Karvonsaroy
Inson huquqlari

Qirg‘iziston inson huquqlarini ta’minlash choralari doirasida BMTning nogironlik bo‘yicha paktini ratifikatsiya qildi

Kanat Altinbayev

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va O‘zbekistondagi nogironlar tashkilotlari vakillari 22-23-fevral kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro PEERHUB “xakaton”ida ishtirok etdilar. USAIDning moliyaviy koʻmagida oʻtgan tadbirning maqsadi ana shunday tashkilotlar o‘rtasida hududiy hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirishdir. (Facebook)

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va O‘zbekistondagi nogironlar tashkilotlari vakillari 22-23-fevral kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro PEERHUB “xakaton”ida ishtirok etdilar. USAIDning moliyaviy koʻmagida oʻtgan tadbirning maqsadi ana shunday tashkilotlar o‘rtasida hududiy hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirishdir. (Facebook)

BISHKEK – Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun boshqalar bilan bir xil huquqni ta’minlovchi hujjat – Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) nogironlar bo‘yicha konvensiyasini (CPRD) ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi.

Parlament 7-fevral kuni qonunni qabul qilgan, Jeenbekov uni 14-mart kuni imzoladi.

CPRD BMT Bosh assambleyasi tomonidan 2006-yil dekabrda qabul qilingan va 2011-yil sentabr oyida imzolangan edi.

CPRD “nogironlar uchun barcha inson huquqlari va fundamental erkinliklarni teng va to‘liq targ‘ib qilish, himoya qilish va ta’minlash, shu bilan birga ularning munosib sha’nini hurmat qilishni ragʻbatlantirishga qaratilgan”, deyiladi BMT saytida e’lon qilingan bayonotda.

Bishkek Qirg‘iziston xalqi assambleyasi hamda Qirg‘izistonning mahalliy boshqaruv organlari va millatlararo munosabatlar agentligi tomonidan o‘tgan yilning 24-dekabr kuni tashkillashtirilgan milliy-madaniy festivalga mezbonlik qildi. Tadbirda QIrg‘izistonda yashovchi turli millatlar vakillari ishtirok etdi. (Facebook)

Bishkek Qirg‘iziston xalqi assambleyasi hamda Qirg‘izistonning mahalliy boshqaruv organlari va millatlararo munosabatlar agentligi tomonidan o‘tgan yilning 24-dekabr kuni tashkillashtirilgan milliy-madaniy festivalga mezbonlik qildi. Tadbirda QIrg‘izistonda yashovchi turli millatlar vakillari ishtirok etdi. (Facebook)

“Hujjatning asosiy maqsadi nogironligi boʻlgan insonlarning huquqlarini batafsil bayon etish va ularni amalga oshirish kodeksini ishlab chiqishdan iborat”, deb aytgan BMTning CPRDni ishlab chiqqan qo‘mitasi raisi Don Makkey BMT saytidagi bayonotda.

CPRD imkoniyati cheklangan shaxslar sha’nini va erkinligini hurmat qilish, imkoniyatlar tengligi, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglik, diskriminatsiyaning oldini olish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va hayotini yengillashtirish prinsiplari, kundalik hayotdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish kabilarni oʻz ichiga oladi.

“Quyosh hammamiz uchun bir xil nur sochadi”

Xalqaro hujjat imkoniyati cheklangan qirg‘iz fuqarolari uchun demokratik qadriyatlarga ega davlatlar taqdim etadigan zarur huquqlar va erkinliklarni ta’minlaydi.

Parijda joylashgan Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro federatsiyaning (FIDH) Bishkekdagi idorasi vitse-prezidenti Tolekan Ismailova hukumat tomonidan CPRD hujjatining ratifikatsiya qilinganini yoqladi.

“Hukumat davlatni insonparvarlik bilan boshqarish niyatida ekanligini koʻrsatdi, shu bilan birga, qonun ustuvorligi ta’minlangan hukumatni shakllantirish strategiyasini namoyon qildi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Bu teng ishtirok va resurslardan foydalanish prinsipi, diskriminatsiyadan xoli ravishda fuqarolarning siyosiy va fuqarolik huquqlarini ta’minshlashni o‘z ichiga oladi.”

Mazkur qonunning qabul qilingani Qirg‘izistonning Sovet o‘tmishidan uzoqlashish yoʻlidagi sa’y-harakatlarini aks ettiradi, zero u vaqtlarda hukumat nogironlarga ikkinchi darajali insonlardek munosabatda bo‘lgan.

Bu chora Qirg‘izistondagi fuqarolar, jumladan, etnik ozchilik uchun teng huquqlarni ta’minlash bosqichlari ortidan qabul qilinmoqda.

1994-yilda Bishkek Xalqaro fuqarolik va siyosiy huquqlar paktiga a’zo bo‘ldi, unda milliy, diniy va zaboniy ozchiliklarning “o‘z madaniyatidan foydalanishi, o‘z diniga e’tiqod qilishi va marosimlarni o‘tkazishi, o‘z tillaridan foydalanishiga qarshilik qilinmaydi”, deb ta’kidlangan.

“Xalqaro qonunlarning qabul qilinishi – aholining ijtimoiy zaif qatlamlari uchun yaxshi yangilik”, deydi Oʻshda oshpaz boʻlib ishlaydigan etnik oʻzbeklardan biri Nodir Yusupov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Quyosh barchamiz uchun birdek nur sochadi”, dedi u. “Koʻplab millatlarni oʻz ichiga olgan, dini, madaniyati va jismoniy imkoniyatlari turlicha boʻlgan odamlardan iborat jamiyat oldida birgina yoʻl bor – u ham boʻlsa, tinch va oʻzaro hurmat bilan yashash.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500