Karvonsaroy
Din

“Al-Qoida” ID va uning “yoʻldan ozgan” xalifasi Al-Bagʻdodiyni yakson qilishga chaqirmoqda

Karvonsaroy

Suratda: “Al-Qoida”ning “Islom davlati”ni tanqid qilib chiqqan bayonoti muqovasi. [File]

Suratda: “Al-Qoida”ning “Islom davlati”ni tanqid qilib chiqqan bayonoti muqovasi. [File]

“Al-Qoida” “Islom davlati” (ID) guruhi va uning rahnamosi Abu Bakr Al-Bagʻdodiyga qarshi hayratomuz tanqidiy bayonot bilan chiqib, butun dunyo musulmonlarini koʻtarilishga va guruhni yakson qilishga chaqirdi.

“Al-Qoida”ning media-mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha “Bayon” jamgʻarmasi tomonidan 29-dekabr kuni eʼlon qilingan bayonotda IDning qulagani va uni uzil-kesil yakson qilish vaqti kelgani aytiladi.

“Endilikda, ularning taʼsiri kamaygan va Shomda ular tugʻdirayotgan xavf yoʻqolgan bir vatqda, ular turli hududlarda yangi shahobchalar yaratishga urinmoqdalar. Ular bu hududlarda mujohidlarga balo va ofatlar olib kelganlar, oʻsha yerlar va ularning aholisiga nisbatan korrupsiya hamda jinoyatchilikning kuchayishiga sababchi boʻlganlar”, deyiladi bayonoyda.

“Bugungi kunda bu guruh (dunyoning boshqa joylarida) qaytadan paydo boʻlib, xiyonat, sotqinlik va xorijliklarning shubhali rejalariga xizmat qilish kabi ishlarni amalga oshirishga chogʻlanmoqda. Bu ularning josus ekanliklarini va xalqaro razvedka xizmatlari tarafidan yollanganliklaridan darak beradi.”

Videolavhadan olingan kadrda Iroq va Suriyadagi “xalifalik”ning qulashi ortidan Sharqiy Afrika boʻylab tarqalishga harakat qilayotgan ID aʼzolari aks etgan. [File]

Videolavhadan olingan kadrda Iroq va Suriyadagi “xalifalik”ning qulashi ortidan Sharqiy Afrika boʻylab tarqalishga harakat qilayotgan ID aʼzolari aks etgan. [File]

“Al-Qoida”ning shoʻbasi boʻlgan “Tahrir Ash-shom” guruhi aʼzolari Idlib yaqinida qurolli mashgʻulotlar olib bormoqda, 2018-yil, 14-noyabr. [File]

“Al-Qoida”ning shoʻbasi boʻlgan “Tahrir Ash-shom” guruhi aʼzolari Idlib yaqinida qurolli mashgʻulotlar olib bormoqda, 2018-yil, 14-noyabr. [File]

Sharqiy Suriyadagi ID aʼzolari Amerika qoʻllab-quvvatlovidagi jangchilarga qarshi kurashmoqda, 2018-yil. ID bir vaqtlar Iroq va Suriyaning katta qismini egallagan “xalifalik”ning 99 foizini qoʻldan boy bergan. [File]

Sharqiy Suriyadagi ID aʼzolari Amerika qoʻllab-quvvatlovidagi jangchilarga qarshi kurashmoqda, 2018-yil. ID bir vaqtlar Iroq va Suriyaning katta qismini egallagan “xalifalik”ning 99 foizini qoʻldan boy bergan. [File]

“Ular isyon chiqarish, turli ayblovlarni yoyish va saflarni buzishni maqsad qilganlar”, deyiladi bayonotda.

“Jang oʻz poyoniga yetib bormoqda.”

“Al-Qoida”ning ikkiyuzlamachiligi

“Al-Qoida”ning goʻyoki oliyroq maʼnaviy pozitsiyani egallab, oʻzini IDdan farqli deb koʻrsatishga urinishlari aslida ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas.

Asos solinganidan beri “Al-Qoida” ham ID singari butun dunyo boʻylab begunoh insonlar oʻldirilishini oqlash uchun Islomni notoʻgʻri talqin qilib kelmoqda.

1999-yilda Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarda “Al-Qoida” tomonidan sodir etilgan portlashlar tufayli minglab tinch aholi halok boʻlganidan to AQSHdagi 2001-yil 11-sentabr voqealariga qadar “Al-Qoida”ning asosiy maqsadi – qon toʻkish boʻlgan.

“Al-Qoida” Yaqin Sharqda xudkush terrorchilar tomonidan sodir etilgan son-sanoqsiz portlashlar va qotilliklar uchun masʼuldir. Guruh ayniqsa, Iroq va Yamanda dinlararo adovat va beqarorlik, maktablar, masjid va davlat muassasalarida portlashlarning asosiy aybdori hisoblanadi. Baʻzida ayollar va yosh bolalar uning nishoniga olingan.

Bugungi kunda “Al-Qoida“ning Suriyadagi boʻlinmasi – “Tahrir ash-Shom” ushbu qonli merosni davom ettirmoqda, zero uning tarixi qiynoqqa solish, hudkush terrorchilar hujumlari va ommaviy qatllar bilan bogʻliq voqealarga toʻla.

ID “xalifaligi” tanazzulga yuz tutmoqda

ID 2014-yilda Iroq va Suriyada Al-Bagʻdodiy tarafidan eʼlon qilingan “xalifalik”ning 99 foiz hudidini qoʻldan chiqarib boʻlgan.

ID 2017-yilda Iroqning Mosul shahridan, keyinroq, oʻtgan yilning oktabr oyida oʻz poytaxti deya eʼlon qilgan Suriyaning Al-Raqqa shahridan quvilgach, terrorchilik guruhining davlat tuzish haqidagi orzulari chippakka chiqdi.

Mazkur yirik magʻlubiyatlardan soʻng, ID jangarilari Suriyadagi choʻl hududlariga yuborilgan va hozirda biror hududga egalik qilish daʻvosidan yiroqda turibdi.

Afrikada, jumladan Somali va Nigeriyada IDning bir nechta shaxobchalari paydo boʻlgan paytda, Al-Bagʻdodiyning oʻzi 22-avgust kuni IDning ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan 55 daqiqalik videomurojaatida ID Yaqin Sharqdagi mag‘lubiyatlari sabab kuchsizlanib borayotganini maʼlum qilgan edi.

Al-Bagʻdodiy “mujohidlar uchun gʻalaba yoki magʻlubiyat qoʻlga olingan shahar yoki qishloq, yoxud egalik qilinayotgan yer bilan oʻlchanmasligini” taʼkidlagan – bu, aftidan, guruhning quruqlikdagi magʻlubiyatidan darak beradi.

U shuningdek, guruhning qolgan aʼzolari orasida tartib-intizomning yoʻqligini tilga olib, oʻrinbosarlarini oʻz odamlari orasida isyon koʻtarish alomatlarini tekshirib turish kerakligi haqida ogohlantirgan. U turli millatlar, mintaqalar va etnik guruhlar vakillarini oʻzaro nizo hamda xusumatlashishdan tiyilishga chaqirgan.

U izdoshlarini “oʻz dinidan, sabr va jihoddan” voz kechmaslikka daʼvat etgan.

“Matnlarni tushunishga qodir emas”

ID va uning qallob yanglish xalifasi bo‘lmish al-Bag‘dodiy Islomni “ochiqdan-ochiq va qasddan buzib talqin qilmoqda”, deyiladi “Al-Qoida” bayonotida.

“Al-Bag‘dodiy guruhining qallob a’zolari yuraklariga qulf solingan, ular matnlarni to‘g‘ri tushunmaydilar, chunki ularning onglari kibr bilan pardalangan, qalblari esa manmanlik va qaysarlik bilan oʻrab olingan”, dedi u.

“Bu qalloblarga qarshi faqat bir narsa, Xudoning buyurganini qilish kerak, ularning zulmini to‘xtatish va tag-tugi bilan yo‘q qilish kerak. Bu ishga haqlisizlar.”

“Bu qallob guruhga qarshi turing, rahm-shafqat qilmang, ayamang”, deya xitob qilinadi bayonotda. “Ularda hech qanday din yoki hikmat yoʻqligini va bor bo‘lgani ham axloqqa zid ekanligini tushunib yetdik.”

IDning so‘nggi kunlari yaqinlashar ekan, “ular guruh saflarida fitna paydo qilishga urindilar va buni uddaladilar”.

Fitna nazariyalarning birida ID va unga o‘xshash ekstremistik guruhlarini g‘arb mamlakatlari yaratgani va bu, xususan, Qo‘shma Shtatlar ekani aytiladi.

Bu nazariya musulmon olamida sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlansa-da, bir qator olimlar, boshqa tahlilchilar va diniy ulamolarning so‘zlariga ko‘ra, bunday nazariyalar joylardagi faktlarni buzib talqin qilish maqsadida tarqatilgan yolg‘onlardir.

IDning musulmonlarga qarshi zo‘ravonliklari

ID doimiy ravishda namoz vaqtida odamlarni portlatgan, masjidlarga bomba tashlagan, ayollar va bolalarni o‘ldirgan, tinch aholining uylariga oʻt qoʻygan va maktablarga hujum qilgan.

“Al-Qoida”ning IDga sodiq qolayotganlarga qarshi keskin so‘zlari IDning Islom nomi bilan qilgan vahshiyliklari, ayniqsa Afg‘onistonda guruh ichidagi oʻzaro nizolar va saflarning siyraklashuviga olib kelgan davrga to‘gri keldi.

Nangarhor viloyatida yaqinda taslim bo‘lgan sobiq ID a’zosi Afg‘onistonda guruhning ichida sodir bo‘lgan ba’zi harakatlarni sarhisob qildi.

“Biz uni Islom xalifaligi deb o‘ylagan edik, ammo keyinchalik ularning bari chet ellik ekanligini va bu umuman boshqa narsa ekanligini tushunib yetdik”, dedi ikki yil ID safida jang qilgan 55 yashar Xirot Xon.

“Ular qariyalarimizni o‘ldirishar, bolalarimizni qirishar edi”, dedi u Salaam Times nashriga. “Hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganmiz, ammo ularga hech nima deya olmas edik, gapirsak bizni ham o‘ldirishar edi. Shu sabab sukut saqlar edik.”

“Bolalarni o‘ldirishdan tashqari, ID jangarilari fuqarolarning narsalarini o‘g‘irlash, jinsiy tajovuz, fuqarolarga tazyiq o‘tkazish va maktablarga o‘t qo‘yish bilan band bo‘lganlar”, dedi Juzjon viloyatining Darzab shahridan bo‘lgan qabila oqsoqoli Baz Muhammad Davar.

“To‘rtta ID jangarisi unashtirilgan 19 yashar qizni uyidan olib ketib, ID bazasiga olib keishgan, bu yerda to‘rt hafta davomida u butun ID guruhi tomonidan zo‘rlangan”, dedi u.

IDni yo‘q qilishda musulmonlar uchun so‘nggi chaqiriq

ID doimiy ravishda islomiy ta’limotlar, axloqiy me’yorlar va xalqlarning mahalliy madaniyatini oyoqosti qilib keldi.

“Al-Bag‘dodiy guruhi zaharlangan xanjarga o‘xshaydi, u sizni maqsadlaringizga yetishishdan to‘xtatadi, istaklaringizni amalga oshirish yo‘lida to‘g‘anoq boʻladi”, deyiladi “Al-Qoida” bayonotida.

“Javoblar va rasmiyatchiliklarni kutib toʻxtab qolishdan ogoh bo‘ling va bir boʻlib ularga qarshi chiqing, boʻlinmalarini haydab chiqaring, qoldiqlarini qiring, qatorlarini buzing va ularni taʼqib eting.”

“Quvgʻinga uchragan al-Bag‘dodiy guruhi aʼzolarinig qalbida jihod va mujohidlarga qarshi qora nafrat bor, ular faqat oʻzlarini haqda deb oʻylashadi”, deyiladi bayonotda. “Ammo, ularning barcha shiorlari faqat yolg‘on va bo‘htondan iborat, ular o‘z dinlari (Islomni) tarqatmadilar, na xalifalik tuzdilar, na (musulmonlarning) qonlarini saqladilar va na or-nomuslarini asrab qola oldilar.”

“Ularning yovuzligidan hech bir musulmon qochib qutila olmadi”, dedi u. “Ular kofirlardan ko‘ra mujohidlarga qarshi qilichlarini tezroq yalang‘ochlaydilar. Ular na Islomni tarqatdilar va na dushmanni yengdilar.”

“Dinda va jihodda ishtirok etishga harakat qiling birodarlar!”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Menimcha, maxfiy dushman “buyurtmasi bilan” yozilgan maqola bu.

Javob berish

Balki AQSHning ISHIDni qo‘llab-quvvatlayotganini ham yoritarsizlar, chunki ID Mosulni qoʻlga olganidan keyin yoqilgʻi narxlari tushib ketdi, nimaga? Sababi AQSH uni o’z ehtiyojlari uchun IDdan noqonuniy sotib olar edi va bu Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir qildi. Men bularni musulmon bo‘lganim uchun aytayotganim yo‘q, men buni bu mavzuda izlanishlar olib borganim uchun bilaman, afsuski AQSHning ko‘pchilik fuqarolari hukumatning asl maqsadini va Yaqin Sharq mamlakatlariga qanday ta’sir qilishini bilmaydi. Hech kimga urush kerak emas, ammo urush bo‘lmasa dunyoning super-qudratli davlatlari o‘z kuchlarini qanday namoyish qilishi mumkin? 70 va 80-yillarda Rossiya va AQSHdan Afg‘onistonga hujum qilishni kim so‘ragan edi? Keyinchalik yana Afg‘onistonga kirishini-chi? 11 sentabr voqealari Bin Laden kabi o‘yinchoqlar yordamida Afg‘oniston va Yaqin Sharqqa kirib borishi uchun oddiy sabab edi xolos.

Javob berish