Karvonsaroy
Xavfsizlik

Afgʻonistonda tolibonlar bilan birgalikda ruslar jang qilayotganligi aniqlandi

Umar

Afgʻon harbiylariga koʻra, 4-aprel kuni Bodgʻis viloyatining Bala Murgʻob tumani markazida hujum sodir etgan “Tolibon” harakatining yuzlab jangarilar orasida bir necha xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiyalik jangarilar boʻlgan. [207-Zafar korpusi/Afgʻoniston milliy xavfsizlik kengashi]

HIROT – Shu oy boshida Afgʻoniston gʻarbida hujum sodir etgan yuzlab tolibon jangarilari orasida Rossiya fuqarolari ham boʻlgani aniqlandi.

Afgʻoniston rasmiylariga koʻra, Bodgʻis viloyatining Bala Murgʻob tumani markazida Tolibon jangarilari va afgʻon kuchlari oʻrtasida 4-aprel kuni janglar boshlangan va bir hafta davom etgan.

Yakunda isyonchilar Afgʻoniston Milliy armiyasi (AMA) va maxsus operatsiyalari politsiyasi, shuningdek, bir qator havo zarbalarini amalga oshirgan afgʻon harbiy havo kuchlari va NATOning Qatʼiy qoʻllov missiyasi tomonidan ushbu tumandan quvib chiqarilgan.

Afgʻon rasmiylariga koʻra, Tolibonlar bir safda jang qilayotgan xorijiy jangarilar turkman chegarasi yaqinidagi toʻqnashuvda guruhni maslahat va koʻmak bilan qoʻllab-quvvatlaganlar.

Bodgʻis viloyatidagi Ab Kamariy tumanida Tolibonlarga qarshi harbiy operatsiya chogʻida qoʻriqchilik qilayotgan afgʻonistonlik maxsus kuchlar askari, 25-yanvar. [Shomil Mashʼal]

Bodgʻis viloyatidagi Ab Kamariy tumanida Tolibonlarga qarshi harbiy operatsiya chogʻida qoʻriqchilik qilayotgan afgʻonistonlik maxsus kuchlar askari, 25-yanvar. [Shomil Mashʼal]

Afgʻoniston milliy armiyasi (AMA) askarlari Bodgʻis viloyatidagi pozitsiyalari tomon harbiycha qadam tashlab bormoqda, 2017-yil, 24-mart. [Hoshang Hoshimiy/AFP]

Afgʻoniston milliy armiyasi (AMA) askarlari Bodgʻis viloyatidagi pozitsiyalari tomon harbiycha qadam tashlab bormoqda, 2017-yil, 24-mart. [Hoshang Hoshimiy/AFP]

“Harbiylarimiz tomonidan oʻldirilgan tolibonlar orasida bir qancha xorijiy jangarilar, jumladan rossiyalik shifokor ham bor edi”, dedi Bodgʻis viloyatidagi Afgʻoniston milliy armiyasi 3-divizioni qoʻmondoni Muhammad Ibrohim Fazliy.

Xorijlik terrorchilarning jasadlari hamon jang maydonida qolmoqda, bu ularning “tolibonlar bilan bir safda boʻlganini” isbotlaydi, dedi u Salaam Tayms nashriga.

“Tolibonlarning xorijlik tarafdorlari, jumladan chechenlar, pokistonliklar va boshqa mamlakatlar vakillari Bala Murgʻob tumaniga toʻplanganlar va tolibonlar safida jang qilganlar”, dedi u.

Bodgʻis hokimi Abdul Gʻaffor Malakzay ham Bala Murgʻobdagi jangda rus shifokorining boʻlganini tasdiqlagan.

“Razvedkaga oid hisobotlarimizdan maʼlum boʻlishicha, jang davomida harbiylarimiz tomonidan oʻldirilgan tolibonlar orasida bitta Rossiya fuqarosi ham boʻlgan”, dedi Malakzay Salaam Tayms bilan suhbatda.

Jang “yirik fitnaning” bir qismi boʻlib, ushbu jangovar reja ustida qoʻshni mamlakatlar generallari va amaldorlari ham ishlagan, dedi Malakzay. “Tolibonlar Bala Murgʻobdagi oʻzlariga nima kerakligini bilishmagan, sababi ularga faqar jang olib borish buyurilgan.”

Rossiyaning taʼsiri

Mahalliy rasmiylar va Bodgʻis viloyat kengashi vakillariga koʻra, Tolibonlar mustaqil ravishda hujumkor operatsiyalarni rejalashtirish va olib borishga zaiflik qiladi.

“Bodgʻis viloyatidagi Tolibon harakati rahbarlari safida xorijliklarning borligiga shubha yoʻq”, dedi viloyat kengashi raisi Abdul Aziz Beyk Salaam Tayms nashriga bergan intervьyusida.

“Bala Murgʻob Afgʻonistonning shimoliy va janubiy tumanlarini bogʻlovchi yoʻlak vazifasini oʻtaydi, bu tumandagi aksar teraktlar xorijlik terrorchilar tomonidan sodir etiladi”, dedi u.

Bala Murgʻobdagi jangda rossiyalik maslahatchilar soni xabar qilinganidan ancha koʻp edi, dedi Bodgʻis viloyati kengashi aʼzosi Muhammad Nosir Nazariy.

“Bala Murgʻobdagi jangda Tolibonlar safida xorijiy jangarilardan tashqari, toʻrt yoki besh nafar rossiyalik maslahatchi ham boʻlgan”, dedi u “Salaam Tayms” nashriga.

“Bala Murgʻob tumanida Tolibonlarga maslahat beruvchi va ularning xavfsizlik kuchlariga qarshi kurashiga koʻmaklashuvchi xorijliklar bor”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Bir vaqtlar hech nima qila olmagan Tolibonlar birdaniga zamonaviy qurollar, jumladan, tunda koʻrish uskunalariga ega boʻlib qolgan”, deb qoʻshimcha qildi u. “ Bundan koʻrinib turibdiki, xorijliklar Tolibonlarni qoʻllab-quvvatlamoqda va qurollantirmoqda."

“Biz aniqlagan maʼlumotlarga koʻra, rossiyaliklar Bala Murgʻob tumanida ikki oydan koʻproq boʻlishgan”, deb qoʻshimcha qildi Nazariy.

“Tolibonlar boshqa davlatlar, jumladan arablar, chechenlar va boshqa millatga mansub terrorchilar bilan qoʻshilgan xalqaro terrorchilar kabidir”, dedi hirotlik siyosiy tahlilchi Muhammad Rafiq Shahir Salaam Tayms nashriga.

“Yaqinda Tolibonlar safida rossiyalik fuqarolar ham aniqlangan. Bu Tolibonlarga uskuna va imkoniyatlarni taqdim etuvchi davlatlarda kuchli tarmoqlar mavjudligini anglatadi”, dedi Shahir “Salaam Tayms” nashriga.

Afgʻonistonda hukumat va AQSh kuchlarini vayron qilish va “umumiy maqsadlariga erishish” yoʻlida qoʻshni va mintaqadagi davlatlar Tolibonlar va Afgʻonistondagi boshqa jangarilarni qoʻllab-quvvatlaydi, deb qoʻshimcha qildi u.

“Afgʻonistonda tashqi razvedka tarmoqlari faol ish olib bormoqda va mamlakatning turli burchaklarga oʻz agentlarni joylashtirish boʻyicha ish olib borgan”, dedi Shahir.

“Rossiya Tolibonlar bilan chuqur muvofiqlik va aloqalarga ega”, dedi u.

“Avval Tolibonlar bilan Rossiya baʼzi aloqalar bilan cheklanganligi taxmin qilinar edi”, dedi Shahir. “Rossiya fuqarolarining urushda ishtirok etishi va Tolibon tomonidan Rossiya qurollarini ishlatish bilan bogʻliq soʻnggi oʻzgarishlar esa Afgʻonistonda Rossiya “qizgʻin jangga” kirishganini koʻrsatadi.”

Ochiq aralashuv

Fuqarolik jamiyati faollari va Bodgʻis viloyati aholisi qoʻshni va mintaqa davlatlari tomonidan Tolibonlarga koʻrsatilayotgan yordam – Tolibonlar bilan bir qatorda xorijlik jangarilarning mavjudligini Afgʻonistonning ichki siyosatiga aralashuv deb hisoblaydilar.

“Biz qoʻshni davlatlar, shu bilan birga Rossiya ham Tolibonlarni qoʻllab-quvvatlayotganini, ularga moliyaviy va qurolli koʻmak berayotganini koʻryapmiz”, dedi Bodgʻisdagi fuqarolik jamiyati faoli Abdurazzoq Siddiqiy “Salaam Tayms” nashriga.

“Bu davlatlar, ayniqsa rossiyalik yoshlarni davlatimiz ichki siyosatiga aralashmasliklarini va Tolibonlarni qoʻllab-quvvatlashdan tiyilishga chaqiramiz.”

“Bu qoʻshni davlatlar Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashmoqdalar va bu bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda”, dedi bodgʻislik fuqarolik jamiyati faoli Junaydulloh Ashkani “Salaam Tayms” nashriga.

“Bu davlatlarning Tolibonga qurolli yordam berishdan to toʻgʻridan-toʻgʻri janglarda qatnashishi ularning bevosita ishtirokidan dalolat beradi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 13

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Jirinovskiy: “Oʻzbekistonni qaytarib olishimiz uchun tolibon ularga hujum qilishi kerak, biz esa yordamga kelamiz va u yerda abadiy qolamiz”

Javob berish

Oʻzbekiston hech qachon qaytmaydi, lekin amerikaliklardan koʻra Rossiya bilan teng huquqli asosda doʻstona munosabatlar oʻrnatgan maʼqul. Chunki Rossiya ishonchli hamkor.

Javob berish

Oʻylaymanki, bu bir nechta mamlakat oʻrtasidagi urush, ular oʻzlarini terrorchilarga qarshi kurashuvchilar deb ataydilar, xolos.

Javob berish

Faqat amerikaliklar terrorchilar bilan jang qilmaydilar, qaytanga ular terrorchilarni ruhlantiradilar, chunki oʻzlari bundan manfaatdor. Rossiya esa (terrorchilarga qarshi) kurashyapti.

Javob berish

Sovetlarning Afgʻondan olgan sabogʻi foyda bermaganga oʻxshaydi. Buni qayta takrorlash kerak.

Javob berish

Amerikoslar ishtonlarini hoʻllab qoʻyishdi! Axir ular Afgʻonistonda “demokratik qadriyatlarni saqlash” bilan band-ku. 18 yil davomida Afgʻonistonni vayron qilish, afgʻon xalqini qirish va butun dunyoga geroin yetkazib berishdan boshqasiga yaramadilar. Bu vaqt ichida birorta ham fuqarolik obyekti barpo etilgani yoʻq. Kuyik hidi kelyapti. Amerikoslarning kuni bitib boryapti!

Javob berish

Barcha ruslar va uning ittifoqchilarini, ularga qoʻshib jangarilarni ham oʻldiringlar. Hech narsadan qoʻrqmang, asosiysi AQSH VA NATO SIZ BILAN, SHUNDAY EKAN, OLGʻA AMERIKA VA AFGʻONISTON

Javob berish

Tolibonni qoʻllab-quvvatlashdan Rossiya manfaatdor, chunki u shunday yoʻl bilan Markaziy Osiyo davlatlarini qoʻrqitib turadi. Rossiya bu davlatlarga oʻz taʼsirini oʻtkazish va qoʻrquvda ushlab turish uchun Tolibon degan xavfni oʻylab topgan. Shu bois Afgʻonistonda ham tez orada “ixtamnet”lar paydo boʻlib qolsa ajab emas.

Javob berish

Yolgʻon! Axlatsaroy yana boʻlmagʻur narsalarni yozibdi.

Javob berish

Afgʻonistonda AQSh qoʻshinlariga nima bor

Javob berish

Tolibonlarni qurol bilan taʼminlash navbati Rossiyaga – AQSH va Rossiya ikkita eng rasvo mamlakat, yoʻq boʻlib ketsa butun dunyo yengil nafas olardi

Javob berish

Rossiya ISHIDni ham boshqaradi, faqat Tolibon va Xizbullohni emas

Javob berish

“Dalilingiz nima? -- Kokainum.”

Javob berish