli Suriya hukumati ularning terrorizmga aloqadorligini tekshirmoqda”, dedi u. “Agar Suriya tomonida ularga nisbatan hech qanday ayblov bo‘lmasa, bu shaxslar bizga qaytariladi.”

“90 ta bolani qaytarish ham bu jarayonda ishtirok etgan hukumat idoralari, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi uchun juda katta yutuq”, dedi Karatayeva.

Muvaffaqiyatga erishish

Talab etiladigan huquqiy yordam va reabilitatsiyaga qarab ayollar va bolalar reabilitatsiya markazlarida olti oydan bir yilgacha qolishlari mumkin, dedi Ril.

“Hujjatlarni tiklash uchun ancha vaqt talab etiladi”, dedi u, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun kamida uch oy ketishi mumkinligini qo‘shimcha qilar ekan.

Shunga qaramay, reabilitatsiya markazlari faoliyatida olgʻa siljish kuzatilmoqda.

Qozog‘istonga qaytgan birinchi bola reabilitatisiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, hozirda 7-sinfda o‘qimoqda, dedi Ril.

Qozog‘istonga qaytgan 40 ta ota-onadan 13 nafari ayni damda ish bilan ta’minlangan, dedi u. Yana 13 tasi uch yoshga yetmagan farzandlari borligi sababli hali ishlamaydi. Qolgan 14 tasi esa ish qidiryapti, oltitasi kasb-hunar kurslarida ta’lim olmoqda.

Markazlar olovli nuqtalardan qaytgan yoshlarni deradikalizatsiya qilish ustida ishlayotganiga qaramay, ularning ekstremistik tashkilotlarga qayta jalb qilinishi xavfi saqlanib qolmoqda, deb xabar bergan “Yevrosiyo” telekanali 19-dekabr kuni.

Telekanalga ko‘ra, ushbu xavfni bartaraf etish uchun Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Ijtimoiy rivojlanish vazirligi joriy yilda urush hududlaridan qaytgan bolalar bilan ishlaydigan diniy mutaxassislarni tayyorlash dasturini amalga oshirishni rejalashtirgan.

“Bu bolalar Qozog‘istonga kelganlari zahoti tinch va oddiy hayotga qaytishlari biz uchun juda muhim”, dedi ta’lim vaziri Yerlan Sagadiyev telekanal muxbiri bilan suhbatda. “Ijtimoiy muammolar va chuqur ruhiy jarohatlarni bartaraf etish uchun ruhshunoslar, ijtimoiy xizmat xodimlari va hukumat idoralarining muvofiqlashgan harakati talab etiladi.”

Baxtli bolalikni taʼminlash

Bolalarni reabilitatsiya qilish kattalarni deradikalizatsiya qilishdan farqlanadi, dedi Ostona geosiyosiy tadqiqotlar instituti direktori Asilbek Izbairov.

Bolalar murakkab ilohiyot terminologiyasiga muhtoj emas, dedi u Karvonsaroyga. Ulardagi emotsional jarohatlarni davolash uchun baxtli bolalikni taʼminlashning oʻzi kifoya.

“Kattalarda esa unday emas”, deydi Izbairov. “Agar ular ekstremistik mafkura taʻsiriga tushib qolgan boʻlsa, ularni toʻgʻri yoʻlga qaytarish uchun jiddiy ravishda diniy tarbiya ishlarini olib borish kerak boʻladi”.

“Ayol terrorchilik harakatini amalga oshirguniga qadar shaxs sifatida sindirilgan boʻlishi mumkin, keyin oʻsha holatdan chiqish uchun kuchli psixologik yordamga muhtoj boʻladi, biroq 10 yoshgacha boʻlgan bola bu mafkuraga taʼsiriga tushmagan boʻladi”, dedi u. “Bolalar qandaydir noqonuniy xatti-harakat qilsalar ham, ular buni ongsiz ravishda, kimningdir buyrugʻi bilan sodir etadilar.”

Izbairovning aytishicha, videolavhalarda qoʻllariga qurol ushlab turgani koʻrsatilgan bolalar oʻz ixtiyorlari bilan qoʻllariga qurol olishmagan. Bunda ular yo ota-onalaridan oʻrnak olayotgan, yoki ularning koʻrsatmasiga binoan ish tutayotgan boʻladilar.

Tavba qilib, yoʻldan adashganliklarini tan oladigan ota-onalar oʻz farzandlarini reabilitatsiya qilishda muhim rol oʻynaydilar.

Jamiyatga qayta moslashtirish

Jangovar harakatlar hududlaridan qaytgan fuqarolarni deradikalizatsiya va reabilitatsiya qilish Qozogʻiston uchun yangilik emas, deydi Olmaotada yashovchi xavfsizlik boʻyicha tahlilchi Lesya Karatayeva.

Uning soʻzlariga koʻra, terrorchilik jinoyatlarini sodir etishda ayblangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan davlat dasturi bir necha yildan beri amalda. Oʻqituvchi va din arboblari radikallashuvni kamaytirish va Suriyaga borishga urinishlarning oldini olish uchun ularning turmush oʻrtoqlari bilan ishlamoqda.

Shunday boʻlsa-da, bungacha mamlakatda bolalarning xorijdagi urush hududlaridan ommaviy ravishda qaytishi kuzatilmagan edi, dedi Karatayeva.

Koʻp hollarda, reabilitatsiya jarayonini boshlash oldidan bolalar qozoq yoki rus tilini qayta oʻrganishlari kerak, sababi ular Yaqin Sharqda yashab tilni unutgan boʻladilar.

“Maqsad, ularni qozoq jamiyatiga qayta integratsiya qilish. Yaʼni, bolalar oddiy maktablar va bolalar bogʻchalariga borib, u yerda jamiyatga moslashishlarini va oʻzlarini odamlardan ajralgandek his qilmasliklari lozim”, dedi u. “Onalar ham davlatning qoʻllab-quvvatloviga muhtoj, ular ish topishi, salomatligini tiklashi kerak”.

“Biz bolalarning imkon qadar tezroq jamiyatga qayta moslashuvini taʼminlashimiz zarur, ular toʻsiqlarga duch kelmasligi va odamlardan ajralib qolmasligi uchun bu jarayonni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak boʻladi”, dedi Karatayeva.

“Taʼlim vazirligi shu maqsadda yangi dasturlarni ishlab chiqmoqda”, dedi u. “Jamiyatning oʻzi bu odamlarni qabul qilish va ularga normal hayotda qaytish imkoniyatini berishga tayyor boʻlishi kerak”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu jurnalist qanday bogʻlansam boʻladi, maqola boʻyicha savollarim bor

Javob berish