Karvonsaroy
Xavfsizlik

Putin Qrim istilo qilingan sanani nishonlayotgan bir paytda Markaziy Osiyoda xavotir kuchaymoqda

Karvonsaroy va AFP

Qrim anneksiyasining 5 yilligni nishonlash marosimidagi avtomobilistlar paradi. Mashinalar bayroqlar bilan yasatilgan. Surat 16-mart kuni Sevastopolda olingan. (STR/AFP)

Qrim anneksiyasining 5 yilligni nishonlash marosimidagi avtomobilistlar paradi. Mashinalar bayroqlar bilan yasatilgan. Surat 16-mart kuni Sevastopolda olingan. (STR/AFP)

MOSKVA, Rossiya – Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qora dengizdagi yarimorolning Ukrainadan noqonuniy anneksiya qilib olinganining besh yilligini nishonlash maqsadida dushanba (18-mart) kuni Qrimga yetib keldi.

Rossiya rahbari yangi quvvat stansiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashdi va Qrim Rossiyaga “qayta qo‘shilganligini” nishonlash tadbirlarida ishtirok etdi.

2014-yil 18-mart kuni Putin Qrim vakillari bilan uni Rossiyaga qo‘shish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu voqeadan ikki kun avval bu masalada referendum o‘tkazilgan, biroq xalqaro hamjamiyat uning natijalarini tan olmagandi.

Kiyev va Ga‘rb bu harakatni anneksiya deb baholab, Moskvaga qarshi qator sanksiyalarni e’lon qilgan.

Prezident Vladimir Putin Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqining yalpi majlisida nutq soʻzlamoqda, 14-mart, Moskva. (Kreml)

Prezident Vladimir Putin Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqining yalpi majlisida nutq soʻzlamoqda, 14-mart, Moskva. (Kreml)

18-mart Rossiyada rasman “Qrim Rossiyaga qayta qo‘shilgan kun” deb eʼlon qilingan.

Dushanba kuni NATO Rossiyaning “Qrimda tobora kengayib borayotgan harbiy hozirligini” qoraladi va agar “Rossiya xatti-harakatlarida aniq konstruktiv o‘zgarish yuz bermasa”, Moskva bilan “avvalgi biznes hamkorlikka” qaytmasligini maʼlum qildi.

Bayonotda NATO hech qachon Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinganini qabul qilmasligi aytilgan va Moskva hududni Ukrainaga qaytarishiga chaqirilgan.

Markaziy Osiyoda xavotir kuchaymoqda

Putinning Rossiya noqonuniy xatti-harakatlarini nishonlashi Kreml tajovuzkorligining potensial nishoni boʻlgan Markaziy Osiyoda ham e’tibordan chetda qolmagan.

Kreml Ukrainaga bostirib kirish uchun etnik ruslar himoyasini bahona oʻlaroq keltirgan, 2008-yilda esa milliy ozchiliklarni himoyalash vaji bilan Gruziyaga qarshi urush eʼlon qilgandi.

Gruziya va Rossiya Tbilisining Yevropa Ittifoqi (YI) va NATOga qo‘shilishni istagani uchun yillar davomida nizoda bo‘lgan, bu nizolar 2008-yilda besh kunlik urush bilan eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Urushdan so‘ng Moskva Janubiy Osetiya va yana bir ayirmachilar anklavi – Abxaziyani mustaqil davlat sifatida tan oldi va u yerda doimiy ravishda harbiy bazalarini joylashtirdi.

2008-yilda G‘arb Rossiyaning Gruziyadagi harakatini adashib “boshqa mamlakatlar uchun qo‘llanmaydigan alohida holat” deb qabul qildi, degan edi o‘tgan yili avgust oyida Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Tbilisida Rossiya istilosiga 10 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda.

“Keyin esa biz 2014-yilda Rossiya Ukrainada nimalar qilganiga guvoh bo‘ldik”, dedi u sharqiy Ukrainada Kremlning Moskva tarafdori bo‘lgan isyonchilarni qo‘llab-quvvatlagani va Qrim yarimoroli anneksiyasini nazarda tutib.

Shu tariqa, Rossiyaning aralashuvi haqidagi xavotirlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa Qozog‘istonda kuchayib bormoqda.

Qozog‘iston shimolida asosan etnik ruslar istiqomat qilgani sabab mamlakat rahbariyati etnik qozoqlarni janubdan shimolga ixtiyoriy ravishda ko‘chirish chorasini qabul qilgan.

Qoʻrquv muhiti

Bu orada Rossiya oʻz ittifoqchilari hududiga harbiy hozirligini oqlash maqsadida Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida asossiz vahima keltirib chiqarishga urinmoqda. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda haligacha Rossiya qoʻshinlari bor.

Rossiya ommaviy axborot vositalari anchadan beri Tolibonlar, “Islom davlati“ (ID) va yaqinda yuz bergan holatlardan biri – AQSH bilan qoʻrqitishga urinib keladi.

“Markaziy Osiyo AQSH maxsus xizmatlarining hujumiga uchraydi” deb nomlangan vahimali maqola “Sputnik-Oʻzbekiston” saytida 7-fevral kuni chop etilgan edi.

“Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mintaqasi jiddiy hujumlarga uchraydi. Bu hozirgi kunda AQSH maxsus xizmatlari tomonidan Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan hujumlardir”, deb aytgan Rossiyadagi Afgʻon urushi faxriylari uyushmasining raisi Frans Klintsevich “Sputnik-Oʻzbekiston” nashri bilan suhbatda. Urush faxriysi bu bilan goʻyoki Amerika kuchlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga hujum qilish uchun afgʻonistonlik jangarilarni tayyorlayotganiga ishora qilgan.

Shuningdek, Kreml nazorati ostidagi “Russkaya vesna” sayti oʻtgan yilning 16-may kuni “Qonli toʻqnashuv xavfi: IDning 5000 jangarisi Oʻzbekistonda” sarlavhali maqolani chop etgandi.

Moskva bunday boʻrttirma tahdidlardan hududni oʻz nazoratida ushlash hamda Tojikiston va Qirgʻizistondagilarga oʻxshash harbiy bazalarini ochish uchun bahona sifatida foydalanadi.

2018-yilning fevral oyida Rossiya TIVning MDHdagi vakili Aleksandr Sternik RIA Novosti bilan suhbatda bazalarning “Afgʻonistondan kelib chiqayotgan tahdidlar munosabati bilan“ kuchaytirilganini aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 51

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Shubhasiz, bu Qrimning bosib olinishi boʻlgan. Xalqaro qonunchilikka koʻra, Qrim Ukrainaniki va boshqacha boʻlishi mumkin emas.

Javob berish

Qrim bu muhim strategik platsdarm. Agar Putun uni AQSHga berganida, yarimorol allaqachon MDHga qarshi hujumlar uyushtirish va nazorat qilishga moʻljallangan Amerika harbiy bazalariga toʻlib ketgan boʻlardi. Tushuninglar axir.

Javob berish

Rossiya qanchalar chiranmasin, Qrimdan chiqib ketishi kerak bo‘ladi.

Javob berish

Ukraina g‘alaba qozonadi. Bunga shubha yo‘q va vaqtincha yo‘qotilgan Qrimni qaytaradi.

Javob berish

Qrim bu Rossiya.

Javob berish

Qirg‘iziston Ukraina tarafdori. Qrim noqonuniy okkupatsiyadan keyin albatta Ukrainaga qaytariladi.

Javob berish

Rossiya Qrimni butunlay bosib ola olmadi. U baribir Rosiyaniki bo‘lmadi. U vaqtinchalik yo‘qotilgan, Qrim bu Ukraina.

Javob berish

Bu g‘arbparast saytni zudlik bilan yopish kerak. Rossiya g‘alaba qozonadi!!!

Javob berish

Barakalla Markaziy Osiyoliklar, Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqdasizlar. Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilib olindi va buning uchun so‘zsiz javob beradi.

Javob berish

Qrim huquqiy jihatdan Rossiyaga tegishli! Markaziy Osiyoda koʻproq harbiy bazalar kerak! Rossiyaga shon-sharaflar boʻlsin!

Javob berish

Bugun Rossiya Qrimni o‘zlashtirmoqda, ertaga Markaziy Osiyoga ko‘z olaytirishni boshlaydi. Ukraina Qrimni bermayotganiga gap yo‘q.

Javob berish

Qirg‘izistonda hamma Putin taraf bo‘lganida, u Bishkekka tashrif buyurganida odamlar Rossiya elchixonasi oldiga “Putin zo‘ravon” degan posterlar bilan chiqishmagan bo‘lar edi.

Javob berish

Qrim Ukrainaga tegishli. Bunga hech shubha yo‘q. Rossiya yaxshilik bilan u yerdan askarlarini olib chiqib ketishi kerak. Bu hammaga, jumladan Rossiya uchun ham yaxshi bo‘ladi. Shu bilan birga, Rossiya yo‘qotilgan ishonchni qayta tiklashi kerak.

Javob berish

Sizning fikringizga qo‘shilaman

Javob berish

Qrimning oʻgʻirlanganini dunyo tan olmaydi. Chunki bu aynan o‘gʻrilik edi. Osiyo mamlakatlari boshqalarning hududlari oʻgʻirlanishini tan olmaydi.

Javob berish

Deputatlarni avtomatlar bilan haydaganlarini Strelkovning o‘zi tan olgan edi shekilli. Shu sababli bu referendum mutlaqo noqonuniy bo‘lgan. U yerda bitta ham xalqaro tashkilot bo‘lmagan. Na Markaziy Osiyo mamlakatlari, na AQSH hech qachon Qrimni Rossiyaga tegishli deb bilmaydi. U Ukrainaniki.

Javob berish

Kimsiz siz bayramni nishonlashga “xavotir” bilan qarashyapti deydigan? Referendum o‘tkazdingizmi? Sizning “chaqiriqli sarlavhalaringiz” vetilyatorga otilgan axlatga o‘xshaydi

Javob berish

Qrimni o‘marganliklaridan keyin Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan aloqalarini uzishni boshladilar. Hozir Ukraina Rossiyani mensimay qo‘ygan. Putin va uning vatniklari erishgan yagona natija shu bo‘ladi.

Javob berish

Rossiyada orqadan pichoq sanchadigan mamlakat emas. Qozogʻiston va Rossiya har qanday holatda ham ittifoqdosh mamlakatlar. Qozogʻiston uchun Rossiya tarafidan bosqinchilik xavfi mavjud emas. Garchi shunday xavf paydo boʻlsa ham, Rossiya xalqi bunga qarshi boʻladi. Aholi buni qoʻllab-quvvatlamaydi Ukrainaga sanchishdi-ku, birodarlarimiz deyishgan boʻlsa ham )))) Endi savol: agar oʻz birodarlarini ham sindiradigan boʻlishsa, qozoqlar kim boʻlibdi ular uchun? Rossiya xalqi hech qachon hukumatiga qarshi bormaydi. Bu sizga erksevar ukrainlar emas, aksari krepostnoy xalq ular.

Javob berish

Albatta, Rossiya adekvat mamlakat sifatida oʻz obroʻsini yoqotib boʻldi. Ukrainaga tegishli Qrimning bu kabi razilona anneksiya qilinishi oqibatsiz oʻtib ketmaydi.

Javob berish

AQSHning oʻzi noqonuniy anneksiya qilingan Texas, Nevada, Kaliforniya va boshqa shtatlarni qachon Meksikaga qaytaradi? Eʼtibor bering, u yerda hatto referendumlar ham oʻtkazilmagan! )

Javob berish

Men ham Qrimni huquqiy jihatdan Ukrainaniki deb bilaman. Nega SSSR rahbariyati uni Ukrainaga topshirganida Rossiya eʼtiroz bildirmagan? Axir uning oʻzi SSSRga rahbarlik qilgan-ku.

Javob berish

Borib turgan tentaklik. Bu yerda Qrim bilan ham, bayramlar bilan ham hech kimning ishi yoʻq. Koʻpchilik bunday bayram borligi hatto bilmaydi ham.

Javob berish

Qrim Ukrainaga qaytadi!

Javob berish

Qrimda hatto Sberbank yoki Rossiya pochtasi ham ochilgani yoʻq. Demak ular sanksiyalardan qoʻrqishadi. Shu bois Qrim baribir Rossiyaniki boʻla olmadi. U Ukrainaniki boʻlib qolyapti va abadiy shunday qoladi.

Javob berish

Behuda, bemaʼni gap va provokatsiya

Javob berish

Ukrainaliklar Rossiya zoʻravon mamlakat ekanligini yaxshi tushunib oldilar. Rossiyani hol-joniga qoʻyishmayotgani yaxshi, baribir Qrimni qaytarib olishadi

Javob berish

Qrim tarixi bilan qiziqib koʻring

Javob berish

Koʻp oʻqiganman.

Javob berish

Rossiya ortdan turib pichoq sanchadigan mamlakat emas. Qozogʻiston va Rossiya nima boʻlganda ham ittifoqchi mamlakatlar. Qozogʻiston uchun Rossiya tarafdan bosqinchilik xavfi yoʻq. Agar shunaqa xavf yuzaga kelsa, Rossiya aholisining oʻzi hukumatga qarshi boʻladi. Xalq qoʻllab-quvvatlamaydi buni.

Javob berish

Qrimni oʻgʻirlash bilan Rossiya oʻziga-oʻzi hukm oʻqib boʻldi. Barcha qoʻshni mamlakatlar unga ishonmay qoʻydi. Bu davlat bejizga bosqinchi deb atalmas ekan.

Javob berish

Ey kaltafahm, Qrim avval-boshdan Rossiyaga tegishli boʻlgan va bundan keyin ham shunday boʻladi

Javob berish

Qrim (Ukrainaga) qanday osonlikcha kelgan boʻlsa, shunday ketdi. Masala yopiq.

Javob berish

Qoʻshilaman!

Javob berish

Qirgʻiziston Rossiya bilan, biz Putin tarafdorimiz.

Javob berish

Rasha Qrimni noqonuniy bosib olgan vaqtida Ukraina parchalanib ketadi, hech kim Rossiyani javobgarlikka tortmaydi, hamma Qrimni unutadi, deb oʻylagan. Lekin, unday boʻlmadi. Butun dunyo Qrimning bosib olinganiga qarshi va biz ham uni Ukrainaniki deb hisoblaymiz. Hurmat bilan, Vovvan.

Javob berish

Qrim azaldan Rossiyaniki boʻlgan. Markaziy Osiyo haqida esa gʻirt boʻlmagʻur narsalar yozilgan. Kim boshqacha fikrda boʻlsa, oʻz siyosiy qarashiga ega deb oʻylaydigan, lekin aniq faktlar va tarixiy dalillarni koʻrmaydigan miyasiz mol boʻladi.

Javob berish

Rossiyada ruslar boshqa millatlardan kamroq boʻladigan kun ham keladi, Qrim esa azaldan qrim-tatarlarniki boʻlgan

Javob berish

Aslida Qrim Xitoyga kerak, Rossiya esa shunchaki ijrochi, Xitoyda “Yangi dunyo tartibiga” muqobil boʻlgan “Yangi Ipak yoʻli” strategiyasi bor. Koʻprik qaysi pulga qurilgan deb oʻylaysiz? Albatta, Xitoyning puliga.

Javob berish

Qiziq, ularni nimani nishonlayaptilar? Sanksiyalar va Qrimdan keyin boshlangan qashshoqliknimi? Juda gʻalati-da shu ruslar.

Javob berish

Sotqinlarga salom. Haliyam amerikoslarning pulini oqlash uchun ishlab yotibsizlarmi? Zoʻr berib mehnat qilayotgan ekansiz, rosa daromadli ish boʻlsa kerak?

Javob berish

Qrim Ukrainaning bir qismi

Javob berish

Soʻrovlar natijasiga koʻra, Qrimning noqonuniy egallanishidan norozi boʻlgan rossiyaliklar soni keskin oshgan. Chunki, Qrimdan keyin qashshoqlik boshlandi. Birovdan oʻgʻirlangan narsa hech qachon baxt keltirmaydi.

Javob berish

Qrimni tortib olib, toʻgʻri qilishdi! Yoʻqsa, sizlarning xoʻjayinlaringiz u yerda oʻz bazalarini joylashtirgan boʻlardi. Endi esa Qora dengizga nechta Amerika kemasi kelsa ham, hammasi quruq qoʻl bilan qaytib ketishga majbur.

Javob berish

Tushunmadim, kim xavotirlanyapti? Qani familiyalar, lavozimlar? Sariq matbuotning oʻzginasi (((

Javob berish

Befahm muallif, muharrir ham behafm. Esi past ekansizlar. Sizlarni aynan Osiyoliklar oʻqishini unutgan koʻrinasiz...

Javob berish

Rossiyaparsat manqurtlar uchun bir ma`lumot. Rusiya O`rta Osiyoni bosib olganda 1859-1944 yillar orasida 5 600 000 musulmon qurbob b`lgan. Yana itga o`hshab,sanlarni kaltaklagan ,keyin bir suyak tashlagan rusni qo`lini yalaysanlar. Chechen xalqi ,Dog`iston xalqi 200 yildan beri ruslar bosimi ostida yshab kelsa ham, yaqinda o`tgan chechen urushida 200 000 qurbob bergan bo`lsa ham hech qachon itga o`hshab ruslarni qo`lini yalamagan. Kerak bo`lsa, ruslardan o`zini ustun qo`yib, ulardan o`z maqsadlarida foydalanishadi. (Bilamizki,Rossiya Chechenistonni ushlab qolish uchun 1995-2005 yillarda qilgan hunrezliklarini berkitish uchun har yili Chechenistonga ko`p milliardlik investitsiyalar kiritishga majbur.) SSSRparast va rossiyaparastlar uchun sssrning 3 so`mlik kolbasasi millionlab ajdodlarining hotirasidan ustun. Ey satqai rusparastalr,vatan hoinlar.

Javob berish

Yolgʻonchi gʻarbparast manba astoydil nizo chiqarishga urinmoqda. Ablahlar, doʻzaxga ravona boʻllaring.

Javob berish

Yolgʻon, Markaziy Osiyoda Rossiyaga munosabat normal, Rossiyaning xatti-harakatlariga nisbatan hech qanday xavotir yoʻq bizda

Javob berish

Toʻgʻri

Javob berish

Osiyoda yashayman, toʻrtinchi avlodman, farzandlarimni katta qilyapman, bir narsani aniq ayta olaman! Dunyodan bundan yaxshiroq, mehmondoʻstroq, xushmuomalaroq xalq YOʻQ! Bu insonlar men koʻrganlarim ichida eng insofli va muloyimlaridir. Bizda qaysi xonadonga, yaylovdagi oʻtovga kirmang, sizni doim choy bilan siylaydilar ☕, dasturxon ustiga non va sariyogʻ tortadilar, qarchi bu ularning oxirgi taomi boʻlsa ham

Javob berish