Karvonsaroy
Din

Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi 2018-yilgi faoliyatini sarhisob qildi

Aydar Ashimov

28-dekabr kuni qozog‘istonliklar Ostonada shahrida “Oq masjid” deb nomlangan hisob boʻyicha oʻninchi masjidning ochilishida ishtirok etishdi. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

28-dekabr kuni qozog‘istonliklar Ostonada shahrida “Oq masjid” deb nomlangan hisob boʻyicha oʻninchi masjidning ochilishida ishtirok etishdi. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

OSTONA – Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining sa’y-harakatlari natijasida yuzlab radikallashgan qozog‘istonliklar an’anaviy Islomga qaytmoqdalar, deyilgan QMDIning 2018-yilgi faoliyatiga oid bayonotda.

“Bu yil 518 nafar fuqaro o‘z radikal qarashlaridan voz kechdi”, deyiladi 25-dekabr kuni eʼlon qilingan bayonotda. “An’anaviy islomga qaytganlarning ba’zilari o‘z diniy qarashi va pozitsiyasini rasmiy ravishda tasdiqlagan. Radikalizm tarafdorlari buzg‘unchi oqimlar daʼvatchilarining an’analar, urf-odatlar va davlat ramzlariga nisbatan munosabatlaridan norozi edilar.”

QMDI tomonidan tuzilgan 347 nafar voiz va mutaxassisdan iborat informatsion targʻibot guruhi o‘tgan yilda 7000 dan ortiq ommaviy va yakkama-yakka tushuntirish uchrashuvlarini o‘tkazgan boʻlib, ularda jami 646 ming kishi ishtirok etgan.

Yangi tashabbuslar

QMDI xabariga ko‘ra, 2018-yilda Qozog‘istonda ochilgan 38 ta masjid idora tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida barpo etilgan.

O‘tgan yilning may oyida qurib bitkazilgan zamonaviy masjid, 22-avgust. U elektr quvvati ishlab chiqaruvchi quyosh panellari bilan jihozlangan. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

O‘tgan yilning may oyida qurib bitkazilgan zamonaviy masjid, 22-avgust. U elektr quvvati ishlab chiqaruvchi quyosh panellari bilan jihozlangan. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

Olmaotadagi diniy savodxonlik kurslari, 2018-yil, 9-oktabr. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

Olmaotadagi diniy savodxonlik kurslari, 2018-yil, 9-oktabr. (Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi)

Bu qoidalarga ko‘ra, islom ramzlari va Qozog‘iston an’analari bino dizaynida, jumladan, masjid gumbazida ham ifodalanishi talab etiladi.

Ta’lim va targʻibot uchrashuvlaridan tashqari, Qozog‘istonda 966 ta masjidda diniy savodxonlik kurslari ham faoliyat yuritadi. 2018-yilda bu kurslarda 82 mingdan ortiq odam tahsil oldi.

QMDI mutaxassislarining aytishicha, kurslarda islom asoslaridan saboq beriladi. Bu kurslar radikal g‘oyalaridan voz kechishga yordam beradi.

“Men o‘tgan yil kuzda kurslarga qatnadim va u yerda ikki oy o‘qidim”, dedi Oqmo‘la viloyatida yashovchi 21 yashar Timur Uskembayev Karvonsaroy nashriga. “Men din, undagi turli yoʻnalishlar va dinimizning tafsilotlari haqida ko‘p narsalarni o‘rgandim. Endi har qanday suhbat davomida meni kimdir aldamoqchi, haq yoldan adashtirmoqchi yoki Quron suralarida aytilganlar narsalarni buzishga harakat qilmoqchi boʻlsa, buni aniqlay olaman.”

Jamoatchilik bilan ishlash

O‘tgan yili QMDIning shariat va fatvo bo‘limi mutaxassislari yuzma-yuz va onlayn uchrashuvlarda turli savollarga javob berdilar.

QMDI xabariga ko‘ra, 6000 ga yaqin qozog‘istonlik fuqarolar oʻz savollariga javob olishdi. Ko‘pchilik o‘z savollarini fatua.kz sayti orqali bergan bo‘lsa, 1750 kishi yuzma-yuz uchrashuvda va yana 1590 kishi QMDIga qo‘ng‘iroq qilib savol soʻragan.

Masalan, Olmaota masjidi veb-saytida Madina ismli olmaotalik fuqaro, “musulmonlar goʻyoki Alloh yo‘lida odam o‘ldirayotgan” bugungi sinovli zamonda o‘z e’tiqodini qanday mustahkamlashi mumkinligi haqida savol berdi. Imom o‘z javobida, ibodatni davom ettirish va o‘z fikrida sobit boʻlishni, ammo gʻuluvga ketmaslik kerakligini aytgan.

“Masjid veb-sayti yoki QMDIga tegishli saytlarning birida savolga javob olish juda qulay” deydi tarazlik 46 yashar Saule Bakhtiyarova Karvonsaroy nashriga. “Har doim ham hamma narsani tushunib bo‘lmaydi, imomdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol so‘rash ham noqulay. Veb-sahifalar orqali boshqa dindagilarning savollarini o‘qish bilan birga, o‘z savollaringizni ham berishingiz mumkin.”

Shuningdek, 2018-yilda QMDI ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar boʻyicha 11 ta fatvo chiqargan va 160 nafar imom-xatibni attestatsiyadan oʻtkazib, bilimini imtihon qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Savodli odam dindor boʻlmaydi

Javob berish

“Anʼanaviy Islom” nima degani oʻzi? Har bir millatning oʻz anʼanalari bor, bu har bir millatning oʻz Islomi bor deganimi endi?

Javob berish

Anʼanaviy Islom bu - boboyu momolarimiz namoz oʻqigan tartib va shariat qonunlari doirasidagi nasihatlardir. Noanʼanaviy islom esa ajdodlarimiz hayot tarzining u yoki bu meʼyorlariga zid keluvchi va bugungi kundagi anʼanaviy islomdan sezilarli farq qiluvchi yangi oqimdir. Elementar farqlarni tashqi belgilardan bilib olish mumkin. Kalta shim va soqol, qizlarda paranji. Qoʻrquvga soluvchi tashqi koʻrinish. Islom yaxshilik targʻib qiluvchi tinchlik dinidir. Lekin, soqolsiz va paranjisiz har qanday odamni oʻldirishga tayyor boʻlgan noanʼanaviy islom tarafdorlari esa - bizning urfimizda bunaqalar boʻlmagan.

Javob berish

Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Mamlakatning maʼnaviy diniy axloqini yuksaltirish yoʻlida xizmat qilayotganlarga katta rahmat.

Javob berish

Oʻz ishchilariga oʻrgatib olishsin avval, odamlar bilan ishlash kerakligini, ana, qiziqib koʻrishsin Atirauda nimalar boʻlayotganini.

Javob berish