http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/03/08/feature-01?language_switcher=true
| Xavfsizlik

Xitoy Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kamaytirmoqda

Kanat Altinbayev

2018-yilning 17-27-sentabr kunlari Qozog‘istoning Mang‘istou viloyatida qozog‘istonlik askarlar Batis-2018 harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Xitoy Qozog‘istonga jangovar dronlar yetkazib beradi va mamlakat qurolli kuchlarini texnik ko‘mak bilan ta’minlaydi. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

OLMAOTA – Pekinning Markaziy Osiyodagi nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi tobora ortib borayotgan ta’siri avvallari mintaqada “xavfsizlik kafolatchisi” bo‘lgan Moskva bilan kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Mintaqada Moskva himoyachi va Pekin sarmoyachi bo‘lgan Rossiya va Xitoyning birodarlik kelishuvi borasidagi taxminlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

“Xitoy va Rossiya Markaziy Osiyoda bir-biriga raqobatchi”, deydi Ukrainaning Kiyev shahridagi Armiya, konversiya va qurolsizlanish bo‘yicha tadqiqotlar markazining Osiyo-Tinch okeani hududi boʻyicha rahbari Yuriy Poyta.

Qozog‘iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev va Xitoyning Qozog‘istondagi elchisi Chjan Syao o‘rtasida muzokara boʻlib o‘tdi, Ostona, 2018-yil, 16-noyabr. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

2017-yilning 9-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari Ostonada uchrashuv oʻtkazdilar. (Qozog‘iston mudofaa vazirligi)

Xitoy o‘zining “yumshoq kuch” siyosati quroli bo‘lmish investitsiya loyihalari Rossiyaning himoyasiga qaram boʻlib qolishini xohlamaydi, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Oʻz navbatida, Moskva ham harbiy kuchdan tashqari mintaqaga iqtisodiy sohada koʻp narsa bera olmasligini tushunadi va Pekinning tobora kuchayib, Markaziy Osiyo respublikalarini o‘z qanoti ostiga olishini indamay kuzatib tura olmaydi”, dedi u.

“Shu sababli ham, Xitoy va Rossiya bir-biridan mustaqil oʻyin olib bormoqda”, dedi u.

Pekin Mosvadan o‘zib ketmoqda

Moskva Markaziy Osiyoning xavfsizlik sohasida Xitoy bilan hamkorlik qilayotganidan norozi, dedi Poyta.

Xitoy mintaqaga turli koʻrinishdagi harbiy koʻmak taqdim etmoqda, dedi u. Bular orasida Turkmanistonga yordam sifatida hadya qilingan havo mudofaasi tizimi, dronlar va yengil zirhlangan mashinalarni misol qilish mumkin. Qozog‘iston va O‘zbekiston ham Xitoydan jangovar dronlar va qurolli kuchlar uchun moʻljallangan texnik yordamni qabul qilib oldi.

Xitoy Markaziy Osiyoda Rossiyaning qarashlarini hisobga olmagan holda o‘z manfaatini ko‘zlamoqda, dedi Olmaotada joylashgan Osiyo tadqiqotlari instituti rahbari Sultan Akimbekov.

“Pekin Rossiya manfaatlarini inobatga olmaydi”, deb aytgan u 26-oktabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoda mintaqaviy va global xavfsizlikka oid yangi muammolar va yondashuvlar” nomli anjuman chogʻida, deb yozadi Kursiv.kz nashri.

“Misol uchun, joriy yilning kuz oylarida Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan birgalikda harbiy mashqlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, dedi u. “Tojikiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (Kreml boshchiligidagi bir necha sobiq Sovet respublikalarining harbiy ittifoqi) a’zosi hisoblanadi va Rossiya ittifoqchisi deb koʻriladi.”

“Ammo bu tadbirda Rossiya umuman ishtirok etmayapti.”

Kuch muvozanatining o‘zgarishi

“Xitoyning kuchayib borayotgan roli Markaziy Osiyodagi kuch muvozanatini o‘zgartirmoqda”, dedi Akimbekov.

Siyosatshunos va Gruziyaning strategik tahlil markazi asoschisi, tbilisilik Nodar Xarshiladze Xitoy o‘z qo‘shnilari bilan birga o‘tkazayotgan harbiy mashqlar haqida Akimbekovning fikrlariga hamohang tahlilllar bilan oʻrtoqlashdi.

“Ikki kuch Markaziy Osiyoda siyosiy ustunlik borasida raqobatlashmoqda”, dedi u Karvonsaroyga. “Bir vaqtning o‘zida Xitoy diniy radikallashuvga oid umumiy tahdidlarga qarshi kurash maqsadida harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda.”

Xitoy Yaqin Sharqdan chiqqan terrorchilik guruhlarining faollashuvidan xavotirda, deydi xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis, ostonalik Ruslan Nazarov.

Pekin Xitoy va Afg‘oniston bilan chegaradosh hamda Afg‘oniston bilan eng uzun umumiy chegaraga ega Tojikiston bilan harbiy hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratmoqda, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Rossiya mintaqa uchun 100 foizlik xavfsizlikni kafolatlamaydi, dedi u. Tang vaziyatda Markaziy Osiyo mamlakatlari Moskvaga umid qila olmaydilar, deb qo‘shimcha qildi u.

Xitoy harbiy hamkorlik o‘rnatmoqda

Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni izchil mustahkamlab bormoqda.

Sentabr oyining boshlarida, Xitoy Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Syuy Tsilyan Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurdi va bu davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashdi.

Tomonlar harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni muhokama qildilar va mintaqaviy xavfsizlik borasida fikr almashdilar, deb xabar bergan Qozog‘iston mudofaa vazirligi.

Syuyning Bishkekka tashrifi chog‘ida tomonlar harbiy hamkorlik memorandumini, Qirg‘izistonga taqdim etiladigan Xitoy granti bo‘yicha shartnoma, Xitoy qurol-aslahalari va harbiy texnikasini yetkazib berishga oid bitimni imzoladilar, deb xabar bergan Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi matbuot xizmati.

Bir necha kundan soʻng, 11-sentyabr kuni Ostona shahrida Qozogʻiston mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Murat Maykeyev Xitoyning Gʻarbiy harbiy okrugi bosh qoʻmondoni, general Chjao Szuntsini qabul qildi.

Qozogʻiston mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda Xitoy harbiy akademiyasida qozoq harbiylarining kelgusi tayyorgarligi va qoʻshma mashqlarni tashkil etish masalalari muhokama qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?
49
Yo‘q
Fikrlar 30
Siyosat
Captcha
| 2019-06-16

Baribir Rossiya yanada xavfli va pastkash davlat.

Javob berish
| 2019-06-08

Xitoy allaqachon Rossiyaning Uzoq Sharqini oʻz domiga torta boshlagan, sababi (rossiyalik) amaldorlar bunga koʻz yumib, oʻgʻirlashda davom etmoqdalar.

Javob berish
| 2019-05-03

Eshitishimcha, Xitoy oʻz qarzi uchun Afrikaning qayeridadir yagona aeroport va media kompaniyani tortib olgan. Qozogʻiston Xitoyga qancha qarz?

Javob berish
| 2019-04-23

Harbiy sohada Rossiya bizning ittifoqdoshimiz, lekin agar Xitoy bizga tekinga harbiy texnika taqdim etmoqchi boʻlsa, buning ortida qandaydir gʻarazli rejalar boʻladi, Qozogʻiston Rossiyaning asosiy ittifoqchisi va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi

Javob berish
| 2019-04-21

Birinchidan, qaysi tilda gaplashyapsiz? Soxta vatanparvarlarning gapiga uchib, kimnidir qoralashdan oldin oʻylab koʻring! Sizga shu kerakmi?

Javob berish
| 2019-03-27

Xitoy juda rasvo mamlakat, Xitoydagi musulmonlarning hammasi dini sabab qamoqda.

Javob berish
| 2019-03-26

Endi yomon boʻladi

Javob berish
| 2019-03-23

Biror falokatga yoʻliqasizlar

Javob berish
| 2019-03-22

Xitoy terror va fashizm mamlakati, musulmonlarni nima qilayotganlarini koʻringlar, ularni oʻlim lagerlariga yuborib, dahriylikdan dars berishyapti, Xitoydan ehtiyot boʻlinglar

Javob berish
| 2019-03-22

Xitoyning maqsadi bizni qurolsiz, qanday usul bilan boʻlmasin bosib olish. Har qanday holatda ham ruslardan yuz oʻgirmasligimiz kerak.

Javob berish
| 2019-03-18

Rossiya endi uzoqroqda turadi, chunki u Xitoyga raqib boʻlolmaydi.

Javob berish
| 2019-03-22

Rossiyaning quroli qudratliroq, shuni unutmanglar!

Javob berish
| 2019-03-15

Endi fashist Rossiyaga qarshi jang qilishga toʻgʻri keladi

Javob berish
| 2019-03-14

Biz sobiq SSSRdagi boshqa xalqlar bilan, quroldosh birodarlar singari Germaniyaga qarshi jang qilganmiz, Xitoyni esa bilmaymiz.

Javob berish
| 2019-03-13

Nimaga qozoq qo‘shinlari deb yozilgan? Biz rus qo‘shinlari demaymiz yoki yozmaymiz-ku! Butun dunyoda qozoqlar ko‘p, ruslar ham. Armiya Qozog‘istonniki, shunga ham Qozog‘iston armiyasi deyilishi kerak! Rossiya armiyasi deb nomlanishi kerak.

Javob berish
| 2019-03-14

Qozogʻiston xuddi ikki er orasida qolgan xotinga oʻxshaydi.

Javob berish
| 2019-03-15

Ona Rossiya, deyishadiku. Demak, u xotin kishi

Javob berish
| 2019-03-11

Koʻproq yovvoyi Rossiyadan qoʻrqish kerak, madaniyatli Xitoydan emas.

Javob berish
| 2019-03-14

Rossiya qozoqlarning eng xavfli dushmani, ular doim qozoqlarni qirishni va yerlarimizni egallab olishni xohlaydilar. Xitoy ham dushman, lekin u bilan hamkorlik qilsa boʻladi. Asosiysi, migratsiyani nazorat qilish hamda makkorona va ehtiyotkor siyosat yuritish.

Javob berish
| 2019-03-16

Ehtimol haqdirsiz!... Qiziq versiya bu! )

Javob berish
| 2019-03-19

Rossiya boʻlmaganda, Qozogʻiston ham boʻlmas edi. Xitoy esa hozir yumshoqlik qilyapti, keyin juda-juda qattiq boʻladi.

Javob berish
| 2019-06-14

Toʻgʻri

Javob berish
| 2019-03-11

Shodlaning, shodlaning qozoq va amerikaliklar. Xitoyliklar qozoqlarni taslim qilib, qulga aylantirishadi, keyin koʻramiz jilmayishingizni. Amerikaliklar esa mintaqada oʻz pozitsiyalarini boy bermoqdalar.

Javob berish
| 2019-03-11

Yolgʻonsaroyning BOʻSHLIQQA “yevrointegratsiyalashayotgan” Gruziya va Ukrainaning gʻaroyib “ekspertlari” ogʻzidan yulib olingan navbatdagi ushalmas orzusi! Bir narsa tushunarsiz, turgan-bitgani axmoq boʻlgan bu sotqin soxta vatanparvarlar orasida Qozogʻiston siyosatchilari nima qilib yuribdi?

Javob berish
| 2019-03-11

Aynan Xitoy Qozogʻiston va Markaziy Osiyo davlatlari uchun fashist Rossiyadan himoyadir

Javob berish
| 2019-03-11

Oʻlib ket Xitoy vatanparvari

Javob berish
| 2019-03-24

Toʻgʻri!

Javob berish
| 2019-03-10

Markaziy Osiyoni urushsiz qo‘lga olishadi sotqin generallar

Javob berish
| 2019-03-08

Mana shuning uchun ham Qozog‘istonda Xitoyga qarshi Rossiyaning tashviqoti amal qiladi

Javob berish
| 2019-03-24

Toʻgʻri!

Javob berish