http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/01/16/feature-02
| Xavfsizlik

Rossiya INF bitimini “jiddiy ravishda buzayotgan” bir vaqtda uni saqlab qolishni istayotganiga ishora qilmoqda

Karvonsaroy va AFP

image

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 16-yanvar kuni Moskvada yillik matbuot anjumanini o‘tkazmoqda. Rossiya bitimni saqlab qolish ustida ishlashga tayyor, dedi Lavrov. (Kirill Kudryavtsev/AFP)

JENEVA, Shveytsariya – Chorshanba (16-yanvar) kuni Qisqa va oʻrta masofali raketalarni yoʻq qilish (INF) shartnomasiga nisbatan Rossiyaning munosabati o‘zgargani sezildi, shu kuni Kremlning yuqori lavozimli diplomati shartnomani saqlab qolish ustida ishlashga tayyorligini aytib o‘tgan.

Moskva qurollar bo‘yicha muhim shartnomani saqlab qolish ustida Vashington bilan ishlashga tayyor. Uzilishlar bilan kechayotgan muzokaralarni olib borishda Yevropani yordam berishga chaqiramiz, dedi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“Biz qisqa va oʻrta masofali raketalarni yoʻq qilish shartnomasini saqlab qolish ustida ishlashga tayyormiz”, dedi Lavrov jurnalistlarga.

AQSH va Rossiya diplomatlari shartnoma taqdiri haqidagi xavotirlar kuchaygan vaqtda va oktabr oyida AQSH hukumati agar Rossiya shartnoma bitimlarini buzishda davom etsa, bitimdan chiqib ketishini aytganidan soʻng Jenevada uchrashdilar.

image

Rossiya askarlari “Iskander-M” ballistik raketasini uchirishga tayyorlanmoqda, mart oyi, Astraxan viloyati. Qisqa va oʻrta masofali raketalarni yoʻq qilish (INF) shartnomasiga zid bo‘lgan SSC-8 nomi bilan mashhur 9M729 raketasi “Iskander”ga o‘xshash ekanligi tahmin qilinadi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Xalqaro jamoatchilik Rossiyaning oʻz majburiyatlarini bajarmayotganidan 2014-yildayoq xavotirlana boshlagan edi. Oʻshanda AQSH davlat departamenti oʻzining yillik hisobotida “Rossiya INF shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini buzayotgani” va Qoʻshma Shtatlar Moskva bilan bogʻliq bu xavotirlarni 2013-yilda ham bildirganini aytgan.

2015, 2016, 2017 va 2018-yilgi hisobotlarda ham shunday daʼvolar bayon qilingan.

2017-yilning boshida Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning yangi SSC-8 yoki 9M729 nomi bilan tanilgan yerdan uchiriladigan raketalari INF shartnomasiga zid ekanligini aniqlagan. “Economist” nashrining oʻtgan yilgi xabariga koʻra, raketaning uchish masofasi 2500 kilometrni tashkil qiladi. Shartnomaga koʻra, bu taqiqlangan masofa hisoblanadi.

AQSH maʼmuriyati xabariga koʻra, Rossiya sirli ravishda ikkita batalyonni jangovar holatga keltirganboʻlib, ularning har biri 36 raketaga ega va kamida bittasi Rossiya markaziy harbiy okrugida joylashgan. Ular Yevropadagi bir qator obyektlarni nishonga olish mumkin boʻlgan masofada joylashgan.

Rossiya shartnomani buzayotganini bir necha marta inkor etgan bo‘lsa-da, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy xavfsizik borasidagi qarashlarini yashirib oʻtirmadi.

Ammo, Lavrovning so‘nggi ta’kidlari Rossiyaning shartnomani bir necha marta va doimiy ravishda buzganini tan olishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

“Shartnomani jiddiy ravishda buzish”

Shu bilan birga, Jenevadagi oʻsha uchrashuvning oʻzida AQSHning rasmiy vakillari Rossiya (15-yanvar holatiga) INF shartnomasini “jiddiy ravishda buzishda” davom etayotganini tasdiqlar ekan, bu “Vashingtonning Moskva tarafidan boʻlayotgan qonunbuzarliklar sababli shartnomadan chiqish niyatini amalga oshirish ehtimolini kuchaytirishini” aytgan.

Amerikalik muzokarachilar Vashingtonning 2-fevraldan shartnomadan chiqish niyatida ekanligini bayon qildilar, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov.

“Uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Rossiya kelishuvni jiddiy ravishda buzishda davom etayotgani va hujjatning toʻliq va tekshiriladigan rioyasiga qay tarzda qaytmoqchi ekanligini tushintirib bera olishga tayyor emasligi ayon boʻldi”, deyiladi AQSHning qurollanishni nazorat qilish va xalqaro xavfsizlik boʻyicha vaziri oʻrinbosari Andrea Tompsonning bayonotida.

“Bizning murojaatimiz aniq-ravshan: Rossiya talablarga zid boʻlgan raketa tizimlarini yoʻq qilishi lozim”, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻtgan oyda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo “Rossiya Qoʻshma Shtatlar nazdida bitimni buzayotgan raketalarni yoʻq qilmas ekan, Vashington 60 kun ichida oʻrta masofaga uchuvchi yadro qurollarini cheklash haqidagi Sovuq urush davriga oid bitimdan chiqishini” aytgan edi.

Putin AQSHning qatʼiy pozitsiyasiga javoban, shartnoma boʻyicha taqiqlangan yadroviy raketalardan yanada koʻproq ishlab chiqarilishini aytib tahdid qilgan edi.

1987-yilda Ronald Reygan va Mixail Gorbachev tomonidan imzolangan mazkur tarixiy kelishuv natijasida qariyb 2700 ta qisqa va oʻrta masofaga uchuvchi raketalar yoʻq qilingan edi.

Bu 1980-yillarda Sovet Ittifoqining gʻarbiy Yevropa mamlakatlari poytaxtlariga yoʻnaltirilgan SS-20 raketalarini hozirlashi ortidan kelib chiqqan kichik qurollanish poygasiga chek qoʻygan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
49
Yo‘q
Fikrlar 7
Siyosat
Captcha

Ha, toʻgʻri

Javob berish

Qo‘rqqani rost. Rossiyaga o‘xshagan xaroba AQSHga umuman teng kela olmaydi.

Javob berish

Bolaligimda ablahlarni tepishdan oldin tizzlarim qaltirar edi. Bu bilan o‘rislarni tizzasi qaltirayapti deganlarga shunday deyman. Qaltirayapti! Parazitlarning adablarini berib qo‘yish niyati tufayli shunday bo‘lmoqda!

Javob berish

Raketalar to‘xtatib turish faktori. Agar o‘rmonda bo‘ri bo‘lsa, u yerga bormaysiz chunki u sizga hujum qilishini bilasiz. O‘rmonda bo‘rilar qancha ko‘p bo‘lsa, u yerga istagi ham shunchalar kam bo‘ladi. Ammo bo‘rilardan himoya tariqasida o‘zingiz bilan qurol va it olasiz. Xuddi shunday bu shartnoma bilan ham. Rossiya g‘arbdan qo‘rqadi demang. Bu raqibni zaiflashtirishning va bir vaqtning o‘zida raketalar ham ishlab chiqishning ayyor yo‘llaridan biri. Amerikaliklar ham axmoq emas, o‘zlari ham bir necha bor shartnomani buzishgan. Ular begunoh va raketa ishlab chiqarmaydi deb o‘ylaysizmi?! Adashasiz! Ruslar bir narsada hammadan yaxshi – bu qurollarda. Sanksiyalarni qo‘llash bilan katta xato qilyapsiz, chunki ruslar qurol yasashni juda yaxshi bilishadi. Uxlayotgan ayiqqa tegmagan ma’qul…

Javob berish

“Och qolganim uchun sen aybdorsan...” - bu nima deyotganini, Rossiyadan nima xohlayotgani va nimani talab qilayotganini oʻzi ham tushunmaydigan zamonaviy gʻarb siyosatchilarining shiori. Bunga sabab, ular soʻzlaydigan nutqlarning transmilliy korporatsiyalar yollagan odamlar tomonidan yozilishidir. Bu tushunmovchilik esa oxir-oqibat oʻylab topilgan bahonalar va havodan olingan ayblovlarga aylanadi (Ukraina, Brexit, Fransiyadagi voqealar va h.k). Bu maqola ham xuddi shunday uslubda yozilgan. Sogʻlom fikrlovchi har qanday odam buni tushunishi kerak. Sizning sevimli gʻarblik “hamkorlaringizga” hech qanday sharoitda, hech qanaqasiga zinhor ishonib boʻlmaydi... Mana shu narsa Rossiya diplomatiyasining shiori boʻlishi kerak. Bunga Sovet Ittifoqi va uning barcha fuqarolari amin boʻlgan... Rossiya va uning aholisini bir necha yuz yillardan beri yoʻqotishga urinib kelishgan, bunda nimaniki buzish mumkin boʻlsa, buzishgan. Biroq, Rossiya AQSHga oʻnglanmas zarar yetkazishga qodir boʻlgan yagona davlat sifatida oʻz soʻzini oʻtkazishdan toʻxtamasligi, oʻziga manfaatli qoidalarni oʻrnatishi va kuchlar muvozanatini taʼminlashi lozim. Sababi, bu muvozanat Gʻarb foydasiga buziladigan boʻlsa, bu boricha Rossiyaga va uning atrofidagi kichik va zaif (postsovet hududidagi) mamlakatlarga qarshi ishlatiladi. 80-yillardan beri biz chiqib keta olmayotgan moliyaviy inqirozlar transmilliy korporatsiyalar faoliyati sababli yuzaga kelgan. Bu inqirozlardan “Rossiyaning hisobiga va Rossiyaning vayron boʻlishi evaziga” chiqib ketish “maqsad qilingan“. Adabiyotlarni oʻqib-oʻrganinglar. Bemaʼni gaplarga ishonmanglar.

Javob berish

Rossiyaning tizzalari qaltiramoqda degani bu

Javob berish

Kreml fohishalariga aql kirganga oʻxshaydi.

Javob berish