| Siyosat

Markaziy Osiyo davlatlari lotin alifbosiga o‘tmoqdalar

Kanat Altinbayev


O‘tgan yilning 22-mart kuni Olmaotada megapolisning minglab mehmonlari bahor va yangilanish bayrami – Navro‘zni nishonlamoqdalar. Bayram nomi qozoq tilida lotin imlosida yozilgan. (Olmaota shahar hokimiyati)

O‘tgan yilning 22-mart kuni Olmaotada megapolisning minglab mehmonlari bahor va yangilanish bayrami – Navro‘zni nishonlamoqdalar. Bayram nomi qozoq tilida lotin imlosida yozilgan. (Olmaota shahar hokimiyati)

Markaziy Osiyo davlatlari o‘n yilliklardan beri rus tilidan uzoqlashib, o‘z ona tillariga oʻtish jarayonini davom ettirmoqdalar.

1991-yilda mustaqillikka erishganlaridan soʻng Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston milliy til darajasini ko‘tarib, qozoq, qirg‘iz, tojik va o‘zbek tillariga mos ravishda davlat tili maqomini berganlar.

Keyingi bosqich esa kirill imlosidan lotin imlosiga o‘tish bo‘lib, bu jarayon uzoq vaqtni talab etdi.


Turli sinflar uchun moʻljallangan qirg‘iz tili darsliklari. (Kanat Altinbayev)

Turli sinflar uchun moʻljallangan qirg‘iz tili darsliklari. (Kanat Altinbayev)


Qirgʻiz tilida harf terayotgan ayol, Bishkek, 21-yanvar. (Kanat Altinbayev)

Qirgʻiz tilida harf terayotgan ayol, Bishkek, 21-yanvar. (Kanat Altinbayev)

O‘zbekiston birinchi bo‘lib bunday o‘zgarishni amalga oshirgan boʻlib, jarayon 1990-yillar avvalida boshlangan.

2001-yildan boshlab O‘zbekiston lotin yozuvini tangalarda aks ettirdi, 2004-yildan esa ayrim rasmiy vebsaytlar ham mazkur alifboga o‘tdi. Davlatning bosh telekanali “O‘zbekiston telekanali” lotin yozuviga asoslangan oʻzbek tilidan foydalana boshladi. Mamlakat bo‘ylab ko‘chalarning nomlari ham lotin alifbosida yozila boshlagan.

Qirg‘iziston va Tojikiston hamon kirill yozuvidan foydalanadi.

“O‘z uyimizni barpo etishimiz kerak”

Qozog‘istonda ham xuddi O‘zbekistondagi kabi yangi alifboga oʻtish jarayoni boshlangan.

Modernizatsiya sa’y-harakatlari doirasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2007-yilning 12-aprel kuni mamlakatning kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tishi uchun muddat belgiladi.

Rejaga koʻra, mamlakat 2025-yilgacha lotin yozuviga o‘tishni koʻzlamoqda.

Aholisining ko‘pchiligi qozoq tilini deyarli bilmaydigan rusiyzabonlardan iborat Qostanay viloyatida rasmiylar 2019-yilda hukumat va ijtimoiy tashkilotlar binolarining yozuvlarini lotin alifbosida o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

Qostanayda bu yili ish juda qizgʻin bo‘ladi, dedi ushbu tashabbus asoschilaridan biri boʻlgan Qostanay hokimi Arximed Muhambetov 21-yanvar kuni hokimiyatda olib borilgan muhokamalar vaqtida.

Hokimiyat lotin yozuviga o‘tish uchun 19 million tengega (50 ming AQSH dollari) yaqin mablag‘ ajratdi, dedi Qostanay viloyatining tillarni rivojlantirish bo‘limi rahbari Guljan Mendekinova muhokama chogʻida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, budjetning yarmi 21 ta ijtimoiy loyihani amalga oshirgan nodavlat tashkiloti tominidan ajratilgan.

Ko‘p maktablar oʻz nomlarini lotin imlosida yozmoqda va ular o‘zgartirilmoqda, dedi Mendekinova. Yangi binolar, xiyobon va maydonlar kabi boshqa jamoat joylarining nomlari, axborotlari ham endi lotin tilida yozilishi kerak.

O‘zgarishlar boshqa sohalarda ham joriy qilinmoqda. 2018-yil boshida telekanallar va bosma nashrlar lotin imlosiga o‘tishni boshladi, deb xabar berdi Kazinform.

Olmaotalik multiplikator Murat Dilmanov orfografik o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlashini aytadi.

“Lotin yozuvidagi qozoq tili menga maʼqul boʻldi. Yangi imlo grammatikaga salbiy ta’sir qilmaydi degan umiddaman”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Yangi siyosatga qarshilar esa, Qozog‘istonda imlo masalasidan ko‘ra muhimroq muammolar talay ekanini taʼkidlamoqdalar.

“Muammolarimiz yetarlicha, xrushevkalardan foydalanmay o‘z uyimizni qurishimiz zarur”, dedi Dilmanov bunday tanqidlarga javoban.

Rus tili boʻyicha referendum

Kirill yozuvidan lotinga oʻtish boʻyicha xuddi shu kabi talablar Qirgʻizistonda ham yangramoqda. Qirgʻizistonlik faollar mamlakatda rus tili taqdirini hal qilish uchun eng avvalo umumxalq referendumini oʻtkazishga chaqirmoqdalar.

15-yanvar kuni 47 tashkilot, jumladan, siyosiy partiyalar, faollar va fuqarolik guruhlari vakillari ishtirokida oʻtgan “Qirgʻiziston – kecha, bugun va ertaga” qurultoyida rus tilini rasmiy til maqomidan mahrum qilish masalasi koʻtarildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Qirg‘izistonda faqat bitta davlat tili boʻlishi kerak – u ham boʻlsa qirg‘iz tili, deb uqtirmoqda ular.

Konstitutsiyaviy islohotlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqqan olimlar 24-noyabr kuni referendum o‘tkazishni taklif qilmoqdalar.

Qirg‘iziston hukumati 2000-yil may oyida qirg‘iz tiliga davlat tili va rus tiliga rasmiy til maqomini beruvchi qonunni imzolagan, ularning ikkovi ham davlat va huquq sohalarida, shuningdek, millatlararo muloqotda ham qo‘llanishi mumkinligi belgilangan edi.

Qirg‘iz tili texnik jihatdan rus tilidan ustunroq bo‘lsa-da, bu qonun qirg‘iz va rus tillarini bir xil darajaga qo‘ygan edi.

Qonun 2000-yil 24-may kuni o‘sha vaqtdagi prezident Asqar Akayev tomonidan chiqarilgan rus tilini rivojlantirishga oid farmonga asoslangan.

Farmon qirg‘iz tilida so‘zlashuvchi ko‘pchilik hukumatni boshqarishni boshlaganidan soʻng, boy va malakali rusiyzabonlarni kamsitilish xavfi tufayli mamlakatni tark etish niyatidan qaytarishni koʻzlagan edi.

Qirg‘iziston milliy statistika qo‘mitasiga koʻra, 1991-2000-yillar oralig‘ida Qirg‘izistonni 400 mingga yaqin fuqaro tark etgan. Ularning ko‘pchiligi Rossiyaga ko‘chib ketgan.

“1993-yildagi Konstitutsiyada rus tiliga rasmiy til maqomi berilmagan edi”, deydi bishkeklik faollardan biri, qurultoyning tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Aybek Buzurmankulov.

Oʻshanda Qirgʻiziston konstitutsiyasida qirg‘iz tiliga davlat tili maqomi berilgan boʻlib, ayni vaqtda “rus tili va respublika aholisi tomonidan qo‘llaniladigan barcha boshqa tillarning saqlab qolinishi, teng huquqli va erkin rivojlanishi” kafolatlangan edi.

Qirg‘iz tili rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash

Sobiq bosh prokuror va deputat Azimbek Beknazarovga koʻra, Akayev 2000-yilda rus tiliga rasmiy til maqomini berar ekan, 1993-yilda qirg‘iz tilini asosiy davlat tili sifatida belgilab qoʻygan konstitutsiya meʼyorlariga xilof ish tutgan.

“Savol tug‘iladi – bu tashabbus mamlakat bosh qonuniga xilof ravishda kuchga kiritilgan ekan, nima uchun orqaga qaytib uni qayta ko‘rib chiqmaslik kerak?”, dedi u Karvonsaroy nashriga. U mazkur masala so‘nggi haftalarda Qirg‘iziston aholisi orasida qaytadan muhokama qilina boshlaganini eslatib oʻtgan.

“Bugungi kunda biz suveren davlatmiz va qoʻshni Qozogʻiston kabi lotin alifbosiga oʻtish masalasini ham koʻtarib chiqishga haqlimiz”, dedi u mamlakatning lotin yozuviga oʻtish ehtimolini nazarda tutar ekan.

“Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi sifatida oʻz tilimiz va madaniyatimizni jahon darajasiga olib chiqishimiz lozim.”

Qirgʻizistonda rus tiliga rasmiy til maqomi berilganidan soʻng, qirgʻiz tili rivojlanishdan toʻxtab qoldi, dedi u 1990-yillarda qirgʻiz tilining mamlakatdagi asosiy til sifatida murakkablashib, lugʻaviy boyligi oshib borganini nazarda tutar ekan.

“Biz qonunlarni oʻz davlat tilimizda yozishimiz shart, rus tili esa millatlararo muloqot tili boʻlib qolishi kerak”, dedi u.

Rus tilini rasmiy til maqomidan mahrum qilish masalasi noyabr oyida oʻtadigan referendumda hal etiladi, dedi Beknazarov.

Qirgʻiz tilining maqomini mustahkamlash jamiyatning oʻzlikni anglashi yoʻlidagi tabiiy jarayondir, deydi bishkeklik siyosiy tahlilchi Timur Isabayev.

“Bu bizning tilimiz, madaniyatimiz, bizning borimiz. Albatta, uni qoʻllab-quvvatlashimiz darkor”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?

26
12
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat Captcha
| 2019-02-11

Moldovaliklar ham turk emas, lekin birinchi boʻlib lotin yozuviga oʻtishgan

Javob berish
| 2019-02-02

Tojikistonda lotin yozuviga o‘tish kerak emas, chunki ular turkiy xalq emas.

Javob berish
| 2019-02-03

Nega endi faqat turkiy xalqlar lotin yozuviga o‘tishi kerak???

Javob berish