| Diplomatiya

Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi: terrorizmga taʼlim vositasida barham berish mumkin

Zohir Shoh Sheroziy


Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy universitetining talabalari darslarga oshiqmoqdalar. [Maksim Yeniseyev]

Toshkentdagi Oʻzbekiston Milliy universitetining talabalari darslarga oshiqmoqdalar. [Maksim Yeniseyev]

PESHOVAR – Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari mintaqada zoʻravonlik ekstremizmi va terrorizmga uzil-kesil barham berish yoʻlida taʼlimdan vosita oʻlaroq foydalanishlari lozim, deydi Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Siddiqov.

Oʻzbekiston ham qonunchilikka qatʼiy amal qilish, ham “zoʻravonlikka barham berish yoʻlidagi taʼlimni” oʻz ichiga oluvchi koʻp qirrali strategiyani ishlab chiqqan, deb qayd etdi Siddiqov.

“Oʻzbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan muhim qadam – “kulrang roʻyxatda boʻlgan imomlarni oʻqitish va qayta taʼlim berish” boʻldi, dedi u, hukumatning 45 mingga yaqin oʻzbekni avf etib, ularni roʻyxatdan oʻchirib tashlaganini qoʻshimcha qilar ekan.


Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Siddiqov (koʻk kostyum va galstukda) 3-aprel kuni Peshovar universitetining mintaqaviy tadqiqot markazi tadbirida ishtirok etdi. [Zohir Shoh Sheroziy]

Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Siddiqov (koʻk kostyum va galstukda) 3-aprel kuni Peshovar universitetining mintaqaviy tadqiqot markazi tadbirida ishtirok etdi. [Zohir Shoh Sheroziy]

Ushbu roʻyxat ekstremizmda ayblangan yoki gumonlanganlardan iborat boʻlgan.

“Oʻzbekistonda zoʻravonlik ekstremizmiga qarshi kurashishning boshqa yoʻllari ham bor – iqtisodiy taraqqiyot va taʼlim orqali”, deb qayd etdi Siddiqov.

Pokistonning oʻzi terrorizmdan aziyat chekib kelgan boʻlsa-da, Sidiqov mamlakatning ekstremizmga qarshi kurashdagi rolini yuqori baholadi.

“Pokiston jinoyatchilarni yengib, tinchlik – taraqqiyotning yagona yoʻli ekanini isbotladi”, dedi u. Elchi mintaqadagi tinchlik Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining ham iqtisodiy, ham taʼlim yoʻnalishidagi saʼy-harakatlariga bogʻliq ekanini taʼkidladi.

“Zoʻravonlik koʻrinishlariga barham berish uchun, biz yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishimiz va taʼlim dasturlarini kengaytirishimiz lozim”, deydi Siddiqov.

Siddiqovga koʻra, Oʻzbekiston mintaqaviy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida Pokiston bilan yaqin munosabatlar tarafdori va bir necha yil ichida Pokiston bilan yillik savdo-sotiqni 90 million dollardan 300 million dollargacha oshirishga intilmoqda.

Shuningdek, u ikki mamlakatning yaqinligi tufayli iqtisodiy jihatdan samarali boʻladigan taʼlim sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirgan.

Siddiqovning aytishicha, hozirda mamlakatlar oʻrtasida qoʻshma korxonalar tashkil etish borasida keskin oʻsish kuzatilmoqda, soʻnggi 20 yil ichida bu borada imzolangan bitimlar soni 47 tani tashkil etgan, 2018-yilning oʻzida esa 21 kelishuv imzolangan.

Afgʻonistondagi ziddiyat

Qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikka erishish butun mintaqadagi barqarorlikning kalitidir, deb qoʻshimcha qildi Siddiqov.

“Afgʻonistondagi tinchlik Oʻzbekiston uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Toshkentda Afgʻoniston hukumati vakillari ishtirokida oʻtkazilgan sammit uning Markaziy va Janubiy Osiyoda tinchlik yoʻlidagi qatʼiyatining yaqqol tasdigʻi boʻldi”, dedi u 2018-yil 26-27-mart kunlari Toshkentda oʻtgan Afgʻoniston kelajagi boʻyicha xalqaro anjumanni nazarda tutib.

Afgʻonistonda barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan, toliblar ishtirokidagi muzokaralar yordamida tinchlikka erishish mumkin, deb qayd etdi Siddiqov.

“Qoʻshnilar bilan taʼlim va iqtisodiy sohadagi hamkorlik Afgʻonistonda tinchlik va taraqqiyotni qayta tiklashga yordam beradi”, dedi u.

Oʻzbekiston terrorizm bahonasida hech qachon Afgʻoniston bilan chegaralarini yopib qoʻymaydi, dedi u, bunday tahdidlar Oʻzbekistonning terrorchilikka qarshi kurashish, terrorchilarni yoʻq qilish va mintaqada tinchlikni tiklashga nisbatan qatʼiyatiga toʻsqinlik qilmasligini taʼkidlar ekan.

“Bizga birodar mamlakat – Afgʻonistonda tinchlik qaror topsagina, mintaqada barqarorlik boʻladi”, dedi u.

Mintaqaviy tinchlikka eʼtibor

Pokiston va Oʻzbekistondagi mutaxassislar mintaqadagi tinchlik Afgʻonistonga bogʻliq, degan fikrda yakdil.

“Mintaqadagi davlatlar hududning keng qamrovli rivoji uchun tinchlikni saqlash va qoʻllab-quvvatlashlari lozim”, deydi Peshovar universitetining Mintaqaviy tadqiqotlar markazi sobiq direktori doktor Azmat Hayatxon.

“Pokiston va Oʻzbekiston mintaqani barqarorlashtirishda muhim rol oʻynashi mumkin, chunki Afgʻonistondagi tinchlik mintaqaviy barqarorlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, dedi u “Pakistan Forward” nashriga bergan intervyusida.

Afgʻonistondagi tinchlik, shubhasiz, Pokiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-sotiq, turizm va ijtimoiy aloqalarni yaxshilashga koʻmaklashadi, bunga Afgʻonistonda temiryoʻl va avtomobil yoʻllari kabi aloqa infratuzilmasini rivojlantirish orqali erishiladi, deydi mintaqaviy tadqiqotlar markazi direktori, doktor Shabir Ahmad Xon “Pakistan Forward” nashriga.

Peshovardan Toshkentgacha va Karachigacha boʻlgan masofalar deyarli bir xil, bunda Toshkent bilan Peshovar oʻrtasidagi yoʻl “Jalolobod, Kobul, Mozori Sharif, Termiz va Buxoro”dan oʻtadi, deb qayd etdi Xon.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatlar Afgʻoniston orqali avtomobil va temiryoʻl aloqalariga ega boʻlsa, Pokiston-Oʻzbekiston aloqalarining strategik ahamiyati yanada ortadi.

Sizga maqola yoqdimi?

6
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha