Karvonsaroy
Din

“Islom davlati” Bibi Maryam ibodatxonasidagi yongʻinni mazax qilib, uni “intiqom” deb atamoqda

Salaam Times

“Islom davlati”ning ijtimoiy tarmoqlarga eʼlon qilingan posteri: “Jazo” yozuvi ortida 15-aprel kuni Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasida yuz bergan yongʻin aks etgan. [Fayl]

“Islom davlati”ning ijtimoiy tarmoqlarga eʼlon qilingan posteri: “Jazo” yozuvi ortida 15-aprel kuni Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasida yuz bergan yongʻin aks etgan. [Fayl]

Insoniyat tarixidagi eng qimmatli yodgorliklardan biri boʻlgan Parijdagi Notr-Dam (Bibi Maryam) cherkovining vayron boʻlishi butun dunyoda millionlab insonlarni qaygʻuga solar ekan, “Islom davlati” bu olovli hodisani bayram qilmoqda.

Dushanba (15-aprel) kungi yongʻinni oʻchirishga 15 soat vaqt ketgan.

Ibodatxona tomining katta qismi vayron boʻlgan, minoraning uchi qulab tushgan, yonib ketgan buyumlar va kartinalarning soni aniq emas. Shunday boʻlsa-da, qoʻngʻiroqxonalar va mashhur aylana vitrajlarga ziyon yetmagan.

IDning masxaraomuz munosabati

Parijda alanga avj olar ekan, IDga tegishli guruh ijtimoiy tarmoqlarda arab tilida “intiqom” deb bitilgan posterni eʼlon qildi, yozuv ortida yongʻin ichida qolgan ibodatxonaning rasmi bor edi.

15-aprel kuni Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi tomidan alanga va tutun koʻtarilmoqda. [Fabyen Barrau/AFP]

15-aprel kuni Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi tomidan alanga va tutun koʻtarilmoqda. [Fabyen Barrau/AFP]

Posterda shuningdek, masxaraomuz tarzda “Xayrli kun” deb yozilgan: “Uning qurilishi 1163-yili boshlangan va 1345-yilda tugatilgan. Koʻpxudolik ibodatxonasi bilan vidolashish vaqti keldi.”

Bu bayonot IDning madaniy merosga nisbatan iltifotsiz munosabati va Islomni buzib talqin qilishiga bir misoldir.

IDning oʻtmishdoshi boʻlgan Abu Musʼab Az-Zarqaviy yetakchiligidagi Iroqning “Al-Qoida” guruhi Samarra shahridagi “Al Askariy” shialar masjidida (Oltin masjid nomi bilan ham mashhur) amalga oshirilgan portlashda gumon qilingan edi.

Iroqning Mosulidagi qonli hukmronligi davrida ID tarafidan eʼlon qilingan videolavhalarning birida guruh jangarilarining bolgʻalar va pnevmatik parmadastalar (drellar) bilan qurollanib, Mosul muzeyiga hujum qilgani, u yerda Islomgacha boʻlgan davrga oid qimmatli yodgorliklarni yoʻq qilgani tasvirlangan.

ID shuningdek, Ossuriyaning Nimrud shahri, Xatra qadimiy shahri va Suriyaning koʻhna Palmira shahrini ham portlatgan.

IDning qoʻshtirnoq ichidagi “xalifaligi” oʻtgan oyda tor-mor etilgan, shu tariqa guruh Iroq va Suriyadagi koʻp yillik tartibsizlikdan soʻng oʻziniki deb daʼvo qilishi mumkin boʻlgan hududsiz qolgan.

Tafriqa solishga urinish

Diniy arboblar IDning bayonotini qoraladilar.

Islom boshqa dinlarni ham hurmat qiladi, deydi pokistonlik diniy arbob Muhammad Saqib Rahmon.

ID Islom dini vakili emas, balki bir toʻda terrorchilardan iborat guruh, shu sabab nasroniylar uning bayonotini jiddiy olmasliklari lozim, deydi Peshovar shahridagi imomlardan biri boʻlgan Rahmon.

“Ushbu hodisa musulmonlarni ham qaygʻuga soldi. Parijdagi yongʻindan biz ham birdek iztirobdamiz”, dedi u.

“Musulmonlar va nasroniylar oʻrtasiga adovat solishga urinayotgan kichik guruhlar bor, lekin ular hech qachon maqsadlariga erisholmaydilar”, dedi Rahmon.

Islom tinchlik va ahillik tarafdori, u boshqa dinlarni ham hurmat qiladi, dedi Rahmon chin musulmonlar yongʻindan aslo xursand boʻlmasligini qoʻshimcha qilar ekan.

Musulmonlar barcha ibodat maskanlarini yuksak darajada hurmat qiladilar, dedi Peshovar universitetida islomshunoslikdan dars beradigan Muhammad Rafiq ID bayonotini qoralab.

“Nasroniylar, hindlar va hokazolarning ibodat joylarini dinimizga oid narsalar qatori himoya qilish musulmonlarning vazifasi. ID Islom nomidan oʻz maqsadlarini targʻib qilishni istamoqda, bu esa mutlaqo xato”, dedi u.

ID hech qachon Islomni nafrat dini deb koʻrsatish bilan muvaffaqiyatga erishmaydi, chunki u tinchlik va bagʻrikenglik dini, dedi Rafiq.

“Qurʼon taʼlimotiga koʻra, Islom boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilarga nisbatan birodarlarcha munosabatda boʻlishga chaqiradi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSHning mahsuli boʻlgan ISHID Rossiya tarafidan yoʻq qilingani haqida hech narsa deyilmabdi.

Javob berish

Rossiyada ham bu yongʻinning ustidan kulishdi

Javob berish

Igʻvogarlik

Javob berish

“Nasroniylar, hindlar va hokazolarning ibodat joylarini dinimizga oid narsalar qatori himoya qilish musulmonlarning vazifasi. ID Islom nomidan oʻz maqsadlarini targʻib qilishni istamoqda, bu esa mutlaqo xato”. Bu musulmon ulamosining gapi emas. Bu pokistonlik tinchlik istashini tushundim, ammo musulmonlar oʻz dinlarini himoya qilishlari kerak. Ularni himoya qilaman deb boshqa dinlar ishiga aralashmagan yaxshi. Agar iloji boʻlsa, yordam ber, boʻlmasa ularni “himoya qilgandan” koʻra oʻz diningni yaxshiroq oʻrgangan maʼqul. Boshqa dinlarning himoyachilari tiqilib yotibdi. Hindlar va boshqa dinlar haqida islomda hech qanday gap yoʻq, faqat nasroniylar va yahudiylar haqida aytilgan.

Javob berish

Musulmonlar hech kimdan qarzdor emaslar, ular faqat Allohdan qarzdor.

Javob berish

Musulmonlar Yer yuzidagi tinchlik va osoyishtalikning garovi hisoblanadi, ularning vazifasi shu.

Javob berish

Musulmonlarning muqaddas joylariga bomba tashlashganida butun dunyo sukut saqlagan edi, hozir qadimiy freskalarni deb koʻz yosh toʻkayotganlar tomonidan bu oliyjanoblik deb tushunilgan edi. Men Fransiya ustidan kulishni oqlamayman, ammo Yevropa davlatlari va AQSH ikki tomonlama standartlarni qoʻllayotganidan noroziman. Agar ularda musibat yuz bersa, butun dunyo ularga xizmat qilishi kerak, musulmon davlatlarga urush bilan musibat keltirayotganlari esa oddiy hol, masjidni portlatish ham oddiy hol. Bomba tashlaganlaridan keyin, portlash bilan yana 40 tacha odamni oʻldirishgani, hech nima qayta tiklanmagani, oʻlganlarning oilalariga hech qanday yordam berilmagani ham oddiy hol.

Javob berish

Бу ерда ёзилганларнинг барини қўллаб-қувватлайман

Javob berish

Hammasi ayni haqiqat!!!

Javob berish

Bu monumentni albatta tiklash lozim.

Javob berish

ISLOM SAMOVIY DINLARNI TAN OLADI -DЕB YOZILSA TUGRI BULADI.

Javob berish