Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2019-01-15 | Energiya

Yevropa banki Oʻzbekistondagi elektrostansiyani yangilashga koʻmaklashadi


Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, sanasiz surat. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) mazkur inshootni modernizatsiya qilishga yordam beradi. [YTTB]

Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, sanasiz surat. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) mazkur inshootni modernizatsiya qilishga yordam beradi. [YTTB]

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

TOSHKENT – Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) 14-yanvar kuni maʼlum qilishicha, Tallimarjon IESda qoʻshimcha energobloklarning oʻrnatilishi evaziga Oʻzbekiston janubida elektr energiyasi taʼminoti sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda.

Loyiha YTTBning “Oʻzbekenergo“ga taqdim etgan 240 mln. AQSH dollariga (2 trln. soʻm) teng kafolatli krediti hisobidan moliyalashtirilmoqda va bu hozirgi kunga qadar YTTB tomonidan Oʻzbekistonga kiritilgan eng yirik sarmoya hisoblanadi.

Loyiha Osiyo taraqqiyot banki va Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi.

Mazkur kredit mamlakatda elektr energiya ishlab chiqarish, yetkazib berish va taqsimlashga masʼul boʻlgan “Oʻzbekenergo” davlat korxonasiga tegishli infratuzilma va umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan bugʻ-gaz turbinalarini oʻrnatish imkonini beradi.

YTTB loyihaning tugallanish muddati va oʻrnatiladigan bugʻ-gaz turbinalari soniga aniqlik kiritmagan.

Ishonchli va samarali energiya manbaiga boʻlgan talab

Investitsiyalar mintaqaning asosiy muammosi, aniqrogʻi, aholining turmush darajasini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun uzluksiz va barqaror energiya taʼminoti muammosini hal etishga yoʻnaltiriladi.

Yangi loyiha Oʻzbekistonda energiya taʼminotining samaradorligi va ishonchliligini oshirish va hukumatning mamlakat boʻylab yangi, zamonaviy energiya manbalarini barpo etish maqsadlariga koʻmaklashadi.

Bu maqsad O‘zbekiston uchun ayniqsa muhim, sababi bu yerda ishonchsiz energiya manbalari va eskirgan inshootlar sababli energiya taʼminotidagi yoʻqotishlar 20 foizgacha yetadi.

Yangi yuqori samarali bugʻ-gaz turbinalari ishlanmasi uglerod zichligining O‘zbekiston energetika sanoatidagi o‘rtacha ko‘rsatkichini qariyb ikki baravar pasaytirishga imkon beradi. Buning natijasida uglerod chiqindisini sezilarli darajada kamaytirishga erishiladi.

Shu kunga qadar YTTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 70 ta loyiha doirasida 1,3 milliard yevro (12,4 trillion so‘m) investitsiya kiritgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 1

Captcha
Comment bubble | 2019-01-25

Bunga tender eʼlon qilib keyin qurilsa meni fikrim yaxshi boʻlardi. Keyin quyosh energiyasini ishlab chiqarish yaxshi natija beradi.

Javob berish