http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/04/02/feature-01
| Xavfsizlik

Koalitsiya Suriyadagi qolgan “Islom davlati” jangarilarini ovlamoqda

AFP


AQSHda ishlab chiqargan F-16 qiruvchi samolyoti Suriyadagi janglarda yordam ko‘rsatdi. (CENTCOM)

AQSHda ishlab chiqargan F-16 qiruvchi samolyoti Suriyadagi janglarda yordam ko‘rsatdi. (CENTCOM)

BAYRUT, Livan – AQSH qoʻllovidagi kuchlar xabariga ko‘ra, ular seshanba (2-aprel) kuni sharqiy Suriyada “Islom davlati” (ID) jangarilarini nishonga olgan. “Xalifalik” qulatilgani e’lon qilingach, koalitsiya harbiy samolyotlari bir haftadan ortiq vaqt davomida jangarilarni bombardimon qildilar.

23-mart kuni bir oy davom etgan hujumdan so‘ng, Suriya demokratik kuchlari (SDK) AQSH yetakchiligidagi koalitsiya qoʻllovida ID a’zolarini Iroq chegarasi yaqinida joylashgan Bog‘uz qishlog‘idagi so‘nggi manzilidan siqib chiqarishdi.

AQSH qo‘llab-quvvatlagan ittifoq “terrorchilik guruhi qoldiqlarini taʼqib qilmoqda”, dedi SDK vakili Mustafa Bali seshanba kuni.


“Islom davlati” jangarilari 7-mart kuni Bog‘uz qishlog‘ida SDKga taslim bo‘lmoqda. (Muhammad Hasan/Twitter)

“Islom davlati” jangarilari 7-mart kuni Bog‘uz qishlog‘ida SDKga taslim bo‘lmoqda. (Muhammad Hasan/Twitter)


Suriya demokratik kuchlari (SDK) a’zosi Dayr Az-Zor viloyatidagi Bog‘uz qishlog‘ida SDK bayrog‘ini o‘rnatmoqda, 24-mart. (Delil Sulaymon/AFP)

Suriya demokratik kuchlari (SDK) a’zosi Dayr Az-Zor viloyatidagi Bog‘uz qishlog‘ida SDK bayrog‘ini o‘rnatmoqda, 24-mart. (Delil Sulaymon/AFP)

“Bog‘uzga qaragan g‘orlarda bir nechta guruhlar yashiringan”, dedi u.

Mazkur jangovar harakatlar 23-mart kuni AQSH yetakchiligidagi koalitsiya ID “xalifaligi” tugatilgani haqida xabar berganidan so‘ng boshlab yuborildi. Guruhning tor-mor etilishi sharqiy Suriyadagi so‘nggi qal’adan ashaddiy jangarilar siqib chiqarilganidan keyin e’lon qilindi.

Bir vaqtlar Iroq va Suriyaning kattagina qismiga egalik qilgan va deyarli yetti million kishini oʻz hukmi ostida ushlagan terrorchilik guruhining so‘nggi hududiga qarshi olib borilgan olti oylik qaqshatqich operatsiya SDKning gʻalabasi bilan yakun topgan.

2014-yilning o‘rtalarida Abu Bakr al-Bag‘dodiy “xalifalik” deb atagan guruh bir vaqtlar Suriyadan Iroqqacha choʻzilgan, Britaniyadan ham kattaroq boʻlgan hududga egalik qilar edi.

Jangarilar boshpanalari havodan oʻqqa tutilmoqda

AQSH rahbarligidagi koalitsiya jangarilarning boshpanalariga qarata havo zarbalari berish bilan keng koʻlamli operatsiyalarni davom ettirayotganini maʼlum qildi.

“Suriya demokratik kuchlari IDning ushbu hududdagi hozirligi va taʼsirini tan olmay, uni qaytish uchun kerak boʻladigan manbalardan mahrum qilishga urinmoqda”, dedi dushanba (1-aprel) kuni koalitsiya matbuot kotibi Skott Roulinson.

Koalitsiya SDF bilan hamjihatlikda yoʻnaltirilgan zarbalarni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda, dedi u.

Roulinsonning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda IDga qarshi kurash faoliyati guruhning tiklanishi va hamkorlikda ishlash qobiliyatiga putur yetkazishga qaratilgan.

Qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari observatoriyasiga koʻra, yakshanba (31-mart) kunidan beri koalitsiya IDning Bogʻuzdagi panohgohiga qarata oʻndan ortiq havo zarbalarini bergan.

Sizga maqola yoqdimi?
19
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat
Captcha
| 2019-05-12

Bu saytda ortiq qolishni istamayman. Adashib kirib qoldim bu yerga. Yolgʻon maʼlumotlar koʻnglimni aynitdi. Muxbirlarga - AQSHga sotilib, Oʻzbekistonni uning navbatdagi vassaliga aylantirishga harakat qilgandan koʻra oʻlganlaring yaxshi

Javob berish
| 2019-04-24

Bularning bari AQSH haqidagi boʻlmagan gaplar. Rossiya harbiylarining zarbasi boʻlmasa, u yerda hech qanday natijaga erishilmagan boʻlardi, endi esa AQSH hamma shon-shuhratga yakka oʻzi ega chiqmoqchi. Ular u yerda faqat xalaqit berishgan xolos, surishtirmay-netmay tinch aholi ustiga bombalar tashlashgan, shunaqa demokratlar.

Javob berish
| 2019-04-13

Bo‘lmagan gap... Ular – koalitsiyami nima o‘zi u... “ittifoqdoshlar” Ikkinchi jahon urushi vaqtida fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonganlarini iddao qiladilar... Boshqalarning qilgan ishini o‘zlashtirib olish va butun olamga o‘z kuchi haqida hayqirish o‘rganish bo‘lib qolgan shekilli... Birovning qo‘li bilan tikan yulish oson...

Javob berish