Karvonsaroy
Ta’lim

Oʻzaro munosabatlar iliqlashar ekan, AQSH O‘zbekistonda ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlamoqda

Maksim Yeniseyev

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha muovini Elis Uels 27-fevral kuni Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan suratga tushmoqda. (AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi)

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha muovini Elis Uels 27-fevral kuni Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan suratga tushmoqda. (AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi)

TOSHKENT – AQSHda oliy ta’lim olishni istagan oʻzbekistonlik talabalar soni tobora koʻpayib bormoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishi bilan uyda va chet elda ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tarixiy tashrifidan beri biz O‘zbekistondagi amerikalik ingliz tili o‘qituvchilari sonini to‘rt martaga oshirdik, mamlakat bo‘ylab yosh talabalar uchun global iqtisodiyotni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim ko‘nikmalarni yaxshilashga yordam beradigan yangi ingliz tili o‘quv dasturlarini yaratdik”, dedi AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha muovini Elis Uels Toshkentdagi AQSH elchixonasi xabariga ko‘ra.

U 27-fevral kuni Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari oldida nutq soʻzlagan.

Shu kunning oʻzida Uells va Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ta’lim bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

O‘zbekistondagi AQSH elchixonasining muvaqqat ishlari vakili Alan Meltser Toshkentda 12-mart kuni orfografiya musobaqasida ishtirok etgan o‘zbek yoshlarini olqishlamoqda. (AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi)

O‘zbekistondagi AQSH elchixonasining muvaqqat ishlari vakili Alan Meltser Toshkentda 12-mart kuni orfografiya musobaqasida ishtirok etgan o‘zbek yoshlarini olqishlamoqda. (AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi)

“Anglashuv memorandumi AQSH tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga darsliklarni zamonaviylashtirish, ta’lim standartlarini oshirish, ingliz tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini tashkil etishga yordam beradi”, dedi Uells.

Uells talabalar almashinuvi dasturini, jumladan o‘tgan yili Xalqaro ta’lim boʻyicha Amerika kengashining (AC) O‘zbekistondagi faoliyati tiklanganini olqishladi. Amerika kengashi 1995-2006-yillarda O‘zbekistonda boshqa nom bilan ish yuritgan, o‘shanda O‘zbekiston hukumati Toshkent va Vashington orasidagi tanglikdan so‘ng idora yopilgan edi.

Oʻrta taʼlim tizimidagi almashinuv imkoniyatlari

“Biz iqtidorli maktab o‘quvchilari yoki bitiruvchilarining bir yil davomida Qo‘shma Shtatlarda amerikalik oilalar bilan yashab, Amerika maktablarida ta’lim olishiga imkon beradigan almashinuv dasturining qayta tiklanishidan umidvormiz”, dedi Uelss.

“Ko‘plab oʻquvchilar u yerdan deyarli ona tilidek bo‘lib qolgan ingliz tili bilimlari va Amerika jamiyati bo‘yicha aniq tushunchalar bilan qaytadilar”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Mazkur dasturdan o‘tganlar muntazam ravishda chet el universitetlarida nufuzli stipendiyalarni yutib oladilar hamda yuqori biznes va hukumat lavozimlariga tayinlanadilar”, dedi u.

O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi xabariga koʻra, 2018-yilda O‘zbekiston universitetlarining 570 nafar talabasi Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olgan, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 12,9 foiz koʻp demakdir.

Ularning deyarli yarmi bakalavr yo‘nalishida, qolgan yarmi magistrlik va til o‘rganish kurslari kabi turli o‘quv kurslarida ta’lim olgan.

O‘tgan yil noyabr oyida 2018-yilgi xalqaro ta’lim almashinuvi bo‘yicha Xalqaro ta’lim instituti va AQSH davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan “Open Doors Report” hisobotiga ko‘ra, o‘tgan uch yil ichida Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olayotgan chet ellik talabalar soni 1,5 foizga oʻsib, 1 milliondan oshdi va tarixiy rekordni qayd etdi.

AQSHdagi imkoniyatlar

“O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘sh joylar juda kam”, dedi chet elga talabalarni yuborishga yordam beradigan Toshkentdagi konsalting firmasi xodimi Mansur Abdurahmanov Karvonsaroy nashriga.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga koʻra, 2017-yilda mamlakat universitetlaridagi jami 66500 ta joy uchun 730 ming nomzod ariza topshirdi, bu 9,1 foiz abituriyent talabalikka qabul qilinadi deganidir.

“O‘qishni istaganlarning ko‘pchiligi uchun bu kvota yetarli emas”, dedi Abdurahmanov. “Shu bilan birga, ta’lim sifati hamon pastligicha qolmoqda.”

“Shu sabab, o‘zbek talabalari orasida chet elda ta’lim olish ancha ommalashgan va Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonda ta’lim yo‘nalishidagi takliflarni koʻpaytirmoqda”, dedi Abdurahmanov.

“O‘zbekistonda raqobat yuqori bo‘lganligi sababli korrupsiya hali ham mavjud”, dedi toshkentlik maktab o‘quvchisi Marina Tsoy Karvonsaroy nashriga.

“Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz va maqsadingiz qatʼiy bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olish O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida oʻqishdan ko‘ra osonroq”, deydi u.

“Qo‘shma Shtatlarda ta’lim sifati ancha yuqori ekanligiga hech qanday shubha yo‘q”, dedi O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Mirjalol Saidmuhamedov Karvonsaroy nashriga.

“Agar sizda Amerika diplomi bo‘lsa, O‘zbekistonda juda nufuzli lavozimga tayinlanishingiz mumkin”, dedi u. “Men magistrlik yo‘nalishini Qo‘shma Shtatlarda o‘qimoqchiman.”

Chet elda ta’lim olishning afzalliklari u yerdagi ta’lim sifati bilangina cheklanib qolmaydi.

“Yoshlar uchun yuqori sifatli oliy ta’lim nafaqat davlatning yuqori iqtisodiy muvaffaqiyati uchun muhim, balki barqarorlik kafolati hamdir”, degan edi toshkentlik sotsiolog Ravshan Kushlubayev Karvonsaroy nashriga 2017-yilda. “Keng dunyoqarashga ega o‘qimishli inson ekstremistlar ta’siri ostiga tushmaydi, aksincha dunyoviy, demokratik qadriyatga ega jamiyatni harakatlantiruvchi inson boʻla oladi.”

Ingliz tili resurslari

Toshkendagi AQSH elchixonasi oʻzbek yoshlariga Amerika taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini taqdim etadi. Elchixona huzuridagi “Education USA” maslahat markazi bepul axborot yigʻinlari va individual konsultatsiyalar uyushtiradi.

Jumladan, markaz “AQSHda taʼlim olish tomon besh qadam” dasturi boʻyicha muntazam ravishda seminarlar oʻtkazib kelmoqda.

“Men Education USA markazining tarqatmasiga aʼzo boʻlganman, lekin hozircha ingliz tilini AQSHda taʼlim olsa boʻladigan darajada bilmayman. Men uni rivojlantirishga harakat qilyapman”, deydi toshkentlik 17 yashar Komil Zaripov Karvonsaroy bilan suhbatda.

Zaripov kabi boshqa oʻzbek yoshlari 2018-yil yanvarda Toshkentdagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida ochilgan “Amerikaga oyna” oʻquv zalida zamonaviy Amerika madaniyati va adabiyoti bilan tanishish imkoniga ega.

Oʻquv zali Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va AQSH elchixonasi oʻrtasida 2017-2022-yillarga moʻljallangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan.

Milliy kutubxona saytining xabar berishicha, o‘quv zali “ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun texnik jihozlar, dasturlar va ta’lim resurslari (kitoblar, disklar) bilan, Milliy kutubxonaning imkoniyati cheklangan foydalanuvchilari uchun ingliz va rus tilidagi audioqo‘llanmalar, Brayl yozuvidagi elektron kitoblar va jurnallar bilan ta’minlangan”, degan edi 2018-yilda o‘sha vaqtda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi boʻlgan Pamela Spratlen ochilish marosimida.

Bo‘lajak talabalar Toshkentdagi Amerika markaziga borishlari, bu kutubxonada Qo‘shma Shtatlardagi siyosat, qadriyatlar, ta’lim muassasalari va madaniyatni yanada yaxshiroq tushunish uchun ingliz tilidagi suhbat klubida ishtirok etishlari va kitob mutolaa qilishlari mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

570 talaba - bu kulgili raqam. Russiyada o`n minglab o`zbekistonlik talabalr o`qib,oqibatda potentsial rossiyaparstlar yetishib chiqmoqda. Bu masalani zudlik bilan to`g`irlamasak,ertaga Mustaqilligimizni boy berishimiz mumkin. Talabalarimizni ko`proq yuqori reytingga ega Garb,Yaponiya,Turkiya,Janubiy Koreya oliygohlariga yuborish kerak. Shundagina ham iqtisodiy ,ham huquqiy sohalarimizda o`zgarish ro`y berishi mumkin.

Javob berish

Miyasi yuvilgan axmoq, kallavaram
Gʻarbliklar oʻzining xalqiga tupurib qoʻygan bir vaqtda sen haqingda oʻylarmidi? Yer yuzidagi eng axmoq odamlardan taʼlim olishni xohlab qoldingmi. Ular millionlab gender bor, bir-birining orqasiga qilib yotgan geylarning huquqi ular yoʻq qilib yuborgan davlatlarning xalqidan koʻra muhimroq deb bilishadi. Ular nafaqat AQSHning Iroq, Suriya, Afgʻoniston va umuman Yaqin Sharqdagi faoliyatini qoralashadi, balki uni qoʻllab-quvvatlashadi ham. Rossiya yomon, lekin Merika zoʻr deysan! Kool-aid ichishni toʻxtat.

Javob berish