Karvonsaroy
Xavfsizlik

SDK qoʻmondoni: “Islom davlati” bir oy ichida tor-mor etiladi

AFP

Suriyada magʻlub etilgan ID avtomashinasi qoldiqlari. (SDK)

Suriyada magʻlub etilgan ID avtomashinasi qoldiqlari. (SDK)

Suriyada “Islom davlati”ga (ID) qarshi operatsiya yakuniga yetmoqda, bir oy ichida jangarilarning soʻnggi oʻchoqlari butunlay yoʻq qilinadi , deydi bosh qoʻmondon.

“Askarlarimizning ID va uning soʻnggi oʻchogʻiga qarshi operatsiyasi yakuniga yetgan va hozirda ID jangarilari bitta tumanda qurshovga olingan”, dedi SDK bosh qoʻmondoni Mazlum Kobaniy.

SDK Suriya sharqidagi Frot vodiysida guruhning soʻnggi qarshilik oʻchoqlarini tor-mor etish boʻyicha operatsiyaning yakuniy boshqichini xalqaro koalitsiya koʻmagida amalga oshirmoqda.

Ushbu hududda boʻlib turgan ID qoldiqlarini yoʻq qilish uchun bizga bir oy kerak boʻladi, dedi Kobaniy Suriya shimoli-sharqidagi Al-Hasake shahrida.

SDK bosh qoʻmondoni Mazlum Kobaniy Suriyaning Hasake shahri yaqinida AFP muxbiri bilan suhbatlashmoqda, 24-yanvar. (Delil Sulaymon/AFP)

SDK bosh qoʻmondoni Mazlum Kobaniy Suriyaning Hasake shahri yaqinida AFP muxbiri bilan suhbatlashmoqda, 24-yanvar. (Delil Sulaymon/AFP)

Suriya inson huquqlari observatoriyasiga koʻra, “Xajin darasi” deb ataluvchi hududda boʻlib oʻtgan shiddatli janglar davomida ikkala tarafdan yuzlab odamlar halok boʻlganlar.

“Uyqudagi guruhlar”

O‘tgan yili ID Xajin shaharchasini qo‘ldan boy bergan boʻlib, uning kuchsizlanishi natijasida Arab-Kurd ittifoqi guruh nazoratida boʻlgan qishloqlarni ketma-ket zabt eta boshladi.

Kobaniyning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilda guruh SDK tomonidan Suriyadagi norasmiy poytaxti – Raqqadan quvib chiqarilganidan keyin ID o‘z strategiyasini o‘zgartirgani sababli jang olib borish qiyinlashgan.

Yangi taktikalar “uyqudagi guruhlar, maxfiy yollash amaliyotlari, hudkushlik hujumlari, portlashlar va qotilliklarni amalga oshirishni” o‘z ichiga oladi, deydi u.

“Ularning harbiy hozirligi oʻz yekuniga yetgach, IDning harbiy kuchlarimizga qarshi operatsiyalari kuchayishi kutilmoqda”, dedi u.

ID Suriyaning ulkan Badiya sahrosida o‘z hozirligini saqlab qolgan va SDK nazoratidagi hududlarga qarata hujumlar amalga oshirilishini aytgan.

SDK Suriyadagi xalqaro koalitsiyaning asosiy hamkori boʻlib, o‘z xavfsizligini kafolatlash maqsadida Suriya hukumatiga murojaat qilgan, ammo Kobaniy muzokaralar juda qiyin kechganini aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Suriyada Rossiya faqat maktablar va shifoxonalarni yo‘q qilgan. ISHIDga qarshi esa g‘arb kurashgan.

Javob berish