Karvonsaroy
Biznes

Oʻshda USAID koʻmagida omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi ochildi

Karvonsaroy

12-mart kuni Oʻsh shahrida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va “Oazis Agro” MCHJ tomonidan omuxta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushirildi. (Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi)

12-mart kuni Oʻsh shahrida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va “Oazis Agro” MCHJ tomonidan omuxta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushirildi. (Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi)

OʻSH – Seshanba (12-mart) kuni Oʻsh shahrida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi va “Oazis Agro” MCHJ chorva va parranda ozuqasi ishlab chiqaruvchi yangi korxonaning ochilish marosimini oʻtkazdi. Bu haqda AQSHning Bishkekdagi elchixonasi xabar berdi.

Ochilish marosimida Oʻsh shahri hokimi oʻrinbosari Saibjan Turduyev va USAIDning Qirgʻizistondagi iqtisodiy taraqqiyot idorasi rahbari Geri Shu ishtirok etdi.

“Oazis Agro” MCHJ parranda va chorva uchun yuqori sifatli yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyadir.

Yangi ochilgan korxonaning yiliga 7,2 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangani uni Qirgʻizistonda shu turdagi eng yirik va yetakchi korxonalardan biriga aylantiradi.

Oʻshdagi korxona 20 ga yaqin odamni ish bilan taʼminlashi va 1500 ta uy xoʻjaligi uchun manfaatli boʻlishi kutilmoqda. (Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi)

Oʻshdagi korxona 20 ga yaqin odamni ish bilan taʼminlashi va 1500 ta uy xoʻjaligi uchun manfaatli boʻlishi kutilmoqda. (Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi)

Yangi korxona “Agro-Horizon” loyihasi doirasida “Oazis Agro“ MCHJ va USAID hamkorligida moliyalashtirilmoqda. Qoʻshma investitsiyalar hajmi 820 ming AQSH dollarini (57,2 mln. qirgʻiz soʻmi) tashkil qiladi. Korxona 20 nafar odamni ish bilan taʼminlashi va 1500 ta uy xoʻjaligi uchun manfaatli boʻlishi kutilmoqda.

Korxonaning tantanali ochilish marosimida nutq soʻzlagan Geri Shu USAID Qirgʻizistonda hududlar rivojiga alohida ahamiyat qaratib kelganini taʼkidladi.

Mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash

“Mahalliy tadbirkorlikka koʻmaklashish Qirgʻizistonda qishloqlar aholisining imkoniyatlarini kengaytirishda asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli USAID prezident Jeenbekovning hududlarni rivojlantirishga oid siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi”, dedi Shu.

Sifatli va toʻyintirilgan ozuqani olish imkoniyati qirgʻizistonlik fermerlarga yanada sogʻlomroq parranda va chorva mollari yetishtirish hamda mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Turduyev USAID nafaqat Oʻsh shahri va viloyatida, balki butun Qirgʻizistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga hissa qoʻshayotganini qayd etdi.

USAIDning “Agro Horizon” loyihasi kichik fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarish quvvatlarini hamda mahalliy va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirish orqali ularning daromadini koʻpaytirishga qaratilgan 5 yillik dasturdir.

Mazkur loyiha bugungi kunga qadar 50 dan ortiq hamkor kompaniyalar bilan umumiy qiymati 30 mln. AQSH dollaridan (2,1 mlrd. soʻm) ortiq xususiy investitsiyalarni jalb etgan. Ushbu investitsiyalar qiymat zanjirlarini shakllantirish, kichik dehqon xoʻjaliklarining daromadlarini oshirish, shuningdek, Qirgʻizistonda ishlab chiqariladigan va import oʻrnini bosuvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hamma grantlar janubiy hudud aholisiga berilmoqda. Hukumatning oʻzi odamlarni janub va shimolga ajratib olgan.

Javob berish

Bu amerikaliklarni uzoqroqda ushlash kerak. Muallif yolgʻon gapiribdi, tsex zavod emas.

Javob berish