Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston va Oʻzbekiston mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan harbiy sohadagi hamkorlik bitimini imzoladi

Kanat Altinbayev

15-aprel kuni Toshkentda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilini ochib berdilar. (Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati)

15-aprel kuni Toshkentda Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev oʻzbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan imzolangan kelishuvlarni almashish chogʻida. (Oʻzbekiston mudofaa vazirligi)

15-aprel kuni Toshkentda Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev oʻzbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan imzolangan kelishuvlarni almashish chogʻida. (Oʻzbekiston mudofaa vazirligi)

Qozoq harbiylari 12-aprel kuni Olmaota viloyatida Qozogʻiston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevga suvli toʻsiqlarni yengib oʻtish va koʻprik oʻtkazish boʻyicha qoʻshma operatsiyalarni namoyish etmoqdalar. (Qozogʻiston mudofaa vazirligi)

NUR-SULTON/TOSHKENT -- Qozogʻiston va Oʻzbekiston harbiy hamkorlikka eʼtibor qaratgan holda Markaziy Osiyodagi xavfsizlikni taʼminlashga oid hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 14-15-aprel kunlari Toshkentga rasmiy tashrifi davomida oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan iqtisodiy va harbiy shartnomalarni imzoladi.

Toʻqayevning tashrifi Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining boshlanishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. 2018-yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilinganiga doʻstona javob tariqasida Oʻzbekiston joriy yilni Qozogʻiston yili deya nomladi.

Rasmiy tashrif bir qator strategik masalalar, jumladan umumiy chegarada savdo va iqtisodiy hamkorlik boʻyicha xalqaro markaz yaratish masalalarini qamrab oldi, deyiladi prezident Toʻqayevning rasmiy saytida.

15-aprel kuni Toshkentda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va mudofaa sohalaridagi kelishuvlarni imzoladilar. (Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati)

"Bu loyihani amalga oshirish bilan biz chegaralararo savdoni nazorat qilish, tekshiruv va chegara punktlari infratuzilmasini yaxshilash, Markaziy Osiyoda yirik savdo va logistika markazini yaratish imkoniyatiga ega boʻlamiz", deb aytgan Toʻqayev.

Shu bilan birga, ikki davlat uglevodoroddan olinadigan elektr va gidroenergetika, import-eksport, transport sohalarida hamkorlikni kuchaytirish, madaniy, gumanitar va yoshlar almashuvi sohalarini kengaytirishi mumkin boʻladi.

Maqsad – 2020-yilga borib yillik savdo hajmini 5 mlrd. AQSH dollariga yetkazish, deb aytgan Toʻqayev 5-aprel kuni Toshkentda boʻlgan brifing chogʻida. 2018-yilda ikki davlat oʻrtasidagi savdo aylanmasi 3 mlrd. AQSH dollaridan oshgan. Bu haqda Oʻzbekiston hukumati xabar bergan.

Xavfsizlik va barqarorlik

Toʻqayevning rasmiy tashrifi chogʻida ikki davlat rahbarlari harbiy hamkorlikka alohida ahamiyat qaratdilar.

Qoʻshma bayonotda Toʻqayev va Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalarini, jumladan, xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar kontrabandasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy migratsiya muammolarini hal qilish yoʻlida birgalik ish olib borishlarini taʼkidladilar.

Tashrif doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston havo mudofaasi, harbiy aerodromlarni taʼmirlash va mazkur aerodromlardagi harbiy samolyotlarni qoʻriqlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, Qozogʻiston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston diniy qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Bu shartnomalar xavfsizlik sohasida strategik bitim tuzish va aloqalarni yangilash yoʻlida amalga oshirilgan soʻnggi choralardir.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, 2017-yilning sentyabr oyida Toshkentda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida imzolangan harbiy texnikaviy hamkorlik shartnomasi 2018-yil fevralda kuchga kirgan.

Shu bilan birga, oʻtgan yilning iyul oyida Qozogʻistonning Jambil viloyatida qoʻshma harbiy mashqlar oʻtkazildi. Mashqlar davomida qozoq va oʻzbek maxsus kuchlari dronlar, harbiy samolyotlar va boshqa harbiy jihozlarni tungi janglarda qoʻllashga oid mashqlarni bajarishdi.

Birgalikda ishlash

Qozogʻiston va Oʻzbekiston milliy va mintaqaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashda birgalikda ishlay oladi. Bu haqda Nur-Sultonlik harbiy tahlilchi va Qozogʻiston Strategik tadqiqotlar institutining bosh tadqiqotchisi Georgiy Dubovtsev Karvonsaroyga soʻzlab berdi.

Uning aytishicha, Afgʻoniston masalasida bu terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotrafik, transmilliy jinoyat va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishdagi jamoaviy harakatdir.

Shu munosabat bilan, ikki rahbar Afgʻonistonni qayta tiklash uchun birlashtiruvchi kuchlarga ustuvor ahamiyat berishi, Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash va Afgʻoniston bilan uzoq muddatli, doʻstona hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlab, transport, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida keng koʻlamli loyihalar orqali boshqa choralarni amalga oshiradi.

Ular, shuningdek, 2018-yil martda Toshkent mezbonligida oʻtgan Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga bagʻishlangan xalqaro anjuman kabi tashabbuslarning muhimligini qayd etganlar.

Dubovtsevga koʻra, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning havo mudofaasi boʻlinmalari qoʻshma harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etadilar, havo kemalarini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi bitim esa harbiy xizmatchilar bir mamlakatdan boshqasiga toʻsiqsiz olib oʻtilishini kafolatlaydi.

“Harbiy-texnikaviy sohada mudofaa sanoati korxonalari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatiladi va uning doirasida qurol-yarogʻ va harbiy mahsulotlarning birgalikda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin”, dedi Dubovtsev.

Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash

Qozogʻiston va Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda eng koʻp aholiga ega ikki mamlakat sifatidagi hamkorligi mintaqaga oid ishlarga har doim hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan, deydi Toshkentdagi “Bilimlar karvoni” tahliliy markazi rahbari Farhod Tolipov.

“Toshkent va Nur-Sulton Markaziy Osiyoda besh mamlakat (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) formatida jamoaviy xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy tizimni yaratishga oid tashabbuslarni birgalik ishlab chiqishlari mumkin”, dedi u.

Toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xan 2017 yilda Karvonsaroyga bergan intervyusida Oʻzbekistonning qoʻshnilar bilan hamkorlikka oid tashqi siyosatida boshlangan burilish Mirziyoyev davrida, Markaziy Osiyodagi kuchlar muvozanatini tubdan oʻzgartirib yuborganini aytgan edi.

“Oʻzbekiston va Qozogʻiston mintaqadagi eng qudratli qurolli kuchlarga ega. Bu ikki mamlakat oʻrtasidagi harbiy hamkorlik va doʻstlik mintaqadagi barqarorlikni taʼminlash tomon qoʻyilgan katta qadamdir”, degan edi u oʻshanda Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Ikki mamlakat oʻrtasida Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev davrida boshlangan yaqinlashuv jarayoni uning izdoshlari tomonidan davom ettirilishiga shubha yoʻq”, dedi u.

“Mamlakatdagi boʻlajak saylovlar natijasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, Qozogʻistonning oʻz qoʻshnisiga nisbatan tashqi siyosati oʻzgarmaydi”, dedi Xon, iyun oyida boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarini nazarda tutib.

(Ushbu maqolani tayyorlashga Toshkentdan Maksim Yeniseyev oʻz hissasini qoʻshgan.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500