| Ta’lim

AQSH Markaziy Osiyolik talaba qizlarni ilgʻor texnologiyalarni oʻrganish dasturiga taklif etmoqda

Kanat Altinbayev


“TechGirls 2018” dasturi ishtirokchisi Virjiniya politexnika instituti va davlat universitetida dasturlashni o‘rganmoqda, Bleksburg, Virjiniya, 2019-yil, iyul. Ishtirokchilarga o‘z kompyuter o‘yinlarini yaratish vazifasi qoʻyilgan.  (Virjiniya politexnika instituti va davlat universiteti/Facebook)

“TechGirls 2018” dasturi ishtirokchisi Virjiniya politexnika instituti va davlat universitetida dasturlashni o‘rganmoqda, Bleksburg, Virjiniya, 2019-yil, iyul. Ishtirokchilarga o‘z kompyuter o‘yinlarini yaratish vazifasi qoʻyilgan.  (Virjiniya politexnika instituti va davlat universiteti/Facebook)

OLMAOTA – Bu yil yozda Markaziy Osiyolik 24 nafar talaba Qo‘shma Shtatlarning Virjiniya politexnika instituti va davlat universitetidagi intensiv oʻquv lagerida texnologiya sohasi boʻyicha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Har yili oʻtkaziladigan “TechGirls” dasturi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikalik qizlarga STEM – fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika sohalari boʻyicha taʼlim berishga qaratilgan.

Dastur AQSH davlat departamenti tomonidan amalga oshiriladi va “Legacy International” nodavlat tashkiloti tomonidan boshqariladi.


O‘tgan yilning iyul oyida “TechGirls 2018” dasturi ishtirokchilari Virjiniya shtatining Bleksburg shahridagi Virjiniya politexnika instituti va davlat universitetida bir-birlari bilan tanishmoqdalar. (TechGirls/Facebook)

O‘tgan yilning iyul oyida “TechGirls 2018” dasturi ishtirokchilari Virjiniya shtatining Bleksburg shahridagi Virjiniya politexnika instituti va davlat universitetida bir-birlari bilan tanishmoqdalar. (TechGirls/Facebook)


“TechGirls 2019” posterida ariza topshirishning so‘nggi muddati 14-fevral ekanligi koʻrsatilgan. (TechGirls/Facebook)

“TechGirls 2019” posterida ariza topshirishning so‘nggi muddati 14-fevral ekanligi koʻrsatilgan. (TechGirls/Facebook)

5-31-iyul kunlariga moʻljallangan dastur doirasida 15-17 yoshlardagi qozog‘istonlik, qirg‘izistonlik, tojikistonlik va o‘zbekistonlik qizlar kod yozish, dasturlash tillari va kiber-xavfsizlikni o‘rganadilar, deyiladi “TechGirls” veb-sahifasida.

Ishtirokchilar Bleksburg shahridagi (Virjiniya shtati) Virjiniya politexnika instituti va davlat universitetining interaktiv laboratoriyalarida qimmatli ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi bayonotida aytilishicha, qizlar Vashington shahrida joylashgan texnologik kompaniyalar, zamonaviy klinikalarga tashrif buyuradilar va rejalashtirish boʻyicha seminarlarda qatnashadilar.

Shu bilan birga, jamoatchilikka xizmat ko‘rsatish va madaniyatlararo hamkorlikka oid tadbirlar hamda Virjiniyadagi amerikalik oilalar bilan dam olish kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgan, deyiladi bayonotda.

Elchixonaga xabariga ko‘ra, barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi. Ariza topshirish uchun so‘nggi muddat – payshanba (14-fevral).

Vatandagi muammolarni hal etish

Dasturga muvofiq, qizlar vatanlariga qaytganlaridan soʻng “amalga oshirish kerak bo‘lgan jamiyat uchun foydali loyihalar rejasini tuzib oladilar”, deb xabar beradi elchixona.

Bu loyihalar Qo‘shma Shtatlarda olingan ko‘nikmalar va aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, orttirilgan tajriba yuqori sinf o‘quvchilariga oliy ta’lim olish va STEM yo‘nalishida karyera qilishga yordam beradi.

Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi matematika va fizikaga ixtisoslashgan o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi Natalyia Selivanova “TechGirls 2019” dasturida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

“Bu juda ajoyib yangilik! Men dasturlashni o‘rganish va talabgir mutaxassis bo‘lishni orzu qilar edim”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Bu men uchun yaxshi imkoniyat.”

“TechGirls 2019” dasturida ishtirok etishni xohlovchilar dastur veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Barcha ma’lumotlarni Markaziy Osiyo davlatlaridagi AQSH elchixonalaridan olish mumkin.

Xotin-qizlar maqomini oshirish

AQSH davlat departamentiga koʻra, TechGirls loyihasi butun dunyoda xotin-qizlar maqomi oshirish, STEM taʼlimini rivojlantirish hamda AQSH va boshqa mamlakatlar yoshlari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati faollari ushbu dasturni patriarxal mamlakatda yashovchi qizlarning potensialini roʻyobga chiqarish imkoni sifatida baholaydilar.

TechGirls loyihasiga koʻra, qizlar oʻzlari qiziqqan sohalarni 15-17 yoshdan oʻrgana boshlashi kerak, deydi “Jayna” xalqaro ayollar forumi asoschisi Aliya Jolboldina. Uning oʻzi ham AQSH davlat departamenti dasturining bitiruvchisi hisoblanadi.

“Sababi, bu yoshdan keyin vaqt oʻtgan boʻladi, qizlar texnologik sohalar bilan shugʻullanishdan choʻchib, goʻzallik, moda, psixologiya kabi “qizlarga xos“ kasblarni tanlaydilar”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Jolboldinaning aytishicha, bugungi kunda butun dunyoda odatdagi gender rollari tubdan oʻzgarmoqda va erkaklar uchun anʼanaviy boʻlgan sohalarda ayollar ham muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. STEM sohasi – shular jumlasidan.

“Oʻylaymanki, yana 10 yildan soʻng biz Markaziy Osiyoda robotlar yaratadigan, inqilobiy kompyuter dasturlarini yozadigan va ilmiy kashfiyotlar qiladigan, STEM sohalarida muvaffaqiyatga erishgan yosh ayollar davriga guvoh boʻlamiz”, deydi Jolboldina.

Sizga maqola yoqdimi?

11
1
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat Captcha
| 2019-02-25

Yoshim 34 da, men ham qatnasha olamanmi?

Javob berish
| 2019-02-21

Amerika muslima ayollarga qarshi, ularning eʼtiqodi va psixologiyasini buzishni xohlaydi. Bu yerda boshqa siyosiy reja bor. Bizning opa-singillarimiz oʻz mentalitetiga ega. Amerika hech qachon bizga doʻst boʻlmaydi. Ularning yahudiycha rejalari bor.

Javob berish
| 2019-02-20

Rahmat Amerika ))

Javob berish