Karvonsaroy
Xavfsizlik

Harbiy-oʻquv mashqlarida Qozogʻiston maxsus kuchlarining jangovar hozirligi sinovdan oʻtkazildi

Aydar Ashimov

Maxsus kuchlar askarlari parvozga shaylanmoqda, Oqmola viloyati, 21-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Razvedka ishlarini olib borish uchun havoga koʻtarilayotgan uchuvchisiz uchar qurilma, Olmaota viloyati, 12-mart.(Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Razvedka ishlarini olib borish uchun havoga koʻtarilayotgan uchuvchisiz uchar qurilma, Olmaota viloyati, 12-mart.(Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Maxsus kuchlar boʻlinmalari harbiy qismni qoʻriqlamoqda, Olmaota viloyati, 20-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Maxsus kuchlar boʻlinmalari harbiy qismni qoʻriqlamoqda, Olmaota viloyati, 20-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Aloqachi razvedka maʼlumotlarini shtabga yubormoqda, Olmaota viloyati, 16-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Aloqachi razvedka maʼlumotlarini shtabga yubormoqda, Olmaota viloyati, 16-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi oʻquv poligonida olib borilayotgan harbiy-oʻquv mashqlari, 22-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi oʻquv poligonida olib borilayotgan harbiy-oʻquv mashqlari, 22-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

NUR-SULTON — Oʻtgan oyda Qozogʻiston mudofaa vazirligi mamlakat maxsus kuchlarining harbiy tayyorgarligini sinash maqsadida keng koʻlamli harbiy mashqlar oʻtkazdi.

12-30-mart kunlari oʻtgan Altyn Jebe (Oltin yoy) mashqlarini oʻtkazishdan maqsad, “maxsus kuchlar boʻlinmalarining jangovar samaradorligini va belgilangan vaqt ichida jangovar missiyani amalga oshirish qobiliyatini tekshirish” hamda “barcha toifadagi xizmatchilarning professional tayyorgarligi va harbiy dala tayyorgarligi darajasini yaxshilashdir”, deyiladi Mudofaa vazirligining 12-mart kungi bayonotida.

Mashqlar davomida mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev ikki hafta ichida Oqmola va Olmaotadagi garnizonlarga tegishli harbiy boʻlinmalar va inshootlarni koʻzdan kechirgan.

Shuningdek, u jangovar texnikani saqlash sharoitlari bilan tanishdi, jangovar mashinalarni tekshirdi va harbiy boʻlinmalar qoʻmondonlari bilan suhbatlashdi.

Qozogʻistonlik askarlar Olmaota viloyatidagi oʻquv poligonida artilleriya hujumini amalga oshirmoqdalar, 16-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Qozogʻistonlik askarlar Olmaota viloyatidagi oʻquv poligonida artilleriya hujumini amalga oshirmoqdalar, 16-mart. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

Vazirlik xabariga koʻra, mashqlarda harbiy havo kuchlari ham ishtirok etdi va uzoq masofalarga havo qoʻshinlarini joylashtirdi. Mashqlarda ishtirok etgan jami askarlar soni ochiqlanmagan.

Mudofaa vazirligining taʼkidlashicha, mashgʻulotlar tunda olib borildi, unda maxsus kuchlar parashyutlar yordamida togʻli hududlarga tushganlar.

Maxsus kuchlar ularga belgilangan tepaliklarga joylashishgan va razvedka, qidiruv missiyalarini olib borishgan, bu vaqtda dronlar ularning missiyalarini kuzatib borgan, deb qoʻshimcha qilinadi bayonotda.

“Test dasturi murakkab boʻlib, shaxsiy tarkibning mukammal tayyorgarligi, jumladan, jismoniy tayyorgarligini talab qiladi”, dedi Ostona mintaqaviy qoʻmondonligi askari Askar Nurgaliyev Karvosaroy nashriga. “Mashqlar togʻli hududlarda boʻlib oʻtdi va dasturning asosiy qismi tunda olib borildi.”

Harbiy xizmatchilarning bir qator mashqlarni bajardilar, jumladan ularning qurol-yarogʻdan foydalanish mahorati va artilleriyadan oʻt ochish koʻnikmalari tekshirildi, dedi u.

Muhim koʻnikmalarni namoyish qilish

Shuningdek, Kapshagay shahridagi 65476-sonli harbiy qismning minasizlantirish markazida minasizlantirish guruhlari qoʻmondonlari portlovchi moddalarni aniqlash va zararsizlantirish boʻyicha oʻz koʻnikmalarini yaxshladilar.

Mashqlarda harbiy desant kuchlarining uch yuz nafar aloqachisi ham qatnashdi. Ular tizimning shovqinlar taʼsiriga bardoshliligini ham tekshirganlar, deyiladi vazirlik xabarida.

Qozogʻiston mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga koʻra, Qozogʻiston havo-desant kuchlari ixtiyoridagi zamonaviy aloqa jihozlari maʼlumotlarni butun mamlakat boʻylab shifrlangan holda uzatish imkonini beradi.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi “Shygys” (Sharq) poligonida ilk bor minomyotchi guruhlar musobaqasi oʻtkazildi.

120 ga yaqin askar ham boʻlinmalar tarkibida, ham individual tarzda oʻz mahoratlarini namoyish etdi. Artilleriyachilar turli masofalar va oʻzgaruvchan oʻt ochish pozitsiyalaridan turib, shartli nishonlarni minomyotlardan oʻqqa tutdilar, sharoitlar jangovar holatga maksimal darajada yaqinlashtirildi.

Jangovar samaradorlik namoyishi

Qozogʻiston harbiylari muntazam ravishda oʻquv mashqlari oʻtkazib keladi. “Altyn jebe” (Oltin yoy) jangovar tayyorgarlik sinovi “keng koʻlamli va turli yoʻnalishdagi qoʻshinlarni qamrab oldi”, deb qayd etgan chimkentlik siyosatshunos Rauan Dautaliyev.

“Markaziy Osiyodagi beqaror vaziyat va terrorchilik tahdidi hozirda Qozogʻistonnng oliy doiralarida muhokama qilinmoqda”, dedi u Karvonsaroyga.

“Oʻtkazilgan tekshiruv ham qurolli kuchlarning rejali oʻquv mashqlari, ham jangovar tayyorgarlik namoyishidir”, dedi u.

“Qozogʻiston armiyasi mamlakat mustaqillikka erishganidan beri eng yaxshi holatda”, dedi Dautaliyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500