Karvonsaroy
Ayollar huquqlari

Xalqaro xotin-qizlar kuni Markaziy Osiyoda inson huquqlariga eʼtiborni yangiladi

Kanat Altinbayev

Qozog‘istondagi inqirozli vaziyatlarni hal qilish markazlari uyushmasining oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan qozoq ayollari haqidagi ogohlikka chaqiruvchi posteri. (Qozog‘istondagi inqirozli vaziyatlarni hal qilish markazlari uyushmasi)

Qozog‘istondagi inqirozli vaziyatlarni hal qilish markazlari uyushmasining oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan qozoq ayollari haqidagi ogohlikka chaqiruvchi posteri. (Qozog‘istondagi inqirozli vaziyatlarni hal qilish markazlari uyushmasi)

OLMAOTA – O‘tgan hafta Markaziy Osiyo mamlakatlari Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlar ekan, faollar bu bayram mintaqa ayollarining maishiy zo‘ravonlik va gender tengsizligi kabi muammolardan aziyat chekayotganliklari haqida ogohlantirib turishi zarurligini aytmoqdalar.

Ayollarning jamiyatdagi quyi maqomi 2013-yildan boshlab Markaziy Osiyolik radikallashgan minglab fuqarolarning Suriya va Iroqdagi“Islom davlati” (ID) safiga qo‘shilishi kabi holatlarlarni yanada ogʻirlashtirgan.

Butun boshli oilalar, jumladan ayollar va bolalar ham urush hududlariga jo‘nab ketishgan, bu qaror asosan erkaklar tomonidan qabul qilingan. Erkak boshqargan bunday oilalarda boshqa tanlov huquqiga ega bo‘lmagan yoki erlari qarorini so‘roq qila olmagan ayollar ularning ortidan ketganlar.

Hukumat yanvar oyida Suriyadan 47 ta fuqaroni vataniga qaytarar ekan, bunday fuqarolarni farqlay olishini ko‘rsatdi. Erkaklar jangarilikda ayblangan bo‘lsa, ayollar va bolalarga yordam va reabilitatsiyaga muhtoj qurbonlar sifatida qaralgan.

Tojikiston xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi tomonidan 18-30 yoshdagi ayollar uchun tavsiya etilgan milliy libos. (Tojikiston xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi)

Tojikiston xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi tomonidan 18-30 yoshdagi ayollar uchun tavsiya etilgan milliy libos. (Tojikiston xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi)

2016-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari forumi ishtirokchilari uchrashuvi. (Qirg‘iziston xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari forumi/Facebook)

2016-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari forumi ishtirokchilari uchrashuvi. (Qirg‘iziston xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari forumi/Facebook)

Shunday boʻlsa-da, Markaziy Osiyolik koʻplab ayollar, inson huquqlari bilan bog‘liq muammolar qatʼi nazar, ekstremistik guruhlarni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun javobgarlikka tortiladilar va va sud qilinadilar.

Eskirgan stereotiplar

Markaziy Osiyodagi gender tengsizlik hukumat tomonidan yetarlicha e’tibor qaratilmaydigan jiddiy muammo bo‘lib kelgan, deydi ostonalik sotsiolog Yekaterina Prokofyeva Karvonsaroy nashriga.

“Har yili 8-mart kuni ayollarni tabriklashadi, ularga go‘zal va nozik jins vakillari ekanliklari aytiladi, ammo ular o‘z huquqlarini himoya qiladigan boʻlsalar, jamiyat ularning bu intilishlarini qabul qilmaydi”, dedi u.

Bir vaqtning o‘zida Markaziy Osiyoda ayolning o‘rnini belgilovchi ko‘plab urf-odatlar eskirgan va hatto qonunga xilof.

O‘zbekistondagi gender tengsizlik anʼanaviy stereotiplar bilan bog‘liq, deydi Toshkentdagi iqtisodiy taraqqiyot markazi rahbari Yuliy Yusupov Karvonsaroy nashriga.

“Mamlakatimizda gender rollariga shular ta’sir koʻrsatadi”, dedi u. “Oila boshi va boquvchisi sifatida uning moddiy farovonligi uchun masʼul shaxs sifatida erkak kishi kelajagiga sarmoya qilish, uning ta’limi va kasbiy rivojlanishiga e’tibor qaratish muhimroq.”

Xuddi shu stereotiplarga ko‘ra, ayol oila o‘chog‘i va farzandlari tarbiyasiga ma’sul, shu sabab jamiyat ularning ta’limi va martabasini ikkinchi o‘ringa qo‘yadi, dedi Yusupov.

“Ayollar hukumatdagi yuqori lavozimlarda kamchilik ekanligi, kam ta’lim olganligi va maoshlari ham erkaklardan pastroq ekanligi ham ajablanarli emas”, dedi u.

Kelin o‘g‘irlash

Markaziy Osiyoda shu kabi stereotiplar va urf-odatlar sababli ayollar huquqlarining poymol qilinishi davom etmoqda.

Bir paytlar Qirgʻiziston va Qozogʻistonda kelin uchun qalin puli toʻlashga qurbi yetmagan erkaklarning kelin oʻgʻirlash odati mavjud boʻlgan. Bunda kelinning ota-onasiga qalin puli berishga imkoni boʻlmagan kuyov kelinni oʻgʻirlab qoʻya qolgan.

Hozirgi vaqtda esa kelin rozilik bergan taqdirda bu harakat joiz hisoblanadi va boshqa davlatlarda boʻlganidek birgalikda turmush qurish uchun yashirin qochish deb qabul qilinadi, ammo bugungi kunda ayolni uning roziligisiz oʻgʻirlagan “kuyov” jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari va faollarning so‘zlariga ko‘ra, qishloq hududlarida ko‘pchilik erkaklar tarixiy urf-odatlarni saqlab qolish kerak, degan da’vo bilan ayollarni uylanish uchun o‘g‘irlashda davom etmoqdalar.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari bunday vaziyatlarda astoydil jinoiy ish ochishga harakat qilishadi, ammo boʻlajak erlari bilan kelishib olgan aksariyat kelinlar o‘z shikoyatlarini qaytib olishadi, dedi Issiqko‘l politsiya idorasi vakili Stalbek Usubakunov Karvonsaroy nashriga.

“O‘g‘irlangan qizlarning koʻpchiligi politsiya idorasiga bormaydi”, dedi u. “Ular taqdirga tan beradilar.”

Kelin o‘g‘irlash odatining koʻpchilik qurbonlari oʻz huquqlari buzilayotganini tushunishmaydi ham, deydi Bishkekda joylashgan “Open Line” ayollar huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tashkilot rahbari Munara Beknazarova Karvonsaroy nashriga.

“Shu bilan bir vaqtda, Qirg‘iziston inson huquqlariga oid qator xalqaro bitimlar, jumladan, Ayollarga nisbatan har qanday koʻrinishdagi diskriminatsiyaga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyaga a’zo ekani sababli konstitutisiyamiz gender tengligini kafolatlaydi”, dedi u.

Oilaviy zo‘ravonlik xavfi

Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarda oilaviy zo‘ravonlik, ko‘p hollarda ayollar xabar bermaganliklari sababli yashirin bo‘lgan jiddiy ijtimoiy muammoligicha qolmoqda.

Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarining ko‘pchiligi tajovuzkor bilan qolishga majburlar, dedi ostonalik sotsiolog Prokofyeva Karonsaroy nashriga.

“Ko‘p hollarda ayolning borar joyi, farzandlari va o‘zini boqishga puli bo‘lmaydi”, dedi u. “Agar uydan ketadigan boʻlsa, zolim er farzandi va ayoliga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid soladi, ayol bu tahdiddan choʻchiydi.”

So‘nggi yillarda Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik ko‘lami ortdi.

Qozog‘istondagi oilaviy zo‘ravonlik bilan bogʻliq holatlar avvalgi yillardagi ko‘rsatkichga nisbatan 2016-yilda 2,8 foizga va 2017-yilda 4,7 foizga oshgan. Bu haqda 2018-yil mart oyida Olmaotada bo‘lib o‘tgan davra suhbati chog‘ida Qozogʻiston kommunistik partiyasining Olmaota qoʻmitasi Bosh prokuratura xabariga asoslanib ma’lumot bergan.

Har yili Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik sababli 400 nafar ayol hayotdan ko‘z yumadi, degan edi o‘tgan yili Olmaotadagi Qozog‘ison Soros fondining inson huquqlari dasturi koordinatori Ayjan Oshakbayeva Karvonsaroy nashriga.

Gender tengsizligi va qat’iy kiyinish tartibi

Gender tengsizligi masalasida O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng quyi oʻrinni egallaydi.

Jahon Bankining “Women, Business and the Law 2019” (Ayol, biznes va huquq - 2019) jinsiy diskriminatsiya bo‘yicha 2019-yilgi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 70,63 ball bilan dunyo mamlakatlari va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari orasida ham eng past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Hukumatda ayollarning boshqaruv lavozimlaridagi ulushi 2017-yilda 1,7 foiz bo‘lgan, o‘zbek erkaklarning maoshi esa ayollarnikidan 35 foizga ko‘proq bo‘lgan, deyiladi O‘zbekiston hukumati ma’lumotlarida.

O‘zbekistonda ayollar himoyalanmagan, sababi bu boradagi qonunlar ishlamaydi, dedi Fransiyada joylashgan Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi “Le Mans” prezidenti Nadejda Atayeva Karvonsaroy nashriga.

“Buning ustiga, O‘zbekistondagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ham ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada og‘irlashtiradi”, dedi u.

Tojikistondagi kabi oʻta konservativ jamiyatda esa ayollar juda ko‘p cheklovlar ostida yashashga majburlar.

O‘zbekistonda boʻlgani kabi, bu yerda ham ayollar karyera bobida kamroq imkoniyatlarga ega, turmush qurishdan oldin erkaklar bilan uchrasha olmaydilar, ko‘p hollarda bosim ostida turmush quradilar va erlarining uylarida eng quyi o‘rinni egallaydilar.

Shular bilan bir qatorda, Tojikiston hukumati ayollarga kiyinish tartibini belgilab bergan. O‘tgan yili Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi ayollar uchun uy, ish, kundalik, milliy va to‘ylarda turli xil liboslarni o‘z ichiga olgan kiyinish tartibi qo‘llanmasini chop etdi.

Bu kiyinish tartibiga ko‘ra, “yevropacha uslubdagi” kiyimlar, islomiy hijob, paranji kabi yuzni berkitib turuvchi yopinchiqlar “tavsiya etilmaydi” va hatto taqiqlangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻzbekistondagi ayollar, hatto maʼlumotli ayollar ham gender stereotiplarini kuchaytirmoqdalar. Masalan, “SHARQ QIZLARI ODOBLARI” fakultativ kursi uchun oʻquv dasturi ishlab chiqilgan va ixtiyoriy kurs sifatida targʻib qilinmoqda. “Axborot soatlari” va “maʼnaviyat soatlar” doirasida talaba qizlar oiladagi muqaddas munosabatlarni shakllantirishga targʻib qilinadi, ushbu oʻquv dasturlari ularni maʼnaviy sadoqat ruhida tarbiyalashi va maʼnaviy-maʼrifiy rivojlanishiga yordam berishi kerak. Men shaxsan bunday dasturlarga qarshiman. Ular ayollarni oilada (piyonista yoki ashaddiy kashanda erlariga nisbatan) yanada sabrli va itoatkor boʻlishga undaydi.

Javob berish

Sovet davrida ayollar temiryoʻl toʻsinlarini yotqizar edilar, eslayman, ogʻir mehnat qilishar va halok boʻlishardi

Javob berish

Ittifoq davrida Markaziy Osiyoda ayollar huquqlariga yaxshiroq rioya qilingan. Yaxshiyamki, amerikaliklar Markaziy Osiyoga qoʻshin kiritmagan. Yoʻqsa, ular kelganidan keyin 20 yil oʻtib ayollar paranjida yurishni boshlar edi, xuddi amerikalik harbiylar Afgʻonistonda boʻlganlari kabi.

Javob berish