Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Mintaqa aholisi yangi elektr uzatish liniyasi afzalliklaridan bahramand boʻladi

Jahon banki

“CASA-1000” Tojikiston va Qirgʻizistonga oʻz ehtiyojidan ortiq elektroenergiyani Janubiy Osiyodagi qoʻshni bozorlarga eksport qilishga imkon beradi. Tojikiston 2700 GVt/s elektr energiyasi eksport qilish salohiyatiga ega va bundan yiliga 140 mln. AQSH dollariga teng daromad olishi mumkin. [Jahon banki]

“CASA-1000” Tojikiston va Qirgʻizistonga oʻz ehtiyojidan ortiq elektroenergiyani Janubiy Osiyodagi qoʻshni bozorlarga eksport qilishga imkon beradi. Tojikiston 2700 GVt/s elektr energiyasi eksport qilish salohiyatiga ega va bundan yiliga 140 mln. AQSH dollariga teng daromad olishi mumkin. [Jahon banki]

VASHINGTON, KO – Jahon banki Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoda elektr energiyasini sotish va yetkazib berishga oid “CASA-1000” loyihasi uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratdi. Loyiha Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va Pokistondagi elektr uzatish liniyalari boʻylab elektroenergiya yetkazib berish va uni sotishga koʻmaklashadi.

Jahon banki oʻtgan oyda ushbu loyiha uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasidan 24 mln. AQSH dollari miqdorida grant mablagʻi ajratishni maʼqullagan edi. Shuningdek, “CASA-1000” donorlarining Koʻp tomonlama trast fondidan loyiha uchun qoʻshimcha 2 mln. AQSH dollari ajratiladigan boʻldi, ular Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot departamenti va AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) mablagʻlarini ham oʻz ichiga oladi.

Loyiha 2014-yilning mart oyida tasdiqlangan va uni barpo etish ishlari boshlangan.

2020-yilda liniya ishga tushirilgach, u orqali Qirgʻiziston va Tojikistondagi ortiqcha 1300 MVt elektr energiyasining 1000 megavatti Pokistonga, 300 megavatti Afgʻonistonga yetkazib beriladi.

Loyiha natijasida nafaqat mahalliy infratuzilma va elektr taʼminotining yaxshilanishi, balki boshqa ijobiy oʻzgarishlar ham kutilmoqda. “CASA-1000” loyihasi zamonaviy va samarador elektr uzatish tizimi boʻlib, mintaqani isloh qilish va Afgʻonistonda barqarorlikni taʼminlashga koʻmaklashadi.

Loyiha natijasida, shuningdek, Afgʻonistonda yuzlab yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. U tugallanganidan soʻng, Afgʻoniston tranzit toʻlovlaridan yiliga 40 million dollar daromad oladi, deb xabar bergan TOLOnews 2018-yilda.

Infratuzilmani yaxshilash

Elektr uzatish liniyasining Tojikistondagi qismi shimoldagi Soʻgʻd viloyatidan janubdagi Xatlon viloyatigacha choʻziladi.

“Dastur mahalliy hamjamiyatlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirib, aholiga infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb muammolarni aniqlashga va ularni hal etishga koʻmaklashadi”, deydi Jahon bankining Tojikistondagi doimiy vakili Yan Peter Olters.

Jahonning ilgʻor tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, nomonetar qashshoqlik bilan bogʻliq eng asosiy muammolar – jumladan, ichimlik suvi taʼminoti, sanitariya, elektr energiyasi va isitish muammolarini hal etishda aholini qoʻllab-quvvatlash sarmoyaviy loyihalardan umumiy foyda olinishini taʼminlashda, va eng asosiysi, dastur qamrovidagi uy xoʻjaliklarining turmush darajasini yaxshilashda yordam beradi.

CASA-1000 loyihasi elektr taʼminoti xizmatlari sifatini yaxshilash va ishonchliligini oshirish uchun qishloq joylarda infratuzilma va jihozlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish orqali mahalliy infratuzilma va jamoaviy xizmatlar holatini yaxshilashga koʻmaklashadi.

Bundan tashqari, jamoalarning oʻzlari tanlab oladigan obyektlar va kichik koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarni moliyalashtirish uchun qishloqlarga kichik grantlar ham ajratiladi.

Umumiy hisobda mazkur loyiha afzalliklaridan Soʻgʻd, Xatlon viloyatlari va respublika tumanlarida joylashgan 60 ta qishloq va 24 jamoatda istiqomat qiluvchi jami 130.000 kishi bahramand boʻlishi kutilmoqda.

“Isfara-1“ taqsimlovchi tarmogʻi va podstansiyasi qurilishiga doir ijtimoiy-iqtisodiy investitsiyalar va obyektlardan Soʻgʻd viloyatining Isfara tumanida yashovchi 73 ming kishi manfaatdor boʻlishi kutilmoqda.

[Jahon banki guruhi http://www.worldbank.org/terms manzilida koʻrsatilgan shartlar asosida ushbu materialdan foydalanishga ijozat beradi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500