Karvonsaroy
Fan va texnologiya

Kreml Rossiyaning yangi “yengilmas” qurolini ishlab chiqqan yadroviy olimlarni hibsga oldi

Karvonsaroy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil oktabr oyida Xanti-Mansiysk okrugiga tashrif buyurdi. Putin Rossiyaning yangi “yengilmas” qurolining imkoniyatlari haqida bir qator shubhali da’volarni bildirgan. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil oktabr oyida Xanti-Mansiysk okrugiga tashrif buyurdi. Putin Rossiyaning yangi “yengilmas” qurolining imkoniyatlari haqida bir qator shubhali da’volarni bildirgan. (Kreml)

Rossiya tomonidan koʻklarga koʻtarib maqtalgan yadro qurolining yaratilishiga katta hissa qo‘shgan ikki tajribali olimning hibsga olinishi bu qurollar haqida bildirilgan da’volar atrofida shubhalarni kuchaytirmoqda va Stalin davrini eslatib yubormoqda.

Rossiya matbuoti va hukumati sinovdan o‘tkazilayotgan va hech qaysi dushman qarshilik qila olmaydigan ikkita qurol haqida talaygina da’volarni keltirdilar, ammo ularning birortasi ham tasdiqlanganicha yoʻq.

Tizimlar bilan yaxshi tanish boʻlgan bu olimlarning hibsga olinishi yadroviy qurollarning ehtimoliy imkoniyatlari haqidagi da’volarga putur yetkazmoqda.

Bundan tashqari, Kremlning harakatlari Sovuq urush haqidagi xotiralarni qo‘zg‘adi, o‘sha davrlarda daho olim, davlatga xiyonat haqidagi paranoik ayblovlar va rasmiy qatagʻonlar yonma-yon yurar edi.

Ashulik poligonida o‘tkazilgan mashqlar davomida havoga uchirilayotgan Rossiya raketalari, Astraxan viloyati, 10-sentabr, 2015-yil. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Ashulik poligonida o‘tkazilgan mashqlar davomida havoga uchirilayotgan Rossiya raketalari, Astraxan viloyati, 10-sentabr, 2015-yil. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Hibslarga nisbatan koʻtarinki eʼtibor Kremlning zoʻravonlik hatti-harakatlari kuchaygan vaqtga toʻgʻri kelmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi shu yil boshida o‘zining “Iskander-M” raketa tizimini Polsha va Litva o‘rtasidagi Rossiyaga qarashli Kaliningrad hududiy forpostiga ko‘chirayotganini e’lon qildi. Tizim xalqaro qurollar haqidagi bitimga xilof boʻlgan yadroviy raketani uchirish qobiliyatiga ega.

Rejim “qurbonlari”

Kreml Rossiya davlat kosmik agentligi “Roskosmosning” kamida 10 ta xodimini NATO yoki Xitoyga tovushdan tez uchuvchi qurol sirlarini oshkor etganlikda ayblagan.

Ayblanayotganlar 75 yashar Viktor Kudryavtsev va 76 yashar Vladimir Lapiginlardir.

Ikkovlon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa rasmiylar dalillarsiz uni bir necha bor yengilmas, to‘xtatib bo‘lmaydigan va o‘q o‘tmaydigan deya nomlagan qurolni yaratishga hissa qoʻshganlar.

Kreml Kudryavtsevni X-47M2 “Kinjal/Xanjar” ballistik raketasi va shov-shuvga sabab bo‘lgan tovushdan tez uchuvchi “Avangard” raketasiga oid ma’lumotlarni 2013-yilda “NATOga aʼzo davlatga” topshirganlikda ayblamoqda.

U 2018-yil iyul oyida hibsga olingan, deb xabar bergan Kommersant.ru nashri.

Kudryavtsev 20 yillik qamoqqa hukm qilinishi mumkin bo‘lgan bir paytda, Putin “Avangard” tizimi bilan ikki marta maqtanishga ulgurdi.

Mart oyidagi murojaatda, Putin Rossiyaning yangi avloddagi “yengilmas” qurolni yaratganini da’vo qilgan, 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida esa raketalarning “misli ko‘rilmagan” muvaffaqiyatli sinovi haqida soʻzlagan edi.

Kudryavtsev Yevropadagi hamkasblariga qo‘shma tadqiqot loyihasi haqida ikkita bezarar elektron xat yuborgan, dedi uning advokati Ivan Pavlov, Kudryavtsev bilan bogʻliq holat uning faoliyati davomida roʻy bergan sotqinlikka oid “eng xunuk” ish ekanligini qo‘shimcha qilar ekan.

Avgust oyida Sankt-Peterburg olimlar uyushmasi Putinga “insonparlik nuqtai nazaridan” Kudryavtsevning “taqdirini zudlik bilan hal qilishni” soʻrab maktub yuborgan, deb xabar berdi Kommersant.ru nashri.

U ishlagan xalqaro loyiha “to‘la ochiq bo‘lgan va barcha zaruriy darajalarda tasdiqlangan”, deb yozadi muallif.

Kudryavtsevda qandli diabet, yurak xastaliklari va yoshga oid bir qator boshqa kasalliklar ham mavjud, deb xabar bergan ommaviy axborot vositalari.

“Siyosiy mahbus”

Hibsga olinishidan bir yil avval Kudryavtsev Lapiginning ozodlikka chiqarilishi uchun kurashgan edi, deb xabar bergan “The Daily Beast” nashri.

Lapigin “davlat sirlarini o‘z ichiga olgan tovushdan tez uchuvchi samolyotlarning optimallashtirilgan aerodinamik xususiyatlarini hisoblash imkoniga ega dasturiy taʼminot tizimini” xitoyliklarga berishda ayblangan edi.

2016-yilgi sud jarayonida Lapigin dasturning faqat tanishuv versiyasi bilan bo‘lishganini va bu orqali ish beruvchisi – Roskosmos sho‘basi boʻlgan Markaziy mashinasozlik ilmiy-tadqiqot institutining (MMITI) xitoylik hamkorlar bilan shartnoma tuzishiga yordam berish niyatida bo‘lganini aytgan.

U qatʼiy tartibli qamoqxonada yetti yillik jazo muddatini o‘tamoqda.

2017-yil avgust oyida, Rossiyaning “Memorial” inson huquqlari tashkiloti Lapiginni siyosiy mahbus deb eʼtirof etgan edi.

“Vladimir Lapiginning ayblanishi boshqa “josuslik” va “sotqinlik” ishlariga o‘xshash”, deyiladi “Memorial” bayonotida. Bunday jinoiy ishlar hukumat qudratini kuchaytirishga qaratilgan, deb qo‘shimcha qilinadi unda.

“Uning zudlik bilan ozod etilishini va uni qo‘lga olishga mas’ul boʻlgan rasmiylarning javobgarlikka tortilishini talab qilamiz.”

Olimlar hamjamiyatida qo‘rquv paydo qilish

Kremlning yangi qurollanish tizimlari bilan maqtanishi va ushbu qurolni ixtiro qilgan “sotqin”larni shafqatsiz ravishda taʼqib qilishi orasidagi keskin kontrast sovet diktatori Iosif Stalin davrini eslatib yuboradi.

Oʻsha vaqtlarda qurol yaratuvchilar va boshqa eng kuchli olimlar maxfiy tashkilotlarda xizmat qilib, o‘z hayotlaridan xavotirda yashar edilar.

Sovet Ittifoqi inqirozidan keyin, yadroviy qurollar haqida ma’lumotga ega 15 mingdan 30 minggacha fizik olimlar sohada ishlashda davom etdilar.

So‘nggi hibslar olimlar va inson huquqlari tashkilotlarini o‘sha mudhish davrlarga qaytishdan xavotirga tushirmoqda.

Koinot va mudofaa sanoati bo‘yicha Perm davlat universiteti mutaxassisi Pavel Luzin Kudryavtsevni “balogardon” deb atadi va so‘nggi hibslar olimlar hamjamiyatida xavotir paydo qilishga qaratilgan boʻlishi mumkinligini aytdi.

“Kreml “Kinjal” haqidagi haqiqat, aslida ular aytganidek emasligini tasdiqlovchi ma’lumot chiqib ketmasligini istaydi”, degan u Britaniyaning “The Independent” gazetasiga ko‘ra.

“Rossiya davlat tashkilotlari, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligida maxfiy ma’lumotlar ro‘yxati bo‘lib, bu ro‘yxatning o‘zi ham maxfiy ekanligi sababli olimlar nima haqida gapirsh kerak yoki kerak emasligini yaxshi bilishmaydi”, dedi Kudryavtsevning advokati Pavlov “The Daily Beast” nashriga.

1982-1993-yillarda KGBning aygʻoqchilikka qarshi kurash bo‘limida ishlagan muxolifat siyosatchisi Gennadiy Gudkov bu ishni “juda shubhali” deb atadi.

“Bunda odatiy shpionaj alomatlari yo‘q”, degan u “The Independent” nashriga ko‘ra. “Sabab, chet el tomonga bog‘liqlik, sirli aloqa, naqd pul yoki boshpana olish kabi foyda alomatlari, muntazam uchrashuvlar yo‘q.”

Rossiya Fanlar akademiyasining yadroviy tadqiqotlar instituti fizigi Boris Shtern Kudryavtsevning aybsiz ekanligini taʼkidladi.

“Uni shunchaki qurbon sifatida tanlashgan va u oxirgisi emas”, dedi u “The Daily Beast” nashriga.

“Sovet davrida KGB sizni nazorat qilish uchun murakkab bir byurokratik tizimni yaratdi, ammo men uning tasodifiy odamlarni qamoqqa tashlaganini eslay olmayman”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya tubanlikning chegarasida

Javob berish

Moda...

Javob berish

Maxfiy hujjatlarni o‘ngu soʻlga tarqatish yaxshi emas.

Javob berish

Toʻppa-toʻgʻri

Javob berish

Quruq safsata

Javob berish

Multiplikatorlarni qamoqqa olishibdimi?

Javob berish

Durnalistlarga koʻproq ishoninglar...

Javob berish

Qonuniy natija

Javob berish

Bu Rossiya. Dunyodagi eng bemaʼni mamlakat.

Javob berish

Bemaʼnilik

Javob berish

U raketalarning uchmasligini aytgan. Bu esa Rossiyada davlat siri hisoblanadi

Javob berish

Bu raketalar ishlamasligini ayta olmasliklari uchun ularni qamab qo‘yishgan. Bularning hammasi Kremlning ijobat bo‘lmas istaklari. Rossiya shu darajada tanazzulga uchramoqdaki hech qanday zamonaviy qurol ishlab chiqara olmaydigan bo‘lib qolgan

Javob berish