http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/03/01/feature-01
| Terrorizm

AQSH qo‘llab-quvvatlovidagi kuchlar IDning Suriyadagi so‘nggi tayanchiga hujum qilishga tayyor

AFP

Kurdlar boshchiligidagi Suriya demokratik kuchlari (SDK) a’zosi Suriyaning Bog‘uz qishlogʻidagi “Islom davlati” (ID) qo‘rg‘onidan qochgan ayol va uning farzandini qo‘riqlamoqda, 27-fevral kuni olingan surat. (Bulent Kilich/AFP)

BOG‘UZ, Suriya – Payshanba (27-fevral) kuni kurdlar boshchiligidagi jangovar kuchlar sharqiy Suriyadagi so‘nggi hududini himoya qilayotgan jangarilarga zarba berishga tayyorgarlik koʻrdilar.

Shunday boʻlsa-da, SDK kuchlari “Islom davlati” (ID) guruhining so‘nggi qalʼasi joylashgan Bog‘uzdan kelayotgan oilalar oqimini uddalashda qiynalmoqda.

“Biz keyingi bosqichga – u yerda qolayotgan jangarilarga hujum qilish yoki ularni taslim etish bosqichiga o‘tishimiz uchun evakuatsiya operatsiyasining tezroq tugashini istaymiz, dedi SDK vakili Adnan Afrin AFP nashriga.

Kurdlar boshchiligidagi Suriya demokratik kuchlari (SDK) a’zosi Suriyaning Bog‘uz qishlogʻidagi ID qo‘rg‘onida yaralangan odamga yordam bermoqda, 27-fevral kuni olingan surat. (Bulent Kilich/AFP)

Kurdlar boshchiligidagi Suriya demokratik kuchlari (SDK) a’zosi Suriyaning Bog‘uz qishlogʻidagi “Islom davlati” (ID) qo‘rg‘onidan qochgan ayolga yordam bermoqda, 27-fevral kuni olingan surat. (Bulent Kilich/AFP)

Suriyada so‘nggi kunlarda tor-mor etilgan “Islom davlati” (ID) guruhiga tegishli avtomashina qoldiqlari. (SDK)

SDKga ko‘ra, IDning Ifrot daryosi bo‘yidagi yarim kvadrat kilometr hududda joylashgan so‘nggi qo‘rg‘onida bir necha yuzdan bir necha ming nafargacha odam bor deb taxmin qilinmoqda.

“U yerdagi oddiy fuqarolar soni haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz, ammo har kuni u yerdan qancha odam chiqayotganini koʻrib hayron qolyapmiz. Biz bunday boʻlishini kutmagandik”, dedi Afrin.

Shu bilan birga, payshanba kuni SDK jangarilar qoʻlida tutqunlikda ushlab turilgan 24 nafar safdoshini ozod qilganini aytgan, ammo bu haqda batafsil ma’lumot bermagan.

Xorijliklar

Oxirgi vaqtlarda jangarilar tomonidan odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanish bilan bogʻliq holatlar kamroq kuzatildi, odatda bunday hollarda quruqlikda hujumga tayyorlanish uchun havodan zarba berish istisno qilinadi.

AQSH qo‘llab-quvvatlovidagi SDK Bog‘uzning g‘arbi va shimolidan qo‘zg‘alishga tayyor, bir vaqtning o‘zida qamalni yakkalab olgan Suriya rejimi tarafdorlari bo‘lgan kuchlar va Iroq harbiy bo‘linmalari daryo sohili va chegara boʻylab joylashgan.

So‘nggi kunlarda qo‘rg‘onni tark etgan ayollardan olingan ma’lumotga ko‘ra, ID ko‘p oilalarni piyoda yurib borish mumkin boʻlgan tepalikdan qo‘yib yubormoqda, ular u yerdan yig‘ilish nuqtasiga o‘tib, taslim bo‘lishlari mumkin.

“Bu yerdan bizni olib ketadigan mashinani juda uzoq kutdik”, deydi Mayadinda yashagan Nadiya al-Hamid.

“ID jangarilarining ba’zilari o‘sha yerda o‘lmoqchi ekanini aytgan”, dedi u. Uning ta’kidlashicha, u yerda faqat xorijlik jangarilar qolgan.

Asosan boshdan oyoq qora kiyimga o‘rangan, qo‘llari esa parvarishsiz qolgan bolalalar va xaltalarga to‘lgan Nadiyaga o‘xshash minglab ayollar shu kunlarda Al-Xol lageriga olib borilgan.

Qochqinlar oqimi Kurdlarni hayratda qoldirar ekan, ular dunyo hamjamiyatini imkon qadar tezroq yordam berishga chaqirganlar.

Ochiq havoda tunash

Besh yil avval o‘zini davlat deb e’lon qilgan guruhning qolgan-qutgan qismlarida oylab vaqt o‘tkazgan tinch fuqarolardan ko‘pchiligining jismoniy va ruhiy holati achinarli darajada.

“Yangi kelganlar orasida 100 dan ortiq diareya holatlari kuzatilgan, shuningdek, dizenteriya tarqalishining oldini olish choralari davom etmoqda”, deb xabar berdi Xalqaro qutqarish qo‘mitasi (IRC).

“Lagerda minglab odamlar ochiq joylarda uxlayapti, ular sovuq, shamol va yomg‘ir tagida qolib ketgan”, dedi IRCning Yaqin Sharq bo‘yicha rahbari Misti Buzvel.

“Ko‘pchilik bolalar poyafzal va issiq kiyimlarsiz qolib ketganlar”, deb qo‘shimcha qildi u.

ID “xalifaligi” vayronalaridan chiqqan yuzlab bolalarning jarohatini davolash uchun esa hali koʻp ishlar qilinishi kerak, deb bayonot bergan Britaniyaning “Save the Children” tashkiloti.

“Save the Children” ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ko‘pi boshni tanadan judo qilish va toshbo‘ron kabi dahshatli amaliyotlarga guvoh bo‘lishdi, ochlik va kundalik bomba hujumlarini boshdan oʻtkazdi.

ID jangarilari deya gumon qilingan erkaklarning ayrimlari esa Suriya shimoli-sharqida joylashgan kurdlar boshqaruvidagi lagerlarga jo‘natilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
20
Yo‘q
Fikrlar 4
Siyosat
Captcha
| 2019-03-11

AQSH qanday qilib oʻziga qarshi kurashishi mumkin? )))

Javob berish
| 2019-03-01

Aslida faqat AQSH ISHIDga qarshi kurashmoqda. Rossiya esa ISHIDni qo‘llab-quvvatlagan va Suriyaning tinch aholisi, klinika, maktab va shifoxonalarni bombardimon qilgan. Ifloslar!

Javob berish
| 2019-03-08

Voqealardan bexabarga oʻxshaysiz...

Javob berish
| 2019-03-08

Nimalar bo‘layotganini bilmaysiz shekilli

Javob berish